Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 247
ABDUQAYUM YO’LDOSHEV HIKOYALARIDA TABIAT TASVIRI
Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi
FarDU 1-kurs magistranti
+998975345998
Annotatsiya:
Mazkur maqola Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalarida tabiat tasviri
tahliliga bag’ishlangan. Garchand uning asarlarida peyzaj tasviriga urg’u berilmagan
bo’lsa-da, o’ziga xos badiiy bo’yoq va jiloga ega ekanligi misollar vositasida ochib
beriladi.
Аннотация:
Данная статья посвящена анализу образа природы в рассказах
Абдукаюма Ёлдошева. Хотя в его работах не подчеркивается пейзажный образ, на
примерах раскрывается тот факт, что он обладает неповторимым художественным
колоритом и лоском
Abstract:
This article is devoted to the analysis of the image of nature in Abduqayum
Yoldoshev's stories. Although his works do not emphasize the landscape image, the fact
that he has a unique artistic color and polish is revealed through examples.
Kalit so’zlar:
Peyzaj, portret, ruhiyat, obraz, detal, tasvir
Ключевые слова:
Пейзаж, портрет, дух, образ, деталь, образ
Key words:
Landscape, portrait, spirit, image, detail, image
Abduqayum Yo’ldoshev adabiy jarayonda o’z ovoziga, o’z uslubiga ega ijodkor
bo’lib, hikoya, qissa, romanlaridagi har bir detalga alohida ahamiyat qaratadi, shu
jumladan peyzaj tasviri ham bundan mustasno emas. Garchi, hikoya hajman qisqa bo’lsa-
da, unda peyzaj tasviriga o’rin ajrata olish yozuvchining mahoratidan dalolat beradi. Asli
Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalarida peyzaj tasviri nihoyatda kam uchraydi, ammo
uchragan taqdirida hikoya mazmunini ochishga, boyitishga, voqelikni, ruhiy holatni
oydinlashtirishga yordam beradi. Abdulla Qahhorga ta’rif berilayotganda “Oz so’zda ko’p
ma’no ifodalash” xos bo’lsa, Abduqayum Yo’ldoshevda “Kam tabiat tasviri bilan,
nuqtasiga urish” ta’biri mos keladi. Masalan, Abduqayum Yo’ldoshevning “Bankir”
romanini olaylik.
“Tunda nogoh havo aynidi.
Osmon yuzini qora bulutlar bosib kela boshladi. Borliq zulmat og’ushida qoldi.
Havo tund va dim edi.
Tabiatda nimadir bo’lishi kutilayotganday.
Axiyri osmon chidab turolmadi – uning ko’z yoshlari sel bo’lib oqdi: ezilib yomg’ir
yog’a boshladi…”
1
1
А. Йўлдошев. Банкир. – Тошкент: Tafakkur qanoti, 2012. 25-бет.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 248
Tabiat tasviri xuddi voqealar holati bilan hamohang. Birdaniga yuz bergan bu voqea
nogohon havo aynishiga o’xshaydi. Tolibjon va uning oilasi boshiga tushgan falokat
osmonni qoplagan qora bulutlarga qiyos qilingan. Ezilib yog’gan yomg’ir tomchilari
Nozimaxonimning otasi hasratida to’kkan ko’z yoshlari go’yo.
Ko’rinib turganidek, tabiat tasviri qahramonlar hayotini oldindan bashorat
qilganday tasavvur uyg’otadi. Darhaqiqat, tabiatning ushbu hodisalari qahramonlar taqdiri
bilan ham, ruhiyati bilan ham o’zaro mutanosiblik kasb etadi. Yomgʻir –deyarli barcha
ijodkorlarning sevimli peyzaj tasviri hisoblanadi. Yomgʻirning ezilib, shivalab, bosib,
shigʻalab, savalab, sharros quyib yoki jala ko‘rinishida yogʻishi badiiy asarlarda ko‘plab
uchraydi. Ushbu peyzaj tasviri adiblar nasrining ritmini belgilab berayotgandek taassurot
qoldiradi.
Sobiq tuzum davridagi fojealar yangi jamiyat shakllanishidan oldin yangicha
fikrlaydigan inson obrazini yaratish muammosi sifatida ma’lum tarixiy butunlikdan ajrab
qolgan inson qismatini idrok etish orqali ifodalangan. Misol uchun A.Yо‘ldoshevning
“Quduq”
2
hikoyasini keltirish mumkin. Unda insonga qо‘l ostidagi ikkinchi darajali
buyum sifatida qarovchi, mute fikrlovchi, mustamlakachilar yetovida butun boshli
qishloqni yо‘qotuvchi odamlar tasviri ustunlik qiladi. Mutelik xalqni halokatga olib
boradigan yо‘l edi. Mustaqil fikr yuritmaslik, aynan fikrsizlik, nafs yо‘lida faqat о‘z huzuri
va foydasi uchun, tiriklik uchun yashashni taqozo qiladi. Bunday odamlar о‘rgatilgan,
ishonchli robot kabi ishlab, evaziga hech narsa talab qilmas edi. Ular bir tomondan
CH.Aytmatov romanidagi manqurt obraziga о‘xshaydi. Farqi: uning boshiga xom teri
kiydirilmaganidadir.
Hikoya Tirkash muallimning qizi quduqqa tushib vafot etishi bahonasi bilan uning
oilaviy ahvoli pedagogik kengashda muhokama qilinadi, direktor tuman gazetasida
militsionerning maqolasini maktab jamoasida ishlab chiqdik, degan ma’lumot uchun
Tirkash muallimning dardini yana yangilaydi. Gо‘yo mehribonlik kо‘rsatgan kishi sifatida
Tirkash muallimning darslarini boshqalar bо‘lib olishadi. Tirkash muallim bо‘sh qolib,
о‘z fojeasi, dardiga yanada chuqurroq botib boraveradi. Jamiyatdagi soxta
“insonparvarlar” esa maqolani viloyat gazetasida qayta bostirishadi. Sabohatning о‘limi
endi nafaqat Tirkash muallim, balki butun qishloq uchun fojeaga aylanadi. Sovxoz
direktori tepadagilar buyrug‘i bilan qishloqdagi barcha quduqlarni yoptirib tashlaydi.
Qishloq suvsiz qoladi. Vahima, qо‘rquv, hadik, umidsizlik odamlar qalbini kemirar edi.
Odamlar bu falokatning bosh aybdori sifatida Tirkash muallimni kо‘ra boshlashadi. Hatto
Marvi xola Tirkashning uyi oldiga kelib, ovozini baralla qо‘ygancha qarg‘aydi. Bu sobiq
tuzumning xalq ichidan mohirlik bilan dushman yasash usulining badiiy ifodasi edi.
Jamiyatda esa ma’nan qashshoq, kaltabin, xudbin kimsalar, kaltabin rahbarlar nima desa,
shunga ishonadigan kishilar yaxshi kun kо‘rar edi, xolos. Bu tom ma’nodagi mutelik
2
Йўлдошев А. Пуанкаре: ҳикоя ва қиссалар. – Тошкент: Akademnashr, 2014. - Б. 15
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
73-son 3–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 249
psixologiyasi bilan yashagan odamlar jamoasi edi. Ular muammoning mohiyatini
anglolmay, olomonlik falsafasining qurboniga aylanishadi. Yozuvchining asosiy maqsadi
yangi inson konsepsiyasini yaratish zarurligiga e’tiborni qaratish kerakligini ta’kidlar
ekan, buni “Quduq”
3
hikoyasida samarali amalga oshirdi. Ijodkor fikricha, ma’naviy
dunyosi tor odamlar jamiyatni boshqarib, uni falokatga olib keldi.
Izlanishlar davomida nasrda, xususan, hikoyada odam va olamning tashqi belgilarini
ichki xususiyatlar bilan yaxlit holda ifodalash kuchayishi natijasida avvalgi davrga
nisbatan yangicha inson obrazi yaratilganiga guvoh bо‘ldik. Zulfiya Qurolboy qizining
“Ayol” hikoyasidagi Nazokat timsolida ayol jasorati, matonati, irodasi, qalb gо‘zalligi va
ruhiy tetikligini kuzatish mumkin. Asar yetti qismdan iborat bо‘lib, unda tuzalmas kasalga
chalingan ayolning о‘lim oldi holati tasvirlangan. Bu yerda biroz romantikaga berilish
ham bor. Biroq romantika ham inson qalbidagi yuksak pafosning belgisi sifatida obraz
mohiyatini ochib beradi. Hikoyada ayol va quyosh tushunchasi yangi bir kontekstda
reallashadi va borliqning yaxlit modeli sifatida aks ettiriladi. Ayol hayotga chanqoq,
mehrga tо‘laligi bilan zulmat, yо‘qlikka qarshi kurashishga intiladi. Gо‘zallik, badiiy-
estetik ideal aslida tiriklikda ekanligini anglayapti.
Bundan tashqari, adibning “Muammo” hikoyasida ham tabiat tasviri qahramon
kayfiyatiga, ruhiyatiga, kechinmalariga uyg’un ravishda keladi. Asar qahramoni chet elga
grant yutib borib, ularning bir-biriga doimo tabassum bilan qarash odatini olib keladi, bu
chet elda normal va umumbashariy xususiyat sifatida baholanadi. Qahramon yurtimizga
qaytgach esa og’zi qulog’ida, xursand, odamlarga ham tabassum, mehr bilan qaraydi, ayni
shu o’rinda qahramon kayfiyati bilan muvofiq ravishda tabiat ham yashnaydi, “Quyosh
charaqlagan, osmon ko’m-ko’k, tabiat yashillikka burkangan” tarzida tasvirlanadi. Lekin
bu tabassumni bizning odamlar iliq qarshi olmadi, tabassum bilan javob qaytarmadi,
aksincha bir qancha haqoratli so’z va quruq tuhmatlarga giriftor bo’ldi. Yakunda ham adib
xulosani kitobxon hukmiga havola qiladi, ya’ni qahramonimizga-da tabassum hadya
etgan, sumkasini ushlab turishga ko’maklashgan ayol ham, sumka ham g’oyib bo’ladi.
Bundan ko’rinadiki, madaniyat bilan insoniylik yonma-yon yurmas ekan jamiyatda
rivojlanish ham, taraqqiyot ham bo’lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Solijonov Y., Ko‘zgudagi hayot.,-T.,2013
2.
Vladimirova N.O‘zbek hikoyalarida g‘oya va obraz,-T.:Fan, 1989.
3.
Yo’ldoshev A. Puankare :hikoya va qissalar, -T.:Akademnashr,2014
4.
Yo’ldoshev A. Bankir, -T.:Tafakkur qanoti, 2012
3
Йўлдошев А. Пуанкаре: ҳикоя ва қиссалар. – Тошкент: Akademnashr, 2014. - Б. 15