Mualliflar

  • Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.106696

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Sharq adabiyoti G’arb adabiyoti “Layli va Majnun” “Romeo va Julyetta”.

background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 238

SHARQ VA G’ARB ADABIYOTIDA ISHQ KONSEPSIYASI

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

Farg’ona davlat universiteti 1-bosqich magistranti

rozixonxolmatova289@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Sharq va G’arb adabiyotidagi ishq konsepsiyasi

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” va Vilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta”
asari orqali ochib beriladi.

Kalit so’zlar:

Sharq adabiyoti, G’arb adabiyoti, “Layli va Majnun”, “Romeo va

Julyetta”.

Annotation:

In this article, the concept of love in Eastern and Western literature is

revealed through Alisher Navoi’s “Layla and Majnun” and William Shakespeare’s
“Romeo and Juliet”.

Key words

: Eastern literature, Western literature, Layla and Majnun,Romeo and

Juliet.


Adabiyot maydonida bazi buyuk siymolar o’z ijodlari bilan boshqalardan ajralib

turadi. Ular barcha davr kishilarini hayratga soluvchi so’z daholari bo’lib, o’zlaridan
o’lmas asarlarni me’ros qoldirishgan. Ana shular ichida Alisher Navoiy va Vilyam
Shekspirning o’rni beqiyos.

Alisher Navoiy - ulug’ o’zbek va boshqa turkiy xalqlar shoiri, mutafakkiri va davlat

arbobidir. [5]G’arbda chig’atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “Nizomi
millati va din”(din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug’lanadi.

Vilyam Shekspir - Ingliz Uyg’onish adabiyotining yirik vakili, daho so’z ustasi,

buyuk shoir va dramaturgi. O’zining komediyalari va tragediyalari bilan jaxon teatri
tarixiga ulkan hissa qo’shgan.

Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi va o’ziga

xosligi mavjud.[3]So’zimizning dalili sifatida “Layli va Majnun” hamda “Romeo va
julyetta” asarlarini ko’ramiz.

“Layli va Majnun” Sharqning qayg’uli ishq dostoni, “Romeo va Julyetta” G’arbning

fojiali muhabbat qissasidir. Bu asarlarning sujet yo’nalishlari Navoiy va shekspirdan ancha
oldin paydo bo’lgan esa-da, ikki daho mazkur sujetga yangicha o’lmas ruh baxsh
etadilarki, bu asarlar insoniyatni hamon sehr jozibasida tutib kelmoqda. Mazkur ikki asarni
solishtirish juda qiziq va chuqur ilmiy kashfiyot va xulosalarga olib kelishi mumkin. Eng
avvalo, bu dostonda Sharq va G’arb badiiy tafakkuridagi farq – ularning tasvir prinspidagi
farq ko’zga tashlanadi.[4]

Sharq va G’arbda ishq konsepsiyasiga bo’lgan munosabatlar yaqinligini va muhabbat

muommosining badiiy yechimidagi g’oyaviy o’xshashlikni V.M.Jirmunskiy ham e’tirof


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

73-son 3–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 239

etadi: “Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa bo’lgan muhabbatning
majozi sifatida tasavvuf an’analari bilan bog’liq.”[6] Tasavvufning mumtoz Sharq
she’riyatiga, xuxusan “Layli va Majnun” asosidagi muhabbat konsepsiyasiga tasiri
qanchalik katta bo’lgani fanga ma’lum.

Dostonda ham, tragediyada ham qahramonlar fojiasini tasvirlash orqali nohaqlik va

adolatsizlik qoralanadi.”Ziddiyat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug’ilmaydi…
Fojia adolat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib tuyg’usi to’qnashuvidan
yuzaga keladi.”[1]

Ikkala asarda ham qahramonlar xatti- harakatlarini yo’naltiruvchi 5 ta asosiy lavha

mavjud:

1.Ilk uchrashuv.
2.Dil izhori.
3.Ayriliq.
4.Istamagan kishi bilan nikohga majburlash.
5.Xotima.
Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonini Shekspirning “Romeo va Julyetta”

tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining
g’oyaviy yaqinligini ko’rsatadi. Ikki mutafakkir nuqtai nazarida komillikning muhtasham
poydevori ham, oliy cho'qqisi va so'nmas nur manbayi ham ishqdir.[2-113]

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Аникст А. Творчество Шулспира.-М.: Наука,1963.- C.228.
2.Gulnoz Xaliyeva.Qiyosiy adabiyotshunoslik.Akademnashr.2020.
3.Mamatqulova X.A. Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir ijodida badiiy tamoyillar
mushtarakligi va o’ziga xoslik. Filol.fan.nomz… diss.-Toshkent,2009.-B.24-49
4.Nazar Eshonqul. Dante, Navoiy, Shekspir.
5.Valitova A. A. (1974).”Alisher Navoiy”. A. M. Proxorov. Buyuk Sovet ensiklopediyasi.
17 (3-nashr). Moskva. Sovet ensiklopediyasi. 194-195-betlar.
6.Жирмунский В. М. Сравнительное литературоведение. –Л.: Наука.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари