BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
112
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK MUNOSABATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR JIHATLARI
Toshmanov Xamdamjon Abdumalikovich
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya
akademiyasi tinglovchisi
Annatotsiya.
Iqtisodiy rivojlanishda mavjud innovatsion yondashuvlar
muhim ahamiyatga. Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarida
rivojlanishning ustuvor yo’nalishlarini tadqiq qilish dolzarb xisoblanadi. Hamda
xorijiy olimlar va davlatlar tajribasi rivojlanayotgan davlatlar asosiy vositadir.
Kalit so’zlar:
davlat-xususiy sherikchilik, inson kapitali, ta’lim tizimi,
innovatsiya, integratsiya.
Yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishda mamlakatda inson kapitali tomonidan
yaratilgan qo‘shimcha qiymatlar ulushi yuqori bo‘lishi yangi iqtisodiy
nazariyaning asosi hisoblanadi. Bunda ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa
ijtimoiy sohalar muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda ta’lim tizimi uchun
zamonaviy infratuzilmaning mavjud bo‘lishi, shu bilan bir qatorda, mavjud
infratuzilma obyektlarida samaradorlikni ta’minlash va boshqaruvning yangi,
innovatsion usullarini qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’lim tizimini yetarlicha infratuzilma
bilan ta’minlash, moliyalashtirishning yangi manbalarini izlab topish ta’lim
sohasida boshqaruvning samarali usullaridan foydalanishda davlat-xususiy
sherikchilik munosabatlari tobora rivojlanib, yangi mazmun kasb etmoqda.
Davlat-xususiy sherikchilik munosabatlari infratuzilma bilan bog‘liq xizmatlarni
ko‘rsatishning miqdor jihatdan ko‘payishi va sifat jihatdan yaxshilanib borishi
davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlar majmuidir.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2022–2026
yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022
yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmonida ham [1] ta’lim tizimida davlat-xususiy
sherikchilik munosabatlarini amalga oshirish masalalariga alohida ahamiyat
qaratiladi. Farmonning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 105-
bandiga muvofiq, davlat-xususiy sherikchilik asosida energetika, transport,
sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va
boshqa sohalarga qiymati qariyb 14 mlrd dollardan iborat bo‘lgan 154 ta davlat-
xususiy sherikchilik loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
2022–2026
yillar
davomida
ta’lim sohasida amalga oshirilishi
rejalashtirilgan 6 ta yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish
ishlari olib borilmoqda. Bunda davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarining
ta’lim tizimi uchun asosiy yo‘nalishlari va ustuvorliklarini aniqlab olish,
shuningdek, sheriklik munosabatlarida hukumatning ahamiyat qaratishi lozim
bo‘lgan masalalarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi [1].
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
113
Shuningdek, xorijiy olimlarning DXSh asoslari bo‘yicha fiklari birqator
ijobiy hisoblanadi. Davlat-xususiy sherikchilik munosabatlari tushunchasi ta’lim
tizimiga yaqinda kirib kelgan bo‘lishiga qaramasdan, so‘nggi yillarda ta’lim
tizimida ushbu munosabatlarning ahamiyati borasida tadqiqotlar soni oshib
bormoqda. S. Roberson va A. Verger o‘zining “Ta’lim tizimida davlat-xususiy
sherikchilik munosabatlari: yangi ishtirokchilar va globalizatsiya sharoitida
boshqaruvning yangi modeli” (“Public private partnerships in education: tew
actors and modes of governance in a globalizing world”) kitobida ushbu
munosabatlarning ta’lim tizimiga ta’siri va ahamiyatini keng miqyosda yoritib
berib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan: “Turli xil sharoitlarda DXSh
munosabatlari aholining barcha qatlamlariga ta’lim berish, ayniqsa, aholining
eng zaif qatlamlariga yangi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etishda innovatsion
yondashuv sifatida qabul qilinadi. Ko‘plab hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va
boshqa ta’lim sohasidagi tashkilotlar xususiy sherik bilan hamkorlik qilish orqali
o‘zlarining ta’lim tizimini yanada samarali, moslashuvchan va maqsadga
muvofiq usulda kengaytirishlari mumkin, deb hisoblashadi. Ushbu munosabatlar
ko‘p qirrali, zamonaviy ko‘rinishga ega, har qanday holatga tayyor bo‘lib,
innovatsion yechimlar sifatida jozibali ko‘rinish kasb etadi, shu bilan birgalikda,
loyihalarni amalga oshirishning qiziqarli va ahamiyatli usulidir [2].
Rivojlangan davlatlarda DXSh ning ta’lim tizimidagi yo‘nalishlari bo’yicha
Amerikada ta’lim muassasasi mulk huquqi davlat ixtiyorida saqlab qolinadi,
lekin mulkni boshqarish xususiy sektorga o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda,
ushbu mamlakatda kam ta’minlangan aholini ta’limga qamrab olish maqsadida
davlatning vaucher va subsidiya dasturlari mavjud [3]. Ushbu amaliyot davlat
mulkini tasarruf qilish imkoniyatlarini beradi. Hamda davlatlar uchun tajriba
muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, Buyuk Britaniyada davlat-xususiy sherikchilik munosabatlari
xususiy-moliyaviy tashabbus nomi bilan atalib, xususiy sektorning asosiy
vazifasi infratuzilmani qurish, moliyalashtirish va boshqarishdan iborat bo‘lib,
davlat bilan sheriklikda 30 yillik shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, kapital xarajatlarning 10 foizini tashkil etuvchi shaxslar, jamoat
yoki xususiy biznes tashkilotlari, diniy tashkilotlar yoki NNT tomonidan
“homiylik qilinadigan” maktablar mavjud. Bu davlatda biznes va universitetlar
tadqiqotlari o‘rtasidagi sheriklikni amalga oshirishda LINK dasturi muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu dastur 200 dan ortiq universitetlar va kichik, shuningdek, o‘rta
biznes tarmog‘ini o‘zida qamrab oladi [4].
Germaniyada davlat va xususiy sektor o‘rtasida sheriklik munosabatlari
infratuzilmani loyihalash, qurish, moliyalashtirish va boshqarish borasida 20-25
yil muddat davomida amalga oshiriladi [5]. Shuningdek, xususiy sektor
tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish, tozalash va komunnal xizmatlar taqdim
etiladi [6]. Xususiy sektor infratuzilmani quradi va moliyalashtiradi, loyiha
tugagandan keyin egalik huquqi davlatga o‘tkaziladi. Shu bilan birgalikda,
Koreyada ta’lim sifati va ijtimoiy tenglikni ta’minlash maqsadida davlat
subsidiya dasturlari amal qiladi [3]
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
114
Davlat-xususiy sherikchilik amaliyotining xorijiy tajribasida hukumat
xususiy sektorning moliyaviy imkoniyatlarini qullab-quvvatlashi lozim, lekin
uning tijorat faoliyatida muastqailligini ta’minlash talab qilinadi.
DHShdan samarali foydalanish Mamlakatda davlatning nazorat mexanizmi
hamda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan layoqati va umuman
olganda, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini qanday
olib borishga bog‘liq. Bunda hukumat quyidagi masalalarga aniqlik kiritib olishi
lozim. Juladan:
- Davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarida davlat xususiy sherigining
sohadagi nisbiy xarajatlari va foydali tomonlari, shuningdek, o‘zining
munosabatlardagi munosib o‘rniga baho berishi lozim;
- xususiy sektor faoliyati kafolatini ta’minlaydigan aniq, maqsadli va
ishonchli kriteriyalarni o‘rnatish;
- ta’lim tizimini moliyalashtirish masalasida davlat sektori va xususiy
sektor mablag‘larining integratsiyasida aniq maqsadlilik hamda mas’uliyatlilikni
ta’minlash;
- munosabatlarda teng ta’sir ko‘rsatish davlat-xususiy sherikchilik
munosabatlarining tabiati va mavjud bo‘lishining asosiy tamoyiliga aylanishi
kerak;
- munosabatlarda shaffoflik, mulk himoyasi va shartnomaviy talablarni
ta’minlaydigan huquqiy mexanizmning mavjud bo‘lishi;
- davlat-xususiy sherikchilik munosabatlari yuzasidan qabul qilinadigan
qonun hujjatlarining umumiy mohiyati, undagi tushunchalarning aniqligi, shu
bilan birgalikda, qonunlar ijrosi yuzasidan mexanizmning mavjud bo‘lishi;
-
davlat-xususiy
sherikchilik munosabatlarini o‘rnatish jarayoni
korrupsiyadan xoli bo‘lishi lozim. Ushbu munosabatlar tartibga solinar ekan va
kamchiliklar bartaraf qilinar ekan tizim o’z yo’nalishida barqaror rivojlanadi.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
1.
O‘zbekiston Resrublikasi Rrezidentining qarori 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, 28.01.2022 yildagi RF-
60-son
2.
LaRocque N. Public-private partnerships in basic education. International Review.
Available
at:
https://olcstage.worldbank.org/sites/default/files/CfBT_LaRocque_PPPs%20in%20Basic%20
Education%20An%20International%20Review_0.pdf/.
3.
A guidebook on public-private partnership in infrastructure. Economic and social
Comission for Asia and Pacific. Bangkok, UNESCAP, 2011, p. 76. Available at:
4.
Patrinos H.A., Barrera-Osorio F., Guaqueta J. The role and impact of public-private
partnerships in education. The International Bank for Reconstruction and Development. The
World Bank, 2009.
5.
German PPP Schools Study. The Global Infrastructure Hub (GI Hub). Available at:
https://www.
gihub.org/quality-infrastructure-database/case-studies/german-ppp-schools-
study-2019/. 14. PPP Schools Frankfurt. Case study. German Federal Ministry of Finance.
Available
at:
https://
unece.org/fileadmin/DAM/ceci/ppt_presentations/2011/TOS_PPP3/German_PPP_case_study.
pdf/.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
115
6.
Robertson S.L., Verger A. Public private partnerships in education: New actors and
modes
of
governance
in
a
globalizing
world.
Available
at:
https://www.researchgate.net/publication /292583612/
7.
Самадова Н.Р. Хўжалик юритувчи субъектлар иқтисодий салоҳияти
тушунчаси ва унинг назарий асослари. // Бизнес эксперт (илмий-амалий журнал). –
Тошкент, - №4. 2021. – 87-91 б. (08.00.00; №4)
8.
Самадова Н.Р. Хўжалик юритувчи субъектларда иқтисодий салоҳиятни
ифодаловчи кўрсаткичлар таҳлилининг амалий жиҳатлари // Scientific Journal of
“International Finance & Accounting” 3∕2023.
9.
Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2023). DIGITAL ECONOMY AND CHANGES
IN BUSINESS ANALYSIS. International Journal of Research in Finance and Marketing
(IJRFM), 13(12), 47-52. Retrieved from
content/uploads/IJRFM4Dec2023-Uzb.pdf
10.
Ibragimov Gayratjon Artikovich, Kurbanbaev Jurabek Eruvbayevich,
Mukhiddinova Barno Gafurjanovna. (2019). The main differences between IFRS and NSA.
International Finance and Accounting, 3(13), 1-12. Retrieved from
https://core.ac.uk/download/pdf/285998049.pdf
11.
Klichev Bakhtiyor Pardayevich. (2022). ISSUES OF PRODUCT PRICING IN
THE ANALYSIS OF OPERATIONAL. Пандемия шароитида иқтисодиёт, молия ва
бошқарувда рақамли трансформация жараёнлари (IV ФОРУМ «ЭКОНОМИКА В
МЕНЯЮЩЕМСЯ МИРЕ» 2022 май КАЗАНЬ-ТАШКЕНТ), Казань-Ташкент.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6641015
12.
Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2023). DIGITALIZATION OF THE
ECONOMY AND OPERATIONAL SAFETY. International Journal of Research in
Economics and Social Sciences(IJRESS), 13 (11), 95-101. Retrieved from
https://euroasiapub.org/wp-content/uploads/IJRESS10-Nov2023-Uzb.pdf
13.
Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ХЎЖАЛИК ЮРИТУВЧИ
СУБЪЕКТЛАРДА ОПЕРАЦИОН ЦИКЛ ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ
МАСАЛАЛАРИ . World Scientific Research Journal, 16(1), 196–203. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2718
14.
Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). EKSPORT-IMPORT
OPERATSIYALAR HISOBI NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI .
World Scientific Research Journal, 23(2), 215–222. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3034
15.
Gayratjon Ibragimov. (2024). TIJORAT BANKLARIDA MBMB TIZIMINI
JORIY ETISH MASALALARI . World Scientific Research Journal, 23(2), 223–230.
Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3035
16.
Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ОПЕРАЦИОН ФАОЛИЯТ ТАҲЛИЛИНИ
ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ . World Scientific Research Journal, 12(2), 263–271.
Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2557
17.
Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда операцион
фаолиятида ишлаб чиқариш ҳажмини ифодаловчи кўрсаткичлар таҳлили.
Scientific
Journal of “International Finance & Accounting
, (2), 2181-1016.
18.
Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). MUQOBIL IQTISODIYOTNI
SHAKLLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR . World Scientific Research
Journal, 23(2), 231–238. Retrieved from
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
116
19.
Тулаев, М. С., & Кличев, Б. П. (2022). ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ
УЧЕТА КОРПОРАТИВНЫХ ОБЛИГАЦИИ: ОБЯЗАТЕЛЬСТВО ИЛИ КАПИТАЛ.
In Учет, анализ и аудит: их возможности и направления эволюции (pp. 146-154).
20.
Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). BIZNES JARAYONLARNI
OPTIMALLASHTIRISH YO’NALISHLARI . World Scientific Research Journal, 23(2),
239–246. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3037
21.
Қличев
Бахтиёр
Пардаевич.
(2023).
ОПЕРАЦИОН
ФАОЛИЯТ
НАТИЖАЛАРИНИ ИФОДАЛОВЧИ КЎРСАТКИЧЛАР ТАҲЛИЛИ. World Scientific
Research
Journal, 21(1),
182–188.
Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2876