Universal International Scientific Journal
216
Mamatova S., Saidobbozov S.Sh., Xasanova D.A
Kokand University Andijon filiali
Uzbekistan
farzona0111@icloud.com
Annotatsiya
: Mazkur maqola organizmning termodinamik parametrlarini o‘rganish, ularning
fiziologik va patologik holatlardagi ahamiyatini tahlil qilish maqsad qilingan. Organizmning xar bir
hujayrasi energiya almashinuvi, issiqlik hosil bo‘lishi va tarqalishi kabi murakkab termodinamik
jarayonlarni boshqarish orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu jarayonlarning muvozanati
buzilganda, turli kasalliklar va patologik holatlar rivojlanishi mumkin. Termodinamik parametrlar
jumladan, harorat, entropiya, entalpiya va energiyaning saqlanish qonuni , organizmning fiziologik va
biokimyoviy jarayonlarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ularning normal muvozanati buzilishi
gomeostazning buzilishiga, bu esa kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Masalan, gipertermiya va
gipotermiya kabi holatlar organizm uchun o‘ta xavfli bo‘lib, ular zamirida termodinamik izdan chiqishi
yotadi. Bu maqola orqali issiqlik hosil bo‘lishi va almashinuvi, energiyaning biologik tizimlarda saqlanishi,
shuningdek, bu jarayonlarning buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish yo‘li
batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Termodinamika qonunlari, energiya, issiqlik, entropiya, entalpiya, , gipertermiya,
gipotermiya, ATF, metobolizm, termoregulyatsiya.
Аннотация
: Целью данной статьи является изучение термодинамических параметров
организма и анализ их значения при физиологических и патологических состояниях. Каждая клетка
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz
ORGANIZMNING TERMODINAMIK PARAMETRLARI.
ULARNING O‘ZGARISHI BILAN KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 25.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
21
7
организма выполняет свои функции, контролируя сложные термодинамические процессы, такие как
энергетический обмен, выработка и рассеивание тепла. При нарушении баланса этих процессов
могут развиваться различные заболевания и патологические состояния. Термодинамические
параметры, включая температуру, энтропию, энтальпию и закон сохранения энергии, важны для
анализа физиологических и биохимических процессов организма. Нарушение их нормального
баланса приводит к нарушению гомеостаза, что приводит к развитию заболеваний. Например, такие
состояния, как гипертермия и гипотермия, чрезвычайно опасны для организма, и в их основе лежит
термодинамическая нестабильность. В статье подробно описаны процессы теплообмена и
теплопродукции, накопления энергии в биологических системах, а также заболевания,
возникающие в результате нарушения этих процессов, и способы их профилактики.
Ключевые слова
: Законы термодинамики, энергия, тепло, энтропия, энтальпия, гипертермия,
гипотермия, АТФ, обмен веществ, терморегуляция.
Abstract
: This article aims to study the thermodynamic parameters of the organism, analyze their
significance in physiological and pathological conditions. Each cell of the organism carries out its activity
by controlling complex thermodynamic processes such as energy metabolism, heat generation and
dissipation. When the balance of these processes is disturbed, various diseases and pathological conditions
can develop. Thermodynamic parameters, including temperature, entropy, enthalpy and the law of
conservation of energy, are of great importance in analyzing the physiological and biochemical processes
of the organism. Violation of their normal balance leads to a violation of homeostasis, which leads to the
development of diseases. For example, conditions such as hyperthermia and hypothermia are extremely
dangerous for the organism, which are based on thermodynamic instability. This article discusses in detail
the formation and exchange of heat, the conservation of energy in biological systems, as well as diseases
arising from the disruption of these processes and their prevention.
Keywords
: Laws of thermodynamics, energy, heat, entropy, enthalpy, hyperthermia, hypothermia,
ATP, metabolism, thermoregulation.
Language
: Uzbek
Citation:
Mamatova , S., & Saidobbozov , S. (2025). THERMODYNAMIC PARAMETERS OF THE
ORGANISM. DISEASES ARISING FROM THEIR CHANGES. Universal International Scientific Journal, 2(5),
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2254
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Kirish:Organizmda
termodinamik
jarayonlar va parametrlarning o‘zgarishi
organizmning
metabolik
faoliyatini
boshqaradi.[1] Organizmning energiya va
issiqlik balansining o‘zgarishi, kimyoviy
reaksiyalar va biologik jarayonlar orqali
boshqariladi.[2] Termodinamik parametrlar—
Universal International Scientific Journal
21
8
energiya, harorat, entropiya, issiqlik kabi
kattaliklar organizmning normal faoliyatini
ta’minlashda va kasalliklarni aniqlashda
muhim
o‘rin
tutadi.[3]
Organizmda
termodinamik jarayonlarning boshqarilishi va
buning kasalliklar bilan aloqasi chuqur tahlil
qilinishi kerak.[4]
Asosiy qism: Termodinamika biologik
va kimyoviy tizimlarning energiya va issiqlik
bilan bo‘lgan munosabatlarini o‘rganadigan
ilmiy soxa bo‘lib, uning asosiy qonunlari va
tushunchalari organizmning faoliyatini to‘liq
tushunishga yordam beradi. Termodinamika-
bu energiyaning bir turini ikkinchi turiga
o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Termodinamik
jarayonlar
energiyaning
saqlanishi,
tarqalishi,entalpiyasi
va
o‘zgarishini
belgilaydi va bu jarayonlar organizmda sodir
bo‘ladigan barcha fiziologik va biokimyoviy
reaksiyalarni boshqaradi.
Entalpiya—sistemaningo‘zgarmas
bosimdagi issiqlik samaradorligi bo‘lib,
sistemaning energetik xolatini ta’riflovchi
funksiya birligidir.
Termodinamikaning
vazifasi
turli
sistemalarning
xossalarini
va
ularda
bo‘layotgan jarayonlarni, ya’ni ish, issiqlik va
barcha
turdagi
energiyalarni
o‘zaro
aylanishining
miqdoriy
qonuniyatlarini
o‘rganishdir. Ushbu qonunlar va tushunchalar
organizmning
metabolizmi,
kimyoviy
reaksiyalar,
energiya
almashinuvi
va
termoregulyatsiya
kabi
jarayonlarni
tushunishda asosiy rol o‘ynaydi.
Termodinamikaning
Ⅰ
-qonuni
Energiyaning saqlanish qonuni
Birinchi termodinamik qonun yoki
energiyaning
saqlanish
qonuni,
shuni
ta’kidlaydiki,
tizimga
qo‘shilgan
yoki
tizimdan chiqarilgan energiya miqdori har
doim o‘zgarishsiz qoladi.Energiya—ish bajara
olish qobiliyati miqdor o‘lchami. Bu qonun
biologik tizimlar ham to‘liq amal qiladi,
chunki organizm o‘z energiyasini turli
jarayonlar
uchun,masalan,
metabolizm,
hujayra faoliyati, issiqlik hosil qilish va
boshqalar uchun ishlatiladi. Organizmda
energiya almashinuvi muntazam ravishda
amalga oshadi va bu jarayonda energiya
yo‘qolmaydi, balki bir shakldan ikkinchi
shaklga o‘tadi. Masalan, ozuqaviy moddalar
metabolizm jarayonlari orqali kimyoviy
energiyaga aylanadi va ATF molekulalari
yordamida
hujayra
faoliyatiga
yo‘naltiriladi.Metobolizm—barcha
hujayralarda boradigan kimyoviy reaksiyalar
hamda bunda yangi moddalar hosil bo‘lishi va
parchalish jarayonlaridir.ATF molekulalari
hujayra ichida energiya saqlash va uni zarur
joylarga yetkazishda juda muhim rol o‘ynaydi.
ATFning gidrolizi (ATF→ADF+P) energiya
chiqaradi,bu ko‘plab biologik jarayonlarni
qo‘zg’atadi.
Qisqa
xulosa
qilib
aytilganda
Termodinamikaning
birinchi
qonuniga
shunday ta’rif berilgan—“agar biror-bir
sistemaga ma’lum miqdorda issiqlik(Q)
berilsa, u holda issiqlik miqdori sistema ichki
energiyasining(∆U) ortishiga va tashqi
kuchlarga qarshi bajarilgan ishga(A) sarf
bo‘ladi.”Quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Q=∆U+A(1-rasm)
Universal International Scientific Journal
21
9
1-rasm. Termodinamikaning birinchi
qonuni
ATF va energiya almashinuvi
ATF—molekulasi organizmda energiya
manbai sifatida ishlaydi.ATFning molekulyar
tuzilmasi uchta fosfat guruhidan iborat bo‘lib,
yuqori energiyali fosfat bog’larini o‘z ichiga
oladi. Ushbu bog’larning sinishi energiya
ajralishiga olib keladi. Bu esa organizmda
kimyoviy reaksiyalar amalga oshirish uchun
kerak bo‘ladi.
Termodinamikaning
Ⅱ
-qonuni
Entropiya oshishi
Termodinamikaning ikkinchi qonuni
energiyaning o‘zgarishiga tegishli bo‘lib,
tizimda entropiya(tartibsizlik yoki tizimning
noorganik holatga o‘tish darajasi) har doim
oshib
borishiniaytadi.Entropiya—
organizmning
ichki
tartibsizligini
va
energiyaning qanday tarqalishini ifodalaydi.
Entropiya qiymatlari moddaning agregat
xolatiga bog’liq bo‘ladi. Organizm uchun bu
qonun muhim, chunki u organizmning turli
fiziologik jarayonlarida doimiy energiya
sarfini va uni samarali ishlatish uchun tartibni
saqlashga
yordam
beradi.
Boshqacha
aytganda, organizmda sodir bo‘ladigan barcha
biokimyoviy reaksiyalar, metabolizm va
issiqlik almashinuvi jarayonlari energetik
samaradorlikni oshirish uchun tartib va
entropiya darajasini o‘rnatadi. Agar bu
muvozanat buzilsa, organizmning energiya
tizimlari beqaror bo‘ladi va turli kasalliklar,
masalan, metabolik kasalliklar rivojlanishi
mumkin.
Organizmda entropiyaning o‘sishi va
energiya sarfi masalan, hujayra energiya bilan
ta’minlanayotganda, faqat ATF molekulalari
yordamida sodir bo‘ladi. Agar ATFning
yetishmovchiligi yoki ishdan chiqishi bo‘lsa,
bu organizmning umumiy energetik balansini
buzishi
mumkin.Shunday
qilib,
Termodinamikaning ikkinchi qonunida —
“issiqlik harorati past bo‘lgan jismdan harorati
yuqori
bo‘lgan
jismgao‘z-o‘zidan
o‘taolmaydi.“(2-rasm)
2-rasm. Termodinamikaning 2- qonuni
Termodinamikaning
Ⅲ
-qonuni Harorat
va entropiya o
‘
rtasidagi bog’lanish
Termodinamikaninguchinchi
qonuniharorat va entropiyaning o‘zaro
bog’liqligini ko‘rsatadi. Agar harorat 0ga teng
bo‘lsa, tizimning entropiyasi minimal bo‘ladi.
Bu qonunning biologik ahamiyati ayniqsa
kimyoviy reaksiyalarni boshqarishda ko‘zga
tashlanadi. Chunki metabolik jarayonlar va
fermentativ faoliyat faqat ma’lum haroratda
samarali ishlaydi. Biologik tizimlar, shu
jumladan inson organizmi, o‘z faoliyatini
ma’lum bir harorat oralig’ida olib boradi va
haroratdagi
o‘zgarishlar
energetikjarayonlarning samaradorligini ta’sir
qiladi.
Organizmning
termoregulyatsiyasi,
ya’ni haroratni saqlash va tartibga solish
mexanizmlari shu qonunasosida ishlaydi. Bu
qonun asosida kelib chiqadigan kasalliklarga
Gipertermiya(haroratning yuqori ko‘tarilishi)
yoki Gipotermiya(haroratning pastlashuvi)
organizmning energetik tizimlariga jiddiy
Universal International Scientific Journal
2
20
zarar yetkazadi.
Agar
ATF
molekulalarining
hosil
bo‘lishi va ishlatilishi harorat bilan to‘g’ri
bog’lanmasa, metobolik jarayonlar to‘xtab
qolishi
yoki
beqaror
bo‘lishi
mumkin.Termodinamikaning
uchinchi
qonuni—“jismning harorati qanday darajada
o‘zgarishidan qat’iy nazar u o‘zining absolyut
0 yoki boshlang’ich haroratiga qaytishidir.”(3-
rasm)
3-rasm.Termodinamikaning 3- qonuni
Termodinamik parametrlar o‘zgarishi
bilan kechadigan kasalliklar
Bularga gipertermik ya’ni tana harorati
ko‘tarilishi bilan kechadigan kasalliklar,
gipotermik ya’ni harorat pastlashi bilan
kechadigan
kasalliklar
va
energiya
almashinuvi buzilishidan kelib chiqadigan
patologiyalarni misol qilishimiz mumkin.
Bunday
o‘zgarishdan kelib chiqadigan
kasalliklar ichida keng tarqalgani “Bolalar
gipertermik sindromi”.
Bolalar gipertermik sindromi – bu
termoregulyatsiyaning buzilishi bo‘lib, tana
harorati yuqori ko‘rsatkichda bo‘ladi va ichki
a’zolar tomonidan turli xil o‘zgarishlar kelib
chiqadi. Ko‘pincha yurak-qon tomir va nerv
sistemasi zararlanadi. Gipertermiya tana
harorati 39,5
℃
dan yuqori bo
‘
lishi, miya shishi
va o
‘
tkir poliorgan yetishmovchiligi bilan
kechadi. Bu kasallik bola hayotiga xavf
soluvchi jiddiy holatdir. Davolash muolaja
sifatida-
tana
haroratini
tushuruvchi
preparatlar, regidratsion davo va asosiy
kasallikni davolash muolajalari o‘tkaziladi.
Bunday
kasalliklarga
:
psixogen
gipertermiya,
gipertonik
kriz,
xavfli
gipertermiya kabilar kiradi.
Gipotermik kasalliklarda asosan tana
haroratining 35
℃
dan past bo
‘
lgan holati
hisoblanadi.
O
‘
z
vaqtida
davolanmasa,
gipotermiya o
‘
limga olib kelishi mumkin.
Xulosa: Termodinamika—bu energiya
o‘zgarishi bilan kechadigan jarayonlarni
o‘rganadigan fan. Termodinamikaning 3ta
asosiy qonunlari bor. Ularga: “energiyaning
saqlanish qonuni”, “entropiya qonuni”,
“harorat va entropiya o‘rtasidagi bog’lanish
qonuni”
kiradi.
Termodinamika
inson
hayotida muhim ro‘l o‘ynaydi. Organizmda
kechadigan metabolik jarayonlarga javob
beradi.Inson uchun muhim ahamiyatga ega
ATF energiya ishlab chiqarishida muhimdir.
Bu
parametrlar
buzilishida
organizmda
patalogik kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Masharipov S. “Tibbiy kimyo” o’quv qo’llanmasi Toshkent -2018.–284-bet.
2.Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S.Tibbiy kimyo: O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi. –T.: “Ijod-print” nashriyoti, 2019.–564-bet.
3. http://www.Soff.uz / “organizmning termodinamik parametrlari”
4. BazarbayevM.I., SobirjonovA.Z., AbdujabbarovaU.M. Biofizika.“Fan va texnologiya”
nashriyoti,2018.–212-bet.
