Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 230
IBTIDOIY DINIY E’TIQODLAR BILAN BOG’LIQ
BO’LGAN ORNAMENTLAR VA TASVIRLAR
R.Po`latova
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzey hodimi
Dualizm insonning eng ilk diniy e’tiqodlaridan biri sifatida. Dualizm – insonning ilk
diniy e’tiqodlaridan biri bo’lib, lotincha “dualis” – ikki yoqlama degan ma’noni anglatadi.
Dualizm – bir-biri bilan birlashtirib bo’lmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi,
dunyoqarash, intilish va gneseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targ’ib qiluvchi
ta’limot. Dualizm termini nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) tomonidan muomalaga
kiritilgan. Dualizm quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: g’oyalar dunyosi va voqeiy
dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va
materiya, tabiat va ruh, jon va tan, ob’yekt va sub’yekt, bilim va e’tiqod, foniy va boqiy
dunyo, tabiat saltanati, ilohiy marhamat saltanati va boshqalar. Dualizm falsafiy, diniy,
antropologik, etika shaklida namoyon bo’lishi mumkin. Qadimgi davrda O’rta Osiyo
xalqlarining qadimgi dinlarida ham dualizm namoyon bo’ladi.
O’rta Osiyo yerlarida diniy tushunchalarning rivojlanishi va san’atning unga xizmati,
diniy e’tiqod va tushunchalar tarixiga to’xtaladigan bo’lsak, u bizni uzoq o’tmishga
yetaklaydi. Bu yerlarda qadim zamonlardayoq diniy tushunchalar sehrgarlik, totemizm,
animizm tasavvurlari paydo bo’lgan. Diniy tasavvurlar, o’lganlar ruhi 21 tushunchalari
aniq ashyoviy dalillarda o’z aksini topgan. Jumladan, Teshiktosh g’ori Termiz yaqinidagi
Boysun tog’larida qadimgi odamlar yashagan manzildan arxeologlar turli tosh qurollar
bilan birga 8-9 yoshli o’g’il bolaning suyak qoldiqlari va uning atrofiga aylantirib qo’yib
chiqilgan tog’ echkisining shohlarining topilishi muhim voqea bo’ldi. Bu topilma O’rta
Osiyo yerlarida o’rta paleolit davrdayoq ko’mish marosimi va u bilan bog’liq diniy
tushunchalar shakllana boshlagandan dalolat beradi. O’lgan odam yoniga turli buyumlar
qo’yish, marhum ko’milganda uning yoniga hayotlik paytida ishlatgan, sevgan
buyumlarini ham birga qo’shib ko’mish odati jamiyat rivojlanib borgani sari an’anaga
aylangan. Diniy tushunchalar keng mushohadali falsafiy tus olib, ko’p xudolikdan yakka
xudolikka e’tiqod qilish boshlandi. Shunday yirik dinlardan biri Zardushtiylik dini edi.
Dualizm bilan bog’liq bo’lgan ornament va tasvirlar, dualizm ta’limotida ranglarning
muhimligi.
Mil.avvalgi VII asr shakllangan bu diniy ta’limot odamlarning turmush tarzi, urf-
odatiga ta’sir etdi, san’at va madaniyatning xarakterida o’z ifodasini topdi. Zardushtiylik
bilan bog’liq me’morchilik majmualari, odamlar yurish-turish, kiyinishda shu din talabi va
ta’siri bo’ldi. Zardushtiylik dini me’morchilik, amaliy va tasviriy san’atda ham o’z aksini
topgan. Bu dinga binoan suv, havo, yer va olov muqaddas sanaldi. Olov tozalovchi,
poklovchi ilohiy kuch hisoblanib, muqqadas olov uylari qurilgan. Bu uylarda olov doim
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 231
yonib turishi uchun uni qo’riqlab, yaxshi hid tarqatuvchi giyohlar sepib turishgan. Olov
uylari - ibodatxonalar qurilishi, uning ichki bezagi, marosim bilan bog’liq turli buyum va
anjomlar ishlandi.
Samarqand yaqinida ochilgan arxeologik topilma asosida olov uyi ko’rinishi qaytadan
tiklandi, u yuqoriga kichrayib boruvchi to’rtburchak shakllardan tashkil topgan bo’lib,
tepasida tutun chiqishi uchun joy bo’lgan, uyning pastki qismida muqaddas olov yonib
turgan.
Har bir shahar va qishloqda shunday olov uylari bo’lib, ularda muqaddas olov
saqlangan. Jarqo’rg’ondan topilgan olov uyi zardushtiylikning ilk ibodatxonasi
hisoblanadi. Undan keyingilari Xorazmdagi Jonbosqal’a, Buxoro va Samarqandda
qurilgan bo’lib, buni arxeologik topilmalar isbotlaydi.
Toshkent viloyati hududidan ham olov uylari topilgan bo’lib, hozirgi Oqqo’rg’on
tumanidagi Qanqa (Toshkentning markazi bo’lgan)da arxeologlar tomonidan ochilgan
to’rt minorali qo’rg’onda saroy ibodatxonasi - kapella va olov mehrobi bo’lganligi
aniqlangan. Bu ibodatxona o’rtasida supa bo’lib, unga marhum suyagi solingan loydan
ishlangan ossuariylar qo’yilgan. Shu supa ortida esa eshik bo’lib, undan kichik xonaga
kirilgan. Bu xonada muqaddas olov saqlangan, marosim kunlari u ibodatxona markazidagi
mehrobga yoki muqaddas supaga olib chiqib qo’yilgan. Ibodatxona kompleksining
xo’jalik xonalari bo’lib, u yerda turli buyumlar, jumladan, taqinchoqlar saqlangan.
Odamlar shu joyda marhum bilan xayrlashgan holda muattar hidli gullar sochganlar.
Marosimning ajralmas qismi qurbonlik qilish va marosim oshi berish bo’lgan. Mazkur
ibodatxona taxminan yangi eraning 1000 yillar o’rtasida qurilgan, uning katta xonasining
devorlari rasmlar bilan bezatilgan.
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odamlar o’lgandan keyin uning jasadini yerga
ko’mish gunoh hisoblangan. Shuning uchun odam o’lgandan keyin uning jasadini maxsus
tepalikka olib borib qo’yishgan. Bu tepalik odamlar yashaydigan joydan uzoqda
joylashgan bo’lib, tepalikda esa turli itlar, burgut, yovvoyi qushlar odam go’shtini yeb uni
suyakdan ajratib bergan. Yomg’ir esa suyakni yanada tozalagan. Quyosh esa uni obdon
quritgan. Shundan so’ng tepalik atrofida yashovchi odamlar suyaklarni yig’ib, sopoldan
yasalgan idishchalarga solib, ko’p hollarda uni o’z uyiga ko’mishgan. Bu idishchalarni
ostadonlar yoki ossuariylar deb atashgan. Bu ostadonlar shakli turli-tuman bo’lib, asosi
to’rtburchak shaklida, qopqog’i esa turli shakllarda, hatto odam boshi yoki qomati
shaklida, ba’zan xumga o’xshatib, ba’zan o’tirgan odam shaklida yasalgan. Ostadonlarning
yuzlariga esa bo’rtma tasvirlar yoki rasm chizilgan. Bu tasvirlarda o’sha davrlardagi
odamlar urf-odati, masalan, aza tutish voqealari aks ettirilgan. Bunday ostadonlar O’rta
Osiyo hududidan ko’plab topilgan. Shunday ostadonlardan biri Samarqand viloyatining
Mullaqo’rg’on hududidan topilgan. Bu ostadonning tashqi tomonida bo’rtma tasvir bo’lib,
unda yonib turgan olovga ikki tomondan odamlar o’tin, yoqimli is tarqatadigan giyohlar
tashlab turgan payti tasvirlangan. Ular og’izlarini maxsus bog’lagich bilan berkitib
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 232
olganlar. Chunki olov muqaddas hisoblangani uchun unga hatto odamning nafasi ham
tegmasligi kerak bo’lgan. Olovning alangalari 23 chiroyli va tartibli qilib ishlangan shakli
keyinchalik bezak san’atida keng ishlatila boshlangan, bu shaklni antifiks deb atashgan.
Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududidagi Oqtepa ham shu davrning muhim
yodgorligidir. Oqtepa ibodatxonasi ikki qavatli qilib qurilgan bo’lib, burchaklarida
minoralari bo’lgan. Undan katta marosim va tantanalarni o’tkazish uchun foydalanishgan.
Ibodatxona VІІІ asrda arablar bosqinidan keyin tashlandiq holga kelib qolgan. Ammo
arxeologik tahlillar shuni ko’rsatadiki, otashparastlar bu yerdan uzoq vaqt foydalanishgan
va ostadonsiz ko’mish marosimlarini o’tkazishgan.
Yerqo’rg’onda (O’zbekiston janubi) ham shahar ibodatxonasi majmuasi bo’lib,
mil.avv. 1000 yillarning 2-choragiga to’g’ri keladi. Bu ibodatxona ma’buda Anaxitaga
bag’ishlab qurilgan. Arxeologik qazishlar davomida bu yerdan otashparastlikning zarur
anjomlari olov mehrobi va turli sopol buyumlar topilgan.
Qo’rg’ontepalar: Jonbosqal’a, Sopollitepa, Jarqo’ton ornamenti va tasviriy san’ati.
Mil.avv VIII-VII asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda bo’lgani kabi O’rta Osiyo yerlarida ham
qo’rg’ontepalar qurilishi zaminida shahar va shahar-davlatlar rivojlanib bordi. Bunday
qal’alar tabiiy yoki sun’iy tepaliklar ustiga, tezoqar suvlar o’rtasidagi katta maydonlarda
qurilib, atrofi qalin va pishiq devor bilan aylantirib o’rab olingan. Qal’alar zaminida
dastlabki shahar-davlatlar paydo bo’ldi. Shunday qal’alar zaminida keyinchalik Xorazm,
Baqtriya kabi davlatlar shakllanib borgan.
O’rta Osiyoning janubiy tomonlarida miloddan avv. IV-III asrlarda shakllana
boshlagan qal’a devorlari qalin va pishiq ishlangan. Shaharga kirish darvozalariga ham
katta e’tibor berilgan. Darvoza ikki chekkasida minoralar bo’lib, ular plyastrlar bilan
pardozlangan. Qurilishda ko’pxonali uylar paydo bo’lgan, devorlari katta-katta xom
g’ishtdan ishlangan, devor va pollariga esa rang berib pardozlana boshlangan, uncha katta
bo’lmagan arka(ravoq)lar yordamida tepa tomonini yopishga harakat qilingan, ayrim uy
devorlariga tasvir tushirishga intilish seziladi.
Xorazmdagi Jonbosqal’a - eramizdan avalgi IV-III ming yilliklarda odamlar yashagan
manzillardandir. Bu yerdagi turar joylar tartib bilan qurilgan bo’lib, uy qurilishida sinch,
yog’och va qamichdan foydalanilgan.
Xorazmdagi yodgorliklardan yana biri Qo’yqirilganqal’a manzilgohi bo’lib, uning
qoldiqlari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Qal’a qalin devor bilan o’ralib, atrofi esa
suv to’ldirilgan zovurdan iborat bo’lgan. Arxeologik qazish ishlari jarayonida bu yerdan
har xil xumlar, haykallar va ko’plab ostadonlar topilgan. Ostadonlar ichida odamga
o’xshatib yasalganlari ham bo’lib, uning ichida o’lgan odamning suyaklari saqlangan.
Qal’a xonalarining devorlari rasmlar bilan bezatilgan.
Uylar qurilishidagi o’zgarishlar Kuchuktepa (Termiz yaqinida) yodgorligida ham
namoyon bo’ladi. Olimlarning fikricha, bu manzilgoh mil. avv. X-VІІ asrlarga oid bo’lib
hisoblanadi. Balandligi 4 metrdan iborat bo’lgan uylar ko’p xonali qilib qurilgan va ular
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 233
yo’laklar (karidorlar) bilan tutashtirilgan. Manzilgoh atrofi mudofaa devorlari bilan
o’ralgan bo’lib, uning qurilishida paxsa va xom g’ishtdan foydalanilgan.
O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri Baqtriya shaharlari ham qurilishi
jihatdan ancha mustahkam va hashamatli bo’lgan. Davlat poytaxti Baqtra mustahkam
devor bilan o’ralgan qo’rg’onni (akropolni) tashkil etgan. Baqtriyaning Qiziltepa
(Sho’rchi, Surxondaryo vil.) shaharchasi mill.avv. VІІ-VІ asrlarga oid bo’lib, to’rtburchak
shaklida qurilgan, atrofi qalin devorlar bilan, uning atrofi esa zovur bilan o’rab chiqilgan.
Mudofaa devorlari shinakli qilib qurilgan va to’rt tomonida yarim dumaloq minoralar
o’rnatilgan. Turar joy va yashash qo’rg’onlari kvadrat yoki to’rtburchak shaklida bo’lib,
ichki hovlilarning barchasi yog’och ustunli ayvonlardan iborat bo’lgan.
Ilk shaharsozlik manzilgohlaridan Sopollitepa va Jarqo’ton me’morchiligi haqida
alohida to’xtalib o’tish joiz. Sopollitepa manzilgohi Ozbekistonning janubida joylashgan
bo’lib, 1969-1973 yillarda arxeolog A.Asqarov boshchiliga qazishma ishlari olib borilgan.
Sopollitepa qal’asi kvadrat shaklida bo’lib, uch qator mudofaa devori bilan o’rab
olingan. Devorlarning qalinligi o’rtacha 1,5 metr, ba’zi joylarda 2 metrgacha boradi.
Qal’aning ichkarisida ichki mudofaa devorlariga yopishtirilib qalin uylar qurilgan. Qal’a
ichkarisida qurilgan uylarni 8 kvartalga bo’lib turuvchi 6 ta ko’cha borligi aniqlangan.
Xonalar va mudofaa devorlari yirik xom g’ishtlardan qurilib, uylarning devorlari va poli
bir necha bor somon suvoq qilingan. Deyarli hamma uyda devor ichiga joylashtirib 25
qurilgan mo’rili o’choq, o’choq qarshisida supa, ba’zi xonalarda sandal o’txonalari borligi
aniqlangan. Xona devorlarining ba’zi joylarida ganch suvoq izlari ham saqlangan.
Ko’pchilik uylarning ichida odam ko’milgan. Qal’a maydonida olib borilgan qazishlar
vaqtida 130 dan ortiq qabr ochilgan. Qabrlar, asosan, katakomba tarzida qurilgan bo’lib,
ulardan sopol idishlar, bronza, kumush, oltin va turli qimmatbaho toshlardan ishlangan
bezaklar, bronza mehnat qurollari va pardoz buyumlari, tabiiy ipakdan tikilgan kiyim
qoldiqlari topilgan. Qal’a maydonidan 20 ga yaqin sopol pishiradigan xumdon qazib
olingan. Xumdonlar bir va ikki qismli bo’lib, ularda pishirilgan idishlar chinnidek
jaranglaydi. Sopollitepadan idishlarning 40 dan ortiq turi, jumladan, vaza, qadah, ko’za,
xurmacha, choynak, piyola, kosa, shokosa, tog’ora, xum, lagan, barkash kabilar qazishlar
jarayonida aniqlangan. Idishlar nafis, yengil bo’lib, o’tkir did bilan ishlangan. Xonalarni
qazish vaqtida minglab tosh yorg’uchoqlar, o’g’irlar, urchuq va paykonlar, yog’och taroq,
qoshiq va idishlar, tosh va bronzadan yasalgan oila muhrlari topilgan. Xulosa qilib
aytganda, Sopollitepa topilmalari qadimgi ajdodlarimizning madaniyati, san’ati va
me’morchiligi tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar beruvchi noyob manbalardir.
O’rta Osiyo qadimgi odamlarining san’ati va me’morchiligini tadqiq qilishda
Jarqo’ton manzilgohi ham alohida o’rin egallaydi. 1973 yildan boshlab arxeolog
A.Asqarov boshchiligidagi ekspeditsiya a’zolari tomonidan qazib o’rganilgan. Jarqo’tonda
turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritadigan ustaxonalar, 1000
dan ortiq qabrlar ochib o’rganilgan. Erkaklar o’ng yonboshi, ayollar chap yonboshi bilan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 234
g’ujanak holda ko’milgan. Jarqo’tondan toshdan yasalgan omoch tishi, ko’plab sopol idish
(xumcha, ko’zacha, tog’ora, kosa, piyola, tog’oracha, lagan)lar, jez igna, bigiz, xanjar,
sopol andava, chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, jez taqinchoqlar (rangli toshlar
qadalgan ko’plab to’g’nog’ich, bilaguzuk, zirak, oyna) qimmatbaho toshlar va suyakdan
yasalgan munchoqlar, jez surmadon, qabila muhr-tamg’alari, ip mato qoldig’i topilgan.
Bu manzilgohning eng mashhur yodgorligi ibodatxona bo’lib hisoblanadi. Jarqo’ton
ibodatxonasi O’rta Osiyo va O’rta Sharqdagi eng qadimgi otashkada hisoblanadi.
Ibodatxonada doira shaklidagi 6 sajdagoh, 5 muqaddas quduq, tabarruk ashyolar
saqlanadigan maxsus xona va boshqa xo’jalik xonalari bo’lgan. Arxeologik qazishlar 26
natijasida kohinlar yashaydigan supali xonalar, muqaddas olov va kul saqlanadigan
otashgohlar, muqaddas ichimlik (saoma - xaoma) tayyorlanadigan xonalar ochilgan.
Jarqo’tondan sirlangan, bezakli sopol idishlar, loydan ishlangan odam haykalchalari,
afsonaviy qush Geruda – Xumo tasvirlangan idish, sopol quvurlar va boshqalar topilgan.
Gliptika san’ati. Gliptika (yun. qlypho — kesaman) — qimmatbaho, yarim
qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir o’yish san’ati, amaliy bezak san’ati turi
hisoblanadi. Gliptika asari gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq
vazifasini o’tagan. Mil. av. 4- mingyillikda Mesopotamiya, Qadimgi Misr, G’arbiy
Osiyoda vujudga kelgan, Yunoniston, Qadimgi Rimda yuksak taraqqiy etgan. Gemma
tasvirlari (hayvon va qushlar, xudo va qahramonlar qiyofasi, afsonaviy sahnalar) ixcham
kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. O’rta asrlarda gliptika asosan, Sharqda rivojlangan.
Vizantiyada qadimiy an’analar saqlangan holda tekis yuzali, keyinchalik uslublashtirilgan
shakllarga aylangan nafis chizmaga moyillikka xos.
Musulmon sharqida yozuvli gemma (lotincha, qimmatbaho tosh, marvarid ma’nosini
anglatib, gemmalar uchun yumshoq toshlar bilan bir qatorda qattiq toshlar ham
ishlatilgan)lar eng tarqalgan, husnixatli nozik matnlar xitoy muhrlarini bezagan.
Yevropada Uyg’onish davrida gliptika yanada rivojlangan, qadimiy gliptikadan nusxa
ko’chirish bilan birga zamondoshlarning portretlari ham yaratilgan. Italiya gliptika ustalari
V.Belli, J.Bernardilar tomonidan insonlar tasviri mahorat bilan yaratilgan.
O’rta Osiyodan topilgan arxeologik topilmalar (O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida
saqlanayotgan gliptika namunalarida hukmdorlarning tasvirlari, shuningdek, o’simlik,
hayvonlarning shakllari ishlangan tamg’alar bo’lib, yunon gliptikasiga taqlidan
tayyorlangan. Bunday gliptika asarlari Kavkaz, Eron, Afg’oniston, Shimoliy Hindistondan
ham topilgan. Islom dini tarqalganidan keyin tasvirlar o’rnini naqsh va yozuvlar egallagan.
O’zbekiston hududidan uzuk ko’zi yoki munchoq sifatida ishlangan qadimiy gliptika
namunalari (Afrosiyob, mil. avv. 6-5 asrlar, jumladan, toj kiygan erkak tasviri) topilgan.
O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlar davrida mahalliy gliptik ustalar tomonidan hukmdorlar,
amaldorlar va ayollar uchun turli qimmatbaho toshlarga ishlov berilib, buyumlar 27
yasalgan va ular ko’pincha suviner sifatida saqlangan. Keyinchalik qimmatbaho toshlarni
qazib olish ko’paygach, bunday buyumlar kundalik turmush tarzida foydalanila
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 2–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 235
boshlangan. Toshlarga ishlov berish asosida tayyorlangan buyumlar asosan, taqinchoqlar
bo’lib, ularning qiymati aholining turli qatlamlarini inobatga olib tayyorlangan. Arablar
bosqinidan keyin gliptikada qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarda Qur’on
suralaridan oyatlar, muqaddas duolarni naqshinkor qilib yozish keng tarqalgan. Bu an’ana
keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. Ayollarning zebuziynat buyumlaridan tashqari
qilich, xanjar, pichoqlarning soplariga va turli xil idishlarga naqshlar bilan bezatilgan
qimmatbaho toshlarni o’rnatish ham taraqqiy eta boshlaydi.
Dastlabki tasviriy san’at va ornament ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlarini
ifodalash va uni targ’ib qilishga xizmat qilgan. Shu bilan birga kundalik mashg’ulotlari,
ov jarayonlari va turli marosimlar tasviriy san’at naminalarida o’z aksini topgan. O’sha
davr rassomlari sopol buyumlar, turar joy binolari va ibodatxonalarni oddiy naqshlar,
hayvonlar, qushlar va odamlar tasviri bilan bezadilar. O’rta Osiyo hududida yashagan
qadimgi ajdodlarimizning o’ziga xos madaniyatini o’rganishda ushbu topilmalar muhim
rol o’ynaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Asqarov A A. Abdullayev V “Jarqo’ton”. Тashkent. 1983.
2. Suleymanov R.X. :Древний Нахшеб”. Тashkent, 2002.
3. Маршак Б.И. Самый ранний сюжет согдийской живописи. // Тўплам: Зарафшон
воҳаси ва унинг тарихдаги ўрни». Ўзбекистон Республикасини 10 йиллигига
бағишланган илмий-назарий 28 анжуман материаллари. 2001 йил 18-19 май, I қисм,
Самарқанд, 2001.
4. Абдуразаков А.А. и др. Реставрация колонны из Еркургана. Реферативный
сборник «Реставрация, иссл