Mualliflar

  • Toshmanov X.A

Muallif biografiyasi

  • Toshmanov X.A

     O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya
    akademiyasi tinglovchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133759

Kalit so‘zlar:

davlat-xususiy sherikchilik ijtimoiy soha investitsion loyihalar institular.

Annotasiya

 Davlatning yangi tizimni joriy qilishda albatta faoliyatini
tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish talab qilinadi.
Bunda, mavjud holat va xaorij tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Respublikadagi davlat-xususiy sherikchilik amaliyotining huquqiy faoliya va
nazariy asoslari tadqiq qilingan. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

117

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY

VA NAZARIY ASOSLARI

Toshmanov X.A

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya

akademiyasi tinglovchisi

Annotatsiya.

Davlatning yangi tizimni joriy qilishda albatta faoliyatini

tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish talab qilinadi.
Bunda, mavjud holat va xaorij tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Respublikadagi davlat-xususiy sherikchilik amaliyotining huquqiy faoliya va
nazariy asoslari tadqiq qilingan.

Kalit so’zlar:

davlat-xususiy sherikchilik, ijtimoiy soha, investitsion

loyihalar, institular.


Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi davlat olib borayotgan

boshqaruv

talablariga

muvofiq bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish dasturlari va shu asosda tarmoqlar, hududlarni rivojlantirish
bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jamiyatdagi gumanitar
muammolarni hal etish jumladan ishsizlik muammosini bartaraf etishga
qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish, aholining turli qatlamlari huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish albatta davlat xusuxiy
sherikchilik asosida amalga oshirilishi ayni muddao hisoblanadi.

Bugungi rivojlanish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-

xususiy

sheriklik

to‘g‘risida”gi

Qonuni,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash
jarayonida fuqarolik institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 5430-sonli tarixiy Farmoni va oxirgi ikki yilda qabul qilingan
boshqa me’yoriy - huquqiy hujjatlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini
yanada rivojlantirish, ularning mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir [1].

Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat organlari o‘rtasidagi

munosabatlarni

bugungi

islohotlar

talablarga

muvofiq

rivojlantirish

zaruriyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat
tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda ishlab chiqish
mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat o‘rtasidagi
hamkorlikni ijtimoiy sheriklik asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Iqtisodiyotda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va

mulk ulushida xususiy mulkning ustuvorligi aholini ijtimoiy himoya qilishning
ayrim sohalarida, inovatsion faoliyatni rivojlantirishda, oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlash kabi bir qator tarmoqlarda davlat va xususiy mulkning hamkorligini
talab etadi. Bu jarayonda esa davlat xususiy sherikligi yuzaga keladi.

Shu o’rinda hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va

farmoyishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26- aprelda qabul


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

118

qilingan [2], 2019-yil 3-mayda “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risi”dagi qonun
ma’qullangan [3], O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish
tartibini takomillashtirish to’g’risi”dagi qarori, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga
oshirishni

jadallashtirish

va

ularni

moliyalashtirish

tartibini

yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi qarori ayni muddaodir. Bunda,
ushbu faoliyatni tadqiq qilishni muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda.

S. E. Elmirzaev va boshqalar ta’kidlaganidek “DXSH Zamonaviy bozor

iqtisodiyoti sharoitida DXShgi mamlakat va hududiy miqyosidagi iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishning samarali vositasi bo’lib, davlat va mahalliy boshqaruv
organlari tomonidan nazoratni ushlab turish va xususiy sektor bilan samarli
iqtisodiy hamkorlikni o’rnatishga qaratilgan investitsion loyihalarga mablag’lar
jalb qilish va amalga oshirish vositasi hisoblanadi. DXSh asosidagi investitsion
loyihalarda xususiy sektor davlat tomonidan belgilangan shartlar va talablar
asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish vazifalarini
amalga oshiradi” [4].

Iqtisodchi olim Djumaniyazov fikriga ko`ra “DXSH – amaldagi qonunlar

doirasida davlatning uzoq muddatli strategik vazifalari va maqsadlaridan kelib
chiqqan holda, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli xil iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy, madaniy va boshqa tavakkalchiliklar, xavf-xatarlar, risklarni taqsimlash
asosida xususiy sektor bilan aholi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, kerak bo’lsa, siyosiy
ahamiyatga molik obyektlarni qurish yoki shu asnodagi ijtimoiy xizmatlarni
ko’rsatish uchun xususiy sektor bilan amalga oshiradigan tom ma’nodagi o’zaro
manfaatli aloqalaridir.”[5]

Shuningdek, rus olimi Beliskayani fikriga ko`ra “Davlat-xususiy sektor

hamkorligi-davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining bevosita davlat manfaatlari va nazorati sohasidagi ob’ektlarga
nisbatan o’zaro manfaatli hamkorligi, muhim davlat va jamoat ahamiyatiga ega
bo’lgan loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlar o’rtasidagi
xavflarni taqsimlashni nazarda tutadi” deb ta`riflagan[6].

Xorijiy va mahalliy olimlarning tariflari va tasniflaridan kelib chiqqan

holda, DXSh bu – Davlat va muayyan sektor tomonidan davlat infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishda yoki modernizatsiya qilish uchun ikki tomonlama
tuzilgan aniq muddatli shartnomadir.

DXShning afzalliklaridan biri yangi ish o`rni yaratib, o`sha hududning

iqtisodiy-ijtimoiy infrastrukturasini yaxshilaydi. Shuningdek, sohaning ushbu
sohadagi harajatlarni qisqartirib, iqtisodning raqobatbardoshligini oshiradi.
Hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida DXSH ning o`rni katta. Bu iqtisodiy
o`sish hudud transporti va kommunikatsiya, ishlab chiqarish, sanoat obektlari
infratuzilmasi va aholining bandligini oshirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, davlat-xususiy sherikchilik amaliyoti davlatning ijtimoiy

loyihalarini xususiy sektor bilan hamkorlikda amalga oshirish orqali davlat


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

119

budjetiga tushadigan moliyaviy yukni o’tqazish hamda fiskal risklarni
taqsimlash maqsadidagi tizimdir.

Foydalanilgan Adabiyotlar ro’yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni

demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining rolini tubdan oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 5430-sonli Farmoni. https://lex.uz/search/all?actnum=5430&lang=3

2.

O’zbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sherikligi to’g’risidagi O’RQ-537-

son Qonuni. 2019 yil 10 may.

https://lex.uz/docs/4329270

3.

O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda

qabul qilingan 2019-yil 3-mayda “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risi”dagi qonun.

https://lex.uz/docs/-4329270

4.

Elmirzaev S.E., Shavkatov N.Sh. Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining ilg’or

xorij tajribalari va mamlakatimizda qo’llash istiqbollari. “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy
elektron jurnali. № 3, iyun,2019 yil

5.

Djumaniyazov Umrbek Ilxamovich. Davlat-xususiy sherikchiligi asosida korporativ

boshqaruvni rivojlantirishning ayrim nazariyuslubiy masalalari. Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2017 yil

6.

Белиская, А.В. Правовые формы государственно–частного партнерства в

России и зарубежных странах / А.В. Белиская // Предпринимателское право. – 2009. –
Н2. – С.21–27

7.

Klichev, B. (2014). Бошқарув ҳисобида баҳо шакллантиришни

такомиллаштириш масалалари. Молия, 2014(5), 10–15.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10522860

8.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2023). DIGITAL ECONOMY AND CHANGES

IN BUSINESS ANALYSIS. International Journal of Research in Finance and Marketing
(IJRFM), 13(12), 47-52. Retrieved from

https://euroasiapub.org/wp-

content/uploads/IJRFM4Dec2023-Uzb.pdf

9.

Қличев, Б. (2022). Истеъмолчи манфаатлари асосида маҳсулотга баҳо

шакллантириш масалалари таҳлили

.

Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar, 4 (20)-сон, 170-

175.

10.

Ibragimov Gayratjon Artikovich, Kurbanbaev Jurabek Eruvbayevich,

Mukhiddinova Barno Gafurjanovna. (2019). The main differences between IFRS and NSA.
International Finance and Accounting, 3(13), 1-12. Retrieved from

https://core.ac.uk/download/pdf/285998049.pdf

11.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2023). DIGITALIZATION OF THE

ECONOMY AND OPERATIONAL SAFETY. International Journal of Research in
Economics and Social Sciences(IJRESS), 13 (11), 95-101. Retrieved from

https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRESS10-Nov2023-Uzb.pdf

12.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). EKSPORT-IMPORT

OPERATSIYALAR HISOBI NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI .
World Scientific Research Journal, 23(2), 215–222. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3034

13.

Самадова Наргиза Расуловна. (2024). КОРХОНА ИҚТИСОДИЙ

САЛОҲИЯТИНИНГ КОМПЛЕКС ТАҲЛИЛИ COMPLEX ANALYSIS OF THE
ECONOMIC COMPETENCE OF THE ENTERPRISE . World Scientific Research Journal,
23(2), 174–181. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3030

14.

Gayratjon Ibragimov. (2024). TIJORAT BANKLARIDA MBMB TIZIMINI

JORIY ETISH MASALALARI . World Scientific Research Journal, 23(2), 223–230.
Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3035


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

120

15.

Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда операцион

фаолиятида ишлаб чиқариш ҳажмини ифодаловчи кўрсаткичлар таҳлили.

Scientific

Journal of “International Finance & Accounting

, (2), 2181-1016.

16.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). MUQOBIL IQTISODIYOTNI

SHAKLLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR . World Scientific Research
Journal, 23(2), 231–238. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3036

17.

Қличев, Б. (2021, ноябрь 19). Ички аудит хизмати фаолиятида иқтисодий

таҳлилни такомиллаштириш масалалари. Рақамли иқтисодиёт шароитида солиқ
маъмуриятчилиги ва халқаро солиққа тортиш механизмини такомиллаштириш.
Халқаро конференция материаллари тўплами. Тошкент, Ўзбекистон.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10531234

18.

Самадова Наргизза Расуловна. (2024). ХЎЖАЛИК ЮРИТУВЧИ

СУБЪЕКТЛАР ИҚТИСОДИЙ САЛОҲИЯТИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ ВА БАҲОЛАШ.
World Scientific Research Journal, 26(3), 95–104. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3252

19.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). BIZNES JARAYONLARNI

OPTIMALLASHTIRISH YO’NALISHLARI . World Scientific Research Journal, 23(2),
239–246. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3037

20.

Қличев, Б. (2021). Хўжалик юритувчи субъектларда ишбилармонлик

фаоллиги таҳлили

.

Актуар молия ва бухгалтерия ҳисоби, 1 (3)-сон, 1-9. Retrieved from

https://finance.tsue.uz/wp-content/uploads/2021/06/4.-Қличев-Б.pdf

21.

Қличев, Б. (2021). Инновацион фаолиятда асосий воситалар таҳлилини

ташкил этиш масалалари. Инновацион иқтисодиёт: муаммолар, таҳлил ва ривожланиш
истиқболлари. Қарши, Ўзбекистон.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10531216

22.

Қличев, Б. (2021, сентябрь 30). Меҳнат мотивациясида моддий

рағбатлантириш таҳлили. Молия-банк тизимида илм-фан,таълимнинг инновацион
инфратузилмасини шакллантириш ва ривожлантиришда тошкент молия институтининг
ўрни. Конференция материаллари тўплами, Тошкент, Ўзбекистон.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10531256

23.

Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ОПЕРАЦИОН ФАОЛИЯТ

НАТИЖАЛАРИНИ ИФОДАЛОВЧИ КЎРСАТКИЧЛАР ТАҲЛИЛИ. World Scientific
Research Journal, 21(1), 182–188. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2876