BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
190
KOMPANIYALAR FAOLYATIDAGI MARKETING
RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISH
Komilov Nodir
O‘zbekiston Respublikasi
Bank-moliya akademiyasi magistranti
Annоtatsiya.
Mazkur maqolada marketing risklari, ularni boshqarishning
zamonaviy usullari, dastaklari, boshqaruv samaradorligi, natijaga ta’sir etishda
muhim tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar.
Marketing, risk, risklarni boshqarish, boshqaruv
samaradorligi, rahbar organlar, rahbar organlar ish samaradorligi, risklarni, risk
menejmenti.
Marketing risklarini boshqarishni takomillashtirish kompaniyalar uchun
zamonaviy biznesning murakkab va dinamik muhitini boshqarish uchun
zarurdir.
Marketing riski marketing faoliyatidan kelib chiqadigan salbiy
oqibatlarning potenialini, shu jumladan moliyaviy yo‘qotishlarni, obro‘ga putur
yetkazishni va me’yoriy hujjatlarga rioya qilmaslikni anglatadi. Ushbu xavflarni
boshqarishga bo‘lgan yondashuvni kuchaytirish orqali kompaniyalar o‘z
aktivlarini himoya qilishlari, marketing strategiyalarini optimallashtirishlari va
pirovardida bozorda raqobatbardoshligini oshirishlari mumkin.
Marketing
risklarini
boshqarishni
takomillashtirishning
muhim
jihatlaridan biri potensial xavflarni aniqlash va baholashdir. Bu kompaniyaning
marketing maqsadlariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni aniqlash uchun
bozor tendeniyalari, iste’molchilarning xatti-harakatlari, raqobatchilarning
faoliyati va tartibga soluvchi o‘zgarishlar kabi turli omillarni chuqur tahlil
qilishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, kompaniyalar xavflarni kamaytirish
bo‘yicha mustahkam strategiyalarni ishlab chiqishga ham e’tibor qaratishlari
kerak. Bu xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini va ular amalga oshsa, ularning
potenial ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni
taqazo etadi.
Shuningdek, samarali muloqot va hamkorlik marketing risklarini
boshqarishni takomillashtirishning muhim elementlari hisoblanadi. Tashkilot
bo‘ylab bo‘limlar, shu jumladan marketing, moliya, huquqiy va muvofiqlik,
xavflarni to‘liq tushunish va kamaytirish strategiyalarini muvofiqlashtirish
uchun birgalikda ishlashi kerak. Hamkorlik va oshkoralik madaniyatini
rivojlantirish orqali kompaniyalar xavflarni yanada samaraliroq hal qilish uchun
o‘z kompaniyasining jamoaviy tajribasidan foydalanishlari lozim.
Doimiy monitoring va baholash ham marketing risklarini boshqarishni
takomillashtirishning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shu sababli,
kompaniyalar ushbu o‘zgarishlarga samarali moslashish uchun risklarni
boshqarish strategiyalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqishlari va tuzatishlari
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
191
kerak.
Ushbu tadqiqot mavzusi hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri
bo‘lganligi sababli ko‘plab savollar paydo qilmoqda. Misol qilib quyidagi
savollarni keltirishimiz mumkin:
1.
Bozor tamoyillari asosida faoliyatni yo‘lga qo‘yishda marketing
muammolari va ularni xal etishda klassik yondashuvlarini qanday baholaysiz?
2.
Marketing faoliyatida risklarni baholash usullari va yo‘llari?
3.
Marketing risklarini boshqarishning tarmoq korxonalarining o‘ziga
xos xususiyatlari qanday?
4.
Marketing risklarini boshqarishda zamonaviy qarashlar va ularning
muhim jihatlari?
5.
Risklarni boshqarishda rejalashtirish, nazoratni yo‘lga qo‘yishning
muhim muammolari?
Risk ta’rifi bo‘yicha shuni ta’kidlash kerakki, kundalik hayotda, biznesda
va boshqaruvda risk bilan bog‘liq tushunchalar juda noaniqdir. Risk so‘zining
ma’nosini terminologik o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, uning kelib chiqishi
ispancha-portugal tilidan kelib chiqqan holda “suv ostidagi tosh”, ya’ni
kutilmagan xavf, xatarni anglatadi.
Marketing riski - bu turli omillar va qarorlar tufayli ko‘zlangan
maqsadlarga erishish va berilgan vazifalarni bajarmaslik ehtimoli hisoblanadi.
Marketing riski - bu natijalarni bashorat qilishda noaniqlik darajasi va talab
qilinadigan harakatlar majmuasidir.
Donni qayta ishlash korxonalarida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish
ushbu korxonalarning muvaffaqiyati va rentabelligiga ta’sir qilishi mumkin
bo‘lgan turli marketing risklarini keltirib chiqaradi. Ushbu sohada yangi
mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy marketing xatarlari
quyidagilardan iborat:
Marketing xatarlarini bartaraf etish donni qayta ishlash korxonalaridan
puxta rejalashtirish, bozor tadqiqotlari va strategik qarorlar qabul qilishni talab
qiladi. Bozorni puxta tahlil qilish, iste’molchilarning xohish-istaklarini
tushunish va tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha ishonchli strategiyalarni
amalga oshirish orqali korxonalar ushbu xavflarning ta’sirini yumshata oladi va
yangi mahsulot ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi.
Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik
faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas’uliyat
va o‘zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga
yo‘naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati
deb ta’rif beriladi.
Ko‘p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik,
faol izlanuvchanlik, jo‘shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi.
Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo‘lib, to‘liq asosli
holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat
yutuqlarini ta’minlash uchun o‘z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi,
chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o‘zgartirishga,
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
192
narx, iste’molchilar doirasi va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Muammolar yechimining turli yo‘llarini topish, tanlash va o‘zgartirish
faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo‘ladi. Shu sabab
tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy
faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo‘ladi. Biznesni
tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi,
bozor munosabatlariga o‘tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” –
tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk
menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan
sifatida o‘qitilmoqda.
Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari
obektiv va subektiv jihatlari, o‘zaro munosabatlari va mazmunini anglash
turlicha tavsiflangan.
Tavakkalchilikning mohiyati to‘g‘risidagi xilma-xil fikrlar ko‘p hollarda bu
hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo‘jalik faoliyati qonuniyatlarida uning
to‘liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv
faoliyatida yetarlicha qo‘llanilmasligi bilan sharhlanadi.
Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba’zida
hatto qarama-qarshi real holatlar yig‘indisidan iborat murakkab jarayondir.
Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so‘ziga ekvivalent sifatida olinadi.
Endi
“risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba’zi-bir
yondashuvlarni qarab chiqamiz.
Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug‘atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy
va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet
eniklopediyasi va Sovet eniklopedik lug‘atining oxirgi nashrlarida, besh tomli
falsafiy eniklopediya va falsafiy eniklopedik lug‘atda hamda “Ilmiy-texnik
taraqqiyot lug‘ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda
“risk” to‘risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati)
imkoniyat degan ta’rif keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda
ham shunday hol ko‘zatiladi.Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga
quyidagicha ta’rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan
variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lish
ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka
ma’lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida
qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lishi yoki daromadning olinmasligi hamda
tashkilot tomonidan o‘z resurslarini yo‘qotish ehtimolligini anglash deb ta’rif
beriladi.
Yuqorida keltirilgan barcha ta’riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar
ko‘rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Lekin
keltirilgan ta’riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to‘liq
ifodalay olmaydi.
“Tavakkalchilik” ta’rifini to‘liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
193
vaziyati” tushunchasiga ta’rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita
“tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir.
Biz rus lug‘atida qabul qilingan “risk” so‘zini “tavakkalchilik” deb tarjima
qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o‘zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o‘zini
ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so‘zi «Risk»ni to‘la
mazmunini o‘zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o‘zbek tilida qaysi so‘zni
tanlashni ko‘rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun
imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb
ta’rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish
uchun imkoniyat yaratish yoki unga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o‘rin tutadi.
Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya’ni
mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo‘lmagan
vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.
Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan
aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa u tavakkalchilik vaziyati bo‘ladi.
Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subekt tanlov o‘tkazadi va
uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash
aynan shu jarayonda o‘z ifodasini topadi. Subektning faoliyat rejasi esa bu
jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o‘z ifodasini topadi. Amalga
oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo‘lganidek, amalga
oshirish bosqichida ham mavjud bo‘ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq
vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish
usuli bilan subekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday
sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik»
tushunchasining ta’rifi ancha to‘liq ifodalanadi. Tavakkalchilik- bu omadsizlik
holatida vaqtincha tanlovga qadar bo‘lgan holdan ham yomon vaziyatda bo‘lish
imkoniyati mavjud bo‘lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat
(xatti-harakat)dir. Bu ta’rifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda,
alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
Bizning fikrimizcha tavakkalchilikning ancha to‘liq ta’rifi «Tavakkalchilik
va uning jamiyat hayotidagi roli» kitobida berilgan.
Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf
etish bilan bog‘liq jarayonda ko‘zlangan natijalarga erishish omadsizlik va
maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati
mavjud holdagi faoliyatidir.
«Tavakkalchilik»- hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-tanlangan muqobillikni (alternativni) amalga oshirish maqsadida
ko‘zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi;
-ko‘zlagan natijaga erishishning ehtimolligi.
-ko‘zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‘qligi)
-muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog‘liq
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
194
moddiy, ma’naviy va boshqa yo‘qotishlarning mavjudligi.
Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan
chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy
xislatda bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot natijasida olingan fikr, xulosa, amaliy taklif va ilmiy
tavsiyalar kelajakda milliy iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda,
donni qayta ishlash korxonalarida marketing, xususan, marketing risklarini
boshqarishda va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda, ular foliyatining
me’yoriy, iqtisodiy va moliyaviy asoslarini tashkil etishda muhim manba bo‘lib
xizmat qiladi, deyishimiz mumkin
.
Donni qayta ishlash korxonalarida marketing risklarini samarali
boshqarishga doir amalga oshirgan tadqiqotlarimiz asosida quyidagi xulosalar,
taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
Xulosalar:
risklarni boshqarish juda muhim: marketing risklarini samarali
boshqarish korxonalar uchun noaniqliklarni bartaraf etish, potenial tahdidlarni
yumshatish va bugungi dinamik bozor sharoitida imkoniyatlardan foydalanish
uchun juda muhimdir.
doimiy baholash asosiy hisoblanadi: paydo bo‘layotgan tahdidlarni
aniqlash, bozor o‘zgarishlarini oldindan bilish va shunga mos ravishda
strategiyalarni moslashtirish uchun marketing xatarlarini muntazam ravishda
baholash va baholash zarur.
funkiyalararo hamkorlik masalalari: Bo‘limlar o‘rtasidagi hamkorlik
marketing risklarini yumshatish bo‘yicha keng qamrovli strategiyalarni ishlab
chiqish uchun turli istiqbollar va tajribalardan foydalangan holda risklarni
boshqarishga yaxlit yondashuvni rivojlantiradi.
texnologiya samaradorlikni oshiradi: Risklarni boshqarish dasturiy
ta’minoti va tahlil vositalari kabi texnologik echimlardan foydalanish xavflarni
baholash jarayonlarini soddalashtiradi, ma’lumotlarning ko‘rinishini oshiradi va
real vaqt rejimida marketing xatarlarining monitoringini osonlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. -T.: O‘zbekiston, 01.05.2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” gi Qonuni. O‘zbekiston
Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 - yil 14- noyabrda qabul qilingan va Senat
tomonidan 2011 - yil 5- dekabrda ma’qullangan.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlash
korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 829-sonli qarori. 30.09.2019 yil.
4.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoni.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʼljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-sonli farmoni, 28.01.2022
y.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
195
6.
Yo‘ldoshev N.Q. “Strategik menejment”.O‘quv qo‘llanma.T.: Cho‘lpon/, 2022
yil, 350-bet.
7.
Рахимов, М. Ю., Мавланов, Н. Н., & Каландарова, Н. Н. (2022).
Экономический анализ. Учебник.
Т.:«Экономика-Финансы
.
8.
Raximov, M. Y. (2015). Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. O
‘quv qo‘llanma.
T.:“Iqtisod-moliya
.
9.
Рахимов, М. Ю., & Рузмаматов, А. К. (2024). Янги лойиҳалар
бошқарувидаги иқтисодий дастакларни такомиллаштириш.
World scientific research
journal
,
23
(2), 362-375.
10.
Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik. Т.: lqtisod-:
Moliya, 2019. -736 b.
11.
Smith, J., Johnson, A., & Williams, B. (2018). Marketing Risk Management: A
Framework for Assessing, Managing, and Mitigating Risk in Marketing Activities. Journal of
Marketing Research.
12.
Chen, L., Wang, Y., & Liu, Q. (2019). Quantifying Marketing Risks: A Survey-
Based Approach. Journal of Marketing.
13.
Gupta, S., Sharma, R., & Singh, M. (2020). An Empirical Study of Marketing
Risk Management Practices in the Pharmaceutical Industry. International Jurnal of
Pharmaceutical and Healthcare Marketing.
14.
Li, X., Zhang, H., & Wang, J. (2021). Exploring the Relationship Between
Marketing Risk Management and Firm Performance: Evidence from the Retail Industry.
Journal of Retailing and Consumer Services.
15.
Sabirjanova
D.,
Tulyaganova
Sh.
Sovershenstvovanie
korporativnogo
upravleniya// Rыnok, dengi i kredit.-2021.-№3.-S.62-64.
16.
Martin G., Xetrik S. “Korporativnыe reputasii, brending i upravlenie
personalom”. Uchebnik. M.:: «Gruppa IDT», 2022. – 23-s.
17.
Kotler P., Armstrong G., Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson
Education Limited” nashriyoti. 2014 yil. 45-bet.
18.
Ergashxodjaeva Sh.J. Strategik marketing. –T.:TDIU, 2022.102-bet.
19.
Sharifxo‘jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O‘qituvchi”, 2019. –
B.702.
20.
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining milliy
qonunchilik bazasi).
21.
(O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining sayti).
22.
(O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining
sayti).
23.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti).