Mualliflar

  • Jo‘rayeva Dilnozaxon Otabek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106539

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar:drama tragik situatsiya xarakter davr muammo vaziyat

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu maqolada Sh.Boshbekovning dramasidagi inson xarakteri va davr muammolari tadqiq qilingan.Remarka va situatsiyaga alohida urg‘u berilgan. Asardan misollar keltirilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 148

“TEMIR XOTIN” DRAMASIDA INSON RUHIYATI MASALASI

Jo‘rayeva Dilnozaxon Otabek qizi

Farg‘ona davlat universiteti O‘zbek adabiyoti mutaxasisligi

1-bosqich magistranti

Kalit so‘zlar:

drama,tragik,situatsiya,xarakter,davr,muammo,vaziyat

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Sh.Boshbekovning dramasidagi inson xarakteri va

davr muammolari tadqiq qilingan.Remarka va situatsiyaga alohida urg‘u berilgan. Asardan
misollar keltirilgan.


Drama keskin vaziyatlar,harakatlar maydonidir. Dramaning asosiy qahramoni inson

bo‘lgani bois unda xarakter,situatsiya muhim ahamiyatga ega. Situatsiya - fransuzcha
joylashish, vaziyat so‘zidan olingan bo‘lib, asar epizodlarida vujudga keladigan vaziyat.

1

Bundan tashqari, situatsiya deyilganda asar qahramonari o‘rtasidagi asosiy konflikt
boshlanguncha bo‘lgan davradagi o‘zaro munosabatlar ham tushuniladi.

"Temir xotin" jiddiy komediyasida dramatik, komik situatsiyalar muallif remarkasida

qanday tarzda beriladi? Drama syujetidagi keskin situatsiyalarni Qo‘chqor kulqili qilib,
unchalik e'tibor bermasidan hal qilayotgan edi. Qumrining mahallani chaqirib,
Qo‘chqorning bog‘latib qo‘yilishi, uni tashlab ketishi avvaliga bosh qahramonga ta’sir
qilmadi. "Butun armiya teng kelmadi degin?" deb o‘zi qilgan ishidan g‘urulanib ham
qo‘ydi. Biroq Alomat - robot ayol aytgan gaplari, kinoyalari Qo‘chqorning jon-jonini
sug‘urib oldi.

Alomat: Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga

aylangan – og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab
qo‘yishga ham qodir emassiz! yoki yana.

Alomat: Qo‘chqor aka?! Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan,

allaqaysi burchlarida miltillagan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz,uni sezmaslikka olasiz.
To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganda, o‘sha miltillayogan cho‘g‘ alanga
olgandek bo‘ladi va siz uni aroq bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar
bilan qarab, taskin topasiz, lekin ertasi kuni kayfingiz targab, dunyo asl holiga qaytadi.
SHunda, yig‘lamoqdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Keyin o‘ksib-o‘ksib yig‘laysiz.!?

Qo‘chqor.

(ko‘zlarida

yosh

o‘ynab)

Yolg‘on!..

hech

qachon

yig‘

lamaganman!..Alomatning birinchi nutqidan Qo‘chqorning qalbidagi armonlari chertildi,
u endi o‘zining sekin-asta kim ekanligini anglay boshladi. «Ko‘nikib ketgansiz! Yaralar
toshga aylangan – og‘riq sezmaydi» jumlasida Alomatning achchiq kinoyasi beriladi.

1

B.Jalilov. “O‘zbek dramaturgiyasi poetikasi masalalari”,1984.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 149

Muallif keltirgan sozlar har qanday kitobxon va tomoshabinni befarq goldirmaydi, uni
yanada sergaklantiradi.

2

Aynan shu o‘rinda dramatik situatsiyalar yaratila boshlandi.

Muallif yanada vaziyatni keskinlatish maqsadida, Alomatning o‘ta ta’sirli, Qo‘chqorning
butun iztiroblarini junbushga keltirib yuborgan navbatdagi dialogini qo‘llaydi. Qo’chqorva
Alomat o‘rtasidagi keskinlik eng cho‘qqi nuqtasiga yetadi. Avvaliga Alomatning gaplariga
mensimay qarayotgan Qo‘chqor, endi o‘zini boshqarolmay qoladi. Ta’sirlanib ketadi.
Alomatning "Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan, allaqaysi
burchaklarida miltillagan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz", deb aytgan gapi Qo‘chqorni
cho‘chitib yuboradi, chunki u temirdan bunday gaplar chiqishini sira kutmagan edi.

Alomatning bu gaplarida Qo‘chqorning armoni - fojiasi yotadi. Qo‘chqor endi

chidamaydi, sira-sira toqat qilolmaydi. Alomatning keyingi luqmalarini hayajon bilan
kutib turgan Qo‘chqor qalbidan sizib chiqayotgan ko‘z yoshlarini yashirishga urinadi.
Muallif aynan shu vaziyatni «ko‘zlarida yosh o‘ynab» remarkasi bilan tasvirlaydi.
«Ko‘zlarida yosh o‘ynab» remarkasi bilan tasvirlaydi. «Ko‘zlarida yosh o‘ynab»
remarkasida bosh qahramonning ichki iztirobi, alami, erkak kishining ayol kishi oldidagi
yerga urilayotgan g‘ururi ifodalangan. Qo‘chqorning ruhiy kechinmalari muallif
tomonidan berilgan remarkada o‘ta ta‘sirli ifodalangan. Dramatik situatsiyalarni hosil
qilishda muallif remarkasining ahamiyati katta ekanligini yuqoridagi misollarda ko‘rdik.

Muallif remarkasi dramatizmni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. "Baralla

yig‘lagancha oyoq ostidagi yashiklarni zarb bilan tepib, yosh bolaga o‘xshab engashib
yig‘laydi. Alomatning yelkasidagi qizil mikrosxemani oldi-da, qo‘shni hovli tomon otib
yubordi".

Qo’chqor qarama-qarshi tuyg‘ular qurshovida qoldi. Alomatning aytgan gaplari uni

o‘z "o‘qi" - muvozanatidan chiqarib yubordi, aytgan gapini ham, qilgan ishini ham bilmay
"baralla yig‘lab, yashiklarni tepib yubordi". Shu o‘rinda bosh qahramon xarakteridagi
tragizm qalqib yuzaga chiqdi.Qo‘chqorning tragizmi avvalo umrini behuda o‘tkazgani,
tun-u kun mehnat qilib biror kun ro‘shnolik ko‘rmaganidadir. U na ish joyida, na oilasida
qadr topdi. Alamini ichiga sig‘dirolmagan Qo‘chqorga Alomatning aytgan gaplari ta’sir
qilib, uni o‘z o‘qidan chiqib ketishga majbur qildi. Qo’chqorga nisbatan qollanilgan
"baralla yig‘ladi" remarkasi "g‘ingshib yig‘ladi" remarkasi bilan almashadi. Baralla
yig‘laganda, uning armonlari tashqariga chiqib, ruhan yenqil tortadi, ruhiy qiynoqlardan
gisman qutuladi, ammo g‘ingshib yig‘laganda esa, Qo’chqor butun alamini, armonini
ichiga yutib yig‘lashga majbur. Inson ruhiy iztiroblarini, Qo‘chqorning ayanchli holatini
his qilgan muallif aynan shu remarkani qo‘llagan. Qahramon ruhiyatidagi keskin konflikt
murakkab dramatik situatsiyani hosil qiladi. Xuddi shu o‘rin bosh qahramon faoliyatidagi
haqiqiy tragizmdir. Bu nafaqat bosh qahramonning tragizmi bo‘libgina qolmasidan, balki
"Temir xotin" jiddiy komediyasining ham tragizmidir.

2

I.Rustamova. “O‘zbek dramaturgiyasida qahramon muammosi”,1999


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 150

Muallif ushbu komediyani tom ma'nodagi tragik komediya deyishga haqli. Chunki

yuqorida ta'kidlaganimizdek, Qo‘chqorning butun orzu va umidlari Alomatning gaplaridan
so‘ng chilparchin bo‘ldi. Bu o‘z hayotini ma'nisiz ekanligini his qildi. Bu nafaqat
Qo‘chqorning balki, minglab Qo‘chqorlarning ham fojiasidir.

"Qo‘chqor hamon g‘ingshib yig‘lar, shu ko‘yi yig‘laganicha Alomatga boshqa

mikrosxema o‘rnatadi" 41

Navbatdagi qo‘yilgan mikrosxema Qo‘chqorning fig‘onini falakka chiqardi. Chunki,

uning qarshisida turgan robot ayol bosh qahramonning na ko‘z yoshi, na qayg‘usi bilan
ishi bor!

"Alomat (kuylab). "Yana o‘ynaylik,
Yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik. Iqbolimiz porloq ekan,

davron suraylik!" (To‘xtovsiz aytaveradi)".

3

Tirik odam bilan robotni yonma-yon qo‘yib, aynan shunday dramatik situatsiyaning

yaratilishi muallifning prinsipial kashfiyotidir. Xulosa qilib aytganda, hech narsani
tushunmaydigan robotning Qo‘chqorga, jonli odamga qarama-qarshi qo‘yilishi, eng
avvalo, tomoshabinning dramada tasvirlangan muammolarni tez va teran anglashiga
yordam beradi va butun asarning pafosini belgilaydi.

Foydalanigan adabiyotlar

1.Sharof Boshbekov “Temir xotin”,2013 Toshent.
2.B.Jalilov. “O‘zbek dramaturgiyasi poetikasi masalalari”,1984.
3.I.Rustamova. “O‘zbek dramaturgiyasida qahramon muammosi”,1999.
4.Sharof Boshbekov asarlari ,dramalari.
5.Shuhrat Rizayev “Tanlangan asarlar”

3

Sharof Boshbekov “Temir xotin”,2013 Toshent.

Bibliografik manbalar

Sharof Boshbekov “Temir xotin”,2013 Toshent.

B.Jalilov. “O‘zbek dramaturgiyasi poetikasi masalalari”,1984.

I.Rustamova. “O‘zbek dramaturgiyasida qahramon muammosi”,1999.

Sharof Boshbekov asarlari ,dramalari.

Shuhrat Rizayev “Tanlangan asarlar”