Mualliflar

  • Rahmatullayeva Muhayyo Qadamboy qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112744

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor diagnostika ijtimoiy funksiya jinoyatchilik ijtimoiy norma o'smir ruhiy rivojlanish psixik jarayonlar muloqot ong psixika sogʻlom muhit.

Annotasiya

 Annotatsiya: Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik shug‘ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a‘zolari, maktabgacha bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 259

VOYAGA YETMAGAN YOSHLARGA TA’LIM HAMDA TARBIYA

BERISHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI

Rahmatullayeva Muhayyo Qadamboy qizi

Xorazm viloyati Yangiariq tuman 12-sonli maktab

Amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik shug‘ullanadi.

Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a‘zolari, maktabgacha bo‘lgan, maktab
o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va
boshqalardir.

Kalit so'zlar:

voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy

funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar,
muloqot, ong, psixika, sogʻlom muhit.

KIRISH

Deviant xulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari

va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan
tashkiliy ta‘sir ko‘rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning
boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Buni aniq maqsadga qaratilgan
tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan erishish mumkin.

Bizga ma‘lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko‘plab jinoyatlar, jumladan

voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi
omillarni o‘rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma‘naviy-ahloqiy
shakllanishiga ta‘sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb
etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko‘cha-ko‘yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning
guvohi bo‘lgan o‘smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo‘l uradi. Bunday
jinoyatlar qatoriga voyaga yetmagan o‘smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini
ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, bunday jinoyatlarning kelib
chiqish sabablari, tub mohiyati nimada? Shu o‘rinda biz ushbu jinoyatlarning sodir
etilishidagi shartsharoitlarga, sabablarga to‘xtalib o‘tamiz.

Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan juda ko‘pchilik shug‘ullanadi. Bular - ota-

onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a‘zolari, maktabgacha bo‘lgan, maktab o‘rta maxsus
va oliy o‘quv yurtlari muassasalaridagi o‘qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir.
Darhaqiqat, ana shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ular
tarbiyasidagi ta‘siri kelajakda o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi
yoki ma‘naviy ahloqsizlik bilan ajralib turadi. Bunda nazarimizda voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 260

birinchi navbatda oila ahloqini qadriyatlarimizga moslashtirishdan boshlashga to‘g‘ri
keladi.

Shu o‘rinda turli xil huquqshunos olimlarning bu boradagi turlicha qarashlari

mavjud bo‘lib, bularning barchasi voyaga yetmaganlar tomonidan ahloqsizlik
xattiharakatlarini sodir qilishga oilani roli muhimligi haqida so‘z yuritiladi. Jumladan,
V.Ya.Rubalskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 47 % voyaga
yetmaganlar huquqbuzarligi ota onaning salbiy ta‘siri yoki befarqligining, 14,8 % oilada
hamjihatlik yo‘qligining, 38,3% ota yoki onani yo‘qligining, 23,5 % kattalarning
loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi.

O‘smir yoshdagilarga xos xususiyat shundaki, tashqi jihatdan va o‘z da‘volariga

ko‘ra bu katta yosh, ichki xususiyatlari va imkoniyatlariga ko‘ra esa, ular hali bola.
O‘smirlarning erkalashga, o‘ziga e‘tibor berilishiga moyilligi, o‘yin qaroqligi mana shu
bilan bog‘liq. Shu bilan birga o‘smirlarda o‘zining katta yoshli bo‘layotganligini his etish
bilan birgalikda ong, o‘z qadrqimmatini his etish, jinsiy mansubligini anglash uyg‘onadi
va faol shakllanadi. O‘smirlik yoshi o‘zida har xil ruhiy jarohat yetkazadigan omillar
ta‘siriga tutish xavfi yuqori darajada bo‘lgan shart-sharoitlar jamini ham ifodalaydi.
O‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ma‘lumotlar buyicha ota-onalar o‘rtasidagi urush-
janjallar, o‘smirning nuqtainazariga ko‘ra ularda o‘smirni va atrofdagilarni kamsitadigan
nuqsonlarning mavjudligi, o‘smirga nisbatan haqoratlovchi munosabat bo‘lish, unga
ishonmaslik yoki uni hurmat qilmaslik mana shunday kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan
omillardandir. Bularning barchasi bolalar va o‘smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonini
qiyinlashtiradi va mana shu asosda ularning hulq-atvorida har xil chetga chiqishlarni
keltirib chiqaradi.

O‘smir huquqlari o‘zida , insoniyatning qadr-qimmatini mujassam etadi. Bu degani

bolalik - inson shaxsining rivojlanishida noyob, muhim davr demakdir. Inson huquqlari
avvalo, bolalar huquqlaridan boshlanadi. Har qanday jamiyat va barcha insoniyatning
kelajagi o‘ta yuqori darajada yosh avlodning moddiy va jismoniy rivojlanish darajasiga,
uning inson huquqlarini shaxs va jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini tushunishiga,
shuningdek, o‘z taqdiri hamda o‘z harakatlari uchun ma‘suliyatiga bog‘liq.

Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori katta yoshdagilarning og‘ma hulq-

atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya
umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan
buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor
normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma‘qullanadigan yoki
umumiy e‘tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo‘lgan maxsus qadriyatlar tizimi
mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo, professional
jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga
yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham to‘g‘ri emas. Masalan, ko‘pincha
o‘smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi yoki o‘zi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 261

prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar
diqqat-e‘tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy jihatdan
o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga qaratadilar. Umuman
olganda, “bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant hulq-atvordan
himoyalangan, deb bo‟lmaydi, hat bir o‟smir ta‟sirga va bog’liqlikka duch keladi. Moddiy
jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei bolalarning ijtimoiy
normalarga rioya qilishning kafili bo‟la olmaydi”.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga

yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan
davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi mantiqiy
izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida
ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir.
Jamoatchilik fikri so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun
axborot olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning
roli o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan mehnatni rag‘batlantiradigan, ijobiy
maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama ijtimoiy
qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash tarzini,
andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi… Reklamaning ijtimoiy funksiyasi turmush
tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi.

XULOSA

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat poydevori qurilmoqda. Bunda davlat

qurishni huquqiy savodxon, huquq madaniyatini mustahkam egallagan yosh avlod amalga
oshiradi. Buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog‘i zarur. Shu sababli
yoshlarni huquqiy davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq anglashi, qonun asoslarini bilishi,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

74-son 1–to’plam Iyun-2025

Sahifa: 262

qonun hurmat qilishi, ularga so‘zsiz bo‘ysunishi madaniyatiga ega bo‘lishi ruhida
tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI :

1.

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов.
Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20.

2.

Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.

3.

B.A.Aliyev., G‘.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov. Sotsiologiya.
O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b 5.

4.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20.

Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent – Sharq, 2002.

B.A.Aliyev., G‘.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov. Sotsiologiya. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2005,120-127 b 5.

Ziyo.net