Mualliflar

  • Pardayeva Nasiba Dastonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106535

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: pedagogika bolalar bilan ishlash boshlangʻich sinf sinf muhiti pedagogik maslahatlar ruhiy holat tushkunlik tafakkur psixik jarayonlar

Annotasiya

Ta’lim va tarbiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda aloqadorligi, yahni ularni yaxlit holda tushunish zaruriyati mboshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 157

BOLALARNI TA’LIM JARAYONIDA PSIXOLOGIK

QOʻLLAB-QUVVATLASH

Pardayeva Nasiba Dastonovna

Navoiy viloyati Zarafshon shahar

6-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi psixologi

ANNOTATSIYA

Ta’lim va tarbiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda aloqadorligi, yahni ularni

yaxlit holda tushunish zaruriyati mboshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun tashkil
etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligini
tasdiqlaydi.

Kalit soʻzlar:

pedagogika, bolalar bilan ishlash, boshlangʻich sinf, sinf muhiti,

pedagogik maslahatlar,ruhiy holat, tushkunlik, tafakkur, psixik jarayonlar

KIRISH

Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari orqali har bir fuqaroning
taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz
tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa bu
oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga
yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim-tarbiya shakllarini hamda usullarini
joriy etish va shu orqali bolalarni rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb
etadi.

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 8 –moddasida:
- Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni

intellektual, maʼnaviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir.

- Maktabgacha taʼlim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni

boshlangʻich taʼlimga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi - deb koʻrsatilgan.

Maktabgacha taʼlimda bolani har tomonlama rivojlantirish, uning umumiy taʼlimda

erishiladigan sezilarli yutuqlariga asos boʻladi. Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida
shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim va tarbiya
jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda aloqadorligi, yahni ularni yaxlit holda tushunish
zaruriyati mboshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya
jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi. Ayrim
tadqiqotchilar ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish belgilangan maqsadlarga
erishishga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funktsional bog‘liq bo‘lgan komponentlar
majmuini ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim sifatida


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 158

tahriflaydi.Demak, o‘zaro bog‘liq hisoblangan ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘quvchi
shaxsining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mazkur jarayonlar,
birinchidan, ajdodlar tajribasining avlodlar tomonidan o‘rganilishi, ikkinchidan,
o‘zlashtirilishi bo‘lib, ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini tahminlab beruvchi yaxlit
jarayon hisoblanadi. Demak, ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘quvchilarda shaxsiy xislatlar,
insoniy fazilatlar, tushunchalar shakllanishiga hamda dunyoqarashining rivojlanishiga
zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Demak, uzluksiz ta’lim tizimining muhim
bosqichlaridan biri sifatida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya
jarayonlari quyidagi tamoyillarga muvofiq tashkil etilishi o‘ziga xos amaliy ahamiyat kasb
etadi:

–davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishi majburiyligi;
–o‘quvchilarda fan asoslari bo‘yicha tizimli bilim, ko‘nikma va malakalarni

shakllantirishning muhimligi bo‘yicha shaxsiy tushunchalar va ehtiyojlarni
rivojlantirishning zarurati;

–ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishda uzluksizlik va

uzviylikni tahminlash;

–ta’lim-tarbiya jarayonlarida tizimli, korporativ, vaziyatli, refleksiv, tabaqalashgan

va innovatsion yondashuv texnologiyalarini tatbiq etish asosida barcha uchun qulay
ta’limiy muhitni shakllantirish;

–ta’lim va tarbiya jarayonlari ishtirokchilarining mazkur jarayon subhektlari sifatida

faoliyat ko‘rsatishi zarurati, yahni ta’lim va tarbiya jarayonlarida subhektsubhekt
munosabatlarining qaror topishi;

–ta’lim

va

tarbiya

jarayonlari subhektlari faoliyatining

maqsadga

yo‘naltirilganligi, izchilligi va o‘zaro bog‘liqligi;
–ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘zaro boG‘liq va aloqador bo‘lgan komponentlar

majmui ekanligi;

–harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro

birligi;

–ta’lim va tarbiya jarayonlari yaxlit tizim sifatida tashqi muhit va boshqa tizimlar

bilan o‘zaro tahsir etish xususiyatlariga ega ekanligi.

Mazkur tamoyillarning mazmun-mohiyati, ahamiyati, ularga amal qilish zaruriyati

ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishdan ko‘zlanayotgan
maqsadning strategik ahamiyat kasb etishini ifodalaydi. Bu vazifalarni amalga oshirishdan
ko‘zlanayotgan umumiy maqsad ham strategik xususiyatlarga ega bo‘lib, har bir vazifani
alohida amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlar ham mazmun-mohiyatan bir-biri bilan
uzviy boG‘liq bo‘lgan strategik rejalar tizimini ifodalaydi. Umumiy maqsadga erishish
yo‘nalishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonlarining tizimga xos
xususiyatlar kasb etishi ta’lim va tarbiya jarayonlarni o‘zaro bog‘liq hamda aloqador tarzda


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 159

tashkil etish zaruratini belgilaydi. Demak, o‘quvchi shaxsini rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim – mustaqil ta’lim, tarbiya – o‘zini o‘zi tarbiya, mahlumot –
mustaqil mahlumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining tizimga xos
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni yaxlit tizimning komponentlari sifatida
inobatga olish mumkin.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘yin faoliyati davrida bolaning aqliy fazilatlari

va shaxsiy xususiyatlari jadal rivojlanadi va shakllanadi. O‘yinda turli xil faoliyatlar
mujasamlashadi, keyinchalik har bir faoliyat turi mustaqil ravishda o‘z mahnosiga ega
bo‘ladi. O‘yin faoliyati ruhiy jarayonlarning ham shakllanishiga tahsir qiladi. Ayrim
o‘yin turlari bolalarning barcha bo‘g‘inlariga mos kelishi mumkin, yahni jismoniy
sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o‘yinlar ham borki, ularda turli jismoniy
sifatlar ketma -ket rivojlanishi mumkin.O‘yinlardagi bunday izchillik bolaning bilim
saviyasi, dunyoqarashinig kengayishi, uning katta yoshdagi odamlarning turmushiga
chuqurroq kirib borishi bilan bog‘liqdir. Jarayonli komponent. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini o‘yinlar texnologiyasi vositasida ta’limga adaptatsiyalashdagi shart-
sharoit, tashkiliy shakllar, metodlar va vositalar, bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

XULOSA

Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchining turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf jamoasi,

oila muhitdagi ahvolini o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan iborat bo‘lib
qoladi. Yangi bilim, ko‘nikma, malakalar egallashni boshlaydi. Ta’lim o‘quvchidan
muayyan darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zo‘r berishlikni, faollikni,
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar o‘rnini
anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallay boradi. O‘quvchi tengdoshlari
bilan birgalikda muayyan bir sinf jamoasiga birlashtiriladi. Modomiki shunday ekan,
sinf jamoasi va uning ahzolari bola oldiga ko‘pchilik manfaatini himoya qilish, shaxsiy
istaklarini umumjamoa intilishlariga bo‘ysundirish, o‘zaro yordam, o‘zaro hurmat, o‘zaro
talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo‘yadi. Ta’lim
jarayonida o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib, murakkablashib
boraveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2018. –B. 40. 2. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2017 y., 18-son, 313-modda, 19son, 335-modda, 24-son, 490-modda, 37-son, 982-modda.

3.

Oxunjonova O. Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o‘qitish metodikasi. , ped. f. n.
dissertatsiya, -T.: 2009.

4.

Palagina N.N. Voobrajenie u samogo istoka. - Bishkek: «Ilim», 2002.

5.

PalaginaN.N.Razvitie voobrajeniya u detey vtorogo goda jizni// Doshk. vosp. – 2003. - № 6. - S. 241.

6. Palagina N.N. Diagnostika urovnya voobrajeniya detey rannego vozrasta // Voprosq

psixologii. – 1994. - № 5. - S. 12 –20.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2018. –B. 40. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 18-son, 313-modda, 19son, 335-modda, 24-son, 490-modda, 37-son, 982-modda.

Oxunjonova O. Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o‘qitish metodikasi. , ped. f. n. dissertatsiya, -T.: 2009.

Palagina N.N. Voobrajenie u samogo istoka. - Bishkek: «Ilim», 2002.

PalaginaN.N.Razvitie voobrajeniya u detey vtorogo goda jizni// Doshk. vosp. – 2003. - № 6. - S. 241.

Palagina N.N. Diagnostika urovnya voobrajeniya detey rannego vozrasta // Voprosq psixologii. – 1994. - № 5. - S. 12 –20.