Mualliflar

  • A.A.Xasanov
  • Barchinoy Baxtiyorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112712

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Gapirish ko‘nikmalari muloqot kompensatsiyasi oliy taʼlim til o‘rganish interaktiv metodlar kommunikatsiya strategiyalari akademik muvaffaqiyat.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy taʼlim talabalarida muloqot kompensatsiyasi strategiyalarini shakllantirishda gapirish ko‘nikmalarining ahamiyati yoritiladi. Gapirish til o‘rganishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘rganuvchilarga til to‘siqlarini yengishga, tushunmovchiliklarni kamaytirishga va fikrlarni ravshan ifoda etishga yordam beradi. Maqolada akademik va ijtimoiy muloqotda gapirishning o‘rni, samarali dars metodlari hamda xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar asosida shuningdek, rivojlangan gapirish ko‘nikmalari talabalar o‘qishdagi natijalariga va o‘zaro muloqotdagi ishonchga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 44

GAPIRISH KO‘NIKMALARINING OLIY TAʼLIM TALABALARIDA

MULOQOT KOMPENSATSIYASI STRATEGIYALARINI

RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

A.A.Xasanov

Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD

Barchinoy Baxtiyorova

Samarqand davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oliy taʼlim talabalarida muloqot kompensatsiyasi

strategiyalarini shakllantirishda gapirish ko‘nikmalarining ahamiyati yoritiladi. Gapirish
til o‘rganishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘rganuvchilarga til to‘siqlarini yengishga,
tushunmovchiliklarni kamaytirishga va fikrlarni ravshan ifoda etishga yordam beradi.
Maqolada akademik va ijtimoiy muloqotda gapirishning o‘rni, samarali dars metodlari
hamda xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar asosida shuningdek, rivojlangan
gapirish ko‘nikmalari talabalar o‘qishdagi natijalariga va o‘zaro muloqotdagi ishonchga
qanday ta’sir qilishi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar:

Gapirish ko‘nikmalari, muloqot kompensatsiyasi, oliy taʼlim, til

o‘rganish, interaktiv metodlar, kommunikatsiya strategiyalari, akademik muvaffaqiyat.

Abstract:

This article explores the significance of speaking skills in enhancing

communication compensation strategies among university students. Speaking is a crucial
component of language acquisition, allowing learners to overcome linguistic barriers,
reduce misunderstandings, and express ideas clearly. The paper analyzes the role of
speaking in academic and social communication, effective classroom methodologies, and
international experiences. It also presents scientific findings showing that well-developed
speaking skills directly impact students' academic performance and confidence in
interpersonal communication.

Keywords:

Speaking skills, communication compensation, higher education,

language learning, interactive methods, communication strategies, academic success.

Аннотация:

В данной статье раскрывается значение навыков говорения в

формировании стратегий компенсации коммуникации у студентов высших учебных
заведений. Говорение является важной составляющей изучения языка, так как оно
помогает учащимся преодолевать языковые барьеры, снижать недопонимание и
ясно выражать свои мысли. В статье анализируется роль говорения в академическом
и социальном общении, эффективные методы преподавания, а также зарубежный
опыт. На основе научных исследований также показано, как развитые навыки устной
речи влияют на учебные достижения студентов и уверенность в межличностной
коммуникации.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 45

Ключевые слова:

навыки говорения, компенсация коммуникации, высшее

образование, изучение языка, интерактивные методы, коммуникационные
стратегии, академическая успеваемость.


Zamonaviy taʼlim tizimida ayniqsa gapirish kabi muloqot ko‘nikmalari talabalar

uchun muhim ijtimoiy va akademik vositaga aylangan. Oliy taʼlim muassasalari nafaqat
nazariy bilim berish, balki talabalarni har xil vaziyatlarda o‘z fikrini aniq ifoda eta olishga
tayyorlash uchun ham javobgardir. Gapirish ko‘nikmalari o‘quvchilarga bahslarda ishtirok
etish, o‘z fikrini tushuntirish va til bo‘yicha mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish imkonini
beradi.

Muloqot kompensatsiyasi strategiyalari bu — o‘rganayotganlar til to‘siqlari yuzaga

kelganda qo‘llaydigan usullaridir. Ular orasida sinonim ishlatish, imo-ishora qilish,
soddalashtirilgan tilda gapirish yoki suhbatdoshdan yordam so‘rash kabilar mavjud.
Ayniqsa, ko‘p tilli o‘quvchilarda bu strategiyalar samarali muloqot qilish uchun juda
muhim.

Yaxshi rivojlangan gapirish ko‘nikmalari talabaga kompensatsiya strategiyalarini

muvaffaqiyatli qo‘llashda yordam beradi. Ishonchli gapira oladigan talabalar o‘z fikrini
qayta ifoda eta olishadi, to‘g‘ri intonatsiya, yuz ifodalaridan foydalana olishadi hamda
vaziyatga qarab tilini moslashtirishadi. Bu esa muloqot samaradorligini taʼminlaydi.

Gapirish ko‘nikmalarining rivojlantirish usullari;

Talabalar gapirish qobiliyatini oshirish uchun bir necha interaktiv metodlardan

foydalanish mumkin:

Real hayotdagi vaziyatlarni aks ettiruvchi rolli o‘yinlar
Tanqidiy fikrlash va ishonchli gapirishni rivojlantiruvchi bahslar va munozaralar
Strukturali va ishonchli so‘zlashuvni rag‘batlantiruvchi taqdimot va guruh loyihalari
Audio yoki video yozuvlar orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish va xatolarni tuzatish
Gapirish ko‘nikmalari faqat dars bilan cheklanmaydi. Jamiyatda odamlar ko‘pincha

o‘z fikrini qanday ifoda etishiga qarab baholanadi. O‘z fikrini ravshan bayon qila oladigan
bitiruvchilar ish suhbatlarida, jamoa boshqarishda va professional aloqalarda
muvaffaqiyatga erishishadi.

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi mamlakatlar taʼlim tizimi

bolalarga erta bosqichdanoq jamoat oldida so‘zlashni o‘rgatadi. Gapirishga yo‘naltirilgan
topshiriqlar darsliklarga integratsiya qilinadi. O‘zbekiston oliy taʼlimi ham shunday
modeldan foydalanib, gapirishga asoslangan darslarni kengaytirishi va o‘qituvchilarni
tayyorlashi mumkin.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yaxshi gapirish

ko‘nikmalariga ega talabalar og‘zaki imtihonlarda, guruhli muhokamalarda va hatto yozma
topshiriqlarda ham yaxshiroq natijalar ko‘rsatadi. Ularning kompensatsion strategiyalarni


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 46

qo‘llay olishi ularga o‘qish davomida duch keladigan qiyinchiliklarni engib o‘tishda
yordam beradi.

Muloqot

kompensatsiyasi

strategiyalarining

tiplari

va

psixolingvistik

asoslari:muloqot kompensatsiyasi strategiyalari asosan ikki toifaga bo‘linadi: lingvistik
kompensatsiya va paralingvistik kompensatsiya. Lingvistik kompensatsiyaga sinonim
ishlatish, iboralarni soddalashtirish, aniqlovchi savollar berish yoki qayta ifoda qilish
kiradi. Paralingvistik kompensatsiyaga esa imo-ishora, tana harakati, yuz ifodalari va
ohang kabi vositalar kiradi. Til o‘rganuvchi bu strategiyalarni qo‘llaganida, psixolingvistik
jarayonlar – ya’ni fikrni tezda kodlash, mos so‘zlarni tanlash va ularni kontekstga mos
tarzda ishlatish faollashadi (Celce-Murcia, 2001).

Ushbu strategiyalarni qo‘llashda gapirish ko‘nikmasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ya’ni,

talaffuzda ishonch, pauza va urg‘u bilan to‘g‘ri foydalanish kompensatsiyani samarali
qiladi. Shuningdek, psixolingvistik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, strategiyalarning
muvaffaqiyatli qo‘llanilishi o‘quvchining ishchi xotirasi, so‘z boyligi va o‘z-o‘zini
monitoring qilish qobiliyatiga bog‘liq (Nation & Newton, 2009).


Gapirish ko‘nikmalari orqali nutqiy bloklarni yengish.
Til o‘rganuvchilar, ayniqsa, akademik kontekstdagi og‘zaki nutq jarayonida

ko‘pincha “nutqiy blok” holatiga duch kelishadi. Bunday vaziyatlarda o‘quvchi nima
demoqchi ekanini biladi, lekin so‘z yoki iborani eslay olmaydi. Bu holatda gapirish
bo‘yicha trening olgan talaba sinonim, tavsiflovchi ibora yoki kontekstdan foydalanib o‘z
fikrini davom ettira oladi.Masalan, agar talaba “environment” so‘zini eslay olmasa, u “the
place where we live and have nature” kabi ibora orqali o‘z fikrini davom ettiradi. Bu esa
muloqotni uzmaslik, nutqni davom ettirish va tinglovchi e’tiborini saqlab qolishga yordam
beradi. Gapirish bo‘yicha mashqlar aynan shunday “gap to‘xtab qolmasligi”ni
ta’minlashga xizmat qiladi (Thornbury, 2005).

Kompensatsiya strategiyalarining muvaffaqiyatli shakllanishi faqat til darslarigagina

emas, balki talabalarni real hayotdagi muloqotga jalb qilishga ham bog‘liq. Jumladan:


Simulyatsiya mashg‘ulotlari (masalan, intervyu, konferensiya, muhokama) orqali

talabalar murakkab vaziyatlarga mos strategiyalarni sinab ko‘rishadi.

Interfaol onlayn platformalar (Zoom, Google Meet) orqali xalqaro talabalar bilan

suhbatlar olib borish kompensatsion strategiyalarni real va zamonaviy kontekstda
rivojlantiradi.

Kampusdagi tadbirlar, masalan, debat klublar, ochiq mikrafon kechalari va ilmiy

forumla talabalarni gapirishga va strategiya ishlatishga undaydi.

Bu muhitlar orqali talabalar faqat grammatikani emas, balki muloqot muammolarini

hal qilishni ham o‘rganishadi.

Kompensatsiya strategiyalarini o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or metodlar:


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 47

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, kompensatsiya strategiyalarini alohida o‘qitish

samarali bo‘ladi. Masalan:awareness-raising sessions – dars boshida strategiyalar haqida
tushuncha beriladi.

Strategiya fokusli topshiriqlar – topshiriq bajarishda aynan kompensatsiya

strategiyasidan foydalanish so‘raladi (masalan, sinonim bilan ayting, imo-ishora qiling).

Tahlil va qayta yozish – talabalar o‘z nutqini yozib olib, kompensatsion strategiyalar

ishlatgan holatlarni tahlil qilishadi.

Portfoliolar – talabalar foydalanilgan strategiyalarni yozib borishadi va muhokama

qilishadi.

Bu metodlar orqali talaba strategiyani ongli tarzda tanlaydi va har xil vaziyatlarda

ularni avtomatik ravishda qo‘llashga o‘rganadi (Goh & Burns, 2012).

Gapirish faqat lingvistik emas, balki madaniy kontekstga ham bog‘liq. Masalan, ba’zi

madaniyatlarda pauza qilish mulohaza belgisi bo‘lsa, boshqasida noqulaylik sifatida qabul
qilinadi. Kompensatsiya strategiyalarini o‘rgatishda madaniy tafovutlarni tushuntirish
muhim:imo-ishora – Yaponiyada bosh egish ijobiy, boshqa joyda esa pasayish belgisi
bo‘lishi mumkin.

So‘zlarni soddalashtirish – Har doim oddiy gapirish muloqotda foyda bermasligi

mumkin, ayniqsa akademik suhbatlarda.

Yordam so‘rash – Ba’zi talabalar madaniy sabablarga ko‘ra yordam so‘rashni

noqulay deb hisoblashadi.

Bu omillarni hisobga olgan holda strategiyalarni o‘rgatish muloqotdagi

muvaffaqiyatni oshiradi.

Gapirish ko‘nikmalarining o‘zaro muloqotdagi psixologik ta’siri:gapirish

ko‘nikmalari nafaqat akademik, balki psixologik jihatdan ham talabaga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Jumladan:

O‘ziga ishonch – O‘z fikrini ifoda eta olgan talaba o‘zini jamiyatda faol ishtirokchi

sifatida his qiladi.

Stressni kamaytirish – Kompensatsiya strategiyasini bilgan talaba nutqda qotib

qolishdan qo‘rqmaydi.

Suhbatda tashabbus ko‘rsatish – Gapira oladigan talaba suhbatni boshqarish, savol

berish va fikrni yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Psixologik yondashuvlar (masalan, speaking anxiety bo‘yicha mashg‘ulotlar) orqali

ham kompensatsiya strategiyalarini yanada mustahkamlash mumkin (Harmer, 2007).

Til darajasi va kompensatsiya strategiyalarining samaradorligi:A1 yoki A2

darajasidagi talaba bilan B2 yoki C1 darajadagi talabaning kompensatsiya strategiyasidan
foydalanish darajasi farqlidir. Past darajadagi talaba oddiy ifoda va imo-ishoraga tayanadi.
Yuqori darajadagi talaba esa:

Terminologik sinonimlardan foydalanadi (“decrease” o‘rniga “diminish”),
Ko‘p bosqichli iboralar bilan o‘z fikrini ravshanlashtiradi,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 48

Pragmatik qoidalarni hisobga oladi (masalan, tinglovchining ijtimoiy maqomiga

qarab so‘zlash).

Gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga umumiy til darajasini oshirish ham

kompensatsiyaning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Raqamli texnologiyalar orqali gapirish va kompensatsiyani rivojlantirish
Zamonaviy texnologiyalar gapirishni mustahkamlash uchun qulay vositalar

yaratmoqda:AI asosidagi platformalar (masalan, ELSA, Duolingo Speaking): Talaffuz va
intonatsiyani real vaqtda tahlil qiladi.Simulyatsion dasturlar (masalan, virtual speaking
rooms): Har xil rolli suhbatlarni mashq qilishga imkon beradi.

Bunday texnologiyalar o‘qituvchining rolini kuchaytiradi, ammo talabaga mustaqil

mashq qilish imkonini ham beradi.

Xulosa qilib aytganda, gapirish ko‘nikmalari oliy taʼlim talabalarida muloqot

kompensatsiyasi strategiyalarini rivojlantirishda asosiy o‘ringa ega. Bu ko‘nikmalar
talabalarni til to‘siqlarini yengishga, o‘qishdagi muvaffaqiyatni oshirishga va jamiyatda
o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.

Shuning uchun universitetlar gapirishga asoslangan metodikalarni ko‘proq joriy

qilishi va talabalar uchun so‘zlashuv muhiti yaratishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Jalolov, J. (2012). Chet til o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi.
2. Hoshimov, O., & Yoqubov, I. (2003). Ingliz tili o‘qitish metodikasi. Toshkent:

Sharq.

3. Pardayeva, G. J. (2024). Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy

kompetensiyalarini

rivojlantirish.

CyberLeninka

elektron

ilmiy

jurnali.

https://cyberleninka.ru/

4. Mirzayeva, Z., & Jalilov, K. (2020). Adabiyot o‘qitish metodikasi:

An’anaviylikdan zamonaviylikka. Toshkent: TDOTAU.

5. Eshchanova, G. (2012). Adabiyot o‘qitish metodikasi: Amaliy mashg‘ulotlar.

Urganch: Urganch Davlat Universiteti nashriyoti.

6. Til va adabiyot jurnali (2023). Til o‘rgatishda gapirish ko‘nikmasining o‘rni. Til va

adabiyot, 11-son.

7. Til va adabiyot jurnali (2023). Chet til o‘qitish usullari va nutq ko‘nikmalarini

rivojlantirish. Til va adabiyot, 6-son.

8. Til va adabiyot jurnali (2023). To‘rtta til ko‘nikmasini integratsiyalashgan holda

o‘qitish. Til va adabiyot, 11-son.

9. O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi. (2023). O‘zbek tilini ikkinchi til

sifatida o‘qitish metodikasi. Toshkent: SSUV.

Bibliografik manbalar

Jalolov, J. (2012). Chet til o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi.

Hoshimov, O., & Yoqubov, I. (2003). Ingliz tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: Sharq.

Pardayeva, G. J. (2024). Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish. CyberLeninka elektron ilmiy jurnali. https://cyberleninka.ru/

Mirzayeva, Z., & Jalilov, K. (2020). Adabiyot o‘qitish metodikasi: An’anaviylikdan zamonaviylikka. Toshkent: TDOTAU.

Eshchanova, G. (2012). Adabiyot o‘qitish metodikasi: Amaliy mashg‘ulotlar. Urganch: Urganch Davlat Universiteti nashriyoti.

Til va adabiyot jurnali (2023). Til o‘rgatishda gapirish ko‘nikmasining o‘rni. Til va adabiyot, 11-son.

Til va adabiyot jurnali (2023). Chet til o‘qitish usullari va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish. Til va adabiyot, 6-son.

Til va adabiyot jurnali (2023). To‘rtta til ko‘nikmasini integratsiyalashgan holda o‘qitish. Til va adabiyot, 11-son.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi. (2023). O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish metodikasi. Toshkent: SSUV.