Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 174
MILLIY MUSIQIY TARBIYA JARAYONLARIDA
PEDAGOGLARNING SHAKLLANISHI
Ergashova Karomat Axmuradovna
Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti
A’nanaviy xonandalik va xalq cholg ‘ulari kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada milliy musiqa merosimiz an’analarini talabalarga
o‘rgatishda dasturul amal deb hisoblanmish “ustoz –shogird” an’analari asosida ta‘lim
berish hamda ushbu jarayonlar negizida pedagogning “ustozlik” maqomini shakllanishi
hususida so ‘z borib, ustoz maqomiga erishish y o’lida duch kelingan yutuqlar, kamchilikar
hususida to ‘htalib o ‘tilgan.
Kalit so ‘zlar:
ustoz – shogird an’analari, maqom, musiqiy meros, ta’lim, an’ana,
milliy musiqa
Musiqa merosimizni yosh avlodga yetkazish nafaqat san’at sohasi vakillarining, balki
pedagoglarning ham muhim vazifasidir. Mazkur jarayonda “ustoz-shogird” an’analari
asosiy o‘rin tutadi. Ushbu ma’ruzada milliy musiqa ta’limi jarayonida pedagoglarning
shakllanishi, ularning ta’lim uslublari va yosh avlodga merosni yetkazish usullari tahlil
qilinadi. Bu jarayonlar davomida pedagoglarning shakllanishi muhim ahamiyatga ega.
Ustoz-shogird an’analariga asoslangan ta’lim jarayoni orqali yosh musiqachilar nafaqat
nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, balki milliy san’atimizning
davomchilari bo‘lib yetishadilar. Shu sababli, har bir pedagog o‘z oldiga yosh avlodga
milliy musiqa merosini to‘g‘ri yetkazish va ularni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash
vazifasini qo‘yishi lozim.
Musiqiy merosimizning murakkab va mukammal jihatlari, boy imkoniyatlari musiqa
san`atining insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi. Hayot
tizimining turli shart-sharoitlariga asoslangan holda musiqiy namunalar bunyod etilgan.
O`zining ravnaqi yo`lida yirik-yirik asarlar vujudga kelishiga zamin yaratilgan. Hayotda
har bir sohani egallashda o`ziga xos ruhiy, ishqiy, ilmiy-amaliy pog`onalarni bosib o`tish
taqozo etiladi. Bu o`rinda an`anaviy ijrochilikni o`zlashtirish va mohirlikka erishish
jarayonini ramziy ma`noda tasavvuf ta`limotiga xos insonning ma`naviy kamolotga
erishish yo`li asoslari bilan taqqoslab ko`rish mumkin. Musiqa ijrochiligi egallash
jarayonini (sun`iy tarzda va nazariy tarkiblash maqsadida) bosqichlarga bo`lganimizda
quyidagi manzaraning shohidi bo`lamiz. San`atning ilk qadamlarini inson qalbida shu
sohaga "ishq" paydo bo`lishi va bu ishq san`atni ongli ravishda tushunish, unga qalban
amal qilishga bo`lgan ishtiyoq, ularning asosida ma`lum harakatlar, anglash jarayoni
sifatida aniqlab, uni Shariat, ya`ni I-bosqich bilan bog`lasak bo`ladi. Bo`lajak ijodkorning
ushbu sohada ma`lum tushuncha hosil qilib, o`z faoliyatini san`atga bag`ishlab,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 175
shogirdlikni ravo ko`rib, ma`lum ustozdan saboq olishga jazm etishi, ya`ni ustoz-shogird
(murshid-murid amali) sabog`i davri II-bosqichga to`g`ri keladi. Yuqorida keltirilgan
yetuklik-III-bosqichga Haqiqat jarayonini, ya`ni mustaqil faoliyatda hofizlikning barcha
sir-asrorlarini idroklagan holda mukammal ijro etish, "Hofizlik" bilan bog`lash mumkin.
Har kasbning o‘z ustalari bo‘lgani kabi ustozlikkasbini avloddan avlodga yet-
kazuvchi izdoshlar, o‘rinbosarlar, qisqa qilib aytganda, shogirdlarning ham bo‘lishi
tabiiy. O‘z kasbining ustasi bo‘lgan ustozlar o‘zlarining bebaho hunarlarini o‘zi bilan
olib keta olmasligi barobarida o‘sha hunarni shogirdlariga o‘rgatadi. O‘z navbatida,
shogirdlar ham ustozdan o‘rgangan hunarni rivojlantirib, o‘z imkoniyati darajasida
keyingi avlod shogirdlarini yetishtirib chiqaradi. Ustoz-shogirdlik bizning milliy an’a-
nalarimizga xosdir. San’at, xususan, qo‘shiqchilikdagi mazkur an’ana borasida katta
tajribaga egamiz. Aslida ustozlik -muayyan bir yo‘nalish, sohaning sir -sinoatlarini puxta
egallagan hamda kasb - hunar o‘zlashtirishni oliy darajaga yetkazgan shaxsdir. Aytaylik
musiqa sohasida ustoz ashula aytib o‘zining uslubini ya’ni ijro yo‘ini, kuy chalib, o‘zidan
boshqacha yangiliklar qo‘shib, musiqiy qobiliyatini, mahoratini nafis san’at darajasigacha
ko‘targan xofiz yoki sozanda. Ustoz tomonidan u muqadadas qobiliyat sifatida avaylab-
asraladi va sevimli shogirdiga meros qilinadi. Hozirgi zamon ilm-fan, texnika taraqqiyoti
talablaridan biri yangicha fikrlaydigan, ijodiy tafakkur va qobiliyatga ega bo‘lgan
barkamol shaxsni voyaga yetkazishdir. Ushbu harakatlar zamirida esa eng avvalo,
shaxsning fidoyiligi, Vatanga va o‘z xalqiga muhabbatini shakllantirish masalasi yotadi.
Xalq og’zaki ijodiyoti, musiqa sanʼati, o‘yinlari, bayramlar, sanʼat va hunarmandchilik, urf
- odatlar milliy taʼlim va tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida yoshlarni har tomonlama kamol
toptirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning
taʼbirlari bilan aytadigan bo‘lsak “Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni
tarbiyalash vakamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan
oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy
qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi”. Darhaqiqat, komil inson tarbiyasida musiqiy
tarbiyaning naqadar ulkan omil ekanligi yanada ayon bo’lib bormoqda. Shunday ekan,
o’sib kelayotgan yosh avlodni boy musiqiy merosimizni o’rganishga, engil-elpi, tumtaroq
ohanglardan qochib, ulrning badiiy didini, musiqiy madaniyatini ko’tarishga, ma’naviy
olamini kengaytirishga harakat qilmog’imiz kerak. Bunda ustoz -shogird an’analari o‘z
tasirini ko‘rsata oladi. Bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirishib, qator shogird
san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Musiqa san’atida ta’lim berayotgan har
qanday ustoz pedagog o‘z yo‘li va o‘z uslubiyotiga ega. Boshqa sohalardan farqli jihati
ham ayni shunda. Bir pedagog o‘zining nazariy va amaliy bilimlari bilan bir qatorda o‘z
ovozi, ijro yo‘li, o‘z nafasi hamda o‘z iqtidoriga ega va u o‘z shogirdiga ayni shu jihatlarini
singdiradi. Qachonlardir bu bilimlarni u o‘z ustozian o‘rgangan. Boshqa biron bir sohada
bunday ta’lim o‘zini oqlamaydi. Misol uchun meditsina hodimi o‘zi hohlagandek, o‘z
qo‘lidan kelgan davolash usulini qo‘llashga haqqi yo‘q ular kitoblarda yozilgan nazariyaga
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 176
tayanadilar va shu asnoda davolaydilar. Lekin musiqa san’atida yozilmagan qonunlar
mavjudki ularni kitobdan o‘qib bo‘ladi.
Milliy musiqa merosimiz an’analarini talabalarga o ‘rgatar ekanmiz bizga dasturul
amal deb hisoblanmish “ustoz –shogird” an’analari as qotadi. Biz o ‘z ustozlarimizdan o
‘rganganlarimizga, tajribamizni qorishtirib o ‘z ustozlik maktabimizni shakllantiramiz.
Ustoz-shogird an`analarining ko`p jihatlari ijrochilik san`atini egallash jarayonida tasavvuf
ilmi bilan umumiy ekanligining guvohi bo`lamiz. Shu bilan birga ijrochilik san`atini
egallashning izlanishlar bilan birga o`ziga xos tomoni ham mavjud. Chunonchi, shogird
doimo amaliy izlanishda bo`lishi, muntazam mustaqil ijroga o`rganib borishi, doimiy
tarzda davralarda ishtirok etishi, ustozi yonida, kerak vaqtda hamnafas yoki jo`rnavozlik
qilishi taqozo etiladi. Ana shu mezon keyingi bosqich-mustaqil ijod davrida asos sifatida
muhimdir. Musiqa esa she`riyatning murakkab uslublaridan hisoblangan, o`ziga xos ritmik
tarkibga ega bo`lgan aruz vaznidagi namunalar bilan ijro etishga asoslangan Asarning
negizida so`z (aruz) vaznning kuy usuli bilan uzviy mushtarakligi va hamohangligi muhim
omillardan biridir. Qolaversa-musiqiy kuy ma`lum she`riy asarga bog`lanadi, bastalanadi.
Albatta uning mukammal tarkib topishida she`rning ham vazni, mazmuni kabi
xususiyatlari asosiy mezon bo`lib xizmat qiladi.
Ijrochilik azaldan musiqiy merosimizning turli janr xususiyatlari asosida, o`ziga xos
shaklda yuzaga kelgan. Ularni ruhiy ta`siri, musiqaviy jonli ifodasi, tarkibiy va ijroviy
jihatlaridan kelib chiqib, ijrochilik an`analarini F.M.Karomatov 3 guruhga bo`ladi. "Bular
folklor (asliy xalqiy), xalq professional va og`zaki an`ananing eng rivojlangan professional
ko`rinishi" Ustozona musiqa tarkibiga kiruvchi qismi-"og`zaki an`anadagi professional
musiqa guruhi hamma joyda (kontsertlarda) aytiladigan, bir ovozli ko`rinishga ega
bo`lgan, tarkibiy-kuy jihatidan nisbatan eng rivojlangan, aytim (vokal)-cholg`u asarlari,
(alohida o`zining ifodali ta`siridagi-monumental-yirik) turkumli asarlarni o`z ichiga oladi"
Yuqorida zikr etilgan barcha guruhlar bir-biri bilan uzviy bog`liq holda zamon nafasi
bilan hamohang rivojlanish jarayonini o`tagan. Ijrochilar atalmish "an`analar"ning
davomchilari musiqa san`atining rivojiga o`z ta`sirlarini ko`rsatganlar. Ijrochilikning
tarixiy rivojlanish jarayoni mahalliy zonalar miqyosida, ma`lum guruhlar doirasida va
mustaqil ijod asosida vohaviy, guruhiy va shaxsiy ijrochilik yo`llari-uslublari
shakllanishiga zamin yaratgan. Lokal zonalarga xos ijro uslublarda sheva, an`ana, janrlar
kabi u yoki bu mahalliy yo`nalishning xarakterlovchi turli jihatlari asosiy omil sifatida
muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsiy ijro uslublarining yuzaga kelishida esa, ko`proq yetuk
sozanda yoki xonandaning ijro talqini bilan bog`liq imkoniyatlari (ovoz, ijodiyot,
badihago`ylik, ijro) tarbiyalanib, yetishib chiqqan ijrochilik maktabi an`analari, mahalliy
uslublari va istiqomat qilib turgan joyning turli musiqiy va ijtimoiy an`analari muhim
sanaladi.
Maqomlar ajdodlarimizni musiqa san’atini chuqur tahlil qilish orqali o‘rganiladi.
Xonandalikning sir asrorlari, ya’ni negizi, tarixiy kelib chiqishi, ijodni ma’lum yo‘nalish
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 177
bo‘yicha davom ettirishni batafsil o‘zlashtirishni an’anaviy ijrochilik kasbi egalarining
asosiy maqsadi bo‘lmog‘i lozim. Talabalar mazkur ilm yordamida barcha xonanda
ijrochilikning qonun-qoidalari, milliy ijrochilikka xos uslublarni, parda asoslarini
mukammal egallaydilar. An’anaviy ijrochilikka xos nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Musiqa darslarida talabalarni musiqa sohasida har tomonlama rivojlantirish nazarda
tutiladi, ulaming musiqaviy madaniyatiga zamin yaratiladi. Musiqa mashg’ulotlarida
istisnosiz barcha talabalarning musiqiy faoliyatlarini yo‘llaydi va nazorat qiladi.
Shuningdek, ularng orasidagi o‘zaro aloqa va o‘zaro nazoratni qo‘liab-quvvatlaydi.
Ustozning darsdagi ishi barcha talabalarning darsning o‘zidayoq o‘rganilayotgan bilim
asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalami hosil qilishlari uchun zamin yarata
olishi shart. ustoz mahoratining mezoni talabaning o‘zlashtirishi va intizomi bilan
belgilanadi. U o‘z ustida tinmay ishlasa, ta’lim va tarbiya sohasida ilg’or tajribalarini
qo‘llab talabalarni kuzatib va o‘rganib ulardagi qobiliyat darajasi, o‘zlashtirish
ko‘rsatgichlarini to g’ri baholay olsa, uni o‘z ishiga tadbiq etsa, o‘z pedagogik mahoratini
oshirib borishi mumkin. Mahoratli ustoz Mahoratli ustoz hamisha shogirdlar orasida
yuksak obro‘ga ega bo‘ladi, chunki u o‘quvchilar qalbiga to‘g’ri у o‘l topa oladi. Hozirgi
paytda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi musiqaviy pedagogikaning muhim
muammolaridan biriga aylandi. Ushbu masalani ijobiy hal qilish yo‘llaridan biri sifatida
keyingi yillarda o‘quvchilarning assotsiativ tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor
berilmoqda. Biroq musiqa o‘qituvchilari faoliyatining tahlili bu ishda qator muammolar
borligini ko‘rsatmoqda. Musiqa studiyalarida musiqaviy idrokni rivojlantirishning
ahamiyati katta, chunki studiyalarning asosiy vazifasi o‘quvchilarni musiqani tushunish va
sevishga o‘rgatishdir.2 Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga
tayyorlash ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikr-
mulohazalardan shuni aytishimiz mumkin bo‘ladiki ta’lim tizimida musiqa madaniyati
fanining o‘rni juda ahamiyatlidir. Har bir sohada mavjud qiyinchiliklarning yechimi
sifatida yahshi ustozdan olingan yahshi va pishiq bilim deb hisoblayman. Talabalar turli
yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish eta olishligi aynan muxim
xolatdir. ushbu fan boyicha talabalar mukammal ravishda musiqi san’atning tarixiy
taraqqiyot jarayoni, an’aviy musiqamiz maqomlarimiz xaqida vatanimizning musiqiy
hayoti, musiqiy san’atning turli janr va shakllarida yaratgan asarlari, ijrochi namoyandalar
ijodiy faoliyatlari, bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni, ijodkorlarning noyob asarlarini
tahlil qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarni namoyish etishlari zarur. Bu yo ‘lda ularga
ustozlik ko ‘magi juda zarurdir. Inson har javhada ustoz ko ‘rishi uning o ‘gitlariga quloq
tutishi uning kelgusi ishlarida aniqlik va halollikkka yetaklaydi. Ustozlarga munosib
shogird bo ‘lolganimizdek, shogirdlarimizga munosib ustoz bo ‘la olaylik.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
74-son 1–to’plam Iyun-2025
Sahifa: 178
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yhati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “O‘zbek milliy maqom san’atini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Xalq so‘zi 2017 yil, 18- noyabr
2.
Yo’lchiyeva M. An’anaviy yakka xonandalik Тoshkent 2017 yil
3.
Rajabov I. Maqomlar. Toshkent. 2006 yil.
4.
SH. N. Yulyahshiyev “O’zbek xalq musiqa ijodiyoti” o ‘quv qo ‘llanma. 2024 yil
RIVOJLANTIRISH VA BU JARAYONDA DUCH KELINADIGAN MUAMMO
VA YECHIMLAR MG Akbarova, RZOGL Xayrov - Oriental Art and Culture, 2023
Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of
Higher Education M Akbarova, G Tursunova, Z Abdunazarov - European Journal of
Arts, 2020