Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 13
BOLALARGA EKOLOGIK TA’LIM BERISH USULLARI
Murotqobilova Mahliyo Anvar qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Filologiya fakulteti, o‘zbek tili va adabiyoti kabinet mudiri
Annotatsiya:
Maqolada dunyoda ro‘y berayotgan ekologik global muammolar
to‘g‘risida shuningdek, bunday ekologik muammolarni bartaraf qilish maqsadida butun
dunyo davlatlari qatorida yurtimizda ham ko‘pgina qaror va farmonlar joriy qilinmoqda,
amaliy ishlar bajarilmoqda. Ekologik muammolar dolzarbligini tushungan holda
bolalarning yoshligidan ularning ongida ekologik ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga quyish,
maqsadga erishish uchun qo‘yilgan muhim qadamlardan biri sanaladi. Zero, bolalar
bizning kelajagimiz, bu kelajakni qanday yaratish bizning qo‘limizda.
Kalit so‘zlar:
Ekologik muammolar, Avesto, ekologik ta’lim-tarbiya, “Yer sayyorasi
umumiy uyimiz” (parsial dastur), ekologik metodlar.
Аннотация:
В статье в нашей стране наряду со странами мира вводятся многие
решения и постановления, а также проводятся практические работы по устранению
подобных экологических проблем в мире. Понимая актуальность экологических
проблем, считается одним из важных шагов по внедрению экологического
воспитания в сознание детей с раннего возраста и достижению поставленной цели.
Ведь дети – это наше будущее, и как создать это будущее – в наших руках.
Ключевые слова:
Экологические проблемы, Авеста, экологическое
образование, «Земля – наш общий дом» (частичная программа), экологические
методы.
Abstract:
In the article, many decisions and decrees are introduced in our country
along with the countries of the world, and practical works are being carried out in order to
eliminate such environmental problems in the world. Understanding the urgency of
environmental problems, it is considered one of the important steps to put environmental
education in the minds of children from a young age and to achieve the goal. After all,
children are our future, how to create this future is in our hands.
Key words:
Ecological problems, Avesta, ecological education, "Earth is our
common home" (partial program), ecological methods.
Hozirgi davrga kelib ekologik muammolarning yildan-yilga soni ko‘payib
bormoqda sabablari turlicha. Asosiy ekologik muammolar quyidagicha:
-
Aholi sonining ko‘payib borishi;
-
Energiya resurslari muammolari;
-
Sayyoraning global ifloslanishi;
-
Bioxilma-xillik va o‘rmonlarni kesish;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 14
-
Global isish;
-
Cho‘llanish
1
.
Bunday muammolarni butunlay bartaraf etish mushkul, lekin ularni qamrof darajasi
foizini qisqartirish albatta o‘zimizning qo‘limizda. Ekologik muammolar hozirgi davrda
emas balki qadim-qadimdan mavjuddir, jumladan 3000 ming yil avval yaratilgan
Avestoda tabiatni asrash, tozalikka, suv, o‘tloq va yerlarni iflos qilmaslik, hayvonlarga
ozor bermaslik va boshqalar bitilgan. Ekologiyaga bo‘lgan munosabat allomalarimizni
ham befarq qoldirmagan, jumladan: Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Ibn Sino,
Muhammad
Muso
al-Xorazmiy,
Zahriddin
Muhammad
Bobur
va
boshqa
allomalarimizning o‘z fikri va qarashlari mavjud.
Yurtimizda ekologiyani muhofaza qilish maqsadida yetarli qaror va farmonlar
tasdiqlangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrda
“2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza
qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5863-son farmoni qabul qilindi
2
, bundan
ko‘zlangan maqsad, Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida izchil ishlar
olib borishdir. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 434-son “O‘zbekiston
Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori tasdiqlandi o‘shbu qarorda uzluksiz ta’lim tizimiga xususan, maktabgacha ta’lim
tizimiga ham ekologik ta’limni joriy etish bolalarning yoshligidan qalbiga, ongiga
ekologik ta’lim-tarbiyani singdirib borish zarurligi bayon qilingan.
3
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ekologik ta’lim berish maqsadida “Yer sayyorasi
umumiy uyimiz” (Ekologik ta’lim va tarbiya berish bo‘yicha maktabgacha ta’lim
tashkilotlari uchun parsial dasturi) 2022-yilda yaratilgan bo‘lib, dasturda maktabgacha
yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berish bo‘yicha xalqaro tajribalar,
umumpedagogik tamoyillar, rivojlanish sohalari kompetensiyalari va boshqalar tarbiyachi
va bolalar uchun kerakli ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Maktabgacha yoshidagi bolalar e’tiborini jalb qilish ularning bilimini oshirish katta
mashaqqat kasb etadi, shu sababdan ekologik ta’lim berishda turli xil ta’lim metodlaridan
va ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq, shuningdek ularning ekologik
qiziqishini, bilimini yanada oshirishga yordam beradi. Metod to‘g‘risida to‘xtaladigan
bo‘lsak, metod yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib “bilish, nazariya, ta’limot”
1
https://lex.uz/ru/docs/-4574008
3
https://lex.uz/ru/docs/-4354743?ONDATE2=28.05.2019&action=compare
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 15
degan ma’nolarni bilidirib – voqelikni amaliy va nazariy egallash, uni o‘zlashtirish,
o‘rganish, bilish uchun yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatish, usullar majmuasi, bilimlarni yaratish va
asoslash usulidir
4
O‘qitish usullari quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
-
o‘qitishning maqsadliligi;
-
mazmunni o‘zlashtirish yo‘llari;
-
ishtirokchilarning jarayonda o‘zaro ta’siri va b.
Tabiat bilan tanishtirish metodlari 3 ta asosiy guruhlarga ajraladi: Vizual, amaliy va
og‘zaki usullar va ular quyidagicha farqlanadi:
1.
Vizual usul-tabiatni kuzatish, rasmlar, modellar, filmlar va slaydlar
namoyishini tomosha qilish orqali bolalarda ekologik tasaffur uyg‘onadi;
2.
Amaliy usul-o‘yin bolalar hayotidagi eng maroqli jarayon, mehnat, elementar
tajribalar. Bu usullardan foydalanish bolalarda tabiatga qiziqish, fikrlash, jamoada o‘zaro
birdamlik xislatlarini boyitadi.
3.
Og‘zaki usul-suhbatlar, tarbiyachi tomonidan tabiat tarixi haqida o‘qib
berish, bolalarning tabiat to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda ularning
og‘zaki nutqini rivojlantirishga yordam beradi, [1].
Vizual usul va uning turlari haqida to‘xtalamiz. Kuzatish bu - tabiat jismlarini
shuningdek tabiatda ro‘y berayotgan hodisalaga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul
qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyatidir, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok
etib, barqaror diqqatni talab etadi. Bu to‘g‘risida K.D.Ushinskiy shunday degan: “Haqiqiy
insoniy, aqliy nutq, to‘g‘ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko‘rsatgandek, boshqa biror
narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi”. Bolalarni tabiat bilan
tanishtirishda, tabiatdagi narsa va hodisalarni ma’lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda
diqqat va kuzatuvchanlik shuningdek tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish
kuchayib boradi. Tarbiyachi bolalarga ekologik ta’lim berishda kuzatish usulidan keng
foydalanadi [2]. Bolalarga tarqatma materiallarni tarqatish orqali ularda tabiat to‘g‘risida
tasavvur hosil qilinadi. Bolalar hozirgi kunda texnikaga juda qiziqishadi shu sababdan
ularga tabiat haqida filmlar, slaydlarni namoyish qilib turilsa ularning qiziqishi va bilimi
ancha ortadi.
Amaliy usul va uning turlari. O‘yin - bu bolalarning sevimli, jismoniy va aqliy
rivojlanishiga yordam beruvchi muhim usullardan biridir. Bolalarni tabiat bilan
tanishtirishda: didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar: predmetli, stol-bosma og‘zaki va b. o‘yinlardan kiradi. Predmetli
o‘yinlar bu barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan “Ajoyib
4
https://uz.wikipedia.org/wiki/Metod
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 16
qopcha”, “Mevalar va ildizlar”, “Bu butoqda kimning bolakaylari” shu kabi o‘yinlardir.
Bu o‘yinlar orqali bolalarda xususiyat va belgilar haqida tasavvurlar kengayib boradi.
Stol-bosma o‘yinlariga “Yilning to‘rt fasli”, “Kichkintoylar”, “Mevalar” va
“O‘simliklar” va shu kabilar kiradi. Bu o‘yinlar bolalarning o‘simlik, hayvon, jonsiz tabiat
hodisalari hamda aytilayotgan so‘zga qarab predmetni tasvirlash ko‘nikmasini
shakllantirishga yordam beradi. Bu o‘yinlar kam sonli bolalar bilan o‘tkaziladi.
Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslikka oid harakatli o‘yinlar hayvonlarning xatti-
harakati va hayot tarziga taqlid qilish bilan amalga oshiriladi. Bularga “Ona tovuq va
jo‘jalar”, “Mushuk va sichqon”, “G‘ozlarim” shu kabi o‘yinlar kiradi.
Ijodiy o‘yinlarga tabiiy materiallardan foydalanib amalga oshiriladigan o‘yinlar
kiradi ya’ni qum, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan
o‘yinlardir.
Mehnat bu bolalarning hayotida ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega jarayondir.
Bolalar mehnat qilayotganida unga nisbatan mas’uliyat hissi shakllanadi. Mehnat
bolalarning sensor tarbiyasini shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnat jarayonida
bolalar o‘simliklarni yog‘ingarchilikka, namlikka, issiqlikka va tuproqning xususiyatlariga
bo‘lgan ehtiyojlarini bilib olishadi, shuningdek hayvonlarni qanday parvarish qilish, ularga
mehr ko‘rsatish kabi ijobiy xislatlari shakllanadi. Mehnat orqali bolalarda tabiatga qiziqish,
mehnatsevarlik, kuzatuvchanlik, jamoaviy harakat qilish, bir-biriga yordam berish
ko‘nikmasi shakllanadi.
Og‘zaki uslub ya’ni suhbatlar - bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi usul sifatida -
pedagoglar tomonidan turli didaktik maqsadlarda qo‘llanadi:
-
bo‘lajak faoliyatga (kuzatish, ekskursiyadan oldin) qiziqishni rivojlantirish;
-
bolalarning
tabiat
haqidagi
bilimlarini
aniqlashtirish,
chuqurlashtirish,
umumlashtirish va tizimlashtirish, tabiatga bo‘lgan munosabatni shakllantirish.
Har bir suhbatda bolalar nutqini rivojlantirish vazifasi ma’lum darajada o‘z
yechimini topadi. Tabiat to‘g‘risidagi suhbatlar odatda quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
o‘rnatiluvchi;
-
evristik;
-
yakuniy.
O‘rnatiluvchi suhbat pedagogga bolalarning diqqatini tortishga, bo‘lajak faoliyatga
qiziqish uyg‘otishga, ilgari olingan bilimlar va bo‘lajak ekskursiya, kuzatuv o‘rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rnatish uchun mavjud tajribani faollashtirishga yordam beradi. Evristik
suhbat tafakkur qilish orqali turli xil tabiat hodisalarning sabablarini aniqlashni o‘z ichiga
oladi. Bunday suhbat bolalarning kuzatish jarayonida olgan bilimlari asosiga quriladi. U
tabiatda mavjud bo‘lgan munosabatlar to‘g‘risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, bolalar
tomonidan yangi bilimlarni beruvchi vazifalarni mustaqil ravishta hal qilishga qaratilgan.
Yakuniy suhbat bolalarning kuzatish, o‘yinlar, badiiy asarlar mutolaasi, mehnat qilishga
jarayonida olgan tabiat haqidagi tushunchalar ma’lum darajada to‘plangach va faqat bu
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 17
tushunchalar barcha bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi sharti bilan o‘tkaziladi. MTTda
ekologik ta’lim va tarbiya berish bo‘yicha loyihaviy usul – optimal, innovatsion va
istiqbolli usul sifatida tan olingan loyiha usuli MTTning ta’lim-tarbiya jarayonida
loyihaviy faoliyat hamkorlik xarakteriga ega bo‘lib, unda MTTning tarbiyalanuvchilari va
pedagoglari, shuningdek, ota-onalar va boshqa oila a’zolari ishtirok etadilar. Ekologiya
sohasidagi loyihaviy faoliyat tabiat to‘g‘risidagi bilimlarni hosil qilishga, ijobiy
qobiliyatlarni rivojlantirishga, maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik muammolarga
qiziqishini va faol yaratuvchanlik faoliyatiga bo’lgan ehtiyojini shakllantirishga, tabiatga
nisbatan qadriyat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashga, ekologik bilimlarni amaliy
qo‘llashga qaratilgan. Loyihaviy faoliyat yordamida bolalarning ekologik tushunchalari va
bilimi kengayadi va boyiydi, tabiatdagi o‘zaro munosabatlarni bilishga bo‘lgan qiziqishi
rivojlanadi, tabiat bilan muloqat qilishda his-tuyg‘ular jo‘sh uradi, artof-muhitni muhofaza
qilish faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va layoqati shakllanadi. Loyihaviy usul tufayli bolalar
faoliyatining turli sohalari va turlarini (tadqiqot, mehnat, tasviriy, kommunikativ, o‘yinli)
birlashtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof olamning yaxlit manzarasi
shakllanadi. Bolalarning guruh bilan va individual tarzda ishlashi ularga o‘zini namoyon
qilish imkoniyatini beradi [3].
Xulosa qilib aytganda ekologik vaziyat yildan-yilga yomonlashib bormoqda, turli xil
virusli kasalliklar kelib chiqmoqda shu sababdan ekologik ta’lim berishni bolalarning
yoshligidan boshlab ularning ongida shakllantirib borish lozimligi “Ilk qadam” davlat
dasturlarida hamda yuqorida aytganimizdek 2019-yil 27-maydagi VM-434-sonli
“O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan. Bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya erish
maqsadida dasturlar yaratilmoqda. Ekologik ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yetkaza berish
tarbiyachi, ota-ona va mahallalarga bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
С.А.Суркина “Экологическое образование дошкольников” «Саратовский
источник», 2011. 33-34-c.
2.
Ш.А.Содиқова,
М.А.Расулхўжаева.
“БОЛАЛАРНИ
ТАБИАТ
БИЛАН
ТАНИШТИРИШ МЕТОДИКАСИ (Ўқув қўлланма) ТОШКЕНТ – 2013. 38-39-c.
3.
Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh.,Rizayeva X.U., Kuryayeva I.V., Nekrasova Y.A.,
Shivaldova N.S., Xaziyeva L.Z. “Yer sayyorasi umumiy uyimiz” (Ekologik ta’lim va
tarbiya bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun parsial dastur). Toshkent-
2022-yil, 34-35-c
