Mualliflar

  • Toʻychiyeva Hanifa Mamatqulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.128847

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim davlat muassasalari ta’lim sifati islohotlar tarbiyachilar inklyuziv ta’lim raqamlashtirish zamonaviy metodika.

Annotasiya

Annotatsiya. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarning intellektual, axloqiy va jismoniy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ushbu muassasalarda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodikalarni joriy etish, tarbiyachilar malakasini takomillashtirish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tamoyillari asosida imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham qulay muhit yaratilmoqda. Davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar, xalqaro tajribalarni o‘rganish va mahalliy sharoitga moslashtirish orqali maktabgacha ta’lim sifati yildan-yilga yaxshilanmoqda. Bu islohotlar bolalarning keyingi bosqichlardagi ta’limga tayyorligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 158

DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARINING

TA’LIMDAGI O‘RNI VA BUGUNGI KUNDA TASHKILOTDA

AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Toʻychiyeva Hanifa Mamatqulovna

Jizzax viloyati Zarbdor tumani

11-son DMTT tarbiyachisi

Annotatsiya.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarning intellektual,

axloqiy va jismoniy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda ushbu
muassasalarda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodikalarni joriy etish, tarbiyachilar
malakasini takomillashtirish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tamoyillari asosida
imkoniyati cheklangan bolalar uchun ham qulay muhit yaratilmoqda. Davlat tomonidan
ajratilayotgan mablag‘lar, xalqaro tajribalarni o‘rganish va mahalliy sharoitga
moslashtirish orqali maktabgacha ta’lim sifati yildan-yilga yaxshilanmoqda. Bu islohotlar
bolalarning keyingi bosqichlardagi ta’limga tayyorligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, davlat muassasalari, ta’lim sifati, islohotlar,

tarbiyachilar, inklyuziv ta’lim, raqamlashtirish, zamonaviy metodika.

Аннотация.

Государственные дошкольные образовательные учреждения

играют важную роль в интеллектуальном, нравственном и физическом развитии
детей. Сегодня в этих учреждениях реализуются масштабные реформы,
направленные на повышение качества образования, внедрение современных
методик, повышение квалификации педагогов и ускорение процессов
цифровизации. Также для детей с ограниченными возможностями здоровья
создается благоприятная среда на основе принципов инклюзивного образования.
Качество дошкольного образования повышается из года в год благодаря
государственному финансированию, изучению международного опыта и адаптации
к местным условиям. Эти реформы способствуют укреплению готовности детей к
дальнейшему образованию.

Ключевые слова:

дошкольное образование, государственные учреждения,

качество

образования,

реформы,

педагоги,

инклюзивное

образование,

цифровизация, современные методики.

Abstract.

State preschool educational institutions play an important role in the

intellectual, moral and physical development of children. Today, large-scale reforms are
being implemented in these institutions to improve the quality of education, introduce
modern methodologies, improve the qualifications of educators and accelerate the
processes of digitization. Also, a favorable environment is being created for children with
disabilities based on the principles of inclusive education. The quality of preschool


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 159

education is improving year by year through state funds, study of international experience
and adaptation to local conditions. These reforms serve to strengthen children’s readiness
for further education.

Keywords:

preschool education, state institutions, quality of education, reforms,

educators, inclusive education, digitization, modern methodology.

KIRISH

Maktabgacha ta’lim inson hayotidagi eng muhim ilk bosqichlardan biri bo‘lib,

bolalarning shaxs sifatida shakllanishi, intellektual salohiyatining rivojlanishi, shuningdek
ijtimoiy-psixologik va jismoniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Aynan shu davrda
olingan sifatli ta’lim va tarbiya bola kelgusida maktab ta’limini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, maktabgacha ta’lim
tizimi har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti va ijtimoiy hamda iqtisodiy
rivojlanishining ajralmas qismi sifatida e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida esa ushbu sohani rivojlantirish davlat siyosatining

muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim
muassasalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar zamirida ta’lim-
tarbiya sifatini oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhitni shakllantirish, tarbiyachi-
pedagoglar malakasini yuksaltirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda
tizimni raqamlashtirish kabi ustuvor vazifalar mujassam.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

O‘zbekiston Respublikasida 2019 yil 8 may kuni qabul qilingan PQ–4312-sonli qaror

asosida “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” kontsepsiyasi ishlab
chiqilgan. Ushbu konseptual hujjat maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha
aniq maqsadlar, asosiy vazifalar, ustuvor yo‘nalishlar hamda o‘rta va uzoq muddatli
rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi. Shuningdek, u sohaga oid rivojlantirish dasturlari
va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur kontsepsiyani amaliyotga joriy etish jarayonida, maktabgacha ta’lim

tashkilotlarining oldida yosh avlodning aqliy, intellektual, estetik, jismoniy va ma’naviy
salohiyatini oshirishga qaratilgan faoliyatlarni yanada takomillashtirish dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Bu borada pedagog rahbarlar jamiyat tomonidan yoshlarga nisbatan
qo‘yilayotgan ta’lim va tarbiya bo‘yicha ijtimoiy buyurtmaning bosh ijrochilari sifatida
maydonga chiqmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishda asosiy

mezonlardan biri — komil inson tarbiyasini ta’minlashda "shaxs manfaatlari va ta’lim
ustuvorligi" kabi masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘lib, bu borada
R.H. Jo‘rayev, J.G‘. Yo‘ldoshev, S. Turg‘unov, R. Safarova, M. Yuldashev, Sh.A.
Abdullayeva va Y.M. Asadov kabi olimlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda [4;
24,27-b].


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 160

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy va estetik dunyoqarash shakllanishi aynan

shu bosqichda boshlanadi. Shu boisdan, maktabgacha ta’lim tizimini kengaytirishga
qaratilgan ishlar yanada faollashmoqda. Rejalarga ko‘ra, yaqin yillarda maktabgacha
ta’limga qamrab olingan bolalar soni 65 foizga yetkazilishi, 2023 yilgacha esa bu
ko‘rsatkich 75 foizga yetishi ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun
davlat budjetidan 600 milliard so‘m subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘
hisobiga yana 2 mingga yaqin nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi va
xususiy sektorning ulushi 25 foizgacha oshiriladi.

2021 yilda esa 6 yoshli 560 ming nafar bola, ya’ni ushbu yoshdagi bolalarning 82

foizi, maktabga tayyorlovning bepul tizimiga jalb etiladi. Qolaversa, olis hududlardagi
bolalar uchun maktabgacha ta’limning turli shakllari kengaytiriladi. Ayniqsa, imkoniyati
cheklangan bolalar uchun ta’lim olish imkonini beruvchi “uyda ta’lim” tizimi yo‘lga
qo‘yiladi. Shuningdek, kelgusi yilda 30 ta yangi maktab qurilishi, 320 ta maktabda esa
ta’mirlash ishlari va moddiy-texnik bazani yaxshilash uchun 2 trillion so‘m ajratilishi
ko‘zda tutilgan [1].

TAHLIL VA NATIJALAR

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ilk pog‘onasi bo‘lib, bolani sog‘lom

va har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida shakllantirish, unda o‘qishga qiziqish
uyg‘otish va tartibli o‘qitishga tayyorlash jarayonini ta’minlaydi. 6–7 yoshgacha bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya jarayoni davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari,
shuningdek, oilaviy muhitda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasi –
bolalarni boshlang‘ich maktabga tayyorlash, ularning salomatligi, mustaqilligi, shaxsiy
qobiliyatlarini rivojlantirish va tizimli ta’limga intilishlarini shakllantirishdan iborat.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lig‘i va xavfsizligi maktabgacha

ta’lim tashkilotlari, ularda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari hamda sog‘liqni saqlash
tizimiga biriktirilgan mutaxassislar tomonidan kafolatlanadi. Davlat maktabgacha ta’lim
muassasalari (DMTM) jamiyatda quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:

Ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat – Bola aynan shu bosqichda nutq, tafakkur, mustaqil

fikrlash, jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni egallaydi;

Ijtimoiy moslashuv – Maktabgacha ta’lim muhitida bola ijtimoiylashadi, o‘z

tengdoshlari bilan muloqotga kirishadi va jamiyatga moslashadi;

Maktabga tayyorgarlik – Davlat bog‘chalari bolalarni maktab bosqichiga puxta

tayyorlaydi;

Inklyuziv ta’lim yondashuvi – Oxirgi yillarda imkoniyati cheklangan bolalar uchun

alohida guruhlar tashkil etilmoqda;

Ijtimoiy institut sifatida faoliyat yuritish – Bog‘chalar oilaviy tarbiyani to‘ldiruvchi

va boyituvchi ijtimoiy institut rolini bajaradi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

76-son 1–to’plam Iyul-2025

Sahifa: 161

Hozirgi kunda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar

quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:

Yangi huquqiy-me’yoriy asoslarning joriy etilishi – “Maktabgacha va maktab ta’limi

to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi orqali davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi
hamkorlik mustahkamlandi, sifat standartlari belgilandi;

Davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish – 2020-yildan boshlab davlat-xususiy

sheriklik asosida ko‘plab bog‘chalar ochilib, bu esa raqobat va sifatning oshishiga sabab
bo‘lmoqda;

Raqamlashtirish va IT texnologiyalarni tatbiq etish – “Bolalar bog‘chasi” axborot

tizimi orqali elektron navbat va onlayn ro‘yxatga olish imkoniyati yaratilgan;

Tarbiyachilar malakasini oshirish – DMTM tarbiyachilari va metodistlari uchun

muntazam malaka oshirish dasturlari va xorijiy mutaxassislar ishtirokida treninglar
o‘tkazilmoqda;

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish – Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus

guruhlar, logopedik va psixologik xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda [5; 46-b].

XULOSA

Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari O‘zbekiston

ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, bilimli, axloqan yetuk va har tomonlama
rivojlangan yosh avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Hozirgi paytda amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ushbu sohani takomillashtirish, bolalarga sifatli va
zamonaviy ta’lim-tarbiya berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Davlat
bog‘chalari mamlakatning ma’naviy va intellektual salohiyatini shakllantiruvchi asosiy
ijtimoiy institutlardan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda erishiladigan yutuqlar esa mazkur
tizimga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ajratilayotgan mablag‘ va professional yondashuv
darajasiga chambarchas bog‘liqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"
da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarini o‘rganish bo‘yicha" ilmiy uslubiy risola.
Toshkent. "Ma’naviyat". 2017 yil. 193 -bet

2. Abdullayev Yo. Jahon oliy maktabi: qiyosiy tahlil. T.,2001 567-b
3. Isaqulova N.J, Qosimova Z.H. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim(ma’ruza) T., 2011. C-

4556,458

4. Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. "Tafakkur bo‘stoni".

Toshkent.2013 yil. 24-27-betlar.

5. Ziyayeva M. Innovative teaching methods of the russian language //Modern

scientific research. - 2019. - Т. 46.

6. Ziyayeva M. F. Teaching a foreign language using computer technologies //Science

And World. - 2013. - Т. 46.

Bibliografik manbalar

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarini o‘rganish bo‘yicha" ilmiy uslubiy risola. Toshkent. "Ma’naviyat". 2017 yil. 193 -bet

Abdullayev Yo. Jahon oliy maktabi: qiyosiy tahlil. T.,2001 567-b

Isaqulova N.J, Qosimova Z.H. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim(ma’ruza) T., 2011. C- 4556,458

Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. Toshkent. "Tafakkur bo‘stoni". Toshkent.2013 yil. 24-27-betlar.

Ziyayeva M. Innovative teaching methods of the russian language //Modern scientific research. - 2019. - Т. 46.

Ziyayeva M. F. Teaching a foreign language using computer technologies //Science And World. - 2013. - Т. 46.