MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
205
INDIVIDUAL O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI – BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI
RIVOJLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim psixologiya va
pedagogikasi yo’nalishi 301-guruh talabasi
Jalilova Mohinur Jaloliddin qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15228149
Aannotatsiya:
Ushbu maqolada individual o‘qitish texnologiyalari – boshlang‘ich ta’limni
rivojlantiruvchi omil sifatida tahlil qilingan. Maqolada individual o‘qitish texnologiyalari –
boshlang‘ich ta’limni rivojlantiruvchi omil sifatida yoritilib, individual o‘qitish tenologiyalarni
takomillashtirish masalalari ko’rib chiqilgan. Shuningdek, innovatsion metodlar hamda xususiy
sektorni rivojlantirish muhimligi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim, ta’lim islohoti, pedagogika, innovatsion ta’lim, ta’lim
sifati, individual o‘qitish texnologiyalari, boshlang‘ich ta’lim, bolalar rivojlanishi, zamonaviy
metodlar, o‘quv topshiriqlari
Ta’limning globallashuvi, o‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarining samarali qo‘llanilayotgani ta’lim muassasalarida, xususan boshlang‘ich
sinflarda o‘qitish sifatining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Zamonaviy ta’lim jarayonining faol
sub’yektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu
doirasida nazariy va amaliy bilimlarni puxta o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratadi.
Ertangi kuniga befarq bo‘lmagan, yorug‘ va farovon kelajakni yosh avlod istiqbolida
ko‘rgan millat ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi. Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa,
o‘quvchi dunyoqarashi, tafakkur doirasi shunchalik takomillashadi va rivojlanadi. SHu bois
uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limga qo‘yilayotgan davlat
talablariga muvofiq, o‘quv-tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm-fanning so‘ngi
yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikr
yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi hamda javobgarligini his etadigan shaxsni
kamolga yetkazish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Zero, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni va
undan ko‘zlangan maqsad ham yuqoridagi dolzarb vazifalarning amaliy yechimida ustuvor
ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash –
zamonaviy o‘quv jarayonida jadallashib borayotgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning talabidir. Bu
borada individual o‘qitish texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o‘quv-tarbiya
jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o‘qitish yo‘llari, usullari tanlanadi va turli
o‘quv-uslubiy, psixologik, pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali amalga
oshiriladi.
Individual o‘qitish texnologiyasining afzalligi – pedagogik jarayonning o‘quvchi
qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda o‘quvchini bilim olish darajasining
doimiy monitoringi amalga oshiriladi, zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik
jarayon tashkil etiladi va o‘ziga xos individual yondashuvga amal qilinadi. “Individual yondashish
– bu pedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro
munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda
har bir alohida o‘quvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individual ta’lim texnologiyalari shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning bir turi bo‘lib,
uning o‘ziga xos quyidagi jihatlari mavjud:
─
o‘quvchining o‘qitish jarayonidagi muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
206
(o‘quvchilarning fikrlash, tafakkur qilish, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi
xatoliklarni bartaraf etish)ni hisobga olish;
─
o‘quvchilarda o‘zini o‘zi mustaqil baholash malakalarini tarkib toptirish;
─
alohida iqtidor va layoqatga ega o‘quvchilar bilan ishlashga yo‘naltirilgan ijodiy
faoliyatni yo‘lga qo‘yish, dars va darsdan tashqari ishlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish;
─
ta’lim jarayonida zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan, axborot texnologiyalarini
faol qo‘llash;
─
oilada xulq-atvorning ma’lum me’yorlariga rioya etmaganlik va inobatga olmaganlik
sabablari hamda bu borada ota-onalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ustida individual ishlash
hamda bartaraf etish va hok.
Individual ta’lim texnologiyasi
– ta’lim jarayonida o‘qituvchining faqatgina bir nafar
o‘quvchi bilan yoki o‘quvchining ta’lim vositalari (adabiyotlar, kompyuter, televideniye, radio va
b. axborot texnologiyalar) bilan o‘zaro hamkorligi asosida o‘quv materiallarining o‘zlashtirilishini
ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim.
Mazkur o‘qitish texnologiyasini amaliyotga tatbiq etishda individual o‘quv topshiriqlarini
ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi. CHunki o‘quv topshiriqlari yordamidagina
o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
O‘quv topshiriqlari
– o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladigan ta’limiy
vazifalar yig‘indisi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlardan o‘quvchini faol harakatga undaydigan
omillardan biri – o‘quv topshiriqlari hisoblanadi. Darsdan ko‘zlangan maqsadlar tizimi ularning
bajarilishini ta’minlovchi harakatlar tizimi bilan uzviy bog‘lanadi. Shu sababli o‘quv
topshiriqlarini to‘g‘ri tanlash va shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
Individual o‘quv topshiriqlarini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
─
darsning maqsadidan kelib chiqib tuzilishi;
─
mavzuning murakkablik darajasidan kelib chiqib tuzilishi;
─
o‘quvchining qiziqishi, o‘ziga xos xususiyatlarini (sabr, ijod, iroda, diqqat, o‘zaro
ta’sir qilish, kirishimlilik va boshqalar) inobatga olinishi;
─
bajarilgan ish bo‘yicha o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholash imkoniyatining
mavjudligi;
─
uy vazifalarini bajarishda bilish qobiliyatlarini aniqlash;
─
birgalikda ishlashda o‘quvchilarning o‘zaro hamjihatligini ko‘zlagan topshiriqlar;
─
guruhlarda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga vazifalarni, o‘rnini bo‘lib bergan
holda ijodiy topshiriqni bajarish. Masalan: guruh sardori, ekspertlar, fikr bildiruvchilar va boshq.;
─
ijodiy rolli o‘yinlar tashkil qilish orqali individual va umumiy ijodiy natijaga erishish
va hok. ga qaratilgan bo‘lishi kerak).
Quyida o‘quv topshiriqlaridan ayrim misollar keltirib o‘tamiz:
1-topshiriq
№
Qatorlarda umumiy xususiyati bir xil bo‘lgan so‘zlar
berilgan bo‘lib, ular ichida begona (unga aloqasi bo‘lmagan) so‘z
ham mavjud. Uni ajrating
Begona
so‘z
1
Chumchuq, kabutar, qaldirg‘och, laylak, sichqon
sichqon
2
Uzum, gilos, olma, o‘rik, shaftoli, terak
terak
3
Maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi, stol, stul, doska, zavod
zavod
4
Ota-ona, bobo-buvi, aka-uka, opa-singil, baland-past
baland-
past
2-chi topshiriq
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
207
Berilgan qo‘shimchalar orasida shunday mustaqil so‘zlarni qo‘yingi, natijada
atamalar hosil bo‘lsin:
TAD . . .
KOR
sanoq soni yordamida hosil qilinuvchi ma’lum soha egasi (tad
bir
kor)
DO. . .
MAND
Asalarining nayzasi ma’nosida ishlatiluvchi so‘z yordamida hosil
qilinuvchi ulug‘ inson, ulamo (do
nish
mand)
Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, yuqoridagi kabi ta'limiy tyexnologiyalarni qo`llagan holda
darslarni tashkil etish o`quvchilarni nafaqat mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar bilan
qurollantirishni, balki darsda faol ishtirok etish, diqqatni jamlash, har bir topshiriqqa mas'uliyat
bilan yondashish, shuningdyek o`zgalar fikrini hurmat qilish va tinglash kabi sifatlarni ham
shakllantiradi. Bu borada o`qituvchi har bir darsga ijodiy yondashishi, o`quvchilarning individual
xususiyatlarini inobatga olishi, iqtidor va iste'dodni rag`batlantirish hamda aql-zakovotini
ayamasliklari lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston
respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni.
2.
Pedagogik texnologiya. N.X.Avliyakulov, N.N.Musaeva. –T.: Chopon NMIU,
2012. 90-bet.
3.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov
D.M., To‘rayev A.B. – Toshkent: 2015. 168-bet.
4.
Mahmudov M. O‘quv materialini didaktik loyihalash tizimi. «Pedagogik mahorat»,
2002 yil, 3-son, 3-11 betlar.
