Mualliflar

  • Choriqulova Fayro‘za Telman qizi
  • Pardayev Sirojiddin Shokir o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112523

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. transpozitsiya ichki va tashqi transpozitsiya konversiya kel qani t

Annotasiya

 Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  transpozitsiya  haqida  umumiy  ma’lumot  va  mustaqil  so‘z  turkumlari  hamda  alohida  olingan  so‘z  turkumlariga  oid  birliklar  o‘rtasidagi  transpozitsiya hodisasiga ilmiy nazariyalar bilan birgalikda misollar yordamida tahlillar keltirib o‘tildi. 


background image

199

MUSTAQIL SOʻZ TURKUMLARI VA MODAL SOʻZLAR

OʻRTASIDA TRANSPOZITSIYA HODISASI

Choriqulova Fayro‘za Telman qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

Pardayev Sirojiddin Shokir o‘g‘li,

ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

fayruza92@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada transpozitsiya haqida umumiy ma’lumot va mustaqil so‘z

turkumlari hamda alohida olingan so‘z turkumlariga oid birliklar o‘rtasidagi transpozitsiya
hodisasiga ilmiy nazariyalar bilan birgalikda misollar yordamida tahlillar keltirib o‘tildi.

Kalit so‘zlar.

transpozitsiya, ichki va tashqi transpozitsiya, konversiya, kel, qani, to‘g‘ri.

BAĞIMSIZ SÖZ DÜZENLERİ VE MODAL SÖZLER ARASINDA

TRANSPOZİSYON OLAYI

Choriqulova Fayroza Telman kızı,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Pardayev Sirojiddin Şokir oğlu,

Bilimsel danışman, özbek dili ve edebiyatı bölümü asistanı

Özet.

Bu makalede, transpozisyon olayı ve bağımsız sözcük türleri ile ayrı bir şekilde ele

alınan sözcük türleri arasındaki transpozisyon olayı, bilimsel teorilerle birlikte örnekler yardımıyla
analiz edilmiştir.

Anahtar kelimeler.

Transpozisyon, iç transpozisyon, dış transpozisyon, konversiyon, gel,

hadi, doğru.



ТРАНСПОЗИЦИЯ МЕЖДУ НЕЗАВИСИМЫМИ ЧАСТЯМИ РЕЧИ

И МОДАЛЬНЫМИ СЛОВАМИ

Чориқулова Файроза Телман кизи,

студентка Узбекско-Финского педагогического института

Пардaев Сирожиддин Шокир оглы,

научный руководитель, ассистент кафедры узбекского языка и литературы

Аннотация.

В данной статье представлена общая информация о транспозиции, а

также проведен анализ явления транспозиции между независимыми частями речи и
единицами, относящимися к отдельным частям речи, с учетом научных теорий и примеров.

Ключевые слова.

Транспозиция, внутренняя и внешняя транспозиция, конверсия, кел,

кани, правильно.

THE PHENOMENON OF TRANSPOSITION BETWEEN INDEPENDENT

WORD CLASSES AND MODAL WORDS

Choriqulova Fayroza Telman kizi,

student of Uzbekistan-Finland pedagogical institute

Pardayev Sirojiddin Shokir og‘li,


background image

200

scientific advisor, assistant at the Department of uzbek language and literature

Abstract.

This article provides general information about transposition, as well as an

analysis of the phenomenon of transposition between independent word classes and units related to
specific word classes, accompanied by scientific theories and examples.

Keywords.

transposition, internal and external transposition, conversion, kel, qani, to‘g‘ri.


Kirish. Bugungi kunda hozirgi oʻzbek adabiy tili fani oʻz oldiga ushbu fanning mohiyati,

oʻzbek tilining grammatik boyligi, leksik-semantik birliklari,uning tarixi, rivojlanish bosqichlari, til
sathlaridagi barcha oʻzgarish hamda yangiliklar bilan yaxshi tanish boʻlgan yuqori malakali
kadrlarni tayyorlashni maqsad qilib qoʻygan. Ushbu fandagi muhim tarmoqlardan biri –
transpozitsiya hodisasidir.

Bizga maʼlumki, davrlar mobaynida har sohada oʻzgarish va yangiliklar kuzatiladi.

Tilshunoslik ham bundan mustasno emas. Til hodisalari rivojlanib borish natijasida bir-biriga oʻtib
boradi. Shu asnoda transpozitsiya yuz beradi. Transpozitsiya lotincha soʻz boʻlib, "oʻrin
almashtirish" degan maʼnoni anglatadi. Transpozitsiyada soʻzlar nutqning maʼlum bir qismidan
ikkinchisiga oʻtadi.Ushbu atamaga Azim Hojiyevning “Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”
kitobida: “Grammatik kategoriyalarning oʻziga xos boʻlmagan vazifada qoʻllanishi” [1, 45 b.], –
deb taʼrif keltirib oʻtilgan. Transpozitsiya oʻz oʻrnida 2 xil boʻladi:

1. Ichki transpozitsiya.
2. Tashqi transpozitsiya.
Ichki transpozitsiya – soʻz turkumlarining bir guruhi doirasida oʻzaro vazifa almashinuvi.
Tashqi transpozitsiya – har xil turkum doirasidagi vazifa almashinuv jarayoni.
Til tizimi nutqning maʼlum qismidan boshqa bir qismiga oʻtish uchun oʻz imkoniyatlariga

ega. Baʼzi soʻzlar oʻz atash maʼnosini yoʻqotib, modallik vazifasini shakllantirishi yoki yordamchi
turkumdan mustaqil soʻzga aylanishi mumkin. Soʻzlarning nutqning bir qismidan ikkinchisiga
oʻtishining har bir leksik-grammatik jarayoni oʻziga xos semantik, morfologik va sintaktik tartib
shartlariga ega va har bir aniq holatda baʼzi shartlar yetakchi, boshqalari esa faqat hamroh yoki
neytraldir. Soʻzlarning nutqning bir qismidan ikkinchisiga oʻtishining yagona universal sharti yoʻq
[2, 115 b.]. Biz mustaqil soʻz turkumlarining modallashuvi haqida toʻxtalib oʻtmoqchimiz, yaʼni
ot,sifat,son,feʼl soʻz turkumlarining oʻz mustaqil maʼnolarini yoʻqotib,modal soʻz vazifasida
kelishini misollar yordamida tahlil qilib koʻramiz.

Feʼl soʻz turkumiga tegishli kel soʻzi ayrim kontekslarda harakat vazifasini modallik,ya’ni

taklif kiritish maʼnosida qoʻllanadigan modal soʻzga almashtiradi.

M: Kel, endi boshqa tortishmasdan ahil yashaylik.

Ushbu gapda kel soʻzi modal soʻz boʻlib

kelgan. Bu gapni kelmoq harakati deb tushunadigan boʻlsak, gap tahlilida xatolikka yoʻl qoʻygan
boʻlamiz. Chunki bu gapda harakat maʼnosi aks etmagan, balki soʻzlovchi oʻz fikriga qoʻshimcha
maʼno kiritgan [3, 54 b].

Shahardan tezroq kel.

Bu gap tarkibidagi kel esa feʼl soʻz turkumidagi harakat maʼnosini,

yaʼni qayerdandir kelish maʼnosini ifodalab kelgan.

Qoʻy

feʼli misolida ham tahlil qilib koʻramiz.

1

. Qoʻy, endi shu dunyoning gʻamlarini.

2.

Daftarlarni oʻsha stol ustiga qoʻy.

Yuqorida keltirilgan gaplarning birinchisida modal

soʻzga aylangan feʼl berilgan, ikkinchisida esa harakat maʼnosini saqlagan qoʻymoq feʼli aks etgan.

Bu misollar feʼl soʻz turkumi va modal soʻzlar oʻrtasidagi koʻchish jarayoniga tegishli. Sifat

soʻz turkumi bilan ham bu jarayon koʻzga tashlanadi.

M:

a) Toʻgʻri, hayotning turli xil sinov-u mashaqqatlari bor, lekin shularni yengib oʻtgan

insongina haqiqiy baxtga erishadi.

b)

Hayotning turli xil sinov-u mashaqqatlari borligi toʻgʻri, lekin shularni yengib oʻtgan

insongina haqiqiy baxtga erishadi.


background image

201

Quyidagi misollarda aks etgan farq yaqqol koʻrinib turibdi. Birinchi gapda

toʻgʻri

soʻzi

modal soʻz vazifasida kelgan va gap boʻlaklari bilan hech qanday aloqaga kirishmagan. Ikkinchi
gapda

toʻgʻri

sifat maʼnosida kelib, ot kesim vazifasini bajargan. Birinchi gapda soʻzlovchi fikrga

tasdiq maʼnosini yuklagan. Bundan koʻrinib turibdiki, nafaqat semantik maʼno jihatdan,balki gap
boʻlagi vazifasini bajarish nuqtayi nazaridan ham oʻrni almashib ketadi [4, 143 b.].

Olmosh soʻz turkumida ham modal soʻz bilan transpozitsiya hodisasi kuzatiladi. Qani soʻzi

misolida tahlil qilib koʻramiz.

1.

Qani, darsni boshladikmi? - modal soʻz

2

. Mening sumkam qani? -soʻroq olmoshi

Son soʻz turkumi doirasida birinchidan,ikkinchidan soʻzlari orqali almashuv yuz beradi.

- Birinchidan, bu fikr mutlaqo xato edi.

- modal soʻz

Birinchidan keyin mening navbatim

.- son(otlashganda)

Badiiy asarlar misolida ham transpozitsiya namunalarini koʻrishimiz mumkin. Xususan,

Shuhratning “Oltin zanglamas” romanidan olingan quyidagi jumlalarni keltirib oʻtamiz:

-Ikki yuvosh parrandaning bu nojoʻya ishi Qodirning gʻashiga tegib, endi haydamoqchi

boʻlib turgan edi,bittasi daraxtga uchib oʻtdi, keyingisi ketidan qarab qoldi. Qodir: “Qani, endi
nima qilar ekan!” - deb turgan edi,qarshisida bir qiz koʻrindi.

-Mirsalimning insofga kelib qolganidan xursand Sodiq: Qani endi, bir darsiga kirib koʻray,-

deb qoʻngʻiroqdan oʻn besh minut keyin sinfiga kirdi, bir chetga oʻtib oʻtirdi.

-Musharraf esa goʻyo hech narsadan xabari yoʻq kishidek, ogʻzidagi “Buxoriy” saqichni

qarsillatib

chaynar,Sodiqning:

“Qoʻy,

uyat

boʻladi”,

-deyishiga

kulib:

“Tishni

tozalaydi,buvalarimizdan qolgan tish choʻtkasi”,- derdi.

-Shunday-ku-ya...lekin baʼzilar tanqidni notoʻgʻri tushunishadi. Qani, hamma ham sizdek oq

koʻngillik bilan qabul etsa...

Yuqoridagi gaplarda qani va qoʻy soʻzlarining modal soʻz boʻlib kelishini koʻrdik.
- Sodiq uning aytganini qildi.Koʻrsa,salom bermadi.
Bir kuni Omil qori:
-Saloming qani, badbaxt, yeb qoʻydingmi? - degan edi[5, 98 b.].

Bu gapda esa

qani

soʻzining olmosh vazifasida kelganini koʻramiz.

Koʻrinib turibdiki, mustaqil va alohida olingan soʻz turkumlari bir-biriga qarama-qarshi

qoʻyilgan holda farqlanadi. Shundagina ularning asl konteks tarkibida anglatgan maʼnosi
aniqlanadi.

Kuzatishlar natijasida soʻz turkumlari masalasi,ular oʻrtasidagi transpozitsiya hodisasi

nisbatan aniqlashdi, chunki soʻz turkumlarining maʼnolari, gap tarkibida kelgan vaziyatlarida
farqlash belgilari asosli misollar yordamida ishlab chiqildi. Demak, aytib o‘tishimiz mumkinki, soʻz
turkumlari oʻrtasida maʼlum aloqa bor. Ayrim soʻzlarning qaysi turkumga kirishini ularning
semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini inobatga olgan holda aniqlash kerak. Bu
tilshunosligimiz uchun asosiy vazifalardan biri sanaladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. Toshkent, Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2002, 109 b.

2.

J.D.Eltazarov. Soʻz turkumi paradigmasidagi oʻzaro aloqa va koʻchish hollari. Toshkent,
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.

3.

A.B.Pardayev, S.A.Qurbonov. Hozirgi oʻzbek tili. Oʻquv qoʻllanma. Samarqand. SamDU
nashriyoti, 2021, 83 b.

4.

R.R.Sayfullayeva,

B.R.Mengliyev,

G.H.Boqiyeva,

M.M.Qurbonova,

Z.Q.Yunusova,

M.Q.Abzalov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. Fan va texnologiya, 2009.
183 b.

5.

Shuhrat. Oltin zanglamas. Toshkent. Zukko kitobxon nashriyoti. 2024. 144 b.


background image

202

6.

Utkirovna, E. S. (2021). O‘zbek tilidagi ko ‘makchilashayotgan ayrim so ‘zlar xususida.

Fan,

ta'lim va amaliyotning integrasiyasi

,

2

(4), 1-7.

7.

Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In

International Conference on Adaptive Learning Technologies

(Vol. 10,

pp. 55-56).

8.

Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных
объектов.

JournalNX

, 125-128.

9.

Shokir o‘g‘li, P. S. (2024). Omonim so ‘zlarni o ‘qitishda interfaol metodlardan
foydalanish.

Miasto Przyszłości

,

54

, 1744-1746.

10.

Yoqubov, I. (2025). Uzbek Spelling Rules: History, Principles, and Modern

Applications.

Pedagogika, psixologiya va ijtimoiy tadqiqotlar jurnali

,

4

(2), 20-26.

Bibliografik manbalar

A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. Toshkent, Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2002, 109 b.

J.D.Eltazarov. Soʻz turkumi paradigmasidagi oʻzaro aloqa va koʻchish hollari. Toshkent,

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.

A.B.Pardayev, S.A.Qurbonov. Hozirgi oʻzbek tili. Oʻquv qoʻllanma. Samarqand. SamDU

nashriyoti, 2021, 83 b.

R.R.Sayfullayeva, B.R.Mengliyev, G.H.Boqiyeva, M.M.Qurbonova, Z.Q.Yunusova,

M.Q.Abzalov. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. Fan va texnologiya, 2009.

b.

Shuhrat. Oltin zanglamas. Toshkent. Zukko kitobxon nashriyoti. 2024. 144 b.

Utkirovna, E. S. (2021). O‘zbek tilidagi ko ‘makchilashayotgan ayrim so ‘zlar xususida. Fan,

ta'lim va amaliyotning integrasiyasi, 2(4), 1-7.

Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of

Phraseological Units. In International Conference on Adaptive Learning Technologies (Vol. 10,

pp. 55-56).

Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных

объектов. JournalNX, 125-128.

Shokir o‘g‘li, P. S. (2024). Omonim so ‘zlarni o ‘qitishda interfaol metodlardan

foydalanish. Miasto Przyszłości, 54, 1744-1746.

Yoqubov, I. (2025). Uzbek Spelling Rules: History, Principles, and Modern

Applications. Pedagogika, psixologiya va ijtimoiy tadqiqotlar jurnali, 4(2), 20-26.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари