Mualliflar

  • Shoxsanam Azizova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Shoxsanam Azizova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim pedagogika  psixologiya yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86218

Kalit so‘zlar:

zaif ko‘ruvchi ko‘zi ojiz inklyuziv

Annotasiya

Biz ushbu maqolada zaif ko‘ruvchi va ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz bolalarni inklyuziv  ta’limga jalb qilish usullari va qoidalarini o‘rganamiz.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

559

INKLYUZIV TA’LIMDA TIFLOPEDAGOGIKANING O‘RNI VA

AHAMIYATI

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Maktabgacha ta’lim pedagogika

psixologiya yo‘nalishi talabasi Azizova

Shoxsanam

https://doi.org/10.5281/zenodo.15254943

Annotatsiya:

Biz ushbu maqolada zaif ko‘ruvchi va ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz bolalarni

inklyuziv ta’limga jalb qilish usullari va qoidalarini o‘rganamiz.

Kalit so‘zlar:

zaif ko‘ruvchi, ko‘zi ojiz, inklyuziv ta’lim, defektologiya, tiflopedagogika,

maktab, ta’lim, o‘quvchilar.

“Tiflos” so‘zi grekcha tildan olingan bo‘lib “ko‘r” yoki “ko‘zi ojiz” degan ma’noni

anglatadi. Ko‘zi ojizlar uchun dastlabki maktablar dastlab Fransiyada so‘ngra Germaniya,
Avstriya, Angliya, Amerika kabi davlatlarda faoliyat boshlagan. Rossiyada ko‘zi ojizlar uchun
moslashtirilgan maktab Peterburg shahrida 1807 yili tashkil qilingan bo‘sa, O‘zbekistonda esa
1922 yili Toshkent shahrida tashkil etildi.

Bundan ham ko‘rinib turibdiki bu soha bizda oldindan bor edi. Sohani shakllantirish va unga

qonuniy tus berish esa 2020 yil amalga oshirildi. Hozirda ham bu sohada samarali ishlar olib
borilmoqda. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hayotini yaxshilash va uzluksiz ta’lim olishlarini
ta’minlash uchun juda ko‘p olimlar izlanishlar olib boorish yapti. Bu sohani rivojlanishiga o‘z
hissalarini qo‘shib kelmoqda.Yurtimizdagi shunday olimlardan biri O‘zbekiston Respublikasida,
O‘rta Osiyoda yagona Nizomiy nomidagi TDPU Defektalogiya fakultetida faoliyat yuritayotgan
professor tarbiyachilar, shuningdek G. Bendi, K. Mamedov, R. Oxunov, o‘qituvchi N. A.
Grigoryanslar tiflopedagogika sohasida salmoqli izlanishlar olib bormoqdalar. Chet davlatlarda
ham bu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar juda ko‘p. Ulardan biri Rossiyalik olim
L.S.Pontregin. U matematikaning yangi sohasi topologic algebraga asos soldi. Rus olimlari orasida
tiflapedagogika sohasida ish olib borgan olimlar A. V. Birilevva B. I.Kovalenko. Birgina B. I.
Kovalenkoning o‘zi ko‘zi ojiz bolalar uchun uzluksiz ta’limni tashkil qilish rejalarini ishlab chiqdi.
Bir qancha darslarga metodik qo‘llanmalar tayyorladi. Uning metodik qo‘llanmalari minglab ko‘zi
ojiz bolalarning tarbiyachilari uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda. Mamlakatimizda ham
bu sohada ishlar juda ko‘p olib borilmoqda. Inklyiziv ta‘limga ham jalb qilish yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rishida muammosi bo‘lgan o‘quvchilarni har tomonlama o‘rganish, ko‘rish qobiliyati va

ikkilamchi buzilishlar bilan kuchayadigan individual rivojlanish xususiyatlarini aniqlash,
shuningdek bolaning rivojlanishi, o‘qishi va ijtimoiylashuvidagi boshqa muammolarni ham o‘z
ishiga oladi. Tiflopedagog ishining diagnostik yo‘nalishini sentabr oyining dastlabki ikki haftasida
( 1 sentabrdan 15- sentabrgacha) va o‘quv yilining so‘nggi ikki haftasida(15-maydan 31
maygacha) amalga oshiriladi. Uning natijalari maktab yig‘ilishida muhokama qilinadi. Tuzatish
pedagogik ish jarayonidagi ishlarni individual yo‘naltirilgan dasturini tuzatishga va bola
rivojlanishining doimiy muammolariga e‘tiborni qaratishga imkon beradigan oraliq imtihon
taqdim etiladi. Yakuniy tashxis- bu ikkilamchi rivojlanish buzilishlarining barcha ko‘rinishlarini
o‘rganishni qamrab oladigan shuningdek universal ta‘lim harakatlarining barcha turlari
shakllantirishni ochib beradigan chuqur kompleks tekshiruvni talab qiladi.

Shundan ham bilsek bo‘ladiki biz ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga har tomonlama

e‘tibor berishimiz kerak. Bu orqali biz ularni jamiyat hayotiga tayyorlaymiz. Muloqot
ko‘nikmalarini shakllantiramiz. Bolalar tengqurlari bilan muloqot jarayonida ham o‘ziga bo‘lgan
ishonchi ortadi. Kelajakda katta hayotga tayyorlov jarayoni ham aynan maktab katta ro‘l o‘ynaydi.
Inklyuziv ta‘limda tiflapedagogika juda kerak. Ko‘zida nuqsoni bor bolalar jamiyatga qiyin
moslashadi, muloqot shakli ham oson kechmaydi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun ham
inklyuziv ta‘lim kerak. Chunki bu ta‘lim tizimi bolalarni maxsus maktablardan olib oddiy


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

560

maktablarga beradi. Oddiy maktabda bu turdagi bolalar eng avvalo uyidan qatnedi.

Ota-onasi bag‘rida bo‘ladi ularning mehridan doim bahramand bo‘ladi. Ko‘cha hayotini ko‘radi
atrof muhit bilan tanishadi. Oddiy maktab ular uchun har tomonlama yaxshi natijalar beradi.
Shuning uchun ham inklyuziv ta‘lim har joyda hamma maktabda joriy qilinishi kerak. Uning
samarasi ham yaxshi bo‘ladi. Tiflapedagogika sohasi ham rivojlanib bormoqda bu sohada ham
ko‘p ishlar qilinmoqda. Har bir qilingan ish o‘z samarasini beradi. Shuning uchun ham bu turdagi
ta‘limni qo‘llab quvvatlashimiz zarur.

Bugungi kunda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maktabgacha ta‘lim tizimi

shakllantirilmadi. Kelgusida shu yo‘nalish ochilishini va unda bolalar ta‘lim olishini kutib
qolamiz.

Tiflopedagogokaning

eng

muhim vazifasi

bolalarda

saklanib

qolgan

ko

ʻ

rish

imkoniyatlaridan o

ʻ

qish jarayonida to

ʻ

g

ʻ

ri foydalanish va uni rivojlantirish, ko

ʻ

rish

imkoniyatlarini saqlash uchun sharoit vujudga keltirish, ta

ʼ

limning texnika vositalarini

qo

ʻ

llashdan iborat.

Tiflopedagogikaning umumiy va maxsus pedagogika., psixologiya, fiziologik optika,

oftalmologiya, pediatriya, maktab gigiyenasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, tilshunoslik,
tiflotexnika fani ma

ʼ

lumotlariga suyanadi. O

ʻ

zbekistonda 2002/03 o

ʻ

quv yili ko

ʻ

rlar uchun 8 (1,4

ming o

ʻ

quvchi), zaif ko

ʻ

radigan bolalar uchun 3 (0,6 ming o

ʻ

quvchi) maktab ishladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 86 ta ixtisoslashtirilgan va 22 ta, shu jumladan, tayanch-

harakat apparati va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 4 ta, ko‘r va ko‘rish qobiliyati zaiflar
uchun 14 ta, karlar va eshitish qobiliyati zaiflar uchun 18 ta, aqli zaiflar uchun 50 ta sanatoriy-
kurort ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur muassasalarda 28 ming nafardan ortiq
nogironligi bo‘lgan bolalar ta’lim va tarbiya oladi. 8,6 mingdan ortiq bola uy ta’limga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday o‘quvchilarga 11 mingdan ortiq
turli o‘quv qurollari berilgan. Bu o‘quv qurollari bolalarni sifatli ta‘lim olishlariga yordam beradi.
Har bir yosh avlod sifatli ta‘lim olishga haqli.

Inklyuziv ta‘limda zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ham ko‘p sharoitlar yaratilgan. Bu

imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish bolalar va ularning ota-onasi uchin ham yaxshi bo‘ladi.
Bolalar maxsus maktablarda o‘qigandan ko‘ra inklyuziv ta‘limda oddiy maktabda o‘qigani o‘zlari
uchun yaxshi. Chunki har kuni ota-onasi bag‘rida bo‘ladi. Erta yoshdan kasb -hunar o‘rganadi.
Kelajakda o‘zlariga zamin hozirlashadi. Jamiyat hayotiga ham tez moslashadilar. Tiflopedagogika
yo‘nalishida maktabgacha ta‘limni tashkil qilish uchun avvalo zaif ko‘ruvchi bolalarhaqida
ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil qilish zarur. Ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib
berish lozim. Kerakli o‘qituvchi va mutaxassislarni ham jalb qilish kerak bo‘ladi. Mutaxassislar
bolalardagi har bir o‘zgarishni kuzatadilar o‘rganadilar va ularni bartaraf etish usullarini ishlab
chiqadilar. Bolalarga o‘ta muloyimlik bilan muomalada bo‘ladilar. Psixolog bolalarning ruhiyati,
undagi o‘zgarishlarni kuzatib boradilar. Bunda eng asosiysi ota-onalar bilan hamkorlik. Chunki
uydagi muhit ham bolaga ta‘sir qiladi.

Tiflopedagogika fanining asosiy vazifalari demak quyidagilarni tashkil etadi:

• Ko‘rishda jiddiy nuqsoni bo‘lgan shahslarni psixologik – pedagogik va kinetik jihatdan
o‘rganish; Bu kabi nuqsonlar mavjud bo‘lganda ruhiy va jismoniy rivojlanish anomaliyalari va
ko‘rish

funksiyasi

tuzilishilarini

aniqlash;

• Ko‘rish va ko‘zi ojizlarda buzilgan va to‘la rivojlangan funksiyalarni kompensasiyalash,
korreksiyalash

va

tiklanishning

yo‘llari va

shartlari;

• Shaxsning ko‘rish funksiyalari turli tuzilishlari mavjud holda shakllanishi va har tomonlama
rivojlanish shartlarini o‘rganish. Fan asoslariga o‘rganish politexnik va mehnat va kasb
tayyorgarligi masalalarini hal etish; • Ko‘r va ko‘zi ojizlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus
muassasalari

tiplari

va

strukturasini

belgilash;

• O‘quv rejalari, dasturlari mashg‘ulotliklar, xususiy metodikalarini tuzumining ilmiy asoslarini
ishlab chiqarishdir;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

561

• Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish,

ularni o‘qitish va jamiyatda, mehnatga tayyorlash samaradorligini oshirish imkonini beradigan
maxsus texnik vositalar yaratishdir; • To‘laqonli bo‘lmagan ko‘rishni muhofaza qilish va
rivojlantirish bo‘yicha gigiyenik tadbirlar tizimini ishlab chiqarish; • Ta’lim – tarbiya va kasb
tayyorgarligi uchun binolarni loyihalash maxsus maktablarni rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish; •
KNB

bolalarni

reabilitasiya

va

integrasiyalashni

yo‘lga

qo‘yish

tashkil

etadi;

Tiflopedagogika zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni yechishda umumiy, pedagogika,
psixologiya, fiziologiya, aftalmologiya, maktab gigiyenasi, bolalar nevralogiyasi bilan
hamkorlikda bajariladi. Chunki pedagoglar bilan hamkorlik doim yaxshi samara beradi. Bu bolalar
uchun ham foydali. Fikr almashish insonni fikr almashishga chorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Жукова

Н

.

С

.,

Мастюкова

Е

.

М

.,

Филичёва

Т

.

Б

.

Преодоление

общего

недоразвития

речи

у

дошколников

. –

М

., 1990.

2.

Жукова

Н

.

С

.

Преодоление

недоразвития

речи

у

детей

. –

М

., 1994.

3.

Иваненко

С

.

Ф

.

Формирование

восприятия

речи

у

детей

с

тяжёлыми

нарушениями

произношения

. –

М

., 1984.

4.

Картушина

М

.

Ю

.

Логоритмические

занятия

в

детском

саду

. –

М

., 2004.

Bibliografik manbalar

Жукова Н.С., Мастюкова Е.М., Филичёва Т.Б. Преодоление общего недоразвития речи у дошколников. – М., 1990.

Жукова Н.С. Преодоление недоразвития речи у детей. – М., 1994.

Иваненко С.Ф. Формирование восприятия речи у детей с тяжёлыми нарушениями произношения. – М., 1984.

Картушина М.Ю. Логоритмические занятия в детском саду. – М., 2004.