Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 107
BOLALARDA OʻZLIGINI ANGLASH HAMDA “MEN” SHAXSINI
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Saparova Gulhayo Xoʻjanazar qizi
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi
84-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ko‘plab psixologlar fikriga ko‘ra, inson shaxsidagi yetakchi
sifatlarining shakllanishi va “Men” konsepsiyasi asoslarining yaratilishi aynan
ontogenezning dastlabki 5-6 yilida ro‘y berad. O‘zini-o‘zi anglash masalalariga
bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili bizga o‘zgaruvchilarning kattagina qismi kichik
ijtimoiyguruhsifatida hayot tarzini oilada aks ettiruvchilarni tashkil qiladi, deyishimizga
imkon beradi.
Kalit so‘zlar
:shaxs,ruhiy holat, tushkunlik, agressiya, korreksiya, profilaktika
KIRISH
L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi Ilmiy garixiy ahamiya-1ta
ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olga
surgan g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. Men tushunchasi rivojlanishiga nazar
solar ekanmiz, uning shakllanishi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Dastlab, chaqaloqlar
o‘zlarini anglamaydilar. Keyinchalik tashqi va ichki muhitdagi turli omillar ta’sirida
o‘zligini anglay boshlaydilar. Bu borada ko‘pgina psixologlar va nazariyotchilar turli yosh
davrlarida shaxsiyatni rivojlantirish tushunchasini o‘rganib chiqdilar, ular orasida Gordon
Allport va Erikson qarashlari ko‘pgina muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Erikson shaxsiyat rivojlanishi psixosotsiyal rivojlanishning sakkiz bosqichda sodir
bo‘lishiga ishondi. “Men-kontseptsiya”ning bosqichma-bosqich rivojlanishining eng
rivojlangan nazariyalaridan biri amerikalik psixolog Gordon Allport tomonidan taklif
qilingan. Bu bosqichlar shaxsning o‘ziga xos shaxsni shakllantirishga bo‘lgan psixologik
ehtiyojlari va bu rivojlanishda ro‘l o‘ynaydigan ijtimoiy omillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
8 bosqichdan 5 tasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida sodir bo‘ladi.
1-bosqich - bu o‘z tanasini his qilish . Chaqaloq o‘zini alohida shaxs sifatida
anglamaydi, o‘zlarini boshqa narsalardan ajrata boshlaydilar. Shuning uchun u “meniki”
va “meniki emas” o‘rtasidagi farqni ajratmaydi. Biroq, hayotning ilk yilida chaqaloqlar
ichki sezgi organlaridan kelib chiqadigan ko‘plab his-tuy g‘ularni seza boshlaydilar.
2-bosqich - bu o‘zini o‘zi anglash hissi , ya’ni bola o‘zini ma’lum va eng muhim shaxs
sifatida biladi. Bu esa “men”ning yaxlitligi va uzluksizligi ta’minlashning eng muhim
boshlan g‘ich nuqtasi bolaning o‘z ismidir. 2-3 yoshga kelib o‘z ismini anglab olgan bola,
uning rivojlanishida va tashqi olam bilan bo‘ladigan munosabatlaridagi barcha
o‘zgarishlarga qaramasdan, o‘sha odam bo‘lib qolishini tushuna boshlaydi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 108
3-bosqich - (3-4 yosh) o‘z-o‘zini hurmat qilishni shakllanishi . Eng avvalo, o‘z-o‘zini
hurmat qilish tuy g‘usi bolaning o‘zi biror ish bajarganda boshdan kechiradigan g‘urur tuy
g‘usi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini hurmat qilish bolaning topshiriqni
muvaffaqiyatli bajarishiga bo g‘liq.
4-bosqich - chegaralarini kengaytirish. 4-5 yoshda bola faqatgina o‘zining jismoniy
tanasiga emas, balki atrofdagi olamning muhim elementlariga, shu jumladan odamlarga
ham ega ekanligini tushuna boshlaydi. Bu bosqichda bolalar “men” ning ma’nosini
tushunishni o‘zlashtira boshlaydilar.
5-bosqichda, (5-6 yosh) bu yoshga kelib “men” obrazi shakllana boshlaydi. Bu
bosqichda bola atrofidagi odamlarni, ota-onasi, qarindoshlari, va boshqa odamlarga
qanday munosabatda bo‘lishini va undan nima kutishlarini, qanday bo‘lishini xohlashlarini
o‘rganishni boshlaydigan vaqt. Shu davrga kelib bola “yaxshi” va “yomon” o‘rtasidagi
tafovutni anglab boshlaydi.
6-bosqich (6-12 yosh) ongli ravishda oqilona o‘zini o‘zi boshqarish. O‘zo‘zini
shakllantirishning ushbu davri kuchli muvofiqlikni, axloqiy va ijtimoiy itoatkorlikni o‘zida
namoyon qiladi.
7-bosqichda, o‘smirlik davrida “men” tushunchasi, yaxlit “men” tuy g‘usi joy oladi.
“Men-tushunchasi” rivojlanishining sakkizinchi bosqichi insonning o‘zini o‘zi bilish va
o‘zini o‘zi qadrlash kabi qobiliyatlari shakllanishi bilan bog‘liq.Yuqorida keltirilgan
fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, shaxs sifatida shakllanishida
tashqi muhit omillari ahamiyati katta. Lekin shu bilan birgalikda o‘sayotgan bolaning
irsiyati va individual rivojlanishi hamda shaxsiy salohiyatini ham hisobga olish o‘rinli.
Agarda rivojlanish bosqichlariga nazar soladigan bo‘lsak, dastlabki “men” tushunchalari
oilada shakllanishini ko‘rishimiz mumkin. Keyingi bosqichlarda bu mustahkamlanib
boradi. Bu esa taʼlim muassasalari bilan bo g‘liq, ayniqsa maktabgacha taʼlim alohida
ahamiyatga egadir.Rus tadqiqotchilarining ko‘pchiligi oilada ota-onaning bolalar
munosabatlariga yoki juda keng, yoki bolaning psixik rivojlanishi umumiy nuqtayi
nazardan juda tor manoda yondashadilar. Masalan, ular asab buzilishlari paydo bo‘lishi,
ruhiy holatlarning namoyon bo‘lishi, himoya mexanizmlari shakllanishiga tasiri
jihatlaridan o‘rganib chiqqan.
Ko‘plab psixologlar fikriga ko‘ra, inson shaxsidagi yetakchi sifatlarining shakllanishi
va “Men” konsepsiyasi asoslarining yaratilishi aynan ontogenezning dastlabki 5-6 yilida
ro‘y beradi. O‘zini-o‘zi anglash masalalariga bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili bizga
o‘zgaruvchilarning kattagina qismi kichik ijtimoiyguruhsifatida hayot tarzini oilada aks
ettiruvchilarni tashkil qiladi, deyishimizga imkon beradi. Tadqiqotchilar buni bolalarda
“Men” konsepsiyasining shakllanishida ota-onalarning o‘zaro munosabatlari muhim
biromil ekanligi bilan bog‘laydilar. Ota-onalarning bola bilan o‘zaro munosabati va uning
o‘zini anglashi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, o‘zini boshqarish shakli sifatida, bola xulq-
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 109
atvorini boshqarish usullari va ota-ona munosabatlarini namoyon etuvchi model sifatida
ochib beriladi.
Ilmiy adabiyotlardan olingan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda bolaning o‘zini-
o‘zi anglashi interiorizatsiya usuli bo‘yicha ota-ona bilan muloqotning to‘rt xil turini
ajratish mumkin.
1.
O‘ziga munosabat yoki “Men” obrazini bevosita yoki bilvosita xulq-atvor
orqali singdirish.
2.
Xatti-harakat standartlari va da’volar, ijtimoiy kutishlar darajasining
shakllanishi orqali bolaning o‘ziga munosabati shakllanishi.
3.
Bola xulq-atvori ustidan nazorat, bunda bola tomonidan bir vaqtning o‘zida
o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullari va ko‘rsatkichlari o‘zlashtirib olinadi.
4.
Bolaning o‘zini baholashi ko‘rinishini o‘zgartirishga qodir bola xulqini yo‘lga
solmoq, bunda bolaga ota-ona tomonidan o‘tkaziluvchi “Men” obrazi va o‘ziga
munosabatining ijobiy va salbiy ma’noga ega bo‘lishi mumkinligi tabiiy, albatta.
Shu tariqa, bolada shakllanuvchi “Men” ijobiy obrazi ham atrofdagilarning salbiy
baholashga duch kelganda o‘zgarishi mumkin, ya’ni uning barqarorligi bu bosqichda shak-
shubhasiz emas va boshqalarning, birinchi navbatda, onaning munosabatiga bog‘liq
bo‘ladi: ona esa o‘z navbatida, o‘ziga ijobiy munosabatda bo‘lishi lozim, chunki aks xolda
u bola uchun namuna bo‘la olmaydi. Ona “Men”ini qo‘llab-quvvatlash bola “Men”ini
shakllantirishni yengillashtiradi va bolaning ona bilan munosabatlari oiladagi uchlik
munosabatlari bilan almashgan xoldagi rivojlanish bosqichidagina bola qatiy chegaralarga
muhtojlik seza boshlaydi. Bu zarurat muhabbat va nafrat mojorosini ishlab chiqish va
uning asosiy tendensiyalari bolaning otaga yo‘nalganlikka asoslanuvchi hamda bolaning
onaga yo‘nalganlikka tayanuvchi tendensiyalari bilan bog‘liq.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Рахматуллаева, П. М., & Маҳкамова, М. А. (2022). ЁШЛАР ТАЪЛИМ
СИФАТИНИ ОШИРИШДА МОТИВАЦИЯНИНГ ЎРНИ ЁХУД УЛКАН
МАҚСАДЛАР САРИ ДАСТЛАБКИ ҚАДАМ.
Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS)
, (Special Issue 1), 160-163.
2..Rahmatullayeva, M., Rashidova, G., & Karakulova, U. (2023). XXI ASRDA
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT.
Журнал
Педагогики и психологии в современном образовании
,
3
(1).
3.
Rahmatullayeva, M. (2021). XALQ PЕDAGOGIKASIDA TA'LIM VA TARBIYA
MASALARI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании
,
1
(4).
4.
Abdulla, S., & Abduvakilovna, K. U. (2022). AXBOROT SAVODXONLIGI
VA
AXBOROT
IZLASH
XULQ-ATVORIDAGI
PSIXOLOGIK
OMILLAR.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research
,
586-589.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 110
5.Rahmatullayeva, M., Umida, K., & Gulnoza, R. (2023). BOSHQARUV
PSIXOLOGIYASI VA BU BORADAGI ILMIY YONDASHUVLAR.
Журнал
Педагогики и психологии в современном образовании
,
3
(1).
6.
Karakulova, U., Rashidova, G., & Raxmatullayeva, M. (2023). DEVIANT XULQ-
ATVOR
RIVOJLANISHIDA
OILAVIY MUNOSABATLARNING TA’SIRI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании
,
3
(1).