Mualliflar

  • Joniyeva Feruza Jamolovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112743

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zini anglash ruhiy holat psixik jarayonlar kasbiy mahorat kasb etikasi qiziqish qobiliyat

Annotasiya

Annotatsiya: O’quvchi-yoshlarlarni kasbiy faoliyatga to’g’ri yo’naltirish va ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori natijalarni beradigan uslublardan foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Yosh mutaxassislarga pedagogik-psixologik bilimlar, uslubiy ko’rsatmalar berish bilan birgalikda, jamiyatda mavjud bo’lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar berish maqsadga muvofiqdir.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 263

OʻQUVCHILARNI KASB TANLASHGA YOʻNALTIRISHNING MUHIM

SIFATLARI HAMDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFALARI

Joniyeva Feruza Jamolovna

Buxoro viloyati Jondor tumani 21- umumta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

O’quvchi-yoshlarlarni kasbiy faoliyatga to’g’ri yo’naltirish va ta’lim

samaradorligini oshirishda yuqori natijalarni beradigan uslublardan foydalanish muhim
omillardan hisoblanadi. Yosh mutaxassislarga pedagogik-psixologik bilimlar, uslubiy
ko’rsatmalar berish bilan birgalikda, jamiyatda mavjud bo’lgan turli kasblar haqida ham
keng qamrovli bilimlar berish maqsadga muvofiqdir.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy munosabatlar, o’z-o’zini anglash, ruhiy holat, psixik

jarayonlar,kasbiy mahorat, kasb etikasi, qiziqish, qobiliyat

KIRISH

Kasbiy o‘zlikni anglash shaxsning professional hayotida muhim rol o'ynaydi. Bu

jarayon quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi: Shaxsiy qobiliyatlarni tushunish-kasbiy
o‘zlikni anglash orqali shaxs o'z qobiliyatlarini va kuchli tomonlarini aniqlaydi. Bu esa
professional rivojlanishga yo'naltiruvchi asosiy omil hisoblanadi.

Maqsadlarni belgilash-o’zlikni anglash jarayoni shaxsga o'z kasbiy maqsadlarini

belgilashda yordam beradi. Aniq maqsadlar esa shaxsning muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishiga yordam beradi. Ijtimoiy munosabatlar-kasbiy o‘zlikni anglash ijtimoiy
munosabatlarni rivojlantirishda ham muhimdir. Shaxs o'z kasbiga oid ijtimoiy aloqalarni
o'rnatish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shuningdek, kasbiy o‘zlikni anglash sohasini korreksiyalash jarayoni bir qator

jihatlarni o'z ichiga oladi: O'z-o'zini tahlil qilish- bu shaxsning o'z qobiliyatlari, qiziqishlari
va qiymatlarini aniqlash jarayonidir. Bu jarayon orqali shaxs o'zining kasbiy yo'nalishini
belgilashi mumkin.

Psixologik testlar-psixologik testlar va anketalar yordamida shaxs o'z qobiliyatlari va

qiziqishlarini aniqlashi mumkin. Bu usul kasbiy yo'nalishni tanlashda foydali bo'ladi.
Mutaxassislar

bilan

maslahatlashish-Kasbiy

yo'nalishda

mutaxassislar

bilan

maslahatlashish shaxsga o'z yo'lini aniqlashda yordam beradi. Mutaxassislar tajribasi va
bilimlari orqali shaxsning kasbiy o‘zligini anglash jarayoni yaxshilanadi. Ta'lim va
rivojlanish-Ta'lim jarayoni kasbiy o‘zlikni anglashda muhim ahamiyatga ega. O'qish va
malaka oshirish orqali shaxs o'z qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin. Professional
kurslar-professional kurslar va treninglar orqali shaxs yangi ko'nikmalarni egallashi va
kasbiy rivojlanishini davom ettirishi mumkin.

Kasbiy o‘zlikni anglash sohasini korreksiyalash uchun bir qancha usullar mavjud.

Bulardan biri Mentorluk dasturlari. Mentorluk dasturlari orqali tajribali mutaxassislar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 264

yangi boshlovchilarga yo'l-yo'riq ko'rsatishi mumkin. Bu jarayon shaxsning professional
rivojlanishini tezlashtiradi.Guruh muammolarini hal qilish-Guruh muammolarini hal
qilish orqali shaxslar bir-biridan tajriba olishlari va yangi fikrlarni kiritishlari mumkin. Bu
usul ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda ham foydalidir. O’quvchi-yoshlarlarni
kasbiy faoliyatga to’g’ri yo’naltirish va ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori
natijalarni beradigan uslublardan foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Yosh
mutaxassislarga pedagogik-psixologik bilimlar, uslubiy ko’rsatmalar berish bilan
birgalikda, jamiyatda mavjud bo’lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar
berish maqsadga muvofiqdir.

Kasblar to’g’risida keng malumotlar berish va kasbiy shakllanishni ta’minlashga

to’siq bo’luvchi bir qator omillarni ham o’z o‘rnida yoshlarga singdirib borish lozim:

1.

Mutaxassislarga qo’yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o’sib

borayotganligi.

2.

Kasb tanlashga sabab bo’luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va

kasblar to’g’risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me’yorining mavjud emasligi.

3.

O’spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga va bozor

munosabatlariga hamohang o’zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik
yo’nalishlari o’rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi.

4.

Yoshlarning mutaxassislik yo’nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga,

maqsadga, faoliyat yo’nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi
va boshqalar.

Demakki, yoshlarni kelajakda mutaxassis sifatida o’zlarini teranroq tasavvur

qilishlari va egallayotgan kasbiga xos-mos sifatlarni shakllantirishda pedagoglar va
amaliyotchi psixologlarning o’rni kattadir. Yoshlarga ertangi kunda o’z faoliyatlaridan
qoniqish hissini paydo qilishlari hamda o’z hayotlaridan mamnun yashashlari bugungi
kundagi kasbni to’g’ri tanlay olishlariga bog’liqligini anglata olishlari lozim. Shundagina
har bir inson har tomonlama sifatli hayot kechirishi va mavjud to’siqlarni osonlikcha
yengib o’tishi mumkin bo’ladi. Natijada sohaning rivoji ancha tezlashadi. Bu esa jamiyat
ravnaqidan dalolatdir.

Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli

islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini
ro’yobga chiqarishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning
mustaqil hayotga tayyorlash ko’nikmalarini ham shakllantirib borish ta’lim tizimining
ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

Kasb tanlashga yo’naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo’lib shaxs

tomonidan tanlanadi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

-

maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;

-kasb- hunar maorifi bilan shug’ullanish:
-

radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 265

-

kasb yuzasidan maslahatlar;

-

kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); - kasbga moslashish (adaptatsiyalash).

Kasbning mazmunini va mohiyatini tushunmaslik o’quvchilarda tanlagan kasbiga

munosabatining salbiylashishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish uchun
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

-

O’quv materiallarini, umuman ta’limni hayot bilan bog’lash.

-

Ma’lumotlarni o’zlashtirishda shaxsiy faollikni shakllantirish.

-

O’tgan bosqichdagi faoliyatdan qoniqish va kelgusi faoliyat uchun ijobiy zamin

hozirlash.

-

Istiqbol rejani muvofiqlashtirish va yosh bosqichining yuqorilashuviga qarab buni

takomillashtirib borish.

-

O’quv-uslubiy qiyinchilik bilan shaxsiy nomurosasizlik belgilari o’rtasidagi

uzviylikni yo’qotish.

-

Kasbiy faoliyat hayotning muhim qismi bo’lib, ishdagi muvaffaqiyatlar o’ziga

ishonishga yordam berishligini inobatga olish.

Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy

individual (yakkahol) shaxs turadi. Shu boisdan ham har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga
individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va
jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda
birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini
hisobga olish lozim bo’ladi.

Kasb maorifi - bu o’quvchilarni kasbning mohiyati bilan, har bir kasbning shaxs

oldiga qo’yadigan talablari bilan tanishtirishdan iborat ta’sirchan axborotlar majmuasidir.
Ma’lumotlarning aniqligi, to’liqligi, xususiy va ijtimoiy ahamiyati ifodalanganligi bilan
boshqa tarkiblardan ajralib turadi. Kasb maorifi insonning yoshi, jinsi, saviyasiga ko‘ra
xilma - xil tarzda amalga oshiriladi, shakllari esa verbal va noverbal, kuzatuv va tanishuv,
ko’rgazmali va grafik, uchrashuv kabi ko’rinishlarga ega.

Kasbiy maslahat - kasbga yo’llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish

uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun
muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi
(tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda
ilmiy - amaliy xususiyatli yo’llanmalar berish jarayonidir.

Maslahat o’zining maqsadga yo’nalganligi, izchilligi, ob’ektivligi, axborotlar bilan

to’yinganligi bilan boshqa asosiy qismlardan keskin ajralib turadi.

Kasbiy saralash - muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o’z oldiga

qo’ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata
olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko’nikmalar,
malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib, omilkorlik bilan oqilona
saralash o’tkaziladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 266

Kasbiy moslashish - yosh kasb egalarining va mutaxassislarning kasbiy faoliyatga,

uning shart sharoitlariga, talablariga muvaffaqiyatli ravishda moslashish (bir necha
bosqichlardan iborat) jarayoni tushuniladi. Kasb mohiyatiga kirishish, bilimlar,
ko’nikmalar, malakalar bilan tanishish, ularni egallash uchun oqilona usullar tanlash,
ulardan amaliyotda unumli foydalanish, shart-sharoitlarga odatlanish, mahorat qirralarini
o’zlashtirish kabi muhim qismlar moslashish tarkiblarini tashkil qiladi. Kasb tanlashga
ta’sir etuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:

1)

Ta’lim - tarbiya tizimida kasbga yo’llash faoliyatining mazmuni va

metodikalari majmuasi mukammal ravishda mujassamlashganligi.

2)

O’quvchilarni kasb tanlashga o’rgatishda o’qituvchilar jamoasi faoliyati

hamkorligi va samaradorligi.

3)

Sinf rahbarining ota - onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi

ekanligi.

4)

Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.

5)

Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb

tanlashning alohida ajratilib ko’rsatilishi.

6)

Maktablarda, ishlab chiqarish tashkilotlarida kasb tanlashni ommaviy va

keng ko’lamda yo’lga qo’yilishi.

7)

Maxsus muassasalar faoliyati.

8)

Kasbga oid ko’rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi. 9) Ijodkor, nufuzli,

mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazilishi.

10)

Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniening ishtiroki.

11)

Mutaxassis psixologlar tomonidan kasbiy bilimlarning o’quvchilarga doimiy

tarzda berilishi va ular bilan individual ishlash.

O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda albatta tanlangan kasb professiogrammasini

ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Professiogrammada ushbu omillarga alohida
ahamiyat berilishi talab etiladi:

1.

Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;

2.

Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;

3.

Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;

4.

Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy

mavqei (nufuzi), jamoaning o’ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo’yicha
shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;

5.

Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va

ko’nikmalar ko’lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat
aniqlanadi);

6.

Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik

muddatlari, tadbir - choralarning umumiy tavsifi;

7.

Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 267

8.

Kasb bo’yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar

izchilligi;
9.

Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik; 10. O’zini o’zi

faollashtirish va identifikatsiyalash.

XULOSA

O’quvchilarga qanchalik o’z qiziqishlari, layoqati, xoxish-istaklari va qobiliyatlarini

to’g’ri anglab yetish asosida kasb-tanlashlariga imkoniyat berilsa, shu sohaning
taraqqiyotiga zamin hozirlangan hisoblanadi. Bu esa kelajakda yoshlarning o’z sohalari
bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lishlariga imkon demakdir.Hozirgi kunda o’quvchilarni
kasb-hunarga yo`naltirishda pedagogik-psixologik va umumtexnik va kasb ta’limi
mutaxassilari olib borayotgan ishlar salmoqli o’ringa egaligi ma`lum. Darhaqiqat,
o’quvchi yoshlarning kasbiy bilimlar va ko’nikmalarini shakllantirish, ularga to’g’ri
yo’nalish berish ishlari ko`proq kasb-hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar, pedagog-
psixologlar zimmasiga tushadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Muslimov

N.A. Bo`lajak

kasb ta’limi

o’qituvchisini

kasbiy

shakllantirish. (Monografiya). T.: Fan, 2004, - 128 b.

2.

Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni kasb-
hunarga

yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari.

// Respublika ilmiy-

amaliy konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.

3.

Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari. – T.: Fan,
2006, - 126 b.

4.

Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya. -
T.:Fan. 2006


Bibliografik manbalar

Muslimov N.A. Bo`lajak kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirish. (Monografiya). T.: Fan, 2004, - 128 b.

Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.

Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari. – T.: Fan, 2006, - 126 b.

Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya. -T.:Fan. 2006