MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
302
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA AXLOQIY
TARBIYANING TUTGAN O‘RNI VA VAZIFALARI
Andijon davlat pedogogika instituti
maktabgacha ta'lim fakulteti
1-bosqich 101-guruh talabasi
Allayarova Mashhura Qamaraddin qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15231650
Annotatsiya.
Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning
ahamiyati, vazifalari va amalga oshirish usullari haqida qisqacha ma'lumot beradi.
Kalit so‘zlar:
Axloqiy tarbiya, axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasi, axloqiy tarbiyaning
amalga oshirilish yo‘llari, maktabgacha yoshdagi bolalar, axloqiy onglilik, axloqiy qadriyatlar,
axloqiy his.
Maktabgacha yoshdagi bolalar – inson hayotidagi eng muhim davr bo‘lib, bu davrda
bola hayoti va faoliyatida axloqiy qadriyatlar asosini tashkil etuvchi ko‘plab omillar shakllanadi.
Maktabgacha yoshda tarbiya ko‘p jihatdan bolaning shaxsiyati, ijtimoiy mas’uliyatini, axloqiy
qarashlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu bois, axloqiy tarbiya mazkur yosh
guruhidagi bolalar uchun ayniqsa muhimdir. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy
vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to‘g‘risida keng tasavvur
tushunchalar beradi. Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni
shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni: bolalarni
o‘zlarining axloqiy tajribalarini mushohda qilishlari va boyitishlariga yordam beradi. Shaxsni
o‘zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi. Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma’ruzalar,
kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish,
mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o‘yin materiallari, ommaviy
axborot vositalari, oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbyasiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o‘yin mashg‘ulotlarida
yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o‘zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli
ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat jarayonlarida,
sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Axloqiy tarbiya tushunchasi.
Axloqiy tarbiya – bu bolalarda ijtimoiy qoidalarga, odob-axloq normalariga, xalqqa va
jamiyatga xos qadriyatlar tizimini shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
axloqiy tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elementlar quyidagilardir: Jamiyatda qabul
qilingan me’yorlar, odob-axloq qoidalari, inson huquqlari, adolat, halollik, o‘zaro hurmat va mehr-
oqibat. Axloq so‘zi – lotincha «moros», ya’ni moral, mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qayerda
qat’iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan)
norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga
asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday
vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan
hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu
motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi. Yosh avlodni
jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda
tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini
chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib
olishgina o‘quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari
yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib,
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
303
muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo‘lgan ma’lum xatti-harakat
qoidalari yig‘indisidir. Axloq odamlarning bir-biriga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga
munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo'ladi. Axloq
- kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo‘lsa, odob – shaxsning ko‘zga
tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi.
Axloqiy onglilik
Axloqiy qadriyatlar
Axloqiy his
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning o‘rni haqida tushuncha.
Maktabgacha yoshdagi bola o‘zining atrofidagi dunyoni o‘rganishda, boshqa bolalar
bilan munosabatlarda, kattalar bilan interaktsiyalarda axloqiy tushunchalarni anglashni boshlaydi.
Ular o‘rganadigan asosiy qadriyatlar quyidagilar:
- Insoniylik va mehr-oqibat: bola mehr va mehribonlikni o‘rganishda, o‘zida ham mehr va
g’amxo‘rlik ko‘rsatish hissi kuchayadi. Bu uning kelajakda boshqalar bilan o‘zaro muloqotida
ijobiy natijalar keltiradi. O‘zaro hurmat va hamjihatlik: bola guruhda o‘ynaganda, uni tengdoshlari
bilan o‘zaro munosabatlarida hurmatga sazovor bo‘lishni, hamjihat bo‘lishni o‘rganadi. Halollik
va adolat: bola hayotida adolatli bo‘lishni, o‘z huquqlari va boshqalarning huquqlarini hurmat
qilishni o‘rganadi. Bu unga muomala qilishda adolatli bo‘lishni o‘rgatadi.
Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilar.
1. Shaxsiyatni rivojlantirish: Axloqiy tarbiya bolaning shaxsiy fazilatlarini – o‘zini hurmat
qilish, boshqalarni qadrlash, yordamga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlashni rivojlantiradi.
2. Jamiyatda o‘z o‘rnini topish: Maktabgacha yoshda bola, jamiyatda o‘z o‘rnini topishni,
uning umumiy maqsadlariga xizmat qilishni o‘rganadi.
3. O‘z xatti-harakatlarini boshqarish: axloqiy tarbiya bola xatti-harakatini boshqarishni,
o‘zini boshqalar o‘rnida qo‘yishni o‘rganishga yordam beradi.
4. Boshqalarga nisbatan hurmatni rivojlantirish: Bola boshqalarning his-tuyg‘ularini
anglashni, ularning shaxsiy chegaralarini hurmat qilishni o‘rganadi.
Maktabgacha talim tashkilotlarida axloqiy tarbiyani amalga oshirishda bazi o‘yinlar yani,
o‘in yordamida bolalar axloqiy qoidalarni o'rganadilar va ularni amaliyotda qo‘llashni
boshlaydilar.
Adabiyotlar:
-maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yozilgan she’rlar, ertaklar va hikoyalar orqali axloqiy
qadriyatlar
-odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va hayotdagi to‘g‘ri yo‘l haqida tushunchalar
shakllantiriladi.
Rasm va qo‘shiq: Bolalar axloqiy mavzudagi rasm va qo‘shiqlarni tinglab, o‘zlarining
fikrlarini ifoda etishadi. Kattalar, ayniqsa ota-onalar va tarbiyachilar bolaga o‘z faoliyatida va
munosabatlarida axloqiy normalarni namoyish etib, bola uchun yaxshi namuna bo‘lishadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki maktabgacha yoshdagi bolalar uchun axloqiy
tarbiya jamiyatda fuqarolarni tarbiyalashning poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayon bolalarda
ijtimoiy va axloqiy qoidalarni o‘zlashtirishga boshqalar bilan muomila qilishda adolatli, mehribon
va hurmatli bo‘lishga yordam beradi. Shu sababli axloqiy tarbiyaning bolalar hayotidagi o‘rni
nihoyatda katta va uning dolzarbligi doimiy ravishda oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asaridagi quyidagi
fikrlarini eslashni joiz deb bildik: “Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning shakllanishiga bevosita ta’sir
etadigan yana bir muhim hayotiy omil bu ta’lim va tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir”.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani
inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar. Albatta, ta’lim-tarbiya – ong
mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq
ma’naviyatini boyitadigan eng muhim omildir.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
304
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Islomov, R.
(2018). Axloqiy tarbiyaning bolalar tarbiyasidagi o‘rni. Tashkent:
2.Rustamova, S .
(2018). Mantiqiy tafakkur va ijodkorlikni rivojlantirish.
3. Omonov, A. (2010).
Tarbiyaviy faoliyat va uning nazariyasi.
Toshkent: Fan.
4. Shodmonova
, F. (2012). Maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishning
usullari. Toshkent: Sharq.
5. I.A.Karimovning
«Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
6. Mirzayev, O. K.
(2024). HISTORICAL AND PEDAGOGICAL ASPECTS OF THE
FORMATION OF ELEMENTARY ENTREPRENEURIAL SKILLS OF CHILDREN IN
PRESCHOOL EDUCATION. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 5(02),
167-171.
7.Xusanovich, M. O.
(2021). Formation Of Elements Of Entrepreneurial Activity In Pupils
Of The Preschool Educational Organization. JournalNX, 1, 265.
8.Mirzaev, O.
(2022). The role of ethics and aesthetics in the formation of entrepreneurial
relations between individuals. Sciense and innovation,1(B6), 125-130
