Mualliflar

  • Mamatqulov Akram Xalmurodovich

Muallif biografiyasi

  • Mamatqulov Akram Xalmurodovich

     Toshkent davlvt iqtisodiyot universiteti
    Moliyaviy tahlil kafedrasi dotsenti
    G-mail: mamatkulovakrom629@gmail.com
    ORCID: 0000-0002-0529-5042 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133783

Kalit so‘zlar:

xarajat tannarx daromad qayta ishlash korxonalari харажатлар hisobi tahlil ikkilamchi mahsulot.

Annotasiya

 Maqolada qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va
tahlilining uslubiy asoslarini takomillashtirishning muhim jixatlari yoritilgan 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

186

QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA XARAJATLAR HISOBI VA

TAHLILINING USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING

MUHIM JIXATLARI

Mamatqulov Akram Xalmurodovich

Toshkent davlvt iqtisodiyot universiteti

Moliyaviy tahlil kafedrasi dotsenti

G-mail:

mamatkulovakrom629@gmail.com

ORCID: 0000-0002-0529-5042


Annotatsiya:

Maqolada qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va

tahlilining uslubiy asoslarini takomillashtirishning muhim jixatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar

: xarajat, tannarx, daromad, qayta ishlash korxonalari,

харажатлар hisobi, tahlil, ikkilamchi mahsulot.

Yangi O‘zbekiston bugungi kunda mavjud xom-ashyo resurslardan unumli

foydalanib, korxonalarda modernizatsiya ishlarini olib borish va yangi
texnologiyalar asosida mahsulotlar yaratib, xalqaro bozorlariga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish
maqsadida qayta ishlash korxonalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

Qayta

ishlash korxonalari faoliyatini iqtisodiyotdagi o‘rni nimalardan iborat. Bizga
ma’lumki, bu korxonalar xom-ashyo resurslarni qayta ishlab yangi turdagi
mahsulotlarni yaratadi. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar biz iste’molchilar uchun
hamda jaxon bozorida eksport salohiyatimizni oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuning uchun Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda qayta ishlash
korxonalari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratish bilan birga unga bir qancha
vazifalarni ham yuklamoqda. «Mamlakatimizdagi mavjud resurs va imkoniyatlarni
safarbar etgan holda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot
hajmini yanada oshirishni maqsad qilganmiz. Jumladan, «xom-ashyodan – tayyor
mahsulotgacha» degan tamoyil asosida drayver sohalarda klaster tizimini
rivojlantirish»

1

va «Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish

sur’atlarini ta’minlash»

2

kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab qo‘yilgan. Ushbu

dolzarb vazifalardan kelib chiqib, qayta ishlash korxonalari faoliyatidagi
“xarajatlar hisobi va tahlili”ga e’tibor qaratmoqchimiz. Faoliyatdagi xarajatlar
qaysi maqsadlar va vazifalar uchun amalga oshirilishi, bu xarajatlar ortida
korxona uchun qanday natijalar kutilayotganini aniqlash muhim. Ya’ni har
qanday qayta ishlovchi korxona, qaysi xom-ashyo resurslardan mahsulot
ishlab chiqarish uchun o‘ziga xos xarajatlarni talab qiladi. Ular quyidagilardan
iborat bo‘ladi:

1.Ta’minot jarayonidagi xarajatlar;

1

Yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali

marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz» nutqi. Xalq so‘zi.06.11.2021y.

2

2022—2026 yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekistonning tara

qq

iyot strategiyasi» to‘

g‘

risida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli Farmoni


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

187

2.Ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlar;
3.Sotish jarayonidagi xarajatlar.
Yuqoridagi uchta jarayonlar har birida bir qancha xarajat elementlari

mavjud bo‘lib, ular korxona faoliyatida o‘ziga xos vazifalarni amalga oshirishga
xizmat qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda “xarajatlar hisobi va tahlili” bo‘yicha
asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish kesimidagi (jarayonidagi) xarajatlarga
qaratiladi. Bunda xarajatlar elementlariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Moddiy xarajatlar;

2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
3. Yagona ijtimoiy to‘lov;
4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
5. Boshqa har xil xarajatlar. Ushbu xarajatlar orqali faqat asosiy

faoliyatidagi mahsulot tannarxi shakllanadi. Qayta ishlash korxonalarida bunday
xarajatlar faoliyat natijasida olingan har bir mahsulotning tannarxini to‘liq
shakllantirib berolmaydi. Ushbu korxonalarda xom-ashyolarni qayta ishlash
natijasida bir turdagi mahsulotlardan tashqari boshqa mahsulotlar ham paydo
bo‘ladi. Ularni ikkilamchi mahsulot yoki texnologik jixatdan chiqindi sifatida
qarab, e’tibor berishmaydi. Qayta ishlash korxonalarida amalga oshirilgan
xarajatlarga e’tibor qaratsak, ularning taqsimoti olingan har bir mahsulot uchun
qanday va qancha qiymatga ega bo‘lishini aniqlash zarur. Ya’ni olingan har bir
mahsulotni tannarxini to‘g‘ri shakllantirish yoki olinayotgan daromadlarning
ulushi har bir mahsulotga qanchadan to‘g‘ri kelishi, ularning har qaysisi korxona
uchun qanchadan foyda yoki zarar olib kelishi korxona uchun muhimdir. Asosiy
muammoli masalalar ham shunda. Ko‘pgina korxonalar ushbu xarajatlarni ko‘p
qismini asosiy (operatsion) faoliyati bo‘lgan mahsulotga taqsimlaydi. Qolgan
ikkilamchi mahsulotlari bo’yicha esa taqsimlash tartibi qanday bo‘lishi hamda
faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni aniqlanishi qiziqtiradi. [1]

Bu kabi o‘z yechimini kutayotgan mavjud holatlarga munosabat qanday

bo‘lishi korxona e’tiboridan albatta chetda qolmaydi. Bundan tashqari korxona
faoliyatida boshqa xarajatlar ham borki, ular korxona faoliyatiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ular

quyidagilar:

1.“Korxonani ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish” xarajatlari bo‘yicha:

kredit olish, investitsiyalar kiritish va moliyaviy mablag‘larni yig‘ish vazifalari
amalga oshirilgandan so‘ng paydo bo‘ladigan foizli xarajatlari;
2.Korxona faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lgan “zarar” xarajati. Chunki
yuqoridagi ushbu xarajatlar qayta ishlash korxonalari uchun mavhum bo‘lgan
ko‘rsatkichlarni ifodalaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qayta ishlash korxonalarining muxim jixatlarini
inobatga olgan holda, xarajatlar hisobini

va tahlilini uslubiy asoslarini

takomillashtirish borasida muallif tomonidan quyidagi xulosalar qilinadi:
1. Xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilishda xo‘jalik faoliyati bilan
bog‘liq barcha harajatlar va daromadlarning inobatga olinishi muhim
masalalardan biridir.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

188

2.. Faoliyat bilan bog‘liq barcha xarajatlarni olingan mahsulotlarga

to‘g‘ri

taqsimlash xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilishning zaruriy shartidir.

Ushbu xulosalar natijasida takliflar

i

quyidagicha:

1.

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqib, korxonadagi barcha xarajatlarini va daromadlarni bir-
biriga bog‘liqligini e’tiborga olish;

2.

Hisob siyosatini shakllashtirishda qo‘shimcha ishchi analitik schyotlarni
ishlab chiqish;

3.

Xarajatlar va daromadlar texnologik zanjirini ishlab chiqarishni butun
tarkibi bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish zarur. Bu esa sof foyda
ko‘rsatkichiga ta’sirini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1.

Mamatqulov A.X. (2024). Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish hisobi va

tahlilini

takomillashtirish.

Jahon

ilmiy

tadqiqot

jurnali,

26(3),

132–140.

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3256.

2.

Mamatqulov A.X.(2023). Paxtani qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish

xarajatlari

bo‘yicha

tannarxni

hisoblash

usullarini

takomillashtirish

https://gospodarkainnowacje.pl

index phpissue_view_32articleview1910

3.

Mamatqulov A.X. (2022). Paxtani qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish

faoliyati bo`yicha xom ashyo va materiallar hisobini takomillashtirish.

Scientific Journal of

“International Finance & Accounting

, Issue 6, December 2022

4.

Рахимов, М. Ю., & Рузмаматов, А. К. (2024). Янги лойиҳалар

бошқарувидаги иқтисодий дастакларни такомиллаштириш.

World scientific research

journal

,

23

(2), 362-375.

5.

Raximov, M. Y. (2015). Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. O

‘quv qo‘llanma.

T.:“Iqtisod-moliya

.

6.

Klichev, B. (2024, февраль 23). Inson kapitalini rivojlantirishda ishchilar harakati

tahlili. Ilm-fan taraqqiyotida mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni
qisqartirish, Farg'ona, O'zbekiston.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10901976

7.

Чориев И.Х. (2023).

Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни аниқлашда

таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий жиҳатлари

.

Scientific Journal of

“International Finance & Accounting

, Issue 1, February 2023..

8.

Қличев, Б. (2021, май 21). Маҳсулот (иш, хизматлар) га баҳо шакллантириш

масалалари. Бухгалтерия ҳисоби ва аудиторлик фаолиятини халқаро стандартлар
асосида ташкил этишнинг долзарб масалалари.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647005

9.

Сагдиллаева, З. А., & Файзиев, У. Ш. (2023). АНАЛИЗ И ОЦЕНКА

ФИНАНСОВОГО ПОЛОЖЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЙ. In

Бухгалтерский учет, анализ и

аудит: история, современность и перспективы развития

(pp. 201-207).

10.

Қличев, Б. (2021, май 21). Ўзбекистонда ишбилармонлик фаоллиги

таҳлилини ташкил этиш. Бухгалтерия ҳисоби ва аудиторлик фаолиятини халқаро
стандартлар асосида ташкил этишнинг долзарб масалалари.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10646960

11.

Рахимов, М. Ю., Мавланов, Н. Н., & Каландарова, Н. Н. (2022).

Экономический анализ. Учебник.

Т.:«Экономика-Финансы

.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

189

12.

Қличев, Б. (2021, май 5). Ишбилармонлик фаоллиги индекси таҳлили.

Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va istiqbollari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647021

13.

Чориев И.Х. (2023).

Молиявий инвестициялар ҳисобини

такомиллаштириш

.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

, Issue 2,

April 2023.

14.

Қличев, Б. (2022, сентябрь 16). Операцион фаолият таҳлилида харидор

танлови асосида маҳсулотга баҳо шакллантириш масалалари. Инновацион ёндашув
асосида молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартларини жорий этиш.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647059

15.

Сагдиллаева, З., Чориев, И., Максмудов, А., & Юлдашева, Ю. (2007).

Экономический анализ.

16.

Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2024). Ишчилар қўнимсизлиги таҳлили.

World

Scientific Research Journal

,

23

(2), 287–294. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3042

17.

Pardayevich, K. B. (2022). ANALYSIS OF PRODUCT PRICING BASED ON

PRODUCT PARAMETERS AND CUSTOMER CHOICE.

Journal of new century

innovations

,

6

(1), 67-79

18.

Mamatqulov A.X. (2023). Paxtani qayta ishlash korxonalarida xarajatlarini

boshqarish va hisobga olish usullari.

Moliya ilmiy jurnali, 3-сон

.