Mualliflar

  • Uzakov Utkir Abdusattarovich

Muallif biografiyasi

  • Uzakov Utkir Abdusattarovich

     Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar
    Universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” kafedrasi katta oʻqituvchisi
    e-mail:utkir.uzoqov@gmail.com 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133792

Kalit so‘zlar:

Raqamli iqtisodiyot savdo korxonalari buxgalteriya hisobi axborotlar debitorlik va kreditorlik qarzlar soliq statistika avtomatlashtirish samaradorlik bulutli texnologiyalar.

Annotasiya

 Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo korxonalarida
buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, korxonalarda zamonaviy dasturlardan foydalanish
hamda ushbu dasturlardan foydalangan holda ish va vaqt unimdorligini oshirish kabi
masalalar ochib berilgan. Qolaversa xatolarni oldini olish va buxgalteriya hisobi
ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni tez va sifatli axborot bilan ta’minlash yoritilgan. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

280

SAVDO KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI

AVTOMATLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

Uzakov Utkir Abdusattarovich

Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar

Universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” kafedrasi katta o

ʻ

qituvchisi

e-mail:utkir.uzoqov@gmail.com

Annotatsiya

: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo korxonalarida

buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, korxonalarda zamonaviy dasturlardan foydalanish
hamda ushbu dasturlardan foydalangan holda ish va vaqt unimdorligini oshirish kabi
masalalar ochib berilgan. Qolaversa xatolarni oldini olish va buxgalteriya hisobi
ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni tez va sifatli axborot bilan ta’minlash yoritilgan.

Kalit soʻzlar

: Raqamli iqtisodiyot, savdo korxonalari, buxgalteriya hisobi, axborotlar,

debitorlik va kreditorlik qarzlar, soliq, statistika, avtomatlashtirish, samaradorlik, bulutli
texnologiyalar.


O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qununing 4-moddasida

takidlanganidek, buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar
asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va
umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va
boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.[1]

Umuman olganda buxgalteriya hisobi asosan axborotlar bilan ishlanganligi sababli, bu

axborotlar savdo korxonalarida ish jarayonlari ketishi va vaqt o‘tishi bilan ulkan ma’lumotlar
bazasiga aylanib ketadi, shu sababli ham bu ma’lumotlardan tez va sifatli hamda samarali
foydalanish kerak bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar ulkan ma’lumotlardan tez va qulay
foydalanishda bizlarga yaxshi yechim hisoblanadi.

Xozirgi zamon globalashuv jarayonida raqamli texnologiyalar kundan kun rivojlanib

bormoqda, xususan savdo korxonalarining buxgalteriya hisobini yuritishda turli xil
dasturlardan keng foydalanish ish va sifat samaradorligini anchagina oshiradi. Bu zamonaviy
dasturlardan foydalanishda nafaqat buxgalteriya hisobini yuritishda, savdo korxonalarining
deyarli barcha bo‘lim va pog‘onalarida, turli qismlarida foydalanish ko‘plab samara beradi.
Savdo korxonalari ko‘plab mijozlar bilan ishlaganligi sababli, ishlar tez, samarali va qulay
bo‘lishi kerak. Mijozlar xar doim xaq deganlaridek, savdo korxonalarining mijozlari tezroq va
qulayroq bo‘lgan joyga intiladi. Raqobat sharoitida bozorda omon qolish va rivojlanish uchun
albatta xar qanday savdo korxonalari zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali
foydalanishlari kerak hisoblanadi va buni ko‘plab korxonalar yaxshi tushunadi va bundan
samarali foydalanadi.

Maqolaning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari,

Prezidentimizning qaror va farmonlari, asarlari va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Vazirliklar, Davlar qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari, buxgalteriya hisobiga oid
milliy va xalqaro standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, xorijda va Respublikamizda chop
qilingan ilmiy ishlar, darsliklar va qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, internet tarmog‘i
materiallari hamda izlanishlar olib borilgan korxonalarning amaliy materiallari tashkil etadi.

Savdo korxonalarida axborotlar bilan ishlashda ko‘p vaqt, kuch va mablag‘ sarflanadi.

Manashu moammolarga raqamli texnologiyalar va zamonaviy dasturiy maxsulotlarni
qo‘llagan holda savdo korxonalarini avtomatlashtirish yaxshi va oqilona yechim hisoblanadi.

Buxgalteriya jarayonini avtomatlashtirish bu qo‘lda va ko‘p vaqt talab qiladigan turli xil
buxgalteriya vazifalari va jarayonlarini yaxshilaydigan dasturiy ta’minotni amalga oshirishni
anglatadi. Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish natijasida quyidagi
imkoniyat va qulayliklarni beradi:


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

281

Ulkan ma’lumotlar bilan tez va samarali ishlash;

Inson xatolarini kamaytirish;

Turli xil qog‘ozvozliklarni qisqartish;

Masofadan turib ishlash;

Axborotdan foydalanuvchilar va qaror chiqaruvchi shaxslarga tezda ma’lumotlarni

yetkazish;

Ulkan ma’lumotlarni “bulutli” serverlarda saqlash;

Analitik ma’lumotlarni idroq qilish va tushunush uchun qulay bo’lgan shaklda taqdim

etish (diagrammalar, grafiklar, jadvallar) [2];

Asosiy hujjatlardagi rekvizitlarni avtomatik to‘ldirish [3];

Boshqaruv va bo‘ysunuvchilar, tashkilot bo‘linmalari o‘rtasida darxol ma’lumot

almashish [2.3];

Bitta ma’lumot ustida bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi foydalanishi;

Bir nechta omborlardagi qoldiqlarni real vaqt rejimida kuzatish;

Debitorlik va kreditorlik qarzlar vaqtlarini avtomatik eslatib turish;

Turli xil soliq, statistika va boshqa hisobotlarni tezda topshirish.

Yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklardan tashqari savdo korxonalarini avtomatlashtirish

natijasida xodimlar sonini qisqartirish va ularga to‘lanadigan xaqlarni tejab qolish,
hisobotlarni tayyorlashda vaqtni kam sarflash, tovarlarning qaysi qismi ko‘proq sotilishini
kuzatish, mijozlar xatti-harakatini bilish va boshqa ko‘plab samaradorliklarga erishish
mumkin. Ushbu hisobotlar resurslarni qayerga taqsimlash haqida yaxshiroq qaror qabul
qilishga yordam beradi.

Xozirgi kunda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish oid juda ko‘plab turli xil dasturlar

mavjud bo‘lib. Bularga: 1C, 1UZ, SAP, QuickBooks, Xero, FreshBooks va boshqa ko‘plab
dasturlarni kiritish mumkin.

Bu dasturlarni yangilangan versiyalari bir qancha qulayliklarni yaratib kelmoqda. Misol

uchun:

o

Siz

elektron

hisob-fakturalar

bilan

to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastur orqali

almashishingiz mumkin

o

Soliq hisobotining barcha shakllari avtomatik tarzda shakllantirilib, to‘g‘ri

my.soliq.uz personal kabinetiga jo‘natilishi mumkin

o

To‘lovlarni boshqarish uchun endi bank-mijozni ochishning hojati yo‘q. Bank

bilan o‘zingizning dasturingizdan ishlashingiz mumkin [4].

Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishdan asosiy sabablaridan biri bu-vaqt. Bu

kompyuter dasturlari o‘rtacha odam bir kunda qila oladigan narsani bir daqiqada bajarib
berishidir. To‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar bilan bir necha daqiqa yoki soniya ichida murakkab
hisobotlarni yaratishingiz mumkin. Natijada, ishingizni bajarish uchun siz hatto elektron
jadval yoki kalkulyatorga tegishingiz shart emas. Aksariyat korxonalarda vaqtni tejash pulni
tejashga teng sanaladi [5].

Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan yechimlari buxgalterning vaqtini va kuchini

tejashga yordam beradi. Korxonaning buxgalteriya jamoasi endi natijalarni tezroq va aniqroq
berishi mumkin. Bu ko‘proq mijozlarni jalb qilish va bozorda korxonaning ishtirokini
kengaytirish imkoniyatini oshiradi.

Avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobining maqsadi buxgalteriya mutaxassislariga

yordam berishdir. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish qo‘lda bajariladigan vazifalarni
avtomatlashtirish orqali hisob jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish uchun
mo‘ljallangan. Avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi yoki kompyuterlashtirilgan
buxgalteriya dasturi sifatida ham tanilgan ushbu tizimlar buxgalterlarning ish jarayonlarida
samaradorlikni oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish
korxonalarda ajoyib natijalar beradi: ish haqi, kreditorlik qarzlari, xaridlar va hatto oy


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

282

oxiridagi turli xil hisobotlarni tez va aniq bajariladi, bu jarayonlar ko‘pincha hech qanday
odam ishtirokisiz bajariladi. Xozirgi kunga kelib deyarli dunyoning xamma davlatlarida
korxonalar avtomatlashtirilmoqda va raqamli iqtisodiyotga jadallik bilan o‘tilmoqda desak
bo‘ladi. Shu o‘rinda bizning yurtimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda davlatimiz
tomonidan bir nechta ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda va qo‘llab-quvatlanib kelinmoqda.
Bu borada Prezidentimizning 2020-yil 05-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-
6079-son Farmonini ham keltirib o‘tishimiz muhim hisoblanadi [6].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni (yangi

tahrir) 13.04.2016, O‘RQ 404-son.

https://lex.uz/ru/docs/-2931253

2.

Razzaqova

D.A.

“raqamli

iqtisodiyot

sharoitida

buxgalteriya

hisobini

avtomatlashtirishning roli va ahamiyati” Scientific progres Volume 2 |ISSUE 8| 2021, 245

3.

https://www.venkonbuhgalteriya.uz/uz/

4.

Randy Johnston “Digitalization, automation, and technology adoption” 12.01.2023

https://www.k2e.com/articles/digitalization-automation-and-technology-adoption/

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 05-oktabrdagi “Raqamli

O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi PF-6079-son Farmoni,

https://lex.uz/docs/-5030957

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 06-sentabrdagi “Sаvdo vа xizmаt

ko‘rsаtish sohаsidаgi hisob-kitoblаr tizimigа zаmonаviy аxborot texnologiyalаrini joriy qilish
hаmdа ushbu sohаdа jаmoаtchilik nаzorаtini kuchаytirish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi PF-
5813-son farmoni,

https://lex.uz/docs/4502381

7.

Самадова Н.Р. Хўжалик юритувчи субъектлар иқтисодий салоҳияти тушунчаси
ва унинг назарий асослари. // Бизнес эксперт (илмий-амалий журнал). –
Тошкент, - №4. 2021. – 87-91 б. (08.00.00; №4)

8.

Самадова Н.Р. Хўжалик юритувчи субъектларда иқтисодий салоҳиятни
ифодаловчи кўрсаткичлар таҳлилининг амалий жиҳатлари // Scientific Journal
of “International Finance & Accounting” 3∕2023.

9.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2023). DIGITAL ECONOMY AND CHANGES IN
BUSINESS ANALYSIS. International Journal of Research in Finance and Marketing
(IJRFM), 13(12), 47-52. Retrieved from

https://euroasiapub.org/wp-

content/uploads/IJRFM4Dec2023-Uzb.pdf

10.

Ibragimov Gayratjon Artikovich, Kurbanbaev Jurabek Eruvbayevich, Mukhiddinova
Barno Gafurjanovna. (2019). The main differences between IFRS and NSA.
International Finance and Accounting, 3(13), 1-12. Retrieved from

https://core.ac.uk/download/pdf/285998049.pdf

11.

Klichev Bakhtiyor Pardayevich. (2022). ISSUES OF PRODUCT PRICING IN THE
ANALYSIS OF OPERATIONAL. Пандемия шароитида иқтисодиёт, молия ва
бошқарувда рақамли трансформация жараёнлари (IV ФОРУМ «ЭКОНОМИКА В
МЕНЯЮЩЕМСЯ МИРЕ» 2022 май КАЗАНЬ-ТАШКЕНТ), Казань-Ташкент.

https://doi.org/10.5281/zenodo.6641015

12.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2023). DIGITALIZATION OF THE ECONOMY
AND OPERATIONAL SAFETY. International Journal of Research in Economics and
Social Sciences(IJRESS), 13 (11), 95-101. Retrieved from

https://euroasiapub.org/wp-

content/uploads/IJRESS10-Nov2023-Uzb.pdf

13.

Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ХЎЖАЛИК ЮРИТУВЧИ СУБЪЕКТЛАРДА
ОПЕРАЦИОН ЦИКЛ ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ . World
Scientific Research Journal, 16(1), 196–203. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2718


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

283

14.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALAR
HISOBI NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI . World
Scientific Research Journal, 23(2), 215–222. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3034

15.

Gayratjon Ibragimov. (2024). TIJORAT BANKLARIDA MBMB TIZIMINI JORIY
ETISH MASALALARI . World Scientific Research Journal, 23(2), 223–230.
Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3035

16.

Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2023). ОПЕРАЦИОН ФАОЛИЯТ ТАҲЛИЛИНИ
ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ . World Scientific Research Journal, 12(2), 263–
271. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2557

17.

У.А. Нурманов. (2024). ЖОРИЙ АКТИВЛАРНИ ҚЎЛЛAШ ЖAPAЁНИДA
БOШҚAPИШ ФУНКЦИЯCИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. World Scientific
Research Journal, 26(3), 140–147. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3257

18.

Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда операцион
фаолиятида ишлаб чиқариш ҳажмини ифодаловчи кўрсаткичлар
таҳлили.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

, (2), 2181-1016.

19.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). MUQOBIL IQTISODIYOTNI
SHAKLLANTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR . World Scientific
Research Journal, 23(2), 231–238. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3036

20.

Тулаев, М. С., & Кличев, Б. П. (2022). ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ
УЧЕТА КОРПОРАТИВНЫХ ОБЛИГАЦИИ: ОБЯЗАТЕЛЬСТВО ИЛИ
КАПИТАЛ. In Учет, анализ и аудит: их возможности и направления
эволюции (pp. 146-154).

21.

Ibragimov Gayratjon Artikovich. (2024). BIZNES JARAYONLARNI
OPTIMALLASHTIRISH YO’NALISHLARI . World Scientific Research Journal,
23(2), 239–246. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3037

22.

Қличев

Бахтиёр

Пардаевич.

(2023).

ОПЕРАЦИОН

ФАОЛИЯТ

НАТИЖАЛАРИНИ ИФОДАЛОВЧИ КЎРСАТКИЧЛАР ТАҲЛИЛИ. World
Scientific

Research

Journal, 21(1),

182–188.

Retrieved

from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/2876