Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 268
OʻSMIRLIK DAVRIDA SALBIY ILLATLAR HAMDA PSIXIK INQIROZLAR
RIVOJLANISHINI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Allaberganova Rashida Azatovna
Toshkent shahar Mirobod tumani
154-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
Hozirgi kunda fan-texnika asrida o’smirlarda suitsidal xulq-atvor
oldingi yillarga nisbatan ancha soni ko’paygan. Sababi, o’smirlik yoshi juda murakkab
davr va shu davri kimdadir silliq, kimdadir butun olamga nisbatan boshqacha bir nigohda
qarash bilan o’tadigan davr hisoblanadi. Bir qarashda o’smirlarning o’z joniga qasd qilishi
murakkabligini tushunish muhim hisoblanadi. Keling, o’smirlik davri o’zi nima? Shu
savobga avval javob bersak.
Kalit so’zlar:
O’smirlik. Suitsidal hatti-harakatlar,xulq,suiqasd,psixik jarayonlarning
kechishi,ruhiyat, psixik jarayonlar
KIRISH
Psixologiyada o’smirlik davri o’zgarish davri deb hisoblanadi. O’smir-bola bo’lib
bola ham emas, katta bo’lib katta odam ham. Ularda yangi hissiyot uyg’onadigan, ya’ni
balog’atga yetganlik hissi, balog’at yoshining qadri, kattalar bilan aloqa qilish haqida yangi
fikrlari bo’lmaydi.Ularda, asosan, katta odamlardan ko’ra o’z tengdoshlari bilan aloqa
qilish yetakchi o’rinni egallaydi.
Kattalardan ko’ra, o’z sinfdoshlari, do’stlari qurshovida bo’lish muhim ahamiyat
kasb etadi. O’smirlik davridagi o’zgarishlar, qiyinchiliklar nafaqat bolada ichki
ziddiyatlarni keltirib chiqarishi bilan balki atrofdagilar bilan ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga
kelishi bilan ham ajralib turadi.Bu hayot o’smir uchun yetarli darajada anglanilmagan,
tushunarsiz, qo’rqinchliligibilan ajralib turadi. Yangi hayotga, balog’at yoshi dunyosiga
qadam qo’yish bilan bog’liq muammolarni o’smir o’zicha hal qilolmaydi, shuningdek,
o’zida kechayotganlarini ham atrofdagilarga tushuntirib bera olmaydi. Suitsid-qasddan
o’limga olib keluvchi shikast yetkazish (o’z joniga qasd qilish). Bunday psixologik
holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga tushishi, emotsional tuyg’ularning
yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi. Suitsidal xulq- atvor- bu suitsidal
faollikning namoyon bo’lishi. Bu o’z ichiga suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar,
suiqasd va unga urinishni o’z ichiga oladi.
Haqiqiy suitsidal xulq-atvorda nafaqat puxta o’ylab o’z joniga qasd qilish, balki,
ko’pincha,
uzoq
vaqt
“tayyorlaniladi”. Shaxsda o’z joniga qasd qilish,
ko’pincha,atrofdagilardan o’z vaqtida yordam kelmaganida sodir etiladi. Shuningdek,
suitsidal urinish sodir etish orqali xoh o’g’il bola bo’lsin, xoh qiz bola birinchi navbatda
o’ziga e’tibor qaratishga urinadi. Boshqa yoshdagilarga nisbatan, o’smirlarda bo’layotgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 269
voqealarni kuchli hissiyot, nafrat va ta’sirchanlik bilan qabul qiladilar. Boshqalarga, ya’ni
o’z joniga qasd qilayotganlarga taqlid qilishga urinish, suitsid uchun asos bo’ladi.
Ontogenetik rivojlanishning turli bosqichlarida suitsidal xulq-atvor o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Ikkita asosiy “avj” bo’linadi: “yoshlikning avji”-15 dan 23 yoshgacha
va “involyutsiya avji”-40 yoshdan so’ng. Tajriba va ko’p sonli tadqiqotlarning
ko’rsatishicha, eng ko’p o’ziga xos xususiyat bolalik-o’smirlik bosqichi va inson
hayotining involyusion davriga ajratib ko’rsatiladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlakgi pallasida
ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi yosh avlodning yutug’idir. Har
qanday mamlakatning ertangi taraqqiyotini uning kuchli bilim va salohiyatga ega,
zamonaviy bilimlarni puxta o’zlashtirgan yoshlar belgilab beradi. Ularni global
rivojlanishning barcha sohalari va tarmoqlariga hayotbaxsh kuch bag’ishlovchi shiddatli
lokomativ desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Bugun dunyo aholisining 30 foizdan
ko´progíni yoshlar tashkil etmoqda. Ushbu foizlarning ko´p qismini o´smirlar tashkil
qiladi. O´smirlar haqida yetarlicha ma´lumotga ega bo´lish va amaliyotda qo´llash yosh
avlod tarbiyasiga berilgan e´tibor desak mubolagá bo´lmaydi
O’smirlik balog’atga yetish bosqichi bo’lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga
taaluqli chigal vaziyatlarning paydo bolishi bilan ham harakterlanadi. O’smirlar o’zlarini
kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining layoqat, qobilyat va imkoniyatlarini
ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qiyuvchilariga qiziqishga intiladilar. O’smirlik davri
,,o’tish davri’’, ,,krizis davr’’, ,,qiyin davr’’ kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar
bilan harakterlanadi. O’smirlik davrida ko’pincha so´zga kirmaslik, o’jarlik, tajanglik, o’z
kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy hususiyatlar xosdir. O’smirlik
yoshida psixologik jihatdan eng muhim hislat - voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo
bo’lishi alohida ahamiyat kasb etadi. O’smirlik yoshiga hos bo’lgan psixologik
hususiyatlarini o’rgana turib, o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga
erishish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini
tushunish mumkin. O’smirlik davrida ichki erkinlikning o’sishida, o’z- o’zini anglash
layoqatlarida, mustaqil xatti- harakatlarida katta sifat o’zgarishlari yuz beradi. Bunday
o’zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik
funksiya sifatida o’smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining
magistral chizig’i bo’lib hisoblanadi. O’z-o’zini anglash hissining tarkib topishi, o’ziga
nisbatan go’yo alohida mustaqil shaxs sifatidagi munosabatning vujudga kelishi bu
davrdagi har ikki jinsdagi va istagan temperament tipidagi o’smirlar uchun muhim
xususiyatlardir.
Psixolog L.S.Vigotskiy o’smir yoshi psixologiyasini ,,psixik rivojlanishdagi inqiroz’’
deb nomlagan. O’smirlik davridagi inqiroz-o’smir kechinmalari, uning strukturasi,
mazmunining qat’iy o’zgarishi, buzilishidir. U 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi
deb atagan. Inqirozdan keyingi davrlar ota-onalar va o’qituvchilar tomonidan subektiv
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 270
yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. O’smirlarning
ehtiyojlari va imkoniyatlarining o’zaro mos kelmasligi o’smirlar bilan ota-onalar,
o’qituvchilari va boshqa murabbiylari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Vigotskiy psixik rivojlanishdagi inqiroz bilan cheklanib qolmasdan, o’smirlik davridagi
qiziqishlarning o’zgarishiga bog’liq ravishda ikki ya’ni salbiy va ijobiy fazani ajratib
ko’rsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so’nishi va yangi dastlabki jinsiy
qiziqishlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bunda quyidagi salbiy xulq-atvor ko’rinishlari
namoyon bo’ladi; ish qobiliyatining, o’zlashtirishning pasayishi, o’smirning qo’polligi va
yuqori qo’zg’aluvchanligi, uning o’zidan qoniqmasligi va xavotirlanish va boshqalar.
Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
O’smirda boshqalarning va o’zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo bo’ladi.
Vigotskiy izlanishlariga hamohang tarzda M.G.Davlatshin , “5-7-sinf o’quvchilarida
texnik qiziqishlarni shakllantirish” mavzusida o’z tadqiqotlarini olib borgan. Professor
M.G.Davlatshin mehnat ta’limi va kasbga yo’llash muammolariga, texnik qiziqish va
texnik qobilyatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratgan.
XULOSA
Xulosa o´rnida shu narsaga alohida e´tibor berish kerakki, yuqoridagi olimlarning
izlanishlanishlarini o´rganib chiqib o´smirlik yosh davrining naqadar muhim va dolzarb
mavzu ekanligini hamda bu yosh davrining psixologik xususiyatlariga va o´zgarishlariga
jamiyatning har bir a´zosi bee´tibor bo´lmasligini aytib o´tish o´rinlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1.G’oziyev E.,, Umumiy psixologiya’’.-T.;O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati.2010.-548-b
2.Davlatshin M.G.,,Yosh va pedagogik psixologiya’’.-T.,2004
3.Nishanova Z.T. va boshqalar ,,Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya’’.-
T.;O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.2018.332-b
4.Qodirova, M. (2020). Voyaga yetmagan o'smirlar xulq atvorini shakllantirishda olib
boriladigan ishlar mazmuni. Архив Научных Публикаций JSPI.
5.Qodirova, M. (2020). Особенности периода взросления подростка. Архив
Научных Публикаций JSPI.
6.Qodirova, M. (2020). Bolalar idrokini rivojlantirishda mashg'ulotlarning o'rni.
Архив Научных Публикаций JSPI.
7.Qodirova,
M.
(2020).
Psixologiya
fanlarini
o'qitishda
zamonaviy
texnologiyalarning o'rni va ahamiyati. Архив Научных Публикаций JSPI.
8.Qodirova, M. (2020). РОЛЬ ЗАНЯТИЙ В ФОРМИРОВАНИИ И РАЗВИТИИ
СПОСОБНОСТИ РАЗМЫШЛЕНИЯ У ДЕТЕЙ. Архив Научных
Публикаций JSPI. 9.