Mualliflar

  • Abdullayeva Munojatxon Sharifovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106570

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Oila oilaviy muhit farzand tarbiyasi tarbiya turlari nazorat oilada ota-ona haqqi farzand haqqi.

Annotasiya

Oʻzbek xalq pedagogikasida tarbiyaning turli metod, vositalaridan foydalaniladi. Ular nihoyatda rang-barang. Xalq pedagogikasida qoʻllanilgan xilma-xil tarbiya turlari borligi uchun ham yosh avlod koʻplab yutuqlarga erishadi va oʻz yoʻlini topadi. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilar ekan, oʻshi oila yoki mahalla gullab-yashnaydi. Oiladagi muhit ota-ona oʻz masʼuliyatlarini his qilishi bilan barqaror boʻladi. Oiladagi qoʻpol munosabatlar yaʼni yolgʻon gapirish, yoqimsiz hatti-xarakat bola tarbiyasiga salbiy taʼsir qiladigan nosogʻlom muhitni keltirib chiqaradi.   


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 258

FARZAND TARBIYASIDA OILANING ROLI HAMDA

PSIXOLOGIK MASALALARI

Abdullayeva Munojatxon Sharifovna

Qoʻqon shahar 26-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Oʻzbek xalq pedagogikasida tarbiyaning turli metod, vositalaridan foydalaniladi.

Ular nihoyatda rang-barang. Xalq pedagogikasida qoʻllanilgan xilma-xil tarbiya turlari
borligi uchun ham yosh avlod koʻplab yutuqlarga erishadi va oʻz yoʻlini topadi. Qaysi
oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilar ekan, oʻshi oila yoki mahalla gullab-
yashnaydi. Oiladagi muhit ota-ona oʻz masʼuliyatlarini his qilishi bilan barqaror boʻladi.
Oiladagi qoʻpol munosabatlar yaʼni yolgʻon gapirish, yoqimsiz hatti-xarakat bola
tarbiyasiga salbiy taʼsir qiladigan nosogʻlom muhitni keltirib chiqaradi.

Kalit so’zlar:

Oila, oilaviy muhit, farzand tarbiyasi, tarbiya turlari, nazorat, oilada

ota-ona haqqi, farzand haqqi.

KIRISH

Oila tarbiyasining barcha turlarida - munosabat eng asosiy poydevor vazifasini

bajaradi. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini taʼminlab,
otaonalarda oʻziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xusan farzandlarning bevosita
taʼsiri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi. Oʻzaro aloqalari
mazmuni boyib boradi. Real hayot mohiyatini chuqur anglash yaʼni farzandlar kamoloti
kelajagi timsolida oʻz umri davomiyligi farovonligini qurish holati roʻy beradi. Oila
aʼzolarining maʼnaviy sifatlarga ega bolishi, unda maʼnaviy bilimlarni egallashga nisbatan
ehtiyoj va qiziqishning paydo bolishida oila tarbiyasi asosiy vazifani bajaradi, Oilada qaror
topgan sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk barkamol boʻlib voyaga
yetishi uchun beqiyos ahamiyatga egadir.

Vaqt oʻtgan sari oilaviy tarbiya qiyinlashib boraveradi. Chunki jamiyat taraqqiy etib

borar ekan, har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ham ortadi. Bu esa oilada
bolaga jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy,
gʻoyaviy hamda jinsiy taʼlim berish, ularda koʻnikma va malakalarni shakllantirish
kerakligini anglatadi.

Farzand oilaning jamiyatning yuzi. Farzandning tarbiyasi, axloqi, dunyoqarashi

goʻzal boʻlsa, undan aqlli, mehribon, mustaqil - ona, ishbilarmon, jasur, qoʻrqmas, vijdonli
- ota, muhimi, iymonli, yetuk insonlar yetishib chiqadi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, bunday
insonlar maʼnaviyatli, madaniyatli jamiyatini yuzaga keltiradi va barchaga oʻrnak boʻladi.
Shunday ekan, farzand ota-onaning biznes loyihasi bolishi kerak emas.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 259

Farzand bu dunyoga umidlarimiz ushalishini taʼminlash va bizning qoidalarimiz

boyicha yashash uchun kelmaydi. Uning ham hayotda oʻzining vazifalari boʻladi. Shu
maʼnoda, farzand - bu bizning faqatgina davomchimiz emas, balki mustaqil shaxs hamdir.
Bolaga alohida shaxs sifatida qarab, unga ishonch bildirish, mustaqil qo’yish mihimdir.

Farzand uchun ota-onalar hamma narsani hal qilsalar, albatta, zo’r amalga

oshadi.Shuning uchun ham ota-onalar bolaning yoʻlida uchragan hamma qiyinchiliklarni
oʻzlari hal qiladilar, lekin bolaga har doim ham tez yordam berish uchun bu bola doimo
ularning yonida bo’lishi kerak bo’ladi. Qiyinchiliklarsiz yashash evaziga bola oʻz ozodligi
va mustaqilligi bilan to’lashiga to’gri keladi. Lekin u bolani qo’rqitmaydi. Kun kelib, ota-
ona hayotdan ketadi va bola yolg’iz qoladi. Yoshi bo’yicha katta inson, lekin shunchalar
ojizki...

Aslida, ota-onalarning vazifasi bolaning qiyinchiliklarni hal qilishga yordam berish,

zoʻr berib bu qiyinchiliklarni yengib oʻtishni o’rgatishdir. Bu huddiki chiniqishga
oʻxshaydi. Agar shunday tarbiya boʻlsa, bola necha yosh boʻlishidan qatʼiy nazar, qiyin
vaziyatlarga uchraganda ozini qo’lga olib: ”Hechqisi yoʻq, buni ham hal qila olaman”, deb
aytadi. Ota-onalarning nazorati har xil boʻladi. Himoya qiluvchi, yoʻnaltiruvchi,
boʻluvchi, gʻashga teguvchi, oʻzidan itaruvchi nazorat turlari boʻlishi mumkin. Ota-onalar
vaqtida nazoratni susaytirishni eplay olmasa, nazorat birinchi turdan boshqa turga oʻtishi
mumkin. Ikki yoshli bola kun davomida nima yeyishini ona nazorat qilishi oddiy va tabiiy
hol, ayniqsa, unda allergiya boʻlsa. Mana endi bola yetti yoshga toʻldi va uni sinfdoshining
tugʻilgan kuniga taklif qilishdi. Atrofda bolalar koʻp, hammayoq shovqin-suron va
xursandchilikka toʻla. Bolalar bir-bir stol yoniga kelib biror nima yeyishga olib yana
oʻynashga chopib ketishadi. Onalar berilib suhbat qurishadi. Faqatgina bir ona bolasini
nazorat qilish bilan mashgʻul: stoldan zararli, allergiya qoʻzgʻatuvchi biror narsa olib
qoʻyishi mumkin emas-da. "Bolam hozirgina nima olding?! Konfetni joyiga qoʻyib qoʻy!
Boʻlmasa biz hoziroq ketamiz!" Bolaning har bir qadami onasi tomonidan nazoratga
olinadi. Nazorati davomida " Stol ustidan menga bildirmay konfet olib qochsang
koʻrasan!" deb ham qoʻyadi. Balki bu safar bu ishni bajarish oʻgʻlining qoʻlidan kelmas,
lekin aniq aytishim mumkinki, bu oʻyin keyingi safar ham davom etadi. Uning nazorati
gʻashga tegishni boshlaydi va onani boladan uzoqlashtiradi.

Ota-onalar bola tarbiyasi oson ish emasligini anglashlari kerak. Yoshlikdagi tarbiya

bolaning kelajak hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bolalar tarbiyasiga
masʼul shaxslar, ota-onami yoki muallimmi, tarbiyaga qattiq eʼtibor berishlari shart.
Avvalgi musulmonlar farzandlariga ilmda yetuk, xulqi goʻzal va chiroyli uslubi bilan
tanilgan muallimlarni tanlashadi edi.

Johiz rahmatullohi alayh aytadi: “Uqba ibn Abu Sufyon farzandini murabbiyga

berayotib: Bolamning islohida birinchi qiladigan ishing - oʻzingni isloh qilish boʻlsin.

Chunki ularning koʻzlari sening koʻzlaringga bogʻlangan. Sen chiroyli deb bilgan

amal - ularga ham chiroyli, yomon deb bilgan amal - ularga ham yomon koʻrinadi. Ularga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 260

hakimlar siyratini, adiblar axloqini oʻrgat. Ularga meni salobatli qil. Ularga kasalini bilib,
keyin davosini qiladigan tabiiy kabi boʻl. Menga uzr aytadigan ish qilma. Chunki senga
ishonganman”, dedi.

Yana bir haqqi, ota-ona oʻziga toʻq boʻlsa ham, ularning nafaqasini yaxshilash,

nafaqa berib turish, ularni soʻrashga muhtoj qilmay yoki minnat qilmay izzat koʻrsatishdir.
Ota-onalari zaiflashgan qartaygab vaqtlarda farzandlari ularni haqqini ado qilishlarini
Islom birinchi oʻringa qoʻyadi. Islom shariati qodir farzandlarni ojiz boʻlgan ota-onalar
haqqini kafolatga olishga hukm etadi. Ishni farzandlarning oʻzlariga topshirib qoʻymagan,
balki bu kafolatni ularga farz qilganki, agar vaqtida vafo qilmasalar ham baribir qazosi
vojib boʻladi.

XULOSA

Shunga koʻra, ota-ona tomonidan yaqin qarindoshlik aloqasi bor kishilardan ham

aloqani uzmaslik vojibdir. Yana ota-ona haqlariga hayot vaqtlarida ham vafotlaridan keyin
ham duoda boʻlib turish kerak. Oila tarbiyasiga tegishli boʻlgan ota-ona haqlari dan
tashqari farzandning ham haqlari bordir. Bunday haqlarning ado etilishi oilaning havas
qilarli darajada yetuk boʻlishini taʼminlaydi. Farzandning haqlari quyidagilardir:

-Nikohning asl maqsadlaridan biri ham nasl-nasabini saqlashdir. Busiz oila ham,

jamiyat ham boʻlmaydi. Farzandning ota-onasi nikohdan oʻtgan, halol-pok
yashagandagina nasabi aniq va pok boʻladi.

-Islom bola haqida u hali dunyoga kelmasidan ancha oldin, oila qurishga

tayyorgarlik koʻrilayotgan paytdan boshlab qaygʻura boshlaydi. "Talxays" nomli kitobda
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Sizlar oʻz nuftangizga munosib jufti halolini
ixtiyor qilinglar. Oʻzingizga munosiblarga nikohlaning va ularga nikohlab bering".( Ibn
Moja va Dora Qutniy rivoyat qilishgan.)

Alloh taolo Baqara surasida: "Onalar farzandlarini toʻliq ikki yil emizurlar. (Bu)

emizishni batamom qilmoqchi boʻlgan kishi uchundir", degan. (233 - oyat) Bolagaga
munosib ism tanlash, aqiyqa, qulogʻiga azon va takbir aytish, yangi tugʻilgan bolaning
tanglayini koʻtarish, homiylik, valiylik, nafaqa, bolaga mehribonlik koʻrsatish, bolalar
orasida adolat qilish va balogʻatga yetganidan soʻng uylantirib oilali qilib qoyish kabilar
ham bolaning haqlaridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Pedagogika / J. Hasanboyev, X.A. To’raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O’. Usmanov. T.:”
Noshir “, 2011.

2.

Pedagogika / U.I. Inoyatov, N.A. Muslimov, D.I. Ro’ziyeva, M.H. Usmonboyeva. T.:
2016.

3.

Islomda oila: muammo va yechimlar / M.Ahmad. T.: “Azon kitoblari” , 2022.

4.

Ruhiy tarbiya – 3-juz, Xulqlanish / Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

T.:”Hilol-Nashr”, 2021.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 2–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 261

5.

“Dangasa ona”ning katta kitobi / Anna Aleksandrovna Bikova. T.: “Taffakkur
tomchilari”, 2021.

6.

Shaxsiyat va harakter rivojlanishida farzand tarbiyalash siri / Adem Gunesh. T.:
“Tasnim”, 2022.

Bibliografik manbalar

Pedagogika / J. Hasanboyev, X.A. To’raqulov, I.Sh. Alqarov, N.O’. Usmanov. T.:” Noshir “, 2011.

Pedagogika / U.I. Inoyatov, N.A. Muslimov, D.I. Ro’ziyeva, M.H. Usmonboyeva. T.: 2016.

Islomda oila: muammo va yechimlar / M.Ahmad. T.: “Azon kitoblari” , 2022.

Ruhiy tarbiya – 3-juz, Xulqlanish / Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

T.:”Hilol-Nashr”, 2021.

“Dangasa ona”ning katta kitobi / Anna Aleksandrovna Bikova. T.: “Taffakkur tomchilari”, 2021.

Shaxsiyat va harakter rivojlanishida farzand tarbiyalash siri / Adem Gunesh. T.: “Tasnim”, 2022.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари