Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 244
OILADA FARZAND TARBIYASIGA PSIXOLOGIK YONDASHISH
Choriyev Norqul Qo‘ziyevich
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 51-maktab psixologi
Annotatsiya
. Inson yaralibdiki,o’zining oilasida tarbiyalanadi. Onalar farzand
tarbiyasida hamisha oilada muhim o’rin tutganlar. Farzand tug’ilgandan keyin ham otasi
ish yoki boshqa sabablar bilan ko’p vaqt uyda bo’lmaydi, tarbiyaga doir zarur og’itlar,
ko’rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy ta’minot bo’lib qolaveradi. Illo, ona soliha,
ilmli bo’lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo’lib yetishishi uchun astoydil harakat qiladi.
Agar "nega farzand tarbiyasi yolg’iz mening zimmamda bo’lar ekan?!" deya u ham tarbiya
bilan shug’illanmasa, nafaqat bir bolaning balki butun boshli millatning kelajagini barbod
qiladi.
Kalit so‘zlar:
oila, farzand tarbiyasi, kelin-kuyov, nikoh, oilaviy turmush, odob-
axloq, bilim, ko‘nikma, malaka va bilim, oila instituti, er-xotinning huquq va
majburiyatlari, ruhiyat, psixik jarayonlar
KIRISH
Ulug’larimiz hayotiga nazar soladigan bo’lsak, ularning onalari hatto otlari vafot
qilganda ham moddiy ta’minotni o’z zimmalariga olishgan, han farzand tarbiyasi bilan
shug’ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasida Imom Ahmad, Imom
Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday
yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda tovlangani kabi bolalar ham
shunday muhitda bo’lsalar, o’sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar.
Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda
bo’lsa, o’sha rangda tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda bo’lsalar, o’sha
muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar.
Onaning tarbiya maskani zararga yo’liqsa, nasllarda o’nglanmaydigan yaralar
ochiladi, onani yuqotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko’ksidir. Bolaning
dunyo va ohirat hayotiga bog’liq bilimlarga ona mehru muhabbati bilan berilishi eng
go’zal tarbiya shaklidir. Bolaning tarbiyalanishida ota-onalar o’z farzandlariga ma’naviy
merosimiz bo’lgan milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning o’ziga xosligini
asta sekinlik bilan tushuntirib borishga ma’suldirlar. Zeri, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek
“Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning,
balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”.
Farzandning tarbiyalanishida ota-onalar diniy ta’limotlarga ham alohida ahamiyat
berishlari lozim. Diniy tarbiyada bola Vatanga muhabbat bilan ajdodlarga sadoqat ruhida
tarbiyalanadi. Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 245
deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o’qimishli ota-onalar o’z farzandlarining haqiqiy
inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim".
Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko’proq e’tibor berishi, ularga
alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo’latmasligi lozim
ekan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida albatta ota-bobolarning fikrlariga e’tiborli
bo’lishlari kerak. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki
dunyoda obro’ olib keladigan yuzlarini yorug’ va boshlarini yuqori qiladigan farzand
bo’lib ulg’ayishadi. Ota-ona bolaning vaqtini to’pa qamrab oladigan zarur va manfaatli
mashg’ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o’sha mashg’ulotlar bolaning ongini
rivojlantirivchi bo’lishi shart. Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyosdir.
Farzand tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila bolaning jismoniy kamolotidagina emas, balki
ma’naviy kamolga yetishida ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Farzand tarbiyasi ota-
ona va jamiyat oldidagi eng zarur va e’tibortalab vazifa hisoblanadi. Farzandning
jismoniy, ruhiy va aqliy kamolotiga bolalikdan e’tibor qaratish lozim. Odamning inson
sifatida shakllanishi ham uning bolaligidan boshlanadi. Yaxshi, go‘zal tarbiya olgan
bolalar ulg‘aygach, xush axloqli, go‘zal odobli insonlar bo‘lib yetishadi.
Solih farzand kishi o‘z ortida qoldiradigan eng yaxshi boylikdir. Solih farzand dunyo
va oxiratda ota-onasiga foyda keltiradi. Solih farzandga yetishish uchun bir amallarni
bajarish lozim, ya’ni soliha ayol tanlash; luqmaga e’tibor berish; tug‘ilgan farzandning
qulog‘iga azon aytish; tanglay ko‘tarish; farzandlarga yoshligidanoq yaxshilik va
xushmuomalani o‘rgatish; xato qilganda, tanbeh berish bilan cheklanish; farzand
tarbiyasida ayolning o‘rnini oshirish.
“Avesto”da insoniy burch faqat axloqiy yo‘l-yo‘riqlarni o‘zlashtirishdan iborat
bo‘libgina qolmasdan, balki inson oilaviy turmush, yaxshi yor va farzand to‘g‘risida ham
o‘ylashi zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi man
etilgan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan.
Ko‘pbolali oilalarga nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan.
Oila mustahkamligini, farovonligini hamda kelajagini baxtli oila tamoyili darajasida
ta’minlovchi omillardan biri farzandlardir. Yigit va qizning turmush qurishdan ham asosiy
maqsadi nasl va zurriyot qoldirish hamda uning kamolini ko‘rishdan iborat. Oilada tug‘ilib
o‘sadigan bolaning kelajagi, birinchi navbatda, otaonaga bog‘liq. Zero, tarbiya barcha sa’y-
harakatlarning boshlanishidir.
Abdurauf Fitrat “Oila” asarining “Farzand tarbiyasi” bo‘limida “Bu xalqning harakat
qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib
xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi,
o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi, bolalikdan o‘z otaonalaridan olgan tarbiyalariga
bog‘liq”, – deb keltiradi [2]. Darhaqiqat, farzand tarbiyasi oilaga, ya’ni ota-onalar
tomonidan berilgan tarbiyaga bog‘liq.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 246
Ota-ona o‘z farzandini namunali, ilmli, odobli va ma’naviy kamolot darajasida
bo‘lishini istaydi. Bu jarayonda juda ko‘p mashaqqatli va zahmatli yo‘llarni bosib o‘tadi.
Ammo ayrim ota-onalar bolaning ma’naviyatli va qobil inson bo‘lib yetishuvida tarbiya
birlamchi ekanini ko‘zdan qochirib qo‘yadilar.
Xo‘sh, ota-onalar bola tarbiyasini qachondan boshlashlari zarur va buning uchun
nima qilishlari kerak? – degan savolga ko‘pchilik ota-onalar javob berishga ikkilanib
qolishadi. Chunki dunyo o‘zgarmoqda, O‘zbekiston yangi davr – uchinchi renessans
bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan farzandlar tarbiyasiga qaysidir jihatdan ta’siri
bo‘lishi tayin. Farzandni tarbiyalash uchun, eng avvalo, bo‘lg‘usi otaonalarning o‘zlarini
tarbiyalash, ya’ni ularni farzand tarbiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma, malaka va bilimlar
bilan qurollantirib hamda yanada bilimlarini takomillashtirib borish orqali qobil
farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga yetkazish kerak bo‘ladi.
Farzandni tarbiya qilganda, uning yoshi va saviyasini inobatga olish muhim.
Ikki yoshgacha
mutaxassislarning ta’kidlashicha, onalar bu davrda bola parvarishida
quyidagi tavsiyalarga amal qilsalar foydadan holi bo‘lmaydi:
–bolani ko‘krak suti bilan boqish uning har tomonlama mukammal o‘sishi, sog‘lom
bo‘lishi, immunitetining ortishiga yordam beradi;
–bolaga kasallik yuqishidan qo‘rqish tabiiy, biroq, shuni unutmangki, gripp havo-
tomchi yo‘li orqali yuqadi, emizish bilan emas. Bolani emizayotganda yuzingizda 5-6
qavat doka tutilgan bo‘lishi kerak;
–bolani to‘g‘ri ovqatlantirish kerak. Iliq yoki issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish
lozim;
–shirin suyuqliklar chanqoqni yaxshi qondirmaydi. Bolani ilk yoshidanoq shirin
ta’mga o‘rgatib qo‘yasiz. Oshqozon osti beziga bosim tushib, diabetga moyillik
ko‘rsatkichini oshirasiz;
–bola uchun eng foydali ichimlik – qaynatilgan shakarsiz suv. Suv o‘rniga turli meva
kompotlarini berishingiz mumkin;
–so‘rg‘ich bola tug‘ilganidan boshlab, ilk oylarda so‘rishga ehtiyoj kuchli bo‘lgan
paytlarda juda kerak. Aks holda, u barmog‘ini, lablarini, tagliklar chetlarini, qalam
uchlarini so‘rishni boshlaydi;
–odatda, emizikli bolalar uchun kukun-dorilar beriladi. Ba’zi vositalar sut bilan
ichirilsa, ta’sir kuchi yo‘qoladi, boshqalarini sutsiz ichirib bo‘lmaydi;
–bola yig‘laganda, injiqlik qilganida, qo‘rqqanida yoki o‘ta xursand bo‘lganida
terlaydi. Sog‘lom, emizikli bola esa issiq sharoitda ham deyarli terlamaydi;
–bolani ob-havoga mos kiyintirgan bo‘lsangiz, issiqlashi ehtimoldan yiroq. Lekin
uning ko‘ylakchalari besabab ho‘l bo‘lsa, unga e’tiborliroq bo‘ling;
–doimiy notabiiy nur bola organizmida bioritmlarni nazorat qiluvchi va tetiklikni
saqlovchi melatonin gormoni faoliyatini susaytiradi. Natijada, biologik davomiyligi
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 247
buzilib, bola o‘zini yomon his qila boshlaydi, kunduzi injiqlanadi, tunda yaxshi
uxlolmaydi;
–amerikalik pediatrlar har 16 ta boladan bittasida bosh suyagi deformatsiyasini
aniqlashdi. Buning sababi, ular uzoq vaqt bir tomonga qarab yotganligidan yoki D vitamini
tanqisligidan aziyat chekadi. Bolaga ushbu qimmatli vitaminni yetkazib berishni
unutmang;
–har qanday holatda ham bola terisiga me’yordan ortiq yog‘ yoki krem surmang, ular
me’yorda surilgach, bolani tagliklarga o‘rab-chirmab tashlamang, yog‘ yoki krem ma’lum
muddat ichida teriga so‘rilishi lozim. Aks holda, so‘rilmagan massa taglik teshikchalarini
to‘sib qo‘yadi va uning namlikni tutish xususiyatiga putur yetadi, teri muammolari ham
kuchayadi;
–bolani aravacha bilan birga zinadan olib tushish bola uchun katta xavf tug‘dirishi
mumkin. Ko‘p qavatli uylarda lift yo‘qmi yoki vaqtincha ishlamayaptimi? Unda
kichkintoy bir muddat uyda qolgani ma’qul;
–faqat shirin so‘zlar, chiroyli muomala va erkalashlar orqali tarbiya qilinadi.
Besh yoshgacha
farzand atrofni kuzatadi, aksariyat ma’lumotni shu davrda oladi. Bu
davrda ota-ona amaliy tomondan bolaga namuna bo‘lishlari, oilada sog‘lom ma’naviy
muhitni shakllantirishlari talab etiladi. Bolaga yoshligidan kitobga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirish, ayniqsa, o‘zbek xalq ertaklarini o‘qib berish, 3-4 yoshga kirganda o‘qib berilgan
ertakni tushunganini o‘zidan so‘rash lozim. Keyin o‘qib berilgan ertaklar bo‘yicha bolaga
oddiy savollar berish va uning javob berishiga shoshiltirmaslik kerak. Bolani savolga
bergan har bir javobi uchun maqtab, rag‘batlantirib turish olgan tushunchalarining
xotirasida doimiy muhrlanib qolishga katta imkoniyat beradi.
Shuningdek, maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi.
Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga sezgi va idrokni
takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
“
Sensor
” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib “sensus” – “tuyg‘u”, “sezgi”, “idrok”,
“sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi.
Demak, borliqni bilish avvalo, sezish, idrok qilishdan boshlanadi. Inson ko‘rish,
sezish, anglash, his qilish yordamida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida
bilimga ega bo‘ladi.
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning muvaffaqiyati uchun muhim
shart-sharoit hisoblanadi. Bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasini
shakllanishida sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi.
O‘n yoshgacha
bolalar muvozanatli hayotni tez idrok etuvchi, ishonuvchan, ota-
onalariga itoatli, tashqi qiyofa haqida ko‘p e’tiborsiz bo‘lganligi bois bu oltin yosh
hisoblanadi. Bu davrda esa me’yorida qattiqqo‘llik va intizom talab etiladi. Bola oqqorani,
yaxshi-yomonni ayni shu davrda farqiga bora boshlaydi. Bu davrda farzandga to‘g‘ri yo‘l
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 248
ko‘rsatilishi, yaxshi, sadoqatli do‘stlarga hamroh qilinishi bola biz ko‘zlagan barcha
talablarga javob beradigan odobli, yaxshi inson bo‘ladi.
O‘n besh yoshgacha
bolalar tafakkurida mustaqil fikrlash boshlanadi, o‘zim bilaman
degan tushuncha paydo bo‘ladi, organizmida fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi, xulq-
atvorida qaysidir ma’noda salbiy illatlar namoyon bo‘la boshlaydi, kayfiyati tez o‘zgaradi,
ota-onalariga nisbatan norozilik bildiruvchi, tez jazavaga tushuvchi va o‘z o‘rnida dunyoga
nisbatan ijobiy munosabat shakllanadi. Ularda did, farosat, o‘zini jamoa orasida tutish,
aqllilik, hazil-mutoyibaga moyillik, chidamlilik, tashabbuskorlik, tashqi qiyofa va qarama-
qarshi jinsdagilarga e’tibori orta boshlaydi.
O‘smir o‘zining ichki dunyosiga e’tiborliligi ortadi, tanqidlarga nisbatan
ta’sirlanuvchan, ota-onasiga “Sizning dunyoqarashingiz boshqacha, unday emas, bunday
bo‘ladi”, – degan tanqidiy munosabatlar bildiruvchi hamda do‘st tanlovchi bo‘ladi.
Shuningdek, bu davrda voqea-hodisalardan o‘ta darajada to‘lqinlanish va hayajonlanishi
ortadi. Shijoatli, xushmuomala, o‘ziga ishonchi ortadi, atrofdagi insonlarga e’tibori ortadi
va nisbiy farqni ajrata boshlaydi.
O‘n sakkiz yoshgacha
o‘spirinlik ularda muvozanatlashuv, hayotdan quvonish, ichki
mustaqillik, emotsional barqarorlik, muomalaga moyillik, kelajakka intiluvchanlik ortadi.
Bu davrda farzand do‘stimiz, suhbatdoshimiz, ta’bir joiz bo‘lsa sirdoshimiz bo‘lishi kerak.
Bola ota-onadan tortinmasligi, balki do‘sti sifatida yaqinlashmog‘i lozim. Bu
farzandimizni qay darajada tarbiya qilganimizning natijasi o‘laroq farzand hayotining
keyingi bosqichini belgilab beradi va bu borada donishmandlarning ta’kidlashicha:
Agar bola tanqidiy ruhda yashasa, u ayblashni o‘rganadi.
Agar bola adovat bilan yashasa, u urishishni o‘rganadi.
Agar bola qo‘rquvda yashasa, u qo‘rqoqlikni o‘rganadi.
Agar bola afsusda yashasa, u afsuslanishni o‘rganadi.
Agar bolaning ustidan ko‘p kulishsa, uyatchan bo‘lishni o‘rganadi.
Agar bola qiziqish bilan yashasa, u havas qilishni o‘rganadi.
Agar bola uyat bilan yashasa, u aybdorlik hissini o‘rganadi.
Agar bola qo‘llab-quvvatlash bilan yashasa, u o‘ziga ishonishni o‘rganadi.
Agar bola bag‘rikenglikda yashasa, u sabrli bo‘lishni o‘rganadi.
Agar bola maqtov bilan yashasa, u qadrlashni o‘rganadi.
Agar bola tan olish bilan yashasa, sevishni o‘rganadi.
Agar bola rostgo‘ylik va adolatda yashasa, u haqiqat va adolat nimaligini
o‘rganadi.
Agar bola xavfsizlikda yashasa, u o‘ziga va atrofidagilarga ishonadi.
Agar bola do‘stlik bilan yashasa, u yer yuzi yashash uchun ajoyib joy
ekanligini anglaydi.
Agar siz osoyishtalik bilan yashasangiz, sizning farzandingiz ham
osoyishtalikda yashaydi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 249
Kelajak avlod yetuk va komil inson bo‘lib shakllanishi uchun kitob mutolaasi uchun
hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganishi uchun barcha zarur shart-
sharoitlarni tashkil qilish, ota-ona bolada estetik tarbiya, go‘zal manzaralardan zavq olish
hissini shakllantirish uchun tabiatdagi manzarali joylarga, muzeylarga olib borishi orqali
qalbiga go‘zallik his-tuyg‘usini singdirishi muhimdir.
XULOSA
Xulosa o‘rnida aytganda, ma’naviy immunitetli, fikrini ravon bayon qila oladigan,
yuksak marralarni ko‘zlaydigan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti muhimdir.
Yoshlarning ma’naviy dunyosini egallashga qaratilgan turli mafkuraviy bo‘xronlar va
xavf-xatarlar kuchayib borayotgan davrda o‘zi kimlarning vorislari ekanini teran anglab,
ona yurtiga sadoqat va mehr-muhabbat hissi bilan yashaydigan, imon-e’tiqodi
chinakamiga barqaror yoshlargina ona yurtimizni yot va begona g‘oya va kuchlardan
asrashga hamda jonajon vatanimizni barcha jabhalarda kamol toptirishga o‘z hissasini
qo‘sha oladi. Biz ota-onalar farzandlarimizni shunday tarbiya qilishimiz kerakki, ular o‘z
ajdodlariga, o‘z o‘tmishiga, Ona vataniga, ona tiliga, millatiga, diniga va qadriyatlariga
sodiqlik bilan xizmat qiladigan inson bo‘lib kamolga yetishlari shart va zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
А.Маковелский. “Авесто”. Баку, 1960. – Б.80-81.
2.
A.Fitrat “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” 2-nashr, –Toshkent: “Ma’naviyat”.
2000. – B.112. 55.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “Adolat”, 2008, – B.24.
4.
Amir Temur. “Temur tuzuklari”. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at”, 1996. – B.28.
5.
Qur’oni karim “Oli Imron” surasi 38-oyat. “HILOL NASHR”, 2017, – B. 628.
6.
Internet manbalari