Annotatsiya. Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda xarita va yozuvsiz xaritalar bilan ishlash metodikasi yoritilgan. Xaritalar orqali o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash, tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi. Ayniqsa, yozuvsiz xaritalar (blank xaritalar) yordamida mustaqil izlanish, hududlarni eslab qolish va ularni xaritada aniqlash ko‘nikmalari shakllanadi. Maqolada xaritalar bilan ishlashning bosqichlari, samarali usullari, darsda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, interfaol metodlardan foydalangan holda yozuvsiz xaritalarni o‘rgatishning afzalliklari ham yoritilgan.