Mualliflar

  • Adizova Madina Botirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106531

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ruhiy zo’riqish salomatlik muhit psixologik jarayonlar psixostress eustress distress psixodiagnostika prognoz ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar

Annotasiya

Ayni kunlarda jadal rivojlanayotgan texnik –informatsion progress asrida inson kuchli zarbalar ta’sirida qoldi va endi ruhiyatni, psixik salomatlikni asrash trendga aylanmoqda. Psixoemotsional holatlarning inson psixik va tibbiy salomatligiga salbiy ta’sirlarini kamaytirish va buning oldini olish choralarini ishlab chiqish va hayotga keng tatbiq etish masalasini ko’ndalang qo’ymoqda.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 171

PSIXOLOGIYADA SHAXSLARDAGI STRESS HOLATLARINI

TALQIN QILINISHI HAMDA BARTARAF ETISHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK USULLARI

Adizova Madina Botirovna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 21- umumtaʼlim maktabining

amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Ayni kunlarda jadal rivojlanayotgan texnik –informatsion progress asrida inson

kuchli zarbalar ta’sirida qoldi va endi ruhiyatni, psixik salomatlikni asrash trendga
aylanmoqda. Psixoemotsional holatlarning inson psixik va tibbiy salomatligiga salbiy
ta’sirlarini kamaytirish va buning oldini olish choralarini ishlab chiqish va hayotga keng
tatbiq etish masalasini ko’ndalang qo’ymoqda.

Kalit so’zlar:

Ruhiy zo’riqish, salomatlik, muhit, psixologik jarayonlar, psixostress,

eustress, distress, psixodiagnostika, prognoz, ruhiy holat, tushkunlik, psixik jarayonlar

KIRISH

Stress vaziyatida organizmning yurak-qon tomir, nerv, hazm, nafas, endokrin kabi

tizimlarida bir qancha o’zgarishlar kuzatiladi.

Bu holat:
-qon bosimining ortib ketishigipertoniya;
-yurak urishining tezlashuvi- taxikardiya;
-hazm traktidagi o’zgarishlar:ishtaxasizlik-anoreksiya,
- oshqozon-ichak sekretsiyasining buzulishi;
-nafas harakatlaridagi o’zgarishlar;
-asabiy odatlar (qo’llar titrashi, qaltirash, ko’z, qovoqlar uchishi, barmoqlarni

qirsillatish); -yomon uyqu bo’lishi kabilar kuzatiladi.

Keyingi

yuqori o’rinlarda bolalarda xavotirlanish hissining yuqoriligi

aniqlanmoqda. Bu esa bolalardagi xavotirlanish hissini kamaytirish uchun ular bilan
maxsus treninglar tashkil etish, motivlashtirish, psixoprofilaktik usullarni qo’llash
kerakligini talab qiladi. Keyingi o’rinlarda talabalarning o’zlaridagi zararli odatlar va ular
bilan kurashish jarayonidagi qiyinchiliklar ko’rsatilmoqda.Bu o’rinda ularga zararli
odatlarning salbiy ta’sirlarni va ularning oqibatlarini ko’rsatib berish, zararli odatlarga
bo’lgan kurashda kishining ruhiy holati va psixokorreksion usullarni qo’llash muhimdir.

Keltirib o’tilgan stressing salbiy ta’sirlari, aniqlangan diagnostik tahlillar stress

moyillikni prognoz qilish, psixodiagnostikasini amalga oshirish va olingan natija va
prognoz bo’yicha korrektsion va profilaktik ishlarni ishlab chiqish, amalga oshirish muhim
ekanligini ta’kidlaydi. Uzoq muddat davom etuvchi ekstremal holatlar, distressning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 172

organizmga ta’sirlari natijasida o’zida antistress kayfiyatini olmagan insonlarda turli
fiziologik tizimlarida salbiy o’zgarishlarni, kasalliklarni chaqirishi o’z tasdig’ini topgan.

Distressning salbiy oqibatlari: -yurak –qon tomir kasalliklari; -nerv tizimi

kasalliklari; -hazm tizimidagi kasalliklar va Psixodiagnostik tahlil natijalari
psixokorrektsion va psixoterapevtik ishlarni tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi, aks
holatlarda jiddiy kasalliklarga duch kelish tabiiy. Bunday holatlarga tushishi mumkin
bo’lgan shaxslar sonini bilish va ular bilan profilaktikani ham tashkil etish muhim. Stress
psixologiyasi va psixofiziologiyasi ustida ko’p ilmiy izlanishlar olib borgan olim
Y.V.Shcherbatyx o’zining ilmiy asarlarida shaxsning stresssga bo’lgan munosabatini,
stress holatiga chidamliligini

(labilligini), moyilligini, stress vaziyatida o’zini o’zi boshqara olish darajasini

aniqlashning qator usullarini keltirib o’tadi. Jumladan : -birxil stress omillaridan
foydalanish, bu o’z navbatida shaxsda stress jarayonining kechish tarzini va bu vaziyatga
shaxsning chidamlilik darajasini prognoz qilish imkonini beradi;

-labaratoriya sharoitida o’lchangan sinov stressorlaridan foydalanish (stimullar bilan

ta’sirlashga asoslangan); Stress holatlarini reaksiyalarini prognoz qilish, tog’ri
diagnostikasini amalga oshirish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.Diagnostik
tahlillarda psixoemotsional, ekstremal vaziyatlarda o’z boshqaruvini yo’qotishi, psixik,
fiziologik buzilishlar bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslarni oldindan aniqlash mumkin
bo’ladi. Bu esa ham tibbiy, ham psixik tomondan buzilishlarni oldini olish-profilaktikasini
amalga oshirish imkonini beradi. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, distressni davolash
uchun alohida dorilar mavjud emas, lekin bunda bizga jismoniy harakatlar yordam beradi,
ayniqsa sport bilan shug’ullanish, yaqin qarindoshlar bilan uchrashuvlar, dildan
suhbatlashish, yoqtirgan badiiy filmlarni tomosha qilish, teatr va sayoxatlarga borish ham
tavsiya etiladi. O’zo’zini boshqa ishlarga jalb e’tish, o’ziga vaqt ajratish, turli nohushliklar
va muammolarni esdan chiqarish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish kabilar, kishini har
qanday salbiy stress ta’sirlaridan saqlaydi.

Ayni kunlarda jadal rivojlanayotgan texnik –informatsion progress asrida inson

kuchli zarbalar ta’sirida qoldi va endi ruhiyatni, psixik salomatlikni asrash trendga
aylanmoqda.

Psixoemotsional holatlarning inson psixik va tibbiy salomatligiga salbiy ta’sirlarini

kamaytirish va buning oldini olish choralarini ishlab chiqish va hayotga keng tatbiq etish
masalasini ko’ndalang qo’ymoqda. Inson hayotida yuzga keluvchi psixoemotsional
holatlar ichida stressing o’rni o’zgachadir. Ko’plab insonlar boshidan kechirayotgan
doimiy stressga, oilaviy, ishhonadagi muammolar, shuningdek, hayotning iqtisodiy
muammolari bilan ham bog’liqligini taxmin qilish mumkin. Ijtimoiy ahamiyatga ega
bo’lgan bu stress omillari mikroijtimoiy stressorlar asosida rivojlanib kelmoqda. Stress -
so’zi inglizcha so’zdan kelib chiqib - “zoriqish”, “keskinlik”, “bosim” -maʼnolarni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 173

bildiradi. Stress tushunchasini birinchi bo’lib Kanadalik fiziolog Gans Selye fanga olib
kirgan.

U stressing shaxs faoliyatiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini va stress vaziyatida

moslashuv(adaptatsiya) jarayonlarini tadqiq etgan. G.Selye stressga sabab bo’luvchi
omillarni - stressorlar nomi ostida birlashtirgan. Stress bu kishining turli stressorlar ta’siri
natijasida haddan tashqari zo’riqish holatidir. Ushbu stressorlar turli xil fiziologik (
jismoniy zo’riqish, og’riq, turli patalogik jarayonlar, fiziologik buzilishlar) va psixik (
hissiy zarbalar, bezovtalik, ziddiyatlar, qo’rquv) stressorlar bo’lishi mumkin. XX asrning
ikkinchi yarmiga kelib emotsional holatlarning psixologik, fiziologik, tibbiy ta’sirlarini
o’rganish amalga oshirila boshlandi. Jumladan stress holatining psixologik jihatlarini
o’rganish ko’plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’ldi. Bu boradaV.Yu.
Shcherbatyx, A.O.Proxorov, B.G.Ananev, K.K.Plantov, F.Y.Vasilyuk kabi olimlar
stressning psixologik jihatlarini tadqiq etganlar. Stressning kichik miqdori foydali ekanligi,
bu shaxs faollanishi uchun muhim turtki bo’lishi ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra
tasdiqlangan. Bunday stress inson uchun foydali stresslar eustress deb nomlanadi.

XULOSA

Zero, ko’p miqdordagi, ta’siri kuchli , uzoq vaqt davom etuvchi omillar insonda

distress holatini yuzaga keltiradi. Distress holati esa insonning psixik va tibbiy
salomatligiga salbiy ta’sir qiladi, shaxs faoliyatida sezilarli o’zgarishlarni vujudga
keltiradi.Xususan, yuzaga kelgan distress holati o’zining bir qancha alomatlari bilan
namoyon bo’ladi. Zero, shaxsning intelektual faoliyatida bir qancha o’zgarishlarga sabab
bo’ladi. Bu holatda: diqqat jamlanishining qiyinlashuvi, e’tiborni muhim narsaga jalb qila
olmaslik, fikrlar tarqoqligi va bu esa o’z navbatida qaror qabul qilishning qiyinlashuviga ,
natijada ish ko’lamiga, shaxs faoliyati unumdorligining keskin pastlashuviga sabab
bo’ladi. Bundan tashqari distress holati xotira jarayonlariga ham o’zining salbiy ta’sirini
o’tkazmasdan qolmaydi, natijada esda saqlash , saqlangan ma’lumotni qayta esga
tushirishning qiyinlashuviga olib keladi. Distress holati insonning psixik muvozanatini
buzibgina qolmasdan uning tibbiy ta’sirlari fiziologik tizimlarda ham sezilarli alomatlari
bilan namoyon bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya.T.:Toshkent-2010.

2.

Jalolova M.O. “O’smirlik davrida stress holatlari diagnostikasi va
korrektsiyasi”.Magistrlik dissertatsiyasi, Andijon-2017.

3.

G’oziyev.E.G’.Umumiy psixologiya.T.:-2003.

4.

Ziyo.net materiallari

Bibliografik manbalar

Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya.T.:Toshkent-2010.

Jalolova M.O. “O’smirlik davrida stress holatlari diagnostikasi va korrektsiyasi”.Magistrlik dissertatsiyasi, Andijon-2017.

G’oziyev.E.G’.Umumiy psixologiya.T.:-2003.

Ziyo.net materiallari