BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
276
XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARDA BOSHQARUV HISOBI
MODELINI YARATISH OMILLARI
Маnnapova Ra’no Abrorovna
TDIU “Budjet hisobi va g’aznachilik” kafedrasi, PhD., dotsent
Annotasiya. Ushbu maqolada bugungi global sharoitda mamlakatimizda
buxgalteriya hisobining ilmiy maqomi va mazmuni rivojlanishda boshqaruv hisobini
yuritishning yangi shakllari va relevant axborot hosil qilish vositalari va uni
takomillashtirishning muhim taklif, tavsiyalari beriladi.
Kalit so‘zlari.buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, relevant, adaptiv, selektiv,
depressiv holat, moliyaviy holat.
Yangi iqtisodiyotning turli jarayonlari (nomoddiy aktivlarning ommalashuvi,
qo’shimcha qiymat tarikibining o’zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar rivojlanishining
beqaror xususiyati, beqarorlik, fond va tovar bozorlarining real sektorga katta ta’siri va
b.), boshqaruv tizimlari e’tiborining hisob yuritishning qo’shilgan qiymatni
shakllantirish hamda moliyaviy, inson, intellektual, ishlab chiqarish, tabiiy va ijtimoiy
kapitalni o’zgartirish hisobidan pul oqimlarini hosil qilish mexanizmini ochib berishga
yo’naltirilgan yangi ob’yekti sifatida iqtisodiy sub’yektning biznes-modeliga
qaratilganligi katta ta’sir ko’rsatmoqda. Shu munosabat bilan boshqaruv hisobi
tizimining uning vositalarini shakllantiruvchi elementlarini va tegishli axborotlarni
hosil qilishga nisbatan muayyan yondashuvlarni tavsiflash muhim vazifa hisoblanadi.
Shuningdek, ularni muayyan iqtisodiy sub’yektning individual o’ziga xosligi omillari
sifatida belgilash mumkin, basharti ushbu omillarning ta’siri har bir muayyan iqtisodiy
sub’yekt uchun uning o’ziga xosligi va bozordagi vaziyatni imkon qadar hisobga
oluvchi boshqaruv hisobi tahliliy harakatlari va usullarining adaptiv-selektiv to’plamini
ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda, xususan umumiy ovqatlanish
korxonalarida boshqaruv hisobi vositalarini qo’llash amaliyotini o’rganish,
shuningdek, iqtisodiy sub’yektlarni boshqarish uchun tahliliy axborotni hosil
qilish masalalari negizida iqtisodiy jarayonlarning amaliy jihatlarini ko’rib
chiqish, iqtisodiy faoliyatning turli sohalaridagi korxonalarda boshqaruv
hisobining tizimli mohiyatini hosil qiluvchi uning elementlarining xilma-xilligi
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish imkonini berdi.
Boshqaruv qarorlarining samaradorligi ko’p jihatdan buxgalter-tahlilchi
tomonidan iqtisodiy sub’yekt faoliyatining individual xususiyatlari qay darajada
hisobga olinganligi bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan hisob-tahliliy harakatlarni
o’tkazishga nisbatan yagona yondashuvlarning qo’llanilishi har doim ham o’rinli
bo’lavermaydi va ko’pincha noto’g’ri boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga olib
keladi. Individual yondashuv iqtisodiy sub’yekt faoliyatining o’ziga xosligini belgilab
beruvchi omillarni imkon qadar to’liq hisobga olishdan iborat.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
277
Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, boshqaruv hisobi metodologiyasi ko’p
jihatdan korxona hayotiy siklining bosqichiga bog’liq bo’lib, rivojlanishning muayyan
bosqichida kompaniya strategiyasini amalga oshirish vositalarining tabaqalashtirilgan
majmuasidan foydalanishni nazarda tutadi.
Ba’zi tadqiqotlarda xarajatlarni hayotiy siklning bosqichlari bo’yicha
tasniflashga katta e’tibor qaratildi. Boshqaruv hisobi metodologiyasini
shakllantirish nuqtai nazaridan hayotiy sikl kontseptsiyasining mazmun-
mohiyatini ochib berish maqsadida boshqaruv hisobi usullarini institutsional-
evolyutsion yondashuv doirasida qo’llashning asosiy xususiyatlari ko’rib
chiqiladi va tavsiflanadi. Bu esa ishlab chiqariladigan mahsulot hayotiy siklining
turli bosqichlariga nisbatan, shuningdek iqtisodiy sub’ektning o’z hayotiy
siklining turli bosqichlarida hisob yuritish va tahliliy ishlarning o’ziga xosligini
aniqlash imkonini berdi.
Shunday qilib, mamlakat iqtisodiyotidagi turg’unlik jarayonlari alohida iqtisodiy
sub’ektlar faoliyatining pasayishiga olib kelishi tayin. Mikrodarajadagi siklik
o’zgarishlar makroiqtisodiy tahlili va monitoringining uyg’unlashtirilishi
iqtisodiyotdagi inqiroz holatining firmaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sirini
kamaytirish maqsadida oldini olish mexanizmini ishlab chiqish imkonini beradi.
Alohida biznes birliklarining bankrotligi ko’pincha boshqaruvning qoniqarsiz sifati
bilan emas, balki firma rivojlanish sur’atlarining makrodarajadagi iqtisodiy tizimning
rivojlanish sur’atlariga mos kelmasligi bilan bog’liq.
O’z navbatida, tizimning makrodarajadagi iqtisodiy o’sish bosqichida
menejerlar aholining iste’molning o’sishi, kredit stavkalarining arzonlashuvi,
investitsiyaviy
faollikning
oshishi,
texnologiyalar
va
asbob-uskunalar
ommabopligining oshishiga moyilligidan imkon qadar foydalanishlari kerak.
Iqtisodiy sub’ektning strategik maqsadi har qanday tashqi sharoitda yetarli
miqdordagi qo’shilgan qiymatni hosil qilish imkonini beradigan biznes modelini ishlab
chiqishdan iborat. Shu munosabat bilan biz tomonimizdan iqtisodiy sub’ekt va
umuman
davlat
(iqtisodiyot
sektori)
hayotiy
sikli
bosqichlarining
turli
kombinatsiyalaridagi hisob-tahliliy tizimning xususiyatlarini yaratish maqsadga
muvofiq degan xulosaga kelindi.
Tadqiqotimizda biz, asosan, iqtisodiy sub’yektning faoliyati uchun salbiy
tendentsiyalarni aniqlash va keyinchalik bartaraf etish maqsadida depressiv holat
bosqichidagi tashqi muhitni tashxislash zarurligiga tayanamiz. Mamlakatimiz
amaliyotda esa shunday yondashuv eng keng ommalashdiki, unga ko’ra inqirozga
qarshi choralarni amalga oshirish uchun moliyaviy ahvolning yomonlashuvi tashxisi
qo’yiladi. Inqiroz jarayonlari nafaqat iqtisodiy sub’yektning moliyasiga, balki uning
faoliyatining boshqa sohalariga ham daxl qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy ahvolning
yomonlashuvi – bu har doim inqiroz holatining sababi emas, balki firmaning ichida
ham, uning tashqarisida ham sodir bo’ladigan muayyan jarayonlarning natijasidir.
Umuman olganda, shuni ta’kidlash lozimki, buxgalteriya hisobi muayyan
ijtimoiy-madaniy muhitda rivojlanadi, uning vositalarining o’ziga xosligi esa ko’p
jihatdan u yoki bu jamiyatning madaniy va ijtimoiy nomalari va urf-odatlari bilan
belgilanadi, bu hol hisob yuritish metodologiyasi milliy xususiyatlarining mavjudligini
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
278
belgilab beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Mannapova R.A. Issues of management accounting in the field of
services. Indo – Asian Journal of Multidisciplinary Research (IAJMR). ISSN:
2454-1370. Volume – 8; Issue - 1; Year – 2022; Page: 2491 – 2496. SJIF: 8.179.
//
jpsscientificpublications.com
2.
Mannapova R.A. Xizmatlar sohasida boshqaruv hisobini tashkil etish
masalalari. // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
1/2022, (08.00.00 №10). -55-60 b.
3.
Ergasheva Sh.T., Mannapova R.A. Moliyaviy xisobotning xalkaro
standartlarining rivojlanish boskichlari. Iqtisodiyot va ta’lim jurnali. –
Toshkent, 2020. №4. -136-142 b.
4.
Mannapova R.A. Umumiy ovqatlanish korxonalarida boshqaruv
hisobini takomillashtirish masalalari. Monografiya. –T.: TDIU, 2024. -121 b.
5.
Klichev, B. (2024, февраль 23). Inson kapitalini rivojlantirishda
ishchilar harakati tahlili. Ilm-fan taraqqiyotida mintaqaviy iqtisodiyotni
rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish, Farg'ona, O'zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10901976
6.
Чориев И.Х. (2023).
Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни
аниқлашда таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий
жиҳатлари
.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
, Issue 1,
February 2023..
7.
Қличев, Б. (2021, май 21). Маҳсулот (иш, хизматлар) га баҳо
шакллантириш масалалари. Бухгалтерия ҳисоби ва аудиторлик
фаолиятини халқаро стандартлар асосида ташкил этишнинг долзарб
масалалари.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10647005
8.
Сагдиллаева, З. А., & Файзиев, У. Ш. (2023). АНАЛИЗ И ОЦЕНКА
ФИНАНСОВОГО ПОЛОЖЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЙ. In
Бухгалтерский
учет, анализ и аудит: история, современность и перспективы
развития
(pp. 201-207).
9.
Қличев, Б. (2021, май 21). Ўзбекистонда ишбилармонлик фаоллиги
таҳлилини ташкил этиш. Бухгалтерия ҳисоби ва аудиторлик фаолиятини
халқаро стандартлар асосида ташкил этишнинг долзарб масалалари.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10646960
10.
Қличев, Б. (2021, май 5). Ишбилармонлик фаоллиги индекси
таҳлили. Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va
istiqbollari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10647021
11.
Чориев И.Х. (2023).
Молиявий инвестициялар ҳисобини
такомиллаштириш
.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
,
Issue 2, April 2023.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
279
12.
Қличев, Б. (2022, сентябрь 16). Операцион фаолият таҳлилида
харидор танлови асосида маҳсулотга баҳо шакллантириш масалалари.
Инновацион ёндашув асосида молиявий ҳисоботнинг халқаро
стандартларини жорий этиш.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10647059
13.
Сагдиллаева, З., Чориев, И., Максмудов, А., & Юлдашева, Ю.
(2007). Экономический анализ.
14.
Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2024). Ишчилар қўнимсизлиги
таҳлили.
World Scientific Research Journal
,
23
(2), 287–294. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3042
15.
Pardayevich, K. B. (2022). ANALYSIS OF PRODUCT PRICING
BASED ON PRODUCT PARAMETERS AND CUSTOMER
CHOICE.
Journal of new century innovations
,
6
(1), 67-79
16.
У.А. Нурманов. (2024). ЖОРИЙ АКТИВЛАРНИ ҚЎЛЛAШ
ЖAPAЁНИДA БOШҚAPИШ ФУНКЦИЯCИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ.
World Scientific Research Journal, 26(3), 140–147. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3257