Mualliflar

  • Bekzodbek Madumarov
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Bekzodbek Madumarov, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi  v.b dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86372

Kalit so‘zlar:

tabiat ekologik bilim

Annotasiya

Inson hayotining barcha sohasi tabiat bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiat–bu nafaqat inson hayotining sohasi, balki insoniyatning o‘zgarib turadigan yashash muhiti ham hisoblanadi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida atrof-muhit sohasidagi ta’lim masalasi alohida ahamiyatga ega. Global ekologik muammolar avj olgan bugungi sharoitda odamlarga tabiatni bolalikdan himoya qilishni o‘rgatish kerak, chunki atrof-muhit bilan bog'liq ko‘plab qiyinchiliklar har bir inson uchun notanish emas. Bular havo va suvning ifloslanishi, global isish va kislotali yomg‘ir, issiqxona effekti va biologik xilma-xillikning pasayishi, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi va qattiq maishiy chiqindilar muammosi kabi boshqa ko‘plab  holatlar


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

161

EKOLOGIK KONSEPSIYALAR ASOSIDA TALABALARNI TABIAT BILAN

TANISHTIRISH

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi v.b dotsenti

Madumarov Bekzodbek Yoqubjonovich

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227027

Kalit so‘zlar

: tabiat, ekologik bilim, falsafiy ekologik konsepsiyalar, ekologik

madaniyat, ekologik mas’uliyat, ekologik tarbiya, estetik tarbiya.

Inson hayotining barcha sohasi tabiat bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiat–bu nafaqat

inson hayotining sohasi, balki insoniyatning o‘zgarib turadigan yashash muhiti ham hisoblanadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida atrof-muhit sohasidagi ta’lim masalasi alohida ahamiyatga
ega. Global ekologik muammolar avj olgan bugungi sharoitda odamlarga tabiatni bolalikdan
himoya qilishni o‘rgatish kerak, chunki atrof-muhit bilan bog'liq ko‘plab qiyinchiliklar har bir
inson uchun notanish emas. Bular havo va suvning ifloslanishi, global isish va kislotali yomg‘ir,
issiqxona effekti va biologik xilma-xillikning pasayishi, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi va qattiq
maishiy chiqindilar muammosi kabi boshqa ko‘plab holatlar. Muammoning mohiyatini o‘rganib
chiqsangiz, aksariyat ekologik falokatlarning odamlarning aybi bilan sodir bo‘layotganligini
anglashingiz mumkin, demak, uni to‘xtatish faqat bizning qo‘limizda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida ekologiya, atrof-muhitni

muhofaza qilish shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to‘laqonli huquqiy-
me’yoriy baza yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,
shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil
etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga
erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya fanini o‘qitishning majburiyligini
ta’minlash mustahkamlab qo‘yilgan. Shubhasiz, atrof-muhit musaffoligiga erishish va ekologik
muammolarning oldini olishda aholining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik
madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega[1].

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tabiat burchaklari talabalar uchun

muhim amaliy tajriba maydoni hisoblanadi. Ular bolalarni tabiatdagi hayot jarayonlari bilan
tanishtirishda mazkur burchaklardan foydalanish texnologiyasini o‘rganadilar. Olimlarning
fikricha, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar turli jonzotlar va
o‘simliklarni parvarishlaganidan so‘ng ularning kayfiyati ko‘tarilib, ma’naviy ozuqa oladilar[2].
Shuningdek, talabalar o‘simlik va hayvonlarning hayot sikllarini kuzatish, ularga parvarish
ko‘rsatish bilan birgalikda turli tajribalar o‘tkazish orqali amaliy faoliyatni shakllantiradilar.
Bolalar uchun quvnoq o‘yinlar, tajribalar orqali tabiat burchaklarida turli ekosistemalar haqida
tushunchalar beriladi, bu esa ularning kuzatuvchanligi va qiziqishini sezilarli darajada oshiradi.

Maishiy chiqindilar bilan ishlash madaniyati ekologik tarbiyaning muhim qismi bo‘lib,

talabalar chiqindilarni saralash va qayta ishlash usullarini o‘rganadilar. Ular chiqindilarning
tabiatga yetkazadigan zarari, ayniqsa plastik, organik va metall chiqindilarning ta’siri haqida
tushunchalarga ega bo‘ladilar. Bu jarayonda qayta ishlashning samarali usullari va bolalar uchun
maxsus mashg‘ulotlar tashkil etish usullari o‘rgatiladi. Shuningdek, talabalar chiqindilardan badiiy
buyumlar tayyorlash orqali bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradilar.
Chiqindilardan ikkinchi marta foydalanish orqali ular tabiatni asrashning turli yo‘llarini ko‘rsatib
beradilar.

Kuzatuv va tadqiqot qobiliyati bolalarda aniq fanlarga qiziqish uyg‘otishda muhim

ahamiyatga ega. Talabalar bolalarni tabiatdagi o‘zgarishlarni kuzatishga jalb qilish uchun turli
mavsumiy kuzatuvlar tashkil qiladilar. Ular yilning turli fasllarida tabiatda sodir bo‘ladigan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

162

o‘zgarishlar haqida ma’lumot beradilar. Kuzatuvlarni to‘g‘ri tashkil etish bolalarda

mantiqiy va tahliliy fikrlashni rivojlantiradi. Shuningdek, talabalar bolalar bilan turli oddiy
tajribalar o‘tkazib, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishini oshiradilar. Bu jarayonda bolalar tabiatdagi
tabiiy bog‘liqliklarni tushunib yetib, atrof-muhit bilan yaqinroq tanishadilar va uni muhofaza
qilishga rag‘batlanadilar. Misol uchun, “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida zamonaviy
qiyofadagi chiqindi qutilari hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
vazirligi tashabbusi bilan bu yerda har bir turdagi chiqindilarning qancha vaqtda parchalanishi aks
ettirilgan eko-burchak tashkil etildi[3]. Shu orqali chiqindilarni halokatlik ta’siri haqida keng
tushuncha olish mumkin bo‘ladi.

Talabalarni ekologik konsepsiyalar bilan tanishitirishda elektron ta’lim resruslarining o‘rni

kattadir. www.eco.uz saytining asosiy maqsadi-ekologik bilimlarni jamoatchilik orasida tarqatish,
ekologik muammolarni yoritish va ularning yechimlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdan
iborat. Saytning vazifalari quyidagilardan iborat:

Sayt ekologik tarbiyaga oid ma’lumotlarni keng ommaga taqdim etib, ekologik madaniyatni

rivojlantirishga xizmat qiladi. Ekologik faoliyat haqidagi ilmiy va amaliy maqolalar,
videomateriallar orqali ekologik muammolarning muhim jihatlarini tushuntirishga yordam beradi.
Saytda O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar va meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish
mumkin. Aholining qonunchilikda belgilangan ekologik huquqlari va majburiyatlari haqida
axborot beriladi. Iqlim o‘zgarishi, suv resurslarini boshqarish, chiqindilarni qayta ishlash kabi
yo‘nalishlarda ilmiy yangiliklarni taqdim etish.

www.eco.uz sayti turli yo‘nalishlardagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Uning asosiy

bo‘limlari quyidagilardan iborat:

1. Ekologik ta’lim va tarbiya
Bu bo‘limda ekologik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, maktab va oliy ta’lim

muassasalari uchun o‘quv materiallari, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy usullar haqida
ma’lumotlar taqdim etiladi.

Maktabgacha ta’lim-bolalarda ekologik ongni ilk bosqichdan shakllantirish usullari haqida

ma’lumot.

Umumta’lim maktablari-ekologik fanlar bo‘yicha darslar, qo‘shimcha mashg‘ulotlar va

loyihalar.

Oliy ta’lim-talabalar uchun ilmiy maqolalar va amaliy faoliyat yuritish bo‘yicha

qo‘llanmalar.

2. Ekologik qonunchilik
Ushbu bo‘limda ekologik huquqiy hujjatlar, qonunlar va xalqaro shartnomalar yoritilgan.

Aholi o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri tushunib, ekologik meyorlarga amal qilishni o‘rganadi.

O‘zbekiston Respublikasining ekologik qonunlari.
Atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan xalqaro hujjatlar.
Chiqindilarni boshqarish, suv va havo resurslarini himoya qilish bo‘yicha qonunlar.
3. Ekologik muammolar va ularning yechimlari
Bu bo‘limda sayyoramizdagi muhim ekologik muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi,

bioxilma-xillikning yo‘qolishi, havo va suv ifloslanishi masalalari yoritiladi. Bunda
O‘zbekistondagi ekologik vaziyat haqida ham to‘liq ma’lumotlar taqdim etiladi.

Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari.
Suv resurslari va ulardan samarali foydalanish.
O‘simlik va hayvonot dunyosi himoyasi.
4. Innovatsion texnologiyalar va eko-loyihalar
Saytda ekologik innovatsiyalar va eko-loyihalar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu

yo‘nalishdagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar va muvaffaqiyatli tajribalar yoritiladi. Masalan:

Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalari.
Suv tejash texnologiyalari.
Tadbirlar va ekologik faoliyat


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

163

www.eco.uz sayti orqali turli ekologik tadbirlar haqida ma’lumot olish va ularda

ishtirok etish imkoniyati mavjud. Sayt turli aksiyalar, ko‘ngillilar harakatlari va xalqaro ekologik
forumlarni yoritadi.

“Toza muhit” aksiyalari-shahar va qishloqlarning atrof-muhitini tozalashga qaratilgan

tadbirlar.

Ekologik forumlar va seminarlar-ilmiy va amaliy faoliyat yurituvchilar uchun muhokama

maydoni.

Yoshlar ekologik harakati-yoshlarni ekologik faoliyatga jalb qilish va ularning g‘oyalarini

qo‘llab-quvvatlash.

Multimedia va interaktiv vositalar www.eco.uz saytida turli multimedia vositalari,

videodarslar va interaktiv treninglar mavjud. Bu bolalar va kattalar uchun ekologik bilimlarni
vizual tarzda yetkazishda yordam beradi.

Videodarslar va hujjatli filmlar.
Fotogalereyalar va infografikalar.
Onlayn testlar va viktorinalar.
www.eco.uz sayti O‘zbekistonda ekologik ta’lim va madaniyatni rivojlantirishda muhim ro‘l

o‘ynaydi. U ekologik muammolar haqida bilimlarni oshirish, jamoatchilikni atrof-muhit
muhofazasiga jalb qilish va yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish uchun samarali axborot
manbasidir. Sayt orqali jamoatchilik turli ekologik tadbirlarda ishtirok etish, yangi
texnologiyalardan foydalanish va tabiatni asrashda o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi

vazirligi https://uznature.uz/uz[4]. saytida ham ekologik masalalarga doir qiziqarli ma’lumotlar
berib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi

vazirligi sayti-ekologik faoliyat va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid barcha axborotlar taqdim
etiladigan rasmiy internet resursdir. Bu sayt fuqarolarga ekologiya sohasidagi qonunchilik, davlat
dasturlari, ekologik muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, amaliy tadbirlar haqida to‘liq
ma’lumot beradi.

Umumiy xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, mamlakimizning har bir fuqarosi

ekotizimning yaxshilanishiga munosib hissa qo‘shish uchun ekologik qoidalarga qat’iy amal
qilsagina, kelajak avlod uchun ulkan tabiiy ne’mat hadya eta olamiz.

\

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Vazirlar mahkamasining 2019-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasida Ekologik

ta’limning rivojlantirish KONSEPSIYASI.

2. Бобоёров Р. О., Бабаярова Г. Н. Мактабгача ёшдаги болаларга экологик таълим-

тарбия бериш масалалари. Современное образование Узбекистан, 2015, 5. - Б. 71.

3.https://sanitation.uz/oz/news/masadli-tashabbus-ekologik-666bcd7da2ad4e29f68a6135 -

Мақсадли ташаббус: Экологик маданият сари. Мурожаат этилган сана: 13.06.2024 й.

4. https://uznature.uz/uz - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza

qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

5. У.Адамбаев, Э.Джораев. Экологик маданият ва уни шакллантириш. Academic

Research in Educational Sciences. Volume 3 | Issue 2 | 2022. – Б. 133.



ZAMONAVIY JAMIYATDA AYOLLARNING IQTISODIY MUNOSABATLARDA

ISHTIROKI VA O‘ZLIKNI ANGLASHI

Andijon davlat pedagogika instituti

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Vazirlar mahkamasining 2019-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limning rivojlantirish KONSEPSIYASI.

Бобоёров Р. О., Бабаярова Г. Н. Мактабгача ёшдаги болаларга экологик таълимтарбия бериш масалалари. Современное образование Узбекистан, 2015, 5. - Б. 71.

https://sanitation.uz/oz/news/masadli-tashabbus-ekologik-666bcd7da2ad4e29f68a6135 - Мақсадли ташаббус: Экологик маданият сари. Мурожаат этилган сана: 13.06.2024 й.

https://uznature.uz/uz - O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

У.Адамбаев, Э.Джораев. Экологик маданият ва уни шакллантириш. Academic

Research in Educational Sciences. Volume 3 | Issue 2 | 2022. – Б. 133.