Mualliflar

  • Mohinur Jalilova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Mohinur Jalilova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim psixologiya va pedagogikasi yo’nalishi 301-guruh 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86303

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha ta’lim ta’lim-tarbiya

Annotasiya

Ushbu maqolada  maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ijod qilish va mustaqil fikrlashga tayyorlashni o‘ziga xos pedagogik jihatlari yoritilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

317

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI IJOD QILISH

VA MUSTAQIL FIKRLASHGA TAYYORLASHNI O‘ZIGA XOS PEDAGOGIK

JIHATLARI


Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim psixologiya va

pedagogikasi yo’nalishi 301-guruh

Jalilova Mohinur Jaloliddin qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233112

Anatatsiya:

Ushbu maqolada

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ijod qilish va

mustaqil fikrlashga tayyorlashni o‘ziga xos pedagogik jihatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, ta’lim-tarbiya, ijod qilish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, o‘yin,

pedagogik jarayon.

Har qanday mamlakatning taqdirini unda yashaydigan fuqarolar belgilashi ma’lum.

Uni yorqin kelajak sari yetaklash, tom ma’noda, odamning qo‘lida. Mamlakat
fuqarolarining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi,
saviyasi, shu ma’noda, dolzarb masaladir. Ya’ni bunda odam omili, ta’limning insonparvar-
lashuvi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, maktabgacha davr – shaxs shakllanishining o‘sish, rivojlanish, o‘zligini

namoyon etishga intilish, o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan bosqichi hisoblanadi.
Ayni shu jarayonda uning insoniy sifatlari va aqliy salohiyatining rivojlanishi uchun poydevor
yaratiladi. Shu ma’noda, hukumat talablaridan kelib chiqqan holda, maktabgacha yoshdagi
bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish ham qanchalik erta boshlansa, u oilada bo‘ladimi,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘ladimi, samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi,
bolalarning butun hayotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19-oktyabrda bo‘lib

o‘tgan ta’lim jarayonining dastlabki bo‘g‘ini-maktabgacha

ta’lim tashkilotlari

muammolariga bag‘ishlangan tadbirda: «Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga
ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5
yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning

yetuk

va

barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga
ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning
hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani
solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida er bilan osmoncha farq borligini sezish
qiyin emas», degan edi.

Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirish –

har bir bolaga individual yondashish, uni shaxs sifatida hurmat qilish, ma’naviy-
axloqiy tomondan tarbiyalash, bolaning qiziqish va ehtiyojiga mos tarzda ta’lim berishni,
ayni zamonda, unda mustaqil tafakkurning ilk belgilarini shakllantirish maqsadini nazarda
tutadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta’lim

mazmuni va metodlari

bola shaxsining shakllanishi, uning bu bilimlarni singdirilishi lozim bo‘lgan ob’ektlikdan,
bularning barchasini o‘z ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘zi o‘zlashtirishga moyil
bo‘lgan sub’ekt darajasiga ko‘tarilishi, mustaqil shaxs sifatida tan olinishi muhitida
tashkil etilishi kompetentli shaxs shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Zero, bunday
sharoitda shakllanayotgan shaxs o‘zi, o‘zligini taniydi. O‘zligini anglagan shaxs millat,
yurt faxriga aylanadi. Bularning barchasi zamirida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish
masalasi yotadi. Bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayonida demokratiya, ya’ni har


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

318

bir bolaning erkinligi tafakkurining mustaqilligini amalda tashkil etish

masalasi,

har

bir mashg‘ulotni uyushtirishda hamkorlik pedagogikasiga asoslanish,

tarbiyachi hukumronligiga chek qo‘yish, har qanday masalada bolalarning fikri, xohish-
istaklari bilan hisoblashish, bu qarashlarning ilmiy-nazariy asoslarini belgilash va uni
amaliy tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatib berish maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini
tashkil etishda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biridir.

Pedagogik jarayonda o‘yin faoliyatning boshqa turlari bilan birlashtirilishi, ular bir-

birini o‘zaro boytishi mumkin. Masalan, bolalikda o‘yin bilan mehnatni birlashtirish ijobiy
samara beradi. Bundan tashqari, pedagogikada keng qo‘llanadigan didaktik o‘yinlar ta’lim
jarayonini yetarli darajada boyita oladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi

shundan iboratki, hozirgi kunda ilmiy adabiyotlarda o‘quv jarayonining samaradorligini
oshirish va tarbiyalanuvchilar ijodkorligini tarbiyalash maqsadida innovatsion
texnologiyalardan foydalanishga tobora ko‘proq e’tibor berilmoqda, ammo hamma
amaliyotchilar ham ta’limiy jarayonda undan to‘g‘ri foydalana olmaydilar.

Bolalarning rivojlanishini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, aqliy va ijodiy jarayonlar o‘yin

holatida boshqa faoliyat turlariga qaraganda samaraliroq rivojlanadi, shuning uchun o‘yinga
tayanish tarbiyalanuvchilarni ta’limiy ishlarga jalb qilish va ijodiy hamda ixtirochilik
qobiliyatlarini shakllantirishning eng muhim usuli hisoblanadi.

"

O‘yin pedagogik texnologiyalari

" tushunchasi pedagogik jarayonni turli xil pedagogik

o‘yinlar shaklida tashkil etishning metodikasi va uslublarining juda keng guruhini o‘z ichiga
oladi. Ya’ni, aniq belgilangan ta’lim maqsadi va tegishli pedagogik natijaga erishish
ahamiyatga ega bo‘lib, ular o‘z navbatida asoslanadi va tavsiflanadi. MTT dagi guruhlarda
o‘yin shakli va texnikasi ta’limiy talablar va vaziyatlarga ko‘ra tanlanadi. Bunday yondashuv
tarbiyalanuvchilarning ijodkorligi oshishi va ta’limiy faoliyatdan olinadigan natijalari samarali
bo‘lishiga turtki beradi. Ta’limiy faoliyatda o‘yin texnikasi va vaziyatlarini amalga oshirish
quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

1. Bolalar uchun didaktik maqsad o‘yin vazifasi shaklida beriladi.
2. Ta’limiy maqsad o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi.
3. O‘yinda bolalar yangi ma’lumotlarni erkin holda o‘zlashtiradilar va ijodkorliklarini

namoyish qiladilar.

Maktabgacha ta’lim yoshida bola o‘yin jarayonida katta imkoniyatga egaligini

ta’kidlashimiz joiz. Boshqa faoliyatlardan farqli o‘laroq o‘yin jarayonida mustaqil bo‘lish,
tengdoshlari bilan o‘z xohishiga ko‘ra muloqot qilish, o‘yinchoqlar tanlash va turli xil
vositalardan foydalanish, o‘yin maydonchasi bilan mantiqan bog‘liq bo‘lgan muayyan
qiyinchiliklarni yengish, uning qoidalariga bajonidil amal qilish va bevosita ijodiy yondashish
kabi qoidalarni ob’ektiv qabul qiladilar. Ta’lim jarayonini faollashtirish va
zamonaviylashtirishga qaratilgan maqsadlarning markazida o‘yin faoliyati tan olinishi ham
bejiz emas. Sababi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va bolalarga beriladigan erkinliklar bu
shunchaki tarbiyalanuvchilarni maqsadsiz vaqtini o‘tkazish emas, aksincha ularga ta’lim
dasturlaridagi ateriallarni bosim va kuchli nazoratdan xoli bo‘lgan didaktik o‘yinlar vositasida
berish va ijodkorlikni tarbiyalash maqsadini anglatadi. Bunda esa maktabgacha ta’lim
tashkiloti pedagogi o‘yinlarning funksiyalarini va tasnifini to‘g‘ri tushunishi, texnologiyalarni
maqbul tarzda jarayonda qo‘llashi katta ahamiyatga ega.

Maktabgacha yosh davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi. Ota-

ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi. Bu borada oila bilan birga maktabgacha ta’lim
muassasasi ham muhim o‘ringa ega. Shu bois, yurtimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz
ta’limning ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan.

Ijodkorlikni maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etish bo‘yicha maktabgacha yoshdagi

bolaning ijodini qo‘llab-quvvatlash, keyingi yillarda uning doimiy rivojlanishiga ko‘maklashish
uchun zamin yaratadi. Chunki bolaning ijodiy g‘ayrati o‘rganish istagini qo‘zg‘atadi va barcha
yo‘nalishlarda intellektual rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, har xil fikrlash


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

319

rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun eng yaxshi holatlar bu – bolalarga mos

keladigan izlanishlar, mulohazalar, hayrat, qiziqish va hatto muammoli vaziyatlarga yechim
topishga imkon beradigan faoliyatni ta’minlash tarbiyachi pedagogning vazifasi bo‘lishi zarur.
Turli xil fikrlash va ijodkorlik ijodiy muammolarni hal qilishdan ko‘proq narsa – bu fikrlash,
bashorat qilish, tasavvur qilish va yaratishdir.

Yosh bolalarda tabiatan xayol qilish, tajriba o‘tkazish va o‘z atrofini o‘rganishga moyillik

kuchli bo‘ladi. Ta’lim sharoitida ijodkorlikni rivojlantirish usulini ko‘rib chiqish uchun yosh
bolalardagi ijodning ba’zi tarkibiy qismlarini aniqlash foydali bo‘lishi mumkin.

Ijodkorlik insonning muhim xususiyatidir. Shaxsiy xususiyatlar, qobiliyat va

ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan kompleks strategiya ijodkorlikni namoyon qiladi. Ba’zi bolalar
o‘zlarining ijodlarini ifoda etishda qiynalishlari mumkin. Pedagog tarbiyachilar ularning xatti-
harakatlarini kuzatish (ayniqsa, xayoliy o‘yin paytida), qiyinchilik qaerda ekanligini aniqlash
va harakatlar rejasini tuzish orqali yordam berishi mumkin.

Ijodkorlik ko‘pincha "ijodiy" yo‘nalishlar bilan, masalan, san’at va musiqa bilan bog‘liq

bo‘lsada, ijodkorlik sub’ektga xos emas. Ijodkorlik- bu turli sohalarda amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan muammolarni hal qilishning yondashuv usuli. Ijodiy o‘yin bolalik va bola
rivojlanishining muhim qismidir. Ijodiy va xayoliy o‘yin orqali bolalar hissiy, ijtimoiy,
intellektual va hatto jismonan o‘sishi mumkin. Ijodiy tajribalar bolaga ushbu ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi va ularning fikrlari, hissiyotlari va g‘oyalari bilan
bo‘lishishlariga imkon beradi. Bolalarni ijodiy imkoniyatlarga ta’sir qilish ularning
rivojlanishiga hissa qo‘shadi va rivojlantiradi.

Xulosa o‘rnida shunga to‘xtalib o‘tish joizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari

tarbiyalanuvchilarining asosiy faoliyat turi o‘yin hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi
shakllana boshlaydi. Pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy,
irodaviy, aqliy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga

quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

2.

O`zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risidagi” Qonuni

O`.R.Q-595.16.12.2019 yil.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 y. PQ-3955-son

"Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi Qarori.

4.

Karimova V.M., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash. – T.: «Sharq», 2000.

5.

Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent, 2017.

6.

Turdieva M.J. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini

rivojlantirishning innovatsion metodlari. Uslubiy qo‘llanma. Buxoro-2021 y. “Durdona”
nashriyoti.









Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.

O`zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risidagi” Qonuni O`.R.Q-595.16.12.2019 yil.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2018 y. PQ-3955-son "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori.

Karimova V.M., Sunnatova R. Mustaqil fikrlash. – T.: «Sharq», 2000.

Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent, 2017.

Turdieva M.J. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning innovatsion metodlari. Uslubiy qo‘llanma. Buxoro-2021 y. “Durdona” nashriyoti.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари