Mualliflar

  • Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106695

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Xon saroyi haram kanizak qizlar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi Gulshan obrazining ijobiy va salbiy jihatlari ochib berilgan. 

  “Mehrobdan chayon” o’zbek romanchiligiga tamal toshini qo’ygan Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik romani. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqqan. Romanning mavzusi to’g’risida yozuvchining o’zi shunday deydi: ”Turkiston feodallarining keyingi vakili bo’lg’an Xudoyorning o’z xohishi yo’lida dehqon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo’lmasin, rahmsiz jazo berishi ro’monning mavzui’dir. Xudoyorning bu yo’ldagi birinchi istinodgohi bo’lg’an ulamolar,ularmimg ichki tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitganligi va qolg’ani hamx xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanligi mundarija sig’dirg’an qadar bayon qilinadir.”[1] 


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 240

MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDAGI GULSHAN OBRAZI

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

Farg’ona davlat universiteti 1-bosqich magistranti

rozixonxolmatova289@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”

romanidagi Gulshan obrazining ijobiy va salbiy jihatlari ochib berilgan.

Kalit so’zlar

: Xon saroyi, haram, kanizak qizlar.

Annotation:

This article reveals the pros and cons of image of Gulshan in Abdulla

Qodiri’s novel The scorpion from the Altar.

Key words

: Khan’s place, khan’s harem, concubines.


“Mehrobdan chayon” o’zbek romanchiligiga tamal toshini qo’ygan Abdulla

Qodiriyning ikkinchi yirik romani. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib
chiqqan. Romanning mavzusi to’g’risida yozuvchining o’zi shunday deydi: ”Turkiston
feodallarining keyingi vakili bo’lg’an Xudoyorning o’z xohishi yo’lida dehqon ommasi va
mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha
tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo’lmasin, rahmsiz jazo berishi
ro’monning mavzui’dir. Xudoyorning bu yo’ldagi birinchi istinodgohi bo’lg’an
ulamolar,ularmimg ichki tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his
bitganligi va qolg’ani hamx xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanligi mundarija
sig’dirg’an qadar bayon qilinadir.”[1]

Abdulla Qodiriy romanda xilma-xil xarakterlar yaratishda zo’r mahorat ko’rsatgan.

Asarda Anvar, Ra’no, Solih mahdum, Sultonali, Xudoyorxon, Abdurahmon kabi bosh
qahramonlar bo’lganidek Nasim, Gulshan, Nozik, Nodira singari asarning bir necha
o’rnidagina ko’rinib, keyin uchramaydigan qahramonlar ham bor. Yozuvchining tasvir,
mazmun va so’z qo’llash mahorati tufayli asardagi har bir epizodik obraz o’ziga xos vazifa
bajaradi.Shulardan biri Gulshan obrazi.

Gulshan 35 yoshlar atrofida bo’lgan go’zal haram xodimalaridan.Yozuvchi u orqali

o’quvchini xon harami bilan tanishtiradi.

“Gulshanbonu Xudoyorning ikkinchi davrida o’z husni bilan bir necha martaba

xonning iltifotiga sazovar bo’lg’an haram kanizlaridan edi.Xudoyor taxtni tashlab,
Buxorog’a qochishg’a majbur bo’lg’andan keyin, og’asini g’ayri shar’iy ishlarda,
jumladan, xotinbozliqda ayblab, taxtga mingan Mallaxon o’z da’vosiga muvofiq Xudoyor
haramidagi yuzlab xotinlarni o’z yigitlari orasida xotinliqqa taqsim qilib yubordi.shu
jumladan Gulshanbonu ham Mallaxon tarafidan Xudoyorg’a qarshi urushda qahramonliq
ko’rsatkan bir yigitga in’om qilinib, shundan beri o’sha yigitning nikohida xotin edi…”[1]


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 241

Asarda ko’p to’xtalmagan bo’lsada Gulshanning ham o’z o’tmishi bor. Garchi u

erlik ayol bo’lsada ko’p vaqtini haramdagi qizlar bilan o’tkazadi, ular bilan hazil qiladi,
kulishadi, dardlarini tinglaydi. Gulshan bir qarashda o’yin kulguni sevadigan, baxtli ayolga
o’xshab ko’rinadi. Aslida esa unday emas. Ayol kishi qachon baxtli bo’ladi? Qachonki,
oilasi tinch va to’kis bo’lsa.Gulshanda esa to’kis va baxtli oila yo’q. Erining kimligi va
Gulshanga qanday munosabatda bo’lishi haqida asarda aytilmagan. Biroq, uning haramda
yotib yurishi, xonga qilayotgan “xizmatlari”dan ko’rinadiki eri unga mutlaqo befatq.
Aslida Gulshan ozod inson, ammo haramdagi qizlar bilan qismatdosh. Haramda yuzlab
xotin-qizlar tutqunlikda, baxtsizlikda. Bu qizlar qanchadan qancha oilalarning bekalari,
shirin-shakar farzandlarning onasi bo’lishi mumkin edi. Ammo unday bo’lmadi. Ular
xonning buzuq nafsi yo’lida qurbon bo’ldilar.Gulshan ham ana shu nafs yo’lida qurbon
bo’lganlardan biri. To’g’ri, u ham ko’plarni o’zidek baxtsiz bo’lishiga sabab bo’ldi. Xonga
go’zal va suluv qizlar topib, o’zidek baxtsizlar safini ko’paytirdi. Ra’noni ham xonga
maqtagan- u. Gulshanning bu xususdagi ishlarini oqlab bo’lmaydi, albatta. Ammo
Ra’noning Anvar Mirzoga atalganini eshitib qilgan ishiga afsus qiladi. Aslida u hechkimga
yomonlik qilishni xoxlamaydi. Gulshan Og’acha oyim sabab xonga boshqa qiz
topmaslikka qaror qilgandi. Biroq fitnachilar Gulshanga soxta xat va biroz pul berib,
qizning otasi shuni xoxlayotganiga ishontirishadi. Shundan so’ng Gulshan ham Ra’noni
xonga maqtashga majbur bo’ladi. Sultonalidan haqiqatni bilgach esa Mirzo uchun o’zi
yaxshi qizlar tobib berishini, lekin bu ishni to’g’irlay olmasligini aytib uzr so’raydi. Bu
epizod Gulshan obrazining ijobiy tomonlarini ochishga yordam beradi. Abdulla Qodiriy
Gulshan obrazi orqali haram, xon saroyidagi ahvol va ko’plab Gulshanga o’xshagan
baxtsiz xotin qizlar taqdirini ko’rsatib bermoqchi bo’lgan.

“Mehrobdan chayon” romani – badiiy mahorat darajasiga ko’ra mukammal asar.

Uning sujeti qiziqarli va dramatik vaziyatlarga boy bo’lganidek tili ham puxta va shirali.
Qodiriy bu romanida hayot haqiqatini katta mahorat bilan aks ettirgan va badiiy
mahoratning oliy darajadagi namunasini ko’rsatgan.”[2] Abdulla Qodiriy ijodi bamisli bir
buloq bo’lib, undan har bir tashna suv ichib, chanqog’ini qondirib o’tadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

[1] Abdulla Qodiriy.Mehrobdan chayon.-T.:G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti.

[2] Saydulla Mirzayev. XX asr o’zbek adabiyoti.-T.:Yangi asr avlodi.2005.

Bibliografik manbalar

Abdulla Qodiriy.Mehrobdan chayon.-T.:G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

Saydulla Mirzayev. XX asr o’zbek adabiyoti.-T.:Yangi asr avlodi.2005.