Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 64
UDK: 37.018.43
PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIM
O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISH: METODIK VAZIFALAR TAHLILI
Olimova Nodirabegim Ibroximjon qizi.
Farg‘ona davlat unversiteti
Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti
Maktabgacha ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi
nodirabegim3363@icloud.com
+998941056363
Annotatsiya:
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik
kompetensiyalarini pedagogik hamkorlik asosida rivojlantirish masalasi yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–26-sonli Farmonida
belgilangan vazifalar kontekstida pedagogik hamkorlikning ahamiyati, uning metodik
tayyorgarlikdagi o‘rni, kompetensiya tarkibiy qismlari va ularni shakllantirish usullari
tahlil qilingan. Shu bilan birga, L.S. Vygotskiy, J. Bruner, A. Bandura va J. Hattie kabi
olimlarning nazariyalari asosida pedagogik hamkorlikning samaradorligi asoslab berilgan.
Аннотация:
В статье рассматривается вопрос развития методических
компетенций будущих учителей начального образования на основе педагогического
сотрудничества. В контексте задач, обозначенных в Указе Президента Республики
Узбекистан от 28 февраля 2023 года № PF–26, проанализирована роль
педагогического сотрудничества в методической подготовке, структурные
компоненты компетенций и методы их формирования. Кроме того, эффективность
педагогического взаимодействия обоснована на основе теорий Л.С. Выготского, Дж.
Брунера, А. Бандуры и Дж. Хэтти.
Abstract:
This article explores the development of methodological competence
among prospective primary school teachers through pedagogical collaboration. It analyzes
the significance of pedagogical cooperation within the framework of tasks outlined in the
Presidential Decree of the Republic of Uzbekistan No. PF–26 dated February 28, 2023.
The study highlights the role of collaboration in teacher training, the components of
methodological competence, and approaches to its formation. The effectiveness of
pedagogical interaction is also substantiated based on the theories of L.S. Vygotsky, J.
Bruner, A. Bandura, and J. Hattie.
Kalit so‘zlar
: metodik kompetensiya, pedagogik hamkorlik, boshlang‘ich ta’lim,
mentorlik, refleksiya, innovatsion metodlar.
Ключевые слова
: методическая компетенция, педагогическое сотрудничество,
начальное образование, наставничество, рефлексия, инновационные методы.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 65
Keywords
: methodological competence, pedagogical collaboration, primary
education, mentoring, reflection, innovative methods.
Kirish.
Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik kompetensiyasini pedagogik
hamkorlik asosida rivojlantirish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-
yil 28-fevraldagi PF–26-sonli Farmonida ilgari surilgan vazifalar bilan bevosita bog‘liqdir.
Ushbu hujjatda ta’lim mazmuni va sifatini yuksaltirish, pedagogik kadrlar tayyorgarligini
kompetensiyaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan asosda tashkil etish, shuningdek, mentorlik
va pedagogik hamkorlik muhitini shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlangan.
Farmonda ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlar ayniqsa boshlang‘ich ta’lim sohasida
faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun metodik tayyorgarlikni chuqurlashtirish, dars
loyihalash, refleksiv yondashuvni rivojlantirish va innovatsion metodlardan samarali
foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan olib
qaralganda, pedagogik hamkorlik asosida metodik kompetensiyani shakllantirish
zamonaviy pedagogik tadqiqotlar doirasidagi dolzarb ilmiy-amaliy muammolardan biri
hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning individual ta’limiy ehtiyojlarini
aniqlay olish, ularning yosh xususiyatlari va rivojlanish darajasiga mos metodik
yondashuvlarni tanlay bilish bevosita o‘qituvchining metodik kompetensiyasi darajasiga
bog‘liqdir. Bu kompetensiya quyidagi tarkibiy komponentlar orqali namoyon bo‘ladi:
Kognitiv komponent – metodik bilimlarning nazariy asoslarini puxta o‘zlashtirganlik;
Ijodiy komponent – yangi, noan’anaviy metodik yondashuvlarni yaratish va qo‘llash
layoqati;
Analitik komponent – o‘z faoliyatini tahlil qilish, xatolarni anglash va ularni
tuzatishga qaratilgan reflektiv salohiyat;
Motivatsion-kommunikativ komponent – hamkorlikka asoslangan muloqot olib
borish, ijobiy o‘quv muhitini shakllantirish ko‘nikmalari;
Amaliy-instrumental komponent – darslarni samarali rejalashtirish, metodik
vositalarni to‘g‘ri tanlash va amaliyotda qo‘llay olish malakalari.
Bugungi kunda jahon miqyosida ta’lim jarayonida pedagogik hamkorlik sohasidagi
izlanishlarga alohida e’tibor qaratilib, talabalarning ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan
holda maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlikda o‘qitish faoliyatni amalga oshirishga doir
ilmiy tadqiqotlarga e’tibor qaratilgan. Bunday yondashuv shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
strategiyasi talablari asosida talabalarda shaxsiy va hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishni
nazarda tutuvchi ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish, o‘qituvchi
va talabaning o‘zaro hamkorligiga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etishni yanada
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 66
rivojlantirish, oliy ta’limda hamkorlikda o‘qitish ta’lim muhitini shakllantirish
metodikasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Bo‘lajak pedagoglarda ushbu kompetensiyani sifatli shakllantirishda pedagogik
hamkorlik yondashuvi asosiy metodik mexanizm sifatida xizmat qiladi. Sababi,
hamkorlikka asoslangan ta’limiy faoliyatda talabalar ta’lim jarayonining barcha
bosqichlarida — rejalashtirish, tashkil etish, tahlil va refleksiya bosqichlarida — faol
ishtirok etadilar. Bunday yondashuv o‘zaro fikr almashinuvi, mentorlik, tengdoshlar bilan
o‘zaro o‘rganish, amaliyotda dars jarayonini tahlil qilish va kuzatish kabi usullar orqali
metodik tajriba orttirish imkonini beradi. Natijada nazariy bilimlar real pedagogik amaliyot
bilan uyg‘unlashadi va mustahkamlanadi.
Shunday qilib, pedagogik hamkorlik nafaqat kommunikativ jarayon, balki metodik
kompetensiyani izchil, bosqichma-bosqich va samarali shakllantirishning zaruriy vositasi
sifatida qaraladi. Bu yondashuv pedagogik tayyorgarlikni chuqurlashtiradi, talabalarda
kasbiy refleksiya, ijodkorlik va tashabbuskorlik kabi sifatlarni shakllantirishga xizmat
qiladi. Shu boisdan ham boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida
pedagogik hamkorlik asosida metodik vazifalarni aniqlash hamda ularni bosqichma-
bosqich amalga oshirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omillaridan
biri hisoblanadi.
Tahlil va natijalar
Pedagogik hamkorlik — bu o‘qituvchi va o‘quvchi, ustoz va shogird, hamkasblar,
hamda tengdoshlar o‘rtasida maqsadli, o‘zaro manfaatli va rivojlantiruvchi ta’limiy
aloqalarni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u ko‘p hollarda kooperatsiya, kommunikatsiya,
qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro o‘rganishga asoslanadi. Bu yondashuv ta’lim jarayonida
ishtirok etuvchi subyektlarning bir-birini tushunishi, o‘zaro fikr almashuvi va faol
hamkorlikda bilimlarni o‘zlashtirishini ko‘zda tutadi. L.S. Vygotskiyning “yaqin
rivojlanish zonasi” haqidagi nazariyasida ta’kidlanganidek, talaba mustaqil bajara
olmaydigan ko‘nikmalarni hamkorlik orqali egallashi mumkin. Aynan pedagogik
hamkorlik ana shunday ijtimoiy o‘rganish muhiti yaratib, talabaning yangi metodik
tajribalarni o‘zlashtirishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, J. Bruner ta’lim jarayonini madaniy faoliyat sifatida izohlab, bunda
kooperativ o‘rganish va ijtimoiy o‘zaro ta’sir vositasida bilimlar shakllanishi muhimligini
ta’kidlaydi. Bunday yondashuv metodik kompetensiyani rivojlantirishda hal qiluvchi
omillardan biri hisoblanadi, chunki u o‘qituvchi nomzodlarni turli ta’limiy vaziyatlarda
analitik fikrlash, innovatsion yondashuv va reflektiv ko‘nikmalar asosida faoliyat
yuritishga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik hamkorlik quyidagi shakllarda qo‘llanilishi
mumkin:
-
Mentorlik va ustoz-shogird tizimi orqali pedagogik tajriba va metodik
yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilish;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 67
-
Tengdoshlar bilan hamkorlik (peer-learning) orqali o‘zaro o‘rganish, birgalikda
muammoni hal qilish va o‘zaro baholashni yo‘lga qo‘yish;
-
Universitet-maktab hamkorligi doirasida real dars jarayonlarini kuzatish, dars tahlili,
rejalashtirish va refleksiya asosida talabalarning metodik ko‘nikmalarini shakllantirish;
-
Hamkorlikda loyihalashtirish orqali guruhiy ish, muloqot, rejalashtirish va ijodiy
yechimlarni ishlab chiqish.
Aynan
metodik
kompetensiyani
rivojlantirishda
pedagogik
hamkorlik
mashg‘ulotlarni rejalashtirish, amaliyotda qo‘llash va o‘z faoliyatini baholashga doir
salohiyatni kuchaytiradi. A. Bandura tomonidan ilgari surilgan sotsial-kognitiv nazariyada
insonlar o‘z tajribalarini boshqalarning kuzatuvi, muhokamasi va model orqali o‘rganishini
ta’kidlaydi. Bu esa pedagogik hamkorlik doirasida bilim va ko‘nikmalarni “
kuzatish +
baholash + qo‘llash
” yo‘li bilan o‘zlashtirishda o‘z aksini topadi.
Shuningdek, J. Hattiening “Visible Learning” konsepsiyasida o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi hamkorlikning ta’lim samaradorligiga bevosita ta’siri isbotlangan bo‘lib, u
“feedback”, ya’ni faol qayta aloqaning kompetensiyalarni rivojlantirishdagi hal qiluvchi
rolini alohida ko‘rsatadi.
Xulosa
Pedagogik hamkorlik boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlashda nafaqat
nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliyotda qo‘llash, tahlil qilish va ijodiy ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali usul hisoblanadi. Bu esa metodik
kompetensiyaning barcha komponentlari – kognitiv, ijodiy, analitik, kommunikativ va
amaliy-instrumental jihatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28-fevraldagi PF-27-sonli 2022 —
2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “insonga
e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2023-y., 06/23/27/0121-son;
29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 21.11.2024-
y., 06/24/185/0944-son
2.
Obozov N. N., Polezhaeva O. D. Principles of system approach in psychology as the
main tools of knowledge of the psyche in B. F. Lomov’s concept / Fundamental and
applied research of modern psychology: results and development prospects/ed.by A.
L. Zhuravlev, V. A. Koltsova. Moscow: Publishing House of the Institute of
Psychology, Russian Academy of Sciences, 2017. 704 p.;
3.
Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tariхi): О‘qituvchilar tayyоrlash va pedagogika
fani ta’lim sоhasi bakalavriat yо‘nalishi uchun darslik/ M.Х. Tохtaхоdjayeva, S.
Nishоnоva, J. Hasanbоyev, M.Usmоnbоyeva, S. Madiyarоva, A. Qоldibekоva, N.
Nishоnоva, N. Sayidahmedоv; О‘zbekistоn Respublikasi Оliy va о‘rta-maхsus ta’lim
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
76-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 68
vazirligi. — Tоshkent: « О‘zbekistоn faylasuflari milliy jamiyati» nashriyоti, 2010. –
B. 400.
4.
Ratcliffe M. Pedagogical content knowledge for teaching concepts of the nature of
science, 2011. Retrieved from
5.
Хайдаров Ф.И. Муслимов Н. Педагогик кадрлар тайёрлаш истиқболи. Педагогик
таълим. Тошкент.: 6-сон 2009. –Б. 8-9.
6.
Ходжаев Б.Қ., Жураев Б.Т. Педагогик фаолиятга кириш. Монография. –
Тошкент, 2019, -Б. 124-128
7.
