Mualliflar

  • Egamberdiyev Sobir Yo‘ldoshevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.128846

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlari: cherri pomidor issiqxona fotosintez harorat namlik nav navmunalar tanlash.

Annotasiya

Annatotsiya: ushbu maqolada cherri pamidor mevasining o‘rtacha vazni, degustatsion bahosi va biokimyoviy tarkibi aniqlanib, bunda duragaylar aro eng yuqori meva vaznga ega bo‘lgan Quality seed navida mevalarining o‘rtacha vazni 43 gramni tashkil etganligi, eng kam ko‘rsatkich esa Dikovinka va Krasniye busi navida 10-12 gramni tashkil etganligi va qolgan namunalarda esa bu ko‘rsatkich 15-23 gramdan meva vazniga ega bo‘lganli keltirib o‘tilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 162

UO‘T:635.64

CHERRI POMIDOR NAV NAMUNALARINI ISSIQXONADA

YETISHTIRISHDA HOSILDORLIK KО‘RSATKICHLARINING

KORRELYATSION BOG‘LIQLIGI

Egamberdiyev Sobir Yo‘ldoshevich

Toshkent davlat agrar universiteti (PhD)

Annatotsiya:

ushbu maqolada cherri pamidor mevasining o‘rtacha vazni,

degustatsion bahosi va biokimyoviy tarkibi aniqlanib, bunda duragaylar aro eng yuqori
meva vaznga ega bo‘lgan Quality seed navida mevalarining o‘rtacha vazni 43 gramni
tashkil etganligi, eng kam ko‘rsatkich esa Dikovinka va Krasniye busi navida 10-12 gramni
tashkil etganligi va qolgan namunalarda esa bu ko‘rsatkich 15-23 gramdan meva vazniga
ega bo‘lganli keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlari:

cherri, pomidor, issiqxona, fotosintez, harorat, namlik, nav,

navmunalar tanlash.

Kirish

Hozirda cherri pomidor yetishtirish hajmini ko‘paytirishga talab ortib bormoqda. Shu

bois qishloq xo‘jaligi rivojlangan Yevropa mamlakatlari, AQSH, Isroil, Yaponiya,
Rossiyada cherri tipidagi mevasi kichik (10-20 g), tashqi ko‘rinishi chiroyli, qizil, sariq,
qora, pushti rangli, mazasi shirin yangi navlarni yaratish va yetishtirishni innovatsion
texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shunday
bo‘lsada bugungi kunda issiqxonalarda cherri pomidorni serhosil, kasalliklarga chidamli
nav va duragaylarini o‘rganish, ajratish hamda yetishtirishning innovatsion texnologik
elementlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda tan narhini kamaytirish muxim
hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi

Pomidorni issiqxonalarda cherri tipidagi nav namunalarini

yetishtirish texnologik elementlarini ilmiy asoslashdan iborat.

Tadqiqot vazifalari

quyidagilardan iborat:

cherri pomidorni issiqxonalarda nav namunalari qimmatli xo‘jalik belgilari

(tezpisharligi, kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi, meva sifati) bo‘yicha baholash va
istiqbolli navlarni ajratish;

Tadqiqot obekti: Tadqiqotning obekti

sifatida cherri pomidorni 10 ta nav

namunalari o‘simligi va mevalari, 4 ta o‘sishni boshqaruvchi va 1 ta suv tejovchi moddalar
va 4 ta ekish usullari xizmat qiladi.

Tadqiqot natijalari:

Tajribada tovarbop hosil namunalar aro bir biridan farqlandi.

Bunda eng yuqori tovarbop hosil Blek cherri, Krasniy slivovidniy, 1000 N2 pomidorki va
Medoviy kaskad namunalarida bir metr kvadratdan 12,7-14,7 kg hosil olindi va tovarbop


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 163

hosil ulushi esa 93,0-94,2 foizni tashkil etdi. Standart navning tovarbop hosili 9,5 kg ni
tashkil etib, unga yaqin, bir xilda hosil tо‘plagan namunalar Dikovinka, va Balkonnoye
chuda 9,5-9,7 kg ni tashkil etgan. Tajribada eng kam hosil tо‘plagan namunalar Guliver va
Quality seed navlari (5,5-6,2 kg/m

2

) bо‘ldi va tovarbop hosil ulushi 85,4-86,1 foizni tashkil

etdi. Tajribada albatta cherri pomidor о‘simligining turli xil nav namunalarining biologik
xususiyatlari, gullashi, changlanishi va hosil tо‘plash xususiyatlari bir biridan farqlanishi
kuzatildi.

Tajribada standart Marvarid naviga nisbatan Blek cherri, Krasniy slivovidniy, 1000

N2 pomidorki, Dikovinka, Medoviy kaskad, Krasniye busi va Balkonniy jeltiy F

1

nav

namunalari 14-55 foizga yuqori tovarbop hosil berganligi va hosil sifati yaxshi ekanligi
aniqlandi. Guliver va Quality seed navlari esa standartga nisbatan 43-35 foiz kam tovarbop
hosil berganligi aniqlandi (1-rasm).


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 164

1-rasm. Nav namunalari mevasining rangi, vazni va hosildorligini aniqlash.

2-rasm Cherri pomidor nav namunalarini issiqxonada yetishtirishda hosildorlik

kо‘rsatkichlarining korrelyatsion bog‘liqligi (2024y.).


Tovarbop hosil ulushi va tovarbop hosil kо‘rsatkichlar orasida о‘zaro о‘rta darajada

ijobiy korrelyatsion bog‘liqlik borligi kuzatilib, korrelyatsiya koeffitsiyenti r=0,94
(R

2

=0,8071) ga teng bо‘lib, yuqori darajada ijobiy bog‘lanish mavjudligini kо‘rsatdi.

Degustatsion bahosini aniqlashda issiqxonada yetishtirilgan cherri pomidor

mevalarining mazasi rangi va mava sifatlari bо‘yicha bahosida namunalar aro katta
farqlanish bо‘lmadi. Barcha nav namunalarining degustatsion bahosi 9,1-9,8 ballni tashkil
qildi. Bu albatta cherri pomidor mevalarining о‘ziga xos mazali ekanligi va shakl,
kо‘rinishi bilan degustatsion bahosi yuqori ekanligi kuzatildi. Nisbatan degustatsion bahosi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 165

yuqori bо‘lgan (9,8 ball) namunalar Medoviy kaskad, 1000 N2 pomidorki va Balkonniy
jeltiy F

1

da kuzatildi.

Tadqiqotda cherri pomidor nav namunalari mevalarining biokimyoviy tarkibi ham

aniqlandi. Bunda mevalardagi quruq modda, qand miqdori, vitamin S va nitrat miqdori
aniqlandi (3.10- jadvalga qarang).

Nav namunalari tarkibidagi quruq modda miqdori 6,1-7,0% ni tashkil etib, eng yuqori

kо‘rsatkich Blek cherri va Balkonnoye chuda navlarida 7,0 % ni tashkil qildi. Quruq modda
miqdori past bо‘lgan Medoviy kaskad va 1000 N2 pomidorki navlarida 6,1-6,2 % borligi
ma’lum bо‘ldi. Qolgan namunalarda nisbatan о‘rtacha 6,3-6,9 % ni tashkil etdi.

Qand miqdori nav namunalar aro Krasniye busi, Blek cherri va Balkonniy jeltiy F

1

nav namunalarda yuqori kо‘rsatkichni 5,8-5,9 % ni tashkil etgan bо‘lsa, qolgan navlarda
nisbatan past darajada 5,0-5,7 % qand miqdori aniqlangan.

Xulosa:

Shu bilan birga mevalar tarkibidagi S vitaminining miqdori esa nav

namunalari aro 29,8-33,8 mg% ni tashkil etdi. Eng yuqori kо‘rsatkich standart Marvarid
navida va Balkonnoye chuda navida 33,4-33,8 % ni tashkil etdi. Qolgan navlarda ushbu
kо‘rsatkichdan past bо‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Авдеев Y.И. Селекsиya томатов. – Киshинев: SHтиинsа, 1982. – 284 с.
2. Алпатьев А.В. Помидорi. М., “Московский рабочий”, - 1981. – 302 с.
3. Арамов М.Х. Eколого-генетические основi селекsии томата на устойчивост к

патогенном и адаптивнуyu способность. Автореф. дисс….доктора с-х. наук.
СПб., 1994.-48 с.

4. Асатова С.С. Влиyaние регулyaтора роста тетранила на рост, развитие и

урожайност томата и огурsа.// Автореф.канд.дисс. Таshкент.ТаshГАУ. 1995. С.6-
7.

5. Брежнев

Д.Д.

Томатi.

Л.:

Государственное

издательство

сельскохозyaйственной литературi, 1955. – 351 с.

6. Бо‘риев Х.Ч, Сабзавот eкинлари селекsиyaси ва уруg‘чилиги. – Тоshкент.

Меhнат, 1999. – Б. 16-25.

7. Жуковский П.М. Культурнiе растениya и их сородичи. -3-е изд. Л., «Колос».

1971. - С. 265-272.

8. Колмiкова Т.С. Влиyaние продолжительности обработки семyaн регулyaторами

роста на продуктивност сельскохозyaйственнiх растений. // Автореферат на
соискание ученое степени кандидат сельского хозyaйственнiй наук. – Саратов.
СГУ, 2002. – 16 С.

Bibliografik manbalar

Авдеев Y.И. Селекsиya томатов. – Киshинев: SHтиинsа, 1982. – 284 с.

Алпатьев А.В. Помидорi. М., “Московский рабочий”, - 1981. – 302 с.

Арамов М.Х. Eколого-генетические основi селекsии томата на устойчивост к патогенном и адаптивнуyu способность. Автореф. дисс….доктора с-х. наук. СПб., 1994.-48 с.

Асатова С.С. Влиyaние регулyaтора роста тетранила на рост, развитие и урожайност томата и огурsа.// Автореф.канд.дисс. Таshкент.ТаshГАУ. 1995. С.6-7.

Брежнев Д.Д. Томатi. – Л.: Государственное издательство сельскохозyaйственной литературi, 1955. – 351 с.

Бо‘риев Х.Ч, Сабзавот eкинлари селекsиyaси ва уруg‘чилиги. – Тоshкент. Меhнат, 1999. – Б. 16-25.

Жуковский П.М. Культурнiе растениya и их сородичи. -3-е изд. Л., «Колос». 1971. - С. 265-272.

Колмiкова Т.С. Влиyaние продолжительности обработки семyaн регулyaторами роста на продуктивност сельскохозyaйственнiх растений. // Автореферат на соискание ученое степени кандидат сельского хозyaйственнiй наук. – Саратов. СГУ, 2002. – 16 С.