BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
354
BANKLAR TOMONIDAN ZAMONAVIY DEPOZIT XIZMATLARINI
KO‘RSATISH AMALIYOTI
Rahimov Akmal Matyaqubovich
TDIU professori, PhD
+998901347171, akmal0705@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur tadqiqot ishida banklar tomonidan zamonaviy
depozit xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti hamda u bilan bog‘liq holatni o‘rganish
maqsad qilingan. Shuningdek, banklar tomonidan zamonaviy depozit xizmatlari
tavsifini shakllantirish, xususan, masofadan depozit xizmatini ko‘rsatish hamda
yashil depozitlar kabi depozit turlari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni
o‘rganish hamda mazkur jarayonda aniqlangan muammolarning yechimi
bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kalit so‘zlar.
Depozit operatsiyalari, masofaviy depozit xizmatlari, yashil
depozitlar, raqamli depozit xizmatlari, aholi omonatlari.
Respublikamizda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlar
mamlakatimizning
iqtisodiy
salohiyatini
yil
sayin
yuksalib,
jahon
hamjamiyatidagi nufuzini oshib borishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Albatta, bunda bank muassasalari va ishbilarmonlar o‘rtasida qulay infratuzilma,
mavjud imkoniyat hamda ishonchli moliyaviy hamkorlikning yaxshi yo‘lga
qo‘yilganligi ham o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga xavfsiz, tez hamda ular uchun
qulay xizmat ko‘rsatish bugungi kunda muhim jihatlardan hisoblanadi. Bu o‘z
navbatida har ikkala tomonga ya’ni, bank va mijoz uchun birdek foydali bo‘lib,
ularning kelgusidagi moliyaviy holatini yaxshi tomonga o‘zgarishiga xizmat
qiladi.
Banklar uchun birinchi navbatda mijoz asosiy hamda birlamchi e’tibor
qaratilishi zarur bo‘lgan subyekt hisoblanadi. Mijozlar sonining ortishi kelgusida
bankning moliyaviy holatining yaxshilanishi ya’ni bankning daromadi
ortishining asosiy omili bo‘lib, bank faoliyati samaradorligi hamda banklararo
raqobat muhitida bankning o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlashning zaruriy
shartlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, banklarda bugungi kunda resurs jalb
qilishda ham mijozlarning o‘rni beqiyosdir. Har bir mijoz albatta bankda hisob
raqam ochib, mazkur hisobraqamda o‘z pul mablag‘larini boshqaradi. Bunda
mijozning faoliyatida zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan ortgan qismi bank uchun
resurs bo‘lishi mumkin.
Tijorat banklari resurs jalb qilishda asosan depozit operatsiyalaridan keng
foydalanishadi. Depozit operatsiyalari aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar
tomonidan vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum shartlar asosida
banklarga joylashtirish bo‘lib, bu orqali mijoz ham bank ham manfaatdor
bo‘ladi. Mijozlar albatta ma’lum shartlar asosida bankka joylashtirgan pul
mablag‘larini ko‘paytirib olishsa, banklar o‘z navbatida mazkur depozitga jalb
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
355
qilingan mablag‘lardan resurs sifatida foydalanib, bank uchun yuqori daromadli
bo‘lgan kredit operatsiyalarini amalga oshirishadi. Bu yerda albatta bank jalb
qilingan hamda iqtisodiyotning pulga muhtoj tarmoqlariga kredit sifatida
joylashtirgan pul mablag‘larini muddatiga alohida e’tibor qaratishi lozim
bo‘ladi.
Banklar tomonidan jalb qilinadigan depozitlarning bir qator turlari mavjud
bo‘lib, O‘zbekistonda ularning keng tarqalgan turlari sifatida talab qilib
olinguncha depozitlar, muddatli depozitlar hamda jamg‘arma depozitlarni
keltirishimiz mumkin. Mazkur depozit turlarini an’anaviy depozitlar sifatida
talqin etishimiz mumkin.
1-rasm. Depozit turlari.
Banklar an’anaviy depozitlardan tashqari bugungi kun nuqtai-nazardan
kelib chiqqan holda zamonaviy depozit xizmatlarini ham ko‘rsatib kelishmoqda.
Zamonaviy depozitlarni ham o‘z navbatida bir qator turlarga ajratgan holda
o‘rganishimiz mumkin bo‘ladi. Xususan, banklar mobil ilovalari orqali
masofadan onlayn depozit xizmatlarini ham ko‘rsatib kelishmoqda. Su o‘rinda
aytish joizki, bugungi kunda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan
zamonaviy depozit xizmatlari an’anaviy depozitlar negizida zamonaviy,
moliyaviy texnologiyalar asosida amalga oshiriladi.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
356
2-rasm. Tijorat banklarining depozit mablag‘lari tarkibi
Tijorat banklarining depozit mablag‘lari tarkibi to‘g‘risida keltirilgan
ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, yillar davomida yuridik shaxslar
depozitlari va aholi omonatlari o‘sish tendensiyasiga ega. Xususan, 2024 yil
boshiga yuridik shaxslar depozitlari 155,3 trln. so‘mni tashkil etib, bu
ko‘rsatkich 2020 yil boshiga nisbatan 2,2 barobarga ortgan. Aholi omonatlari
shu davrda mos ravishda 4,1 barobarga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Bu holat
mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining oshib borayotganligidan
dalolat beradi.
Rivojlangan davlatlarda banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan zamonaviy
depozit xizmatlari sifatida bank mijozlariga yashil depozit xizmatlarini taklif
qilishmoqda. Banklarning yashil depozitlari hisobiga shakllangan pul
mablag‘lari bevosita yashil moliyalashtirish uchun resurs sifatida foydalanib
kelinmoqda.
0
20 000
40 000
60 000
80 000
100 000
120 000
140 000
160 000
180 000
1/1/2020
1/1/2021
1/1/2022
1/1/2023
1/1/2024
Yuridik shaxslar depozitlari
Aholi omonatlari
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
357
3-rasm. An’anaviy va yashil depozitlar farqli jihatlari.
An’anaviy depozitlar va yashil depozitlar bir xil depozit mazmuniga ega
bo‘lib, u belgilangan muddatga ma’lum shartlar asosida pul mablag‘larini
bankka qo‘yishni ifodalaydi. Ularning asosiy farqli jihati bankka qo‘yilgan
mablag‘lardan resurs sifatida qaysi yo‘nalishlarga joylashtirilishi bilan
farqlanadi.
Odatda banklar yirik korxonalarga, kichik va o‘rta korxonalarga yoki
chakana mijozlarga kreditlar berish uchun muntazam muddatli depozitlar
mablag‘laridan foydalanadilar. Ushbu kreditlar biznes kreditlari, avtokreditlar,
iste’mol kreditlari, kredit kartalari va boshqa kreditlar shaklida bo‘lishi mumkin.
Yashil depozitlar hisobiga bankda shakllangan pul mablag‘laridan esa faqat
ekologik toza loyihalar, faoliyat uchun foydalanilishi belgilangan bo‘lib, bank
tomonidan bu resurslar faqat mazkur yo‘nalish doirasida foydalaniladi. Har bir
bank o‘zining yashil depozit dasturlari doirasida biznes yo‘nalishlarini yoki
loyihalarni tanlab oladi. Shu sababli, yashil depozitlar ekologik toza loyihalarga
e’tibor qaratgan holda mas’uliyatli kreditlashni rag‘batlantirish orqali tijorat
banklari uchun barqaror biznes amaliyotini targ‘ib qiluvchi moliyaviy mahsulot
turidir.
Xulosa qilib aytganda, banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlari
tarkibida depozit xizmatlari banklar faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb
etuvchi, asosiy resurs manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Tijorat banklari
zamonaviy moliyaviy vositalardan foydalangan holda depozit xizmatlarini
ko‘rsatishi, ya’ni mijozlar masofadan turib, bank ilovalari orqali depozit
hisobraqam ochishlari hamda pul mablag‘larini samarali boshqarishlari uchun
bugungi kunda barcha imkoniyatlarning mavjudligi bevosita mijozlarning
vaqtlarini tejalishiga, xarajatlarini kamayishiga, bank uchun esa mijozlar
sonining ortishi hamda ularga xizmat ko‘rsatish uchun ketadigan xarajatlarni
minimallashishiga, bank daromadining ortishiga xizmat qiladi.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
358
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Matyaqubovich R. A. THE EXPERIENCE OF DEVELOPED
COUNTRIES IN EXPANDING THE BANK DEPOSIT BASE //International
Journal of Global Economic Light. – 2023. – Т. 9. – №. 10. – С. 1-5.
2.
Matyakubovich R. A. DEVELOPMENT OF DEPOSIT OPERATIONS
OF COMMERCIAL BANKS //Journal of new century innovations. – 2023. – Т.
30. – №. 5. – С. 127-132.
3.
Хаджаев Х. С., Рахимов А. М. Процессы глобализации в
экономическом развитии //Молодой ученый. – 2016. – №. 1. – С. 515-517.
4.
Rakhimov A., Mamadjonov S. Market Risks In Commercial Banks:
Methods Of Assessment And Analysis //European Journal of Research
Development and Sustainability. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С. 92-94.
5.
Худоёров О.О.,Эргашев А.Ж. "тижoрaт бaнклaри бaлaнсдaн
тaшқaри oперaциялaрининг илғoр хoриж тaжрибaси" vol. 2 no. 23 (2023):
o'zbekistonda
fanlararo
innovatsiyalar
va
ilmiy
tadqiqotlar
jurnali.
https://bestpublication.org/index.php/ozf/article/view/7881
6.
Narichaya Satafang. Green Deposits for Greater Sustainability. March
2024 Krungsri Research.
7.
Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш шароитида
рақамламли банк технологиларини жорий қилиш . ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7), 99–107. Retrieved
from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788
8.
Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy
bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.
9.
Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING
SERVICES ON BANK INCOME.
International Journal of Education, Social
Science & Humanities
,
12
(6), 82-86.
10.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
11.
Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни
аниқлашда таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий
жиҳатлари.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
, Issue 1,
February 2023.
12.
Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ
РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343
13.
Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини
такомиллаштириш.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
,
Issue 2, April 2023.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
359
14.
U.K.Yakubov, G.S.Maxmudova. (2022). Biznes tahlil: Operatsion
tahlil-1,2. (Darslik). –T.: “Nihol print”, 205 b.
15.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion
faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3), 86–94. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
16.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.
17.
Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot
konsepsiyalari.
Nordic_Press
,
2
(0002).
18.
Kasimovich, Y. U. (2021). Developing A Model On The Basis Of A
System Of Indicators Determining The Efficiency Of Foreign Trade Activities.
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7).
19.
Klichev, B.P., Choriev, I. X. (2021). The Issues Of Business
Activity Organization In Uzbekistan. Turkish Online Journal of
Qualitative Inquiry (TOJQI).Volume 12, Issue 7, July 2021: 4587-4593.-
URL:https://www.tojqi.net/index.php/journal/article/view/4494
20.
Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL
STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.
Scientific and
Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology
,
8
(4),
297-307.