195
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI LEKSIKASIDA UZUAL VA OKKAZIONAL MA’NO
Ahmadov Odilbek Alibek o‘g‘li,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi
ahmadovodilbek9@gmail.com
Pardayev Sirojiddin Shokir o‘g‘li, ilmiy rahbar,
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi f.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasidagi uzual va okkazional
ma’noning bugungi kunda tutgan o‘rni, ishlatilish doirasi, o‘zbek tili leksikasiga ko‘rsatayotgan
ta’siri haqida so‘z boradi va bu ikki terminning ma’nosiga bir nechta misollar keltirish orqali
aniqlik kiritiladi.
Kalit so‘zlar.
Uzual ma’no, okkazional ma’no, leksika, hozirgi o‘zbek adabiy tili, terminlar
.
HOZIRGI ÖZBEK EDEBİ DİLİ SÖZ VARLIĞINDA UZUAL VE OKKAZİONAL ANLAM
Ahmadov Odilbek Alibek o‘g‘li,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi
Pardayev Sirojiddin Shokir o‘g‘li, bilimsel danışman,
Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğretim görevlisi, filoloji bilimleri doktoru (PhD)
Özet.
Bu makalede, günümüz Özbek edebi dili söz varlığında uzual ve okkazional anlamların
yeri, kullanım alanı ve Özbekçe söz varlığına olan etkisi ele alınmaktadır. Ayrıca, bu iki terimin
anlamı çeşitli örnekler aracılığıyla açıklığa kavuşturulmaktadır.
Anahtar kelimeler.
Uzual anlam, okkazional anlam, söz varlığı, günümüz Özbek edebi dili,
terimler.
УЗУАЛЬНОЕ И ОККАЗИОНАЛЬНОЕ ЗНАЧЕНИЕ В ЛЕКСИКЕ
СОВРЕМЕННОГО УЗБЕКСКОГО ЛИТЕРАТУРНОГО ЯЗЫКА
Ахмадов Одилбек Алибек угли,
студент Узбекско-Финского педагогического института
Пардаев Сироджиддин Шакир угли, научный руководитель,
преподаватель Узбекско-Финского педагогического института,
кандидат филологических наук (PhD)
Аннотация.
В данной статье рассматриваются роль, сфера употребления и влияние
узуального и окказионального значения в лексике современного узбекского литературного
языка. Также даются разъяснения этим двум терминам посредством нескольких примеров.
Ключевые слова.
Узуальное значение, окказиональное значение, лексика, современный
узбекский литературный язык, термины.
USUAL AND OCCASIONAL MEANINGS IN THE LEXICON OF MODERN
UZBEK LITERARY LANGUAGE
Ahmadov Odilbek Alibek ogli,
student of the Uzbekistan-Finland pedagogical institute
Pardayev Sirojiddin Shokir ogli, academic advisor,
lecturer at the Uzbekistan-Finland pedagogical institute, PhD in philology
196
Abstract.
This article discusses the position, scope of use, and influence of usual and
occasional meanings in the lexicon of the modern Uzbek literary language. It also clarifies the
meanings of these two terms through several examples.
Keywords.
Usual meaning, occasional meaning, lexicon, modern Uzbek literary language,
terminology.
O‘zbek tili boshqa tillarga qaraganda juda murakkab va keng tadqiqotlar olib borilishga
moyil tillar doirasidan hisoblanadi. Chunki tilimiz zamon bilan hamnafas, ya’ni vaqt o‘tgani sayin
uning leksik miqdorida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bir tomondan xorijiy tillarga oid
so‘zlarning o‘zlashuvi, ikkinchi tomondan esa o‘z tilimizning lug‘at tarkibida mavjud bo‘lgan
so‘zlarning yangi ma’nolarini kashf etishimiz hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasidagi bir qancha
terminlarning qo‘llanish doirasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bundan kelib chiqadiki, leksikalogiya
bo‘limini to‘liq va mukammal o‘zlashtirishimiz uchun bir qator tadqiqotlar va leksik atamalar
ko‘magiga ehtiyoj sezamiz.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasida uzual va okkazional ma’no deb nomlanuvchi va bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan ikki termin mavjud. Bu ikki termindan biri haqida gap ketganda,
albatta, ikkinchisi yodga tushadi. Xo‘sh, o‘zi bu terminlarning o‘zbek tili leksikasidagi vazifasi
nimalardan iborat? Bu haqida quyida keltiriladigan ma’lumotlar va misollar yordamida aniq
tushunchalarga ega bo‘lamiz.
Uzual ma’no (lotincha, usus – odat, qoida). So‘zda lug‘aviy birlik sifatida bor, umum
tomonidan qabul etilgan, umum qo‘llanishdagi ma’no [1, 113 b.]. Ya’ni uzual ma’no til egasi
bo‘lgan xalq tomonidan tan olingan va ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘zlar yig‘indisi
hisoblanadi. Masalan, talamoq so‘zini oladigan bo‘lsak, bu so‘zning butun bir ommaga ma’lum
bo‘lgan bir qator ma’nolari mavjud. Bu ma’nolar bilan quyida tanishib chiqamiz:
– zo‘rlik bilan yopirilib tortib olmoq, olib qo‘ymoq;
– talashib-tortishib xarid qilmoq;
– ko‘p bo‘lib, birgalashib tashlanmoq, yopishmoq;
– ko‘chma so‘z tarkibida: tatalamoq, tirnamoq, g‘ash qilmoq:
Ko‘nglini shubha, g‘azab,
pushaymon hislari talar edi
[2].
Demak, keltirib o‘tilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolarini
ham uzual ma’no tarkibiga kirita olar ekanmiz. Bundan tashqari o‘zbek tili leksikasi tarkibiga yangi
kirib kelayotgan so‘zlarni ham, shevaga oid bo‘lgan so‘zlarni ham undan foydalanuvchi aholi
uchungina uzual ma’no tarkibiga kiritishimiz mumkin. Shundan kelib chiqadiki, o‘zbek tilidagi har
bir so‘zning yozma va qisman og‘zaki nutq tarkibidagi barcha ma’nolari uzual ma’no hisoblanar
ekan.
Okkazional ma’no (lotincha, tasodifiy). Mahsuldor bo‘lmagan model asosida yasalgan va
faqat shu nutqiy matnning o‘zida qo‘llangan so‘z, individual-uslubiy neologizm [1, 74 b.]. Ya’ni bu
shu demakki, okkazional ma’no leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo‘lmagan, ayrim shaxsning
nutqiy vaziyatidan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha “mazmun” berishi natijasida
yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nodir. U yakkalik xarakteriga monand hisoblanadi va faqat kontekstda
anglashiladi. Shunday ekan okkazional ma’no o‘zbek adabiy tili leksikasidagi so‘zlar ma’nosi bilan
o‘zaro bog‘liq emas. Bu ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni til egalari faqat muloqot jarayonidagina
qo‘llana olishlari mumkin. Buning boisi shuki, ular bir so‘zdan hosil qilgan yangi ma’no barchaga
ham birdek tushunarli bo‘lavermaydi. Bu xususiyatlardan kelib chiqqan holda, uni “soxta” yoki
“vaqtinchalik” ma’no deb ham atashimiz mumkin. Buni quyida keltiriladigan namuna yordamida
ham kuzatishimiz va tub ma’nosini anglab yetish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz mumkin. Masalan,
Anton Chexov qalamiga mansub “Semiz va Oriq” deb nomlanuvchi hajviy hikoyasi tarkibidan
olingan quyidagi parchaga e’tibor beraylik:
“–Xizmat qilaman, do‘stim! Ikki yildan beri kollejskiy asessorman, Stanislav oldim.
Maoshning mazasi yo‘q... Sadqayisar-kuya! Xotinim musiqa darsi beradi, men uyda yog‘ochdan
portsigar qilib sotaman. Juda g‘alati portsigarlar yasayman. Bittasi bir so‘m. Ulgurji oladigan
197
odamga arzonroq qilib beraman. Sababi tirikchilik-da. Departamentda xizmat qilar edim, shu
mahkama bo‘yicha bu yoqqa ishlar mudiri bo‘lib keldim... Shu yerda xizmat qilaman. Xo‘sh, sen-
chi? Statskiy sovetnik bo‘lgandirsan, deyman? A?
– Yo‘q, azizim, yuqoriroqdan kelaver, – dedi semiz. – Men tayniy sovetnik bo‘lib qoldim...
Ikkita yulduzim bor ” [3, 7 b.].
Ushbu parchada keltirilgan “yuqori” so‘ziga e’tiborimizni qarataylik. Bir tomondan olib
qaraganda oddiy ko‘ringani bilan bu so‘z ushbu jumla tarkibida okkazional ma’no tashish vazifasini
bajarmoqda. Quyida yuqori so‘zining ushbu til qo‘llanuvchilariga ma’lum bo‘lgan ma’nolari bilan
tanishib chiqamiz:
– biror narsaning eng ustki qismida joylashgan, tepadagi, balanddagi, ustki;
– binoning yoki biror inshootning ustki qavati, boloxona,
– biror yerga nisbatan baland o‘rnashgan joylar, baland tomon, balandlik;
– yer, shaxs yoki narsa ustidagi bo‘shliq, tepa;
– xonaning eshikka nisbatan qarama-qarshi tomoni, odatda hurmatli kishilar o‘tiradigan
tomoni, to‘r;
– miqdor va sifat jihatdan me’yordan, mavjud holatdan ortiq;
– o‘quvchilar o‘qish muddatini bitirishiga yaqinlashib qolgan, o‘qish muddatining so‘nggi
yillaridagi sinf, kurs va shu kabilar;
– voqealar bayonining old (yuqori) qismida.
Guvohi bo‘lib turganimizdek yuqori so‘zining o‘z va ko‘chma ma’nolari yig‘indisida
keltirilgan jumla tarkibidagi mazmunni bera oladigan hech bir namuna mavjud emas. Shu tufayli
ham “yuqori” so‘zi yuqorida keltirilgan hikoya parchasida ham okkazional ma’no tashigan deb
hisoblaymiz.
Yoki Luqmon Bo‘rixon qalamiga mansub “Jaziramadagi odamlar” ijtimoiy-maishiy
romanidan olingan quyidagi parchaga nazar tashlaylik:
“Sherbek askarlikdan qaytgan o‘sha kun Fayzulla aka allanechuk ishtiyoq bilan ishga ot
qo‘ygan edi” [4, 336 b.].
Ushbu parchada keltirilgan ot so‘zining leksikamizda mavjud bo‘lgan lug‘aviy ma’nolari
quyidagicha:
– shaxs yoki o‘rin-joy, narsa va predmet nomi;
– hayvon turi;
– biror bir jismni otish, uloqtirish,
– quroldan o‘q uzish.
Ammo ot so‘zi yuqorida keltirilgan lug‘aviy ma’nolaridan farqli o‘laroq, ushbu parchada
keltirilgan kontekstda tezlik, rivoj ma’nolarini anglatib kelgan, ya’ni okkazional ma’noni
shakllantirgan. Avval aytib o‘tganimizdek, okkazional ma’no faqat vaqtinchalik vaziyatlarda
so‘zlovchi nutqining samaradorligini va keng ko‘lamliligini oshirish uchun xizmat qiladi. Biroq bu
doimiy nutqqa xos emas.
Umuman olib qaraganda okkazional ma’no kundalik hayotimizda juda ham ko‘p uchrab
turadi, ammo bunga sira ham e’tibor qaratmaymiz. Bu kabi ma’noga ega so‘zlarni aksariyat
holatlarda turli xil latifalar va bir-biridan qiziqarli hangomalar tarkibida uchratishimiz mumkin.
Okkazional ma’no tashuvchi so‘zlarning latifalar tarkibida uchrashiga ham duch kelishimiz
ajablanarli holat emas.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va namunalar bilan tanishib chiqqanimizdan keyin uzual
va okkazional ma’noning nima uchun leksikalogiya bo‘limida yonma-yon kelishining sababiga
aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘la olamiz. Shu jumladan, okkazional ma’no uzual ma’noning
ishlatilish doirasi va o‘rni ham bir-biridan tubdan farq qiladi,
hatto ikki terminni bir-biriga
o‘zaro zid desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, uzual ma’no barcha uchun tushunarli
va qulay ekanligi ma’lum. Biroq shu bilan birgalikda okkazional ma’noning ham hozirgi o‘zbek
adabiy tili leksikasidagi taraqqiyoti jamiyat uchun bir qancha imkoniyatlar yaratib beradi. Ya’ni, biz
198
okkazional ma’no bilan birgalikda o‘z nutqimizga yangilik kiritishimiz, joziba baxsh etishimiz va
suhbatdoshimiz e’tiborini to‘liq qamrab olishimiz mumkin. Keltirilgan ma’lumotlar uzual va
okkazional ma’noning tub mohiyatiga yetishingizga samarali ko‘mak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
A.Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 1985. B.185
2.
Luqmon Bo‘rixon, “Jaziramadagi odamlar”, “Oltin qalam” nashriyoti, Toshkent. 2024 – 384 b.
3.
Anton Pavlovich Chexov. Semiz va oriq. [Matn]: hikoyalar. / A.P. Chexov; taijimonlar: A.
Qahhor vab. - T.: «Ziyonashr» Mas’uliyati cheklangan jamiyati, 2019. – 128 b.
4.
ziyouz.com
5.
Yoqubov, I. (2025). O‘zbek va turk tillaridagi gap bo‘laklarining qiyosiy tavsifi.
fars
International Journal of Education, Social Science & Humanities.
,
13
(2), 9-14.
6.
Shokir o‘g‘li, P.S. (2024). Omonim so ‘zlarni o ‘qitishda interfaol metodlardan
foydalanish.
Miasto Przyszłości
,
54
, 1744-1746.
7.
Erbutayeva, S. U. (2021). About some auxiliary words in Uzbek language.
Academicia: An
International Multidisciplinary Research Journal
,
11
(5), 1294-1300.
8.
Kamol o‘g‘li, H. H. (2024, October). The Role of Auxiliary Words in the Formation of
Phraseological Units. In
International Conference on Adaptive Learning Technologies
(Vol.
10, pp. 55-56).
9.
Муродовна, Р. М. Использование водных объектов при проектировании ландшафтных
объектов.
JournalNX
, 125-128.