MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
354
MAXSUS TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Toshkent davlat pedogogika universiteti
Surdopedagogika va inklyuziv ta’lim kafedrasi
proffessori, pedagogika fanlari doktori (DSc)
Dilobar Batirovna Yakubjanova
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233251
Annotatsiya;
Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun tashkil
etilgan ta’lim tizimi, imkoniyati cheklangan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga
integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish hamda FM tizimi
(Frequency-Modulated system) ning eshitishda muammosi bo‘lgan o‘quvchilar ta’limiga samarasi
haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar;
Maxsus ta’lim, innovatsiya, imkoniyati cheklanganlik, FM tizimi (Frequency-
Modulated system), ixtisoslashtirilgan maxus- maktab internati.
Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini
shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash,
o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik
majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta’limi muassasalarining xalqaro
standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, 2022 — 2026-
yillarda “Maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror
qabul qilinib unga muvofiq ravishda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha
va maktab ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini
jadallashtirish ham alohida belgilab qo‘yilgan.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-
internatlarning pedagog kadrlari va mutaxassislari salohiyatini oshirish.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota-
onalar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, o‘quv qo‘llanma)larni tayyorlash va chop
etish bilan bog‘liq barcha uskuna va jihozlar, Brayl shriftidan foydalanish uchun mo‘ljallangan
qog‘oz mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan
ozod etish hamda Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, o‘quv qo‘llanma)larni chop
etish bilan shug‘ullanadigan nashriyotlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasi bo‘yicha
tegishli takliflarni ishlab chiqish uchun ishchi guruh shakllantirish kabi vazifalar ham o‘z o‘rnida
belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”
qonuniga muvofiq Jismoniy, aqliy,
sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj
bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy
hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga asosan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya
yo‘llanmasi bolalar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I —
VIII) turlarga bo‘linadi:
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun “Nurli maskan”
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
355
VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘ziga xos ixtisoslikka asosan kadrlar bilan to‘ldiriladi
va o‘quvchilar bilan tegishli ta’limiy-tarbiyaviy, korreksion vaziflar belgilar olinadi.
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun Ko‘p
tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda iknlyuziv guruhga ega bo‘lgan
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarning har
birida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning rivojlanishi uchun tegishli va mos ravishda
ishlab chiqilgan dastur asosida ta’lim- tarbiya jarayoni olib boriladi.
Maxsus ta’lim tizimiga ham zamonaviy tehnologiyalar va qurilmalarning kirib kelishi
o‘quvchi va kichik yoshdagi bolalar uchun yuqori samarali natijaga erishishga dasturil amal bo‘lib
xizmat qilmoqda. Xususan, Zamin fondi tomonidan Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quchilariga berilgan FM (Frequency-Modulated system)
qurilmasi ham o‘quvchilarning samarali ta’lim tizimiga yordam bermoqda.
FM tizimi (Frequency-Modulated system) — bu eshitish qobiliyati past boʻlgan odamlarga
yordam berish uchun moʻljallangan radio-tovush tizimi. U asosan muhit shovqinini kamaytirib,
maʼruzachi (yoki suhbatdosh) tovushini toʻgʻridan-toʻgʻri eshitish qurilmasiga uzatadi. Bu
texnologiya ayniqsa maktablar, maʼruzalar yoki keng maydonlarda foydali boʻladi.
FM tizimi (Frequency-Modulated system) ning ishlashi quyidagicha;
1. Maʼruzachi mikrofonidan ovoz yoki tovush FM radio toʻlqinlari orqali qabul qilgichga
uzatiladi.
2. Qabul qilgich (eshitish qurilmasiga ulanadi) tovushni qayta ishlab, foydalanuvchining
qulogʻiga aniq va shovqinsiz etkazadi.
3. Tizim 20-30 metr masofagacha samarali ishlaydi va dinamik muhitlarda (masalan, sinf
xonalari) ideal yechim hisoblanadi.
Samarali jihatlari;
- Ovozni shovqinsiz eshitish,
- Diqqatni jamlashga yordam beradi.
- Bolalar va talabalar uchun taʼlim jarayonini osonlashtiradi.
FM-tizim kerakli tovushlarni bevosita o‘quvchining eshitish apparatlariga uzatayotgani
tufayli bolalar o‘qituvchining gapini eshitadilar va nutqni sinfda ham, shaxsiy darslarda ham
rivojlantiradi.
Xulosa
o‘rnida aytishimiz mumkinki, zamonaviy ta’lim tehnologiyalari alohida yordamga
ehtiyoji bo‘lgan bolalarni rivojlanishida, o‘quv dasturini bolalarga yanada tushunarli yetkazib
berishda, bolalarning diqqatini jamlash, tafakkurini rivojlantirishda, umuman olganda intellektual
faoliyatining ortib borishida, hamda alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ommaviy
maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga integratsiya qilinishida yuqori natijalarga erishishni
ko‘zda tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.H.Kalbayeva, D.Yakubjanova. Matematika. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning 3 - sinf darsligi. Tuzatilgan va to‘ldirilgan
uchinchi nashri. – T.: “Niso Poligraf”, 2019. – 176 b. 18.
2. H.Kalbayeva, D.Yakubjanova. Matematika: Imkoniyati cheklangan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 4 - sinf darsligi. – T.: Yangiyul Poligraph
Service, 2019. – 192 b. 68 19.
3.D.Yakubjanova, H.Kalbayeva, D.Rahimova, M.Muhamedova. Matematika 5 – sinf:
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarning 5 - sinf
darsligi. Uchinchi nashri. – T.: “Niso Poligraf”, 2020. – 192 b. 20.
4. Якубжанова Д.Б. Эшитишида муаммолари бўлган бошланғич синф ўқувчиларига
математикани ўқитишда ахборот технологиялардан фойдаланиш // Махсус педагогларни
тайёрлаш истиқболлари: касбий конпетенцияларни ривожлантириш ва қўшимча таълим ва
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
356
ижтимоий мослашиш масалалари. Республика миқёсидаги илмий-амалий
конференция материаллари. – Тошкент, 2020. – Б. 26-29. 21.
