Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 163
BOLALARDAGI SALBIY XULQ-ATVORNING KELIB CHIQISHIGA
SABAB BOʻLUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Umarova Manzuraxon Sirojiddinovna
Farg'ona viloyati Quvasoy shahar MMTB ga qarashli
1-IDUM amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Deviant hulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning
vositalari, shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga
maqsadga qaratilgan tashkiliy ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish
imkoniyatlari tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki
huquqiy profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan
keyin amal qila boshlaydi.
Kalit so'zlar:
voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy
funksiya, jinoyatchilik, ruhiy holat,o'smir, profilaktika,psixik jarayonlar
KIRISH:
Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, ijtimoiy normalar
shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi
qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrida ijtimoiy normalar tizimidagi jiddiy
o'zgarishlar va tendensiyalarning mohiyati, atvorlar og'ishiga ta'sir etuvchi zamonaviy
omillar – ni o'rganish tamoyillarining roli. – internet, virtual dunyo, axborot oqimining
tahlili, uning sotsiologik jihatlarini o'rganish va yoshlar muammolarini o'rganish shuni
ko'rsatadiki, globallashuv jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan
jiddiy xavflar va ularni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Deviant xulq-atvor
turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy
illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga
ega. Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor turmush
tarzining ajralmas qismiga aylanadi. Doimiy oilaviy kelishmovchilik, oila va atrof-
muhitdan qoniqmaslik, uydagi tushunmovchilik va boshqalar. – bularning barchasi
bolaning ruhiyatini jarohatlaydi va u mavjud vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi. Bu
o'rinda kamchiliklar, jumladan, nizolar rivojlanishining oldini oluvchi va unga qarshi
kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ijtimoiy institutlarda salbiy rol o'ynaydi.
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvori katta yoshdagilarning og‘ma hulq-
atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya
umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan
buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor
normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki
umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 164
mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo, professional
jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga
yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha
o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi
prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar
diqqat-e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan
o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga qaratadilar.
Umuman olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant
hulq-atvordan himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va bog’liqlikka duch
keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei bolalarning
ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga
yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan
davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi mantiqiy
izchillik jihatdan tadqiq qilindi.Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida
ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir.
Jamoatchilik fikri so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun
axborot olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning
roli o‘sadi.
Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy
maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama ijtimoiy
qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash tarzini,
andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy funksiyasi turmush
tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi.
Oldini olish bilan bog‘liq huquqiy choralar ishlashi‖ uchun u bolaning ongiga
qo‘yilishi, uning e‘tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq maqsadga
qaratilgan tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin. Bizga ma‘lumki
jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni
o‘rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma‘naviy-ahloqiy shakllanishiga ta‘sir
etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan,
oilada yoki ko‘cha-ko‘yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning guvohi bo‘lgan o‘smir,
ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo‘l uradi. Bunday jinoyatlar qatoriga voyaga
yetmagan o‘smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, shu
o‘rinda bir savol tug‘iladi, bunday jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, tub mohiyati
nimada? Shu o‘rinda biz ushbu jinoyatlarning sodir etilishidagi shartsharoitlarga,
sabablarga to‘xtalib o‘tamiz. Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik
shug‘ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a‘zolari, maktabgacha
bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 165
tashkilotlari va boshqalardir. Darhaqiqat, ana shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan
shug‘ullanuvchi shaxslarning ular tarbiyasidagi ta‘siri kelajakda o‘z ta‘sirini o‘tkazadi.
Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi yoki ma‘naviy ahloqsizlik bilan ajralib turadi. Bunda
nazarimizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka qarshi
kurash hamda uning oldini olish birinchi navbatda oila ahloqini qadriyatlarimizga
moslashtirishdan boshlashga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda turli xil huquqshunos olimlarning
bu boradagi turlicha qarashlari mavjud bo‘lib, bularning barchasi voyaga yetmaganlar
tomonidan ahloqsizlik xattiharakatlarini sodir qilishga oilani roli muhimligi haqida so‘z
yuritiladi. Jumladan, V.Ya.Rubalskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra,
47 % voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi ota onaning salbiy ta‘siri yoki befarqligining,
14,8 % oilada hamjihatlik yo‘qligining, 38,3% ota yoki onani yo‘qligining, 23,5 %
kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi.
O‘smir yoshdagilarga xos xususiyat shundaki, tashqi jihatdan va o‘z da‘volariga
ko‘ra bu katta yosh, ichki xususiyatlari va imkoniyatlariga ko‘ra esa, ular hali bola.
O‘smirlarning erkalashga, o‘ziga e‘tibor berilishiga moyilligi, o‘yin qaroqligi mana shu
bilan bog‘liq. Shu bilan birga o‘smirlarda o‘zining katta yoshli bo‘layotganligini his etish
bilan birgalikda ong, o‘z qadrqimmatini his etish, jinsiy mansubligini anglash uyg‘onadi
va faol shakllanadi. O‘smirlik yoshi o‘zida har xil ruhiy jarohat yetkazadigan omillar
ta‘siriga tutish xavfi yuqori darajada bo‘lgan shart-sharoitlar jamini ham ifodalaydi.
O‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ma‘lumotlar buyicha ota-onalar o‘rtasidagi urush-
janjallar, o‘smirning nuqtainazariga ko‘ra ularda o‘smirni va atrofdagilarni kamsitadigan
nuqsonlarning mavjudligi, o‘smirga nisbatan haqoratlovchi munosabat bo‘lish, unga
ishonmaslik yoki uni hurmat qilmaslik mana shunday kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan
omillardandir.
XULOSA
Bularning barchasi bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonini
qiyinlashtiradi va mana shu asosda ularning hulq-atvorida har xil chetga chiqishlarni
keltirib chiqaradi.O‘smir huquqlari o‘zida butun insoniyatning qadr-qimmatini mujassam
etadi. Bu degani bolalik - inson shaxsining rivojlanishida noyob, muhim davr demakdir.
Inson huquqlari avvalo, bolalar huquqlaridan boshlanadi. Har qanday jamiyat va barcha
insoniyatning kelajagi o‘ta yuqori darajada yosh avlodning moddiy va jismoniy rivojlanish
darajasiga, uning inson huquqlarini shaxs va jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini
tushunishiga, shuningdek, o‘z taqdiri hamda o‘z harakatlari uchun ma‘suliyatiga
bog‘liq.Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat poydevori qurilmoqda. Bunda davlat
qurishni huquqiy savodxon, huquq madaniyatini mustahkam egallagan yosh avlod amalga
oshiradi. Buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog‘i zarur. Shu sababli
yoshlarni huquqiy davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq anglashi, qonun asoslarini bilishi,
qonun hurmat qilishi, ularga so‘zsiz bo‘ysunishi madaniyatiga ega bo‘lishi ruhida
tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 166
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish muammolari.
Qonun himoyasida‖ T. №1. 2001y. 23 bet.
2.
Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов.
Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20.
3.
Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.
4.
B.A.Aliyev., G‘.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov. Sotsiologiya.
O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b 5. http// www.sociologu.ru.
5.
Internet materiallari