Mualliflar

  • Raximov Matnazar Yusupovich
  • G‘olibjon Quvvatov

Muallif tarjimai holi

  • Raximov Matnazar Yusupovich

     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori 

  • G‘olibjon Quvvatov

     PhD, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti
    Toshkent, O‘zbekiston. Email:golibjonkuvvatov@gmail.com
    ORCID: 0009-0008-4694-787X 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133815

Kalit so‘zlar:

moliyaviy faoliyat moliyaviy resurslar to‘lov qobiliyati likvidlilik moliyaviy resurs aktiv kapital majburiyat.

Annotasiya

 Ushbu maqolada korxonaning moliyaviy resurslari, ularning
turlari va xususiyatlari, ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va
moliyaviy resurslar tahlilining jahon tajribasidan mamlakatimizda keng
foydalanish bo‘yicha ayrim ilmiy taklif va tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek,
korxonalarning moliyaviy resurslari va iqtisodiy holatini tahlil qilishda xalqaro
tajribalardan milliy iqtisodiyotimizda mos jihatlarini keng qo‘llash tajribalari
ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot olib borish jarayonida xo‘jalik faoliyatini tahlil
qilishning nazariy asoslari va amaliy uslubiyotlari, tahlilning turli usullari,
moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining gorizontal va vertikal tahlil usullaridan
foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari keng qamrovda yoritib berilgan. Shu
bilan birga, korxonaning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish biz uning
moliyaviy holati, uning kelgusi davrlar uchun uning qarzdorlik holatida
moliyaviy resurslarning likvidliligi, to‘lovga qobiliyati va faoliyatning
rentabelligini doimiy tahlil qilib borish imkoniyatlarini kengaytiradi. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

431

KORXONA FAOLIYATINI MOLIYAVIY RESURSLAR TAHLILI

YORDAMIDA SAMARALI BOSHQARISHNING ASOSIY

YO‘NALISHLARI

Raximov Matnazar Yusupovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori

G‘olibjon Quvvatov

PhD, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti

Toshkent, O‘zbekiston. Email:golibjonkuvvatov@gmail.com

ORCID: 0009-0008-4694-787X

Annotatsiya

. Ushbu maqolada korxonaning moliyaviy resurslari, ularning

turlari va xususiyatlari, ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va
moliyaviy resurslar tahlilining jahon tajribasidan mamlakatimizda keng
foydalanish bo‘yicha ayrim ilmiy taklif va tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek,
korxonalarning moliyaviy resurslari va iqtisodiy holatini tahlil qilishda xalqaro
tajribalardan milliy iqtisodiyotimizda mos jihatlarini keng qo‘llash tajribalari
ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot olib borish jarayonida xo‘jalik faoliyatini tahlil
qilishning nazariy asoslari va amaliy uslubiyotlari, tahlilning turli usullari,
moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining gorizontal va vertikal tahlil usullaridan
foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari keng qamrovda yoritib berilgan. Shu
bilan birga, korxonaning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish biz uning
moliyaviy holati, uning kelgusi davrlar uchun uning qarzdorlik holatida
moliyaviy resurslarning likvidliligi, to‘lovga qobiliyati va faoliyatning
rentabelligini doimiy tahlil qilib borish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kalit so‘zlar:

moliyaviy faoliyat, moliyaviy resurslar, to‘lov qobiliyati,

likvidlilik, moliyaviy resurs, aktiv, kapital, majburiyat.


Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini

yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq
o‘rganishni talab qiladi. Korxona moliyaviy xizmatining vazifalari moliyaviy
hujjatlar aylanishini, o‘zaro hisob - kitoblarni, mablag‘larni jalb qilish va
joylashtirishni, moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni, moliyaviy
oqimlarni optimallashtirishni, biznes rejani tuzishni, moliyaviy hisobotlarni
tayyorlashni, korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish va prognoz qilishni o‘z
ichiga oladi. Biroq, bu funksiyalarni bajarish uchun moliyaviy xizmat korxona
boshqa boshqaruv xizmatlaridan (xarid, ishlab chiqarish, sotish) ma'lumotga
muhtoj bo‘ladi.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan

birga moliyaviy faoliyatini ham rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shu bois
korxonalarning moliyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi moliyaviy
resurslarni alohida tahlil qilish zaruriyati ortib bormoqda. Bugungi kunda
bankrotlikka yuz tutmaslik va yashab qolishga harakat mavjud moliyaviy
resurslarni boshqarishni yaxshi bilishni, kapital tarkibini va tashkil topish


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

432

manbalarini shakllantirishda moliyaviy mustaqillikni ( o‘z va qarz mablag‘lari
ulushini) to‘g‘ri nisbatlashni, eng muhimi samarali va natijali ishlab chiqarishni,
tijorat va moliyaviy faoliyatini yo‘lga qo‘yishni talab etadi [1].

Dunyo olimlarining kuzatishlari shuni ko‘rsatadiki, korporativ

moliyalashtirishning asosiy funksiyalarini amalga oshirish ERP (Enterprise
Resource Planing) va MRP II (Manufacturing Resources Planning) tizimlari
yordamida ushbu vazifalarni samarali bajarish mumkin. Bu tizimlar korxona
faoliyatining barcha sohalarini qamrab oluvchi yechimlar majmuini nazarda
tutadi. Har bir sohaning o‘ziga xos axborot kompleksi bor. Ularning kiritilishida
birlamchi hujjatlar qabul qilinadi, chiqishlar esa axborot modeli talablariga
muvofiq qayta ishlanadi va keyingi ishlarga tayyorlanadi va korxonaning boshqa
ko‘rsatkichlari bilan umumlashtiriladi. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil
qilish, ularning ishlarini yaxshilash korxona samaradorligini oshirishning muhim
omili bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning moliyaviy
faoliyatini tahlil qilishdan maqsad uning hisobot yilidagi faoliyati natijalarini
baholash,

korxona

faoliyatining

haqiqiy

natijalarini

rejalashtirilgan

ko‘rsatkichlar bilan solishtirish; shuningdek, kompaniyaning iqtisodiy
rivojlanish istiqbollarini baholash. Moliyaviy faoliyat tahlili moliyaviy hujjatlar
asosida amalga oshiriladi: buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidagi
hisobot, pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot va boshqalar.

Kompaniyaning biznes faoliyatini tahlil qilish jalb qilingan mablag‘lar,

biznes natijasi va takror ishlab chiqarish jarayonining asosiy funksiyalarni
kuzatish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy tahlil kompaniyaning moliyaviy
holatini va u bilan bog‘liq o‘zgarishlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Moliyaviy tahlilning asosiy qismi buxgalteriya balansi va daromadlar
to‘g‘risidagi hisobotning qiymatini solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy tahlil - bu kompaniyaning joriy moliyaviy holatini baholash va
rivojlanishning potentsial tezligini baholash, shuningdek, kelajakdagi moliyaviy
holatni bashorat qilish, mavjud mablag‘ manbalarini va ularni safarbar qilish
imkoniyatlarini aniqlash uchun moliyaviy ma'lumotlarni to‘plash va ulardan
foydalanish usuli hisoblanadi.

Moliyaviy tahlilning predmeti, birinchi navbatda, kompaniya moliyaviy

hisobotlari, ya'ni:

•balanslar varaqasi,
•daromad jadvali,
• pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot,
• o‘z kapitalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot va
• moliyaviy hisobotga izohlar.
Moliyaviy tahlil predmeti yillik hisobotning xo‘jalik yurituvchi subyektlar

uchun majburiy bo‘lmagan, ammo to‘g‘ri biznes va investitsiya qarorlarini qabul
qilish uchun muhimroq bo‘lgan barcha boshqa segmentlari bo‘lishi mumkin,
masalan:

• aksiyadorlarga yo‘llangan xat (aksiyadorga xat),
• qo‘shimcha muhokamalar va boshqaruv


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

433

• Boshqaruv muhokamasi va tahlili.
Kompaniyada moliyaviy tizimni muvaffaqiyatli boshqarish uchun

moliyaviy biznesni tahlil qilish faolligi ham paydo bo‘ladi. Moliyaviy tahlil
kompaniyaning kompleks biznes tahlilining ajralmas qismidir. Moliyaviy tahlil
kompaniyaning moliyaviy funksiyalarining to‘liq ta'sirini tahlil qilishi kerak:

• umumiy tamoyillar (hosildorlik, tejamkorlik, rentabellik),
• maxsus tamoyillar (likvidlik, barqarorlik, xavfsizlik), • ichki va tashqi

omillarning harakatlari;

• moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar va boshqalar.
Daromadlar to‘g‘risidagi hisobot / balans moliyaviy siyosatning asosi

sifatida kompaniyaning moliyaviy tahlilida asosiy omil hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytganda, buxgalteriya balansi korxona faoliyatini kompleks tahlil
qilishning asosiy usullari va vositalaridan biri sifatida qaraladi.

Moliyaviy tahlil turlari haqida gap ketganda, moliyaviy tahlilni

quyidagilarga ajratish mumkin:

• mablag‘lar va mablag‘lar manbalarini tahlil qilish;
• likvidlik tahlili,
• xarajatlar va daromadlarni tahlil qilish
• kompaniyaning biznes faoliyatini tahlil qilish.
Aktivlar va mablag‘lar manbalarini tahlil qilish, aslida, balans tahlili

bo‘lib, bu yerda balansning statik va dinamik tahlili haqida gapirish mumkin.

Buxgalteriya balansini statik tahlil qilish - bu faqat bitta balansning tahlili

bo‘lib, uning asosida aktivlar balansi va tuzilishi va ularning manbalari tasviri
olinadi. Buxgalteriya balansini dinamik tahlil qilish deganda bir nechta shunday
balanslarni tahlil qilish tushuniladi va u bitta kompaniyada ma'lum vaqt ichida
sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rish imkonini beradi.

Moliyaviy tahlilning yo‘naltirilganligi nuqtai nazaridan moliyaviy tahlil

quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin:

· gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi

ko‘rsatkichlar o‘tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko‘rsatkichlarning
dinamikasi aniqlanadi;

· vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlarning

tarkibiy tuzilmasi o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni
qoplovchi manbalarning hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan
o‘zgarishi ifodalanadi;

· nisbiy ko‘rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi

aloqa o‘rganiladi. Masalan korxona mablag‘larining va ularning manbalari
o‘rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o‘rtasidagi aloqa
ifodalanadi;

· taqqoslash tahlilida korxona bo‘yicha moliyaviy holat uning alohida

kichik bo‘limlari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy
holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi va pirovardida,
omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
tahlil etiladi. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

434

tahlil – bu keng ko‘rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib
korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan
foydalanish darajasini ifodalashdir[5].

Bugungi kunda, korxona va tashkilotlarga berilgan imkoniyatlar, ularning

o‘z maqsadlariga erishishdagi har qanday sun’iy to‘siqlarni bartaraf etilishi,
erkinlik va mustaqillikni qaror topishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
yo‘lga qo‘yish va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxona va
tashkilotlar xo‘jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarishda muhim dastak
hisoblangan iqtisodiy tahlilning roli ham oshib bormoqda. Buni nimalarda
ko‘rish mumkin? Bugungi iqtisodiyot, rejali iqtisodiyot davridan farqli ravishda
tahlilchilar oldiga bir qadar murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Ta’minot
jarayonidan tortib korxona moliyaviy holatiga qadar bo‘lgan kompleks jarayon
qat’iy rejalashtirilgan bir sharoitda tahlilni mazmunini faqat uning
o‘zgarishlarini va o‘zgarish sabablarini o‘rganishdangina iborat deyish
mumkin[4]

1

.

Kompaniyani moliyalashtirishdan avval uning kelgusi davrlar uchun

moliyaviy holatini tahlil qilish zaruriyati tufayli, ushbu tahlildan asosiy manfaat
nimalardan iborat ekanligini bilib olish zarur. Moliyaviy tahlil subyektlariga
tahlilchilarning keng qamrovli guruhi kiritiladi. Ularni shartli ravishda ichki va
tashqi subyektlarga bo‘lish mumkin. Ichki tahlil subyektlariga faqat shu firma,
kompaniya xodimlari kirsa, tashqi subyektlarga ta’sischilar, soliq organlari
xodimlari, auditorlar, yuqori tashkilot va vazirliklar, xaridor va buyurtmachilar,
mol yyetkazib beruvchilar, sug‘urta agentliklari, reklama agentlari, bank
xodimlari va boshqa shaxslar kirishi mumkin. Tahlil subyektlarining manfaatlari
albatta bir biridan keskin farq qiladi. Masalan; ta’sischilar ko‘proq firma va
kompaniyalarning foydasi bilan, soliq idoralari ko‘proq ”daromad-xarajat-
natija”lar aloqadorligi tahlilidan, kredit inspektorlari va bank xodimlari; firma va
kompaniyalarning kreditga layoqatligi va moliyaviy barqarorligi bilan, mol
yetkazib beruvchilar; firma va kompaniyaning to‘lov layoqatini o‘rganishdan,
tahlil etishdan manfaatdorlar. Moliyaviy tahlil va ularning manfaatlar
mushtarakligini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rib chiqish mumkin. (1-
jadval).

1 – jadval.

Moliyaviy tahlil subyektlari va ularning manfaatlari

2

.

T/r

Moliyaviy

tahlil

subyektlari

Subyektlar manfaatlari

1

2

3

1.

Korxona

xodimlari

Firma va kompaniyaning moliyaviy natijaviyligi va

moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilishdan

2.

Tasischilar

Firma,

kompaniyaga

qo‘yilgan

va

qo‘yiladigan

1

Raximov M.Y. Moliyaviy tahlil-2 (o’quv qo’llanma) T.:TMI. 2003 y. 166 b.

2

Raximov M.Y. Moliyaviy tahlil-2 (o’quv qo’llanma) T.:TMI. 2003 y. 166 b.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

435

mablag‘larning foydaliligidan

3.

Auditorlar

E’lon qilinadigan hisobot shakllarini to‘g‘riligini huquqiy

tamoyillar asosida baholash va firma, kompaniyalar
moliyaviy holatini yaxshilashni ichki imkoniyatlarini
ko‘rsatib berishdan, mulk egalari manfaatlarini himoya
etishdan

4.

Yuqori

tashkilot

Mavjud moddiy va moliyaviy resurslar harakatini va

samaradorligini o‘rganish

5.

Soliq idoralari

Majburiy to‘lovlar, soliqlar va ajratmalarni undirish

yuzasidan

resurslar

holati,

harakatini

va

faoliyat

natijaviyligini o‘rganishdan

6.

Sug‘urta

agentliklari

Firma, kompaniya mulkini turli tahlikalardan himoya qilish,

saqlanishi yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganishdan

7.

Mol yetkazib

beruvchilar

Shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, tomonlarning

o‘z majburiyatlarini bajarishi, to‘lov intizomiga rioya qilish,
to‘lovga qobilyatlilik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
o‘rganishdan

8.

Xaridor va

buyurtmachila

r

Ta’minotdagi uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan firma va

kompaniyalarning moliyaviy va iqtisodiy salohiyatning
tayanchi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan


Korxonalar moliyaviy resurslardan foyda olish maqsadida investitsiya

faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Investitsiya siyosati har bir davlatning iqtisodiy
rivojlanishi va taraqqiyotida muhim yo‘nalish hisoblanadi. Moliyaviy tahlilni
amalga oshirishning tayyorgarlik bosqichi auditorlik xulosasi bilan tanishishdan
boshlanadi va maqsad tahlilning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul
qilishdir. Standart audit hisoboti - bu hisobotdagi ma'lum ma'lumotlarning
ishonchliligi va ularning amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi bo‘yicha
auditor yoki auditorlik tashkilotining ijobiy bahosini o‘z ichiga olgan qisqa
hujjat. Nostandart yanada kengroq va qo‘shimcha ma'lumotlarni o‘z ichiga
oladi.

II bosqich buxgalteriya hisobini dastlabki ko‘rib chiqish bosqichi bo‘lib,

unda hisobot davridagi ish sharoitlarini baholash, asosiy ko‘rsatkichlarning
tendentsiyalarini, shuningdek mulk va findagi sifat o‘zgarishlarini aniqlashga
qaratilgan. kompaniyaning pozitsiyasi. Iqtisodiy hisobot va hisob-kitob tahlili -
bu xo‘jalik faoliyati natijalari va korxonaning moliyaviy holatini umumiy
baholash. Moliyaviy tahlil quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi: iqtisodiy samara -
faoliyat natijasini tavsiflovchi mutlaq ko‘rsatkich va iqtisodiy samaradorlik - bu
samaraga erishish uchun sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan ta'sirni
taqqoslaydigan tegishli ko‘rsatkich.

Moliyaviy natija moliyaviy daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi farq bo‘lib,

ularni alohida tahlil qilish kerak. Moliyaviy tahlildan oldin umumiy tizim tahlili
o‘tkazilishi kerak, morfologik tahlil usulidan foydalanish mumkin, bu muammo
haqida oz miqdordagi ma'lumot mavjud bo‘lganda muvaffaqiyatli bo‘ladi.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

436

Vaziyatni nazorat qilish va tashxislash va kompaniyaning rivojlanishini bashorat
qilish uchun axborot tahlilini o‘tkazish mumkin.

"Moliyaviy tahlil ustun qismda bu nisbat tahlili bo‘lib, uning mohiyati

balans moddalariga oddiy matematik formulalarda qarashdir. Ushbu moliyaviy
toifalarni o‘zaro taqqoslashda, oqimlarni, ma'lum bir vaqt ichida erishilgan
natijalarni (daromadlar to‘g‘risidagi hisobot toifasiga ko‘ra) va oqimlarni,
balansni ifodalovchi moliyaviy toifalarni taqqoslashdan izchil natijalarga erishib
bo‘lmasligiga e'tibor berish kerak. ma'lum bir kundagi pozitsiyalar. Moliyaviy
tahlil bu muammoni bir necha ketma-ket muddatlarda birja pozitsiyalarini olish
orqali ko‘proq yoki kamroq muvaffaqiyat bilan hal qiladi va shu bilan ularning
soni va tizimliligiga qarab, ularni kamida taxminiy oqimlarga aylantiradi, ular
bilan to‘plangan natijalarni (oqimlarni) ifodalaydi. ma'lum vaqt oralig‘ida[6].

1-rasm. Korxonalar faoliyatini gorizontal va vertikal tahlil usullari

3

.

Foyda va zarar to‘g‘risidagi hisobot tahlilidan shuni ko‘rishimiz mumkinki

Aksariyat tahlilchilar moliyaviy hisobot tahlilini daromadlar to‘g‘risidagi
hisobotdan boshlaydilar. Tahlilning ikkita asosiy turi mavjud: vertikal tahlil va
gorizontal tahlil.

Vertikal tahlil. Ushbu tahlil usuli yordamida biz daromadlar to‘g‘risidagi

hisobotni yuqoriga va pastga qaraymiz (shuning uchun, "vertikal" tahlil) har bir
satrning daromad bilan qanday solishtirilishini foiz sifatida ko‘ramiz.

Misol uchun, quyida ko‘rsatilgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotda bizda

vertikal tahlilni tashkil etuvchi jami dollar miqdori va foizlar mavjud.

3

Vučičević D., “Theoretical aspects and basic settings of financial analysis”, School of Business

2/2012,(2012),p.2.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

437

2-rasm. Korxonalar faoliyatini gorizontal tahlili

4

.

Yuqoridagi misolda ko‘rib turganingizdek, biz har bir qatorni daromadning

ulushi sifatida ko‘rib, daromadlar to‘g‘risidagi hisobotni to‘liq tahlil qilamiz.

Biz ko‘rib chiqadigan asosiy ko‘rsatkichlar:
Sotilgan mahsulot tannarxi (SOGS) daromadning foizi sifatida
Yalpi foyda daromadning foizi sifatida
Daromadning foizi sifatida amortizatsiya
Umumiy va ma'muriy (SG&A) ni daromadning foizi sifatida sotish
Daromadning foizi sifatida foiz
Soliqdan oldingi daromad (EBT) daromadning foizi sifatida
Soliq daromadning foizi sifatida
Daromadning foizi sifatida sof daromad
Gorizontal tahlil
Quyidagi misol uchun, 3-yilda daromad $55,749, 2-yilda esa $53,494 edi.

Daromadning yillik o‘zgarishi $55,749 / $53,494 minus birga teng, bu 4,2% ga

teng.

3-rasm. Korxonalar faoliyatini gorizontal tahlili

5

.

Moliyaviy tahlil, yuqorida aytib o‘tilganidek, boshqaruv, investitsiya va

boshqa qarorlar to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida tashkilot faoliyatining
moliyaviy holati va moliyaviy natijalarining asosiy ko‘rsatkichlarini
o‘rganishdir. Moliyaviy tahlil kengroq tushunchalar tarkibiga kiradi, ya'ni
kompaniyaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va iqtisodiy tahlil.
Moliyaviy tahlil tashkilotning aktivlari va majburiyatlari, uning to‘lov qobiliyati,
likvidligi, moliyaviy natijalari va moliyaviy barqarorligini tahlil qilish, aktivlar
aylanmasi (tadbirkorlik faoliyati) tahlilini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy tahlil
kompaniya faoliyatining muhim jihatlarini, masalan, bankrotlik ehtimolini ochib

4

Vučičević D., “Theoretical aspects and basic settings of financial analysis”, School of Business

2/2012,(2012),p.2.

5

Vučičević D., “Theoretical aspects and basic settings of financial analysis”, School of Business

2/2012,(2012),p.2.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

438

beradi. Moliyaviy tahlil auditorlar, baholovchilar va boshqalar kabi ekspertlar
faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Tahlilchining asosiy vazifalaridan biri
moliyaviy hisobotlarni keng tahlil qilishdir.

Tahlil natijasida hisoblangan ko‘rsatkich ma’lumotlarini o‘rganib chiqish

orqali korxonaning moliyaviy holati to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish
mumkin. Shunday qilib, sanoat korxonalarining moliyaviy holatini aks ettiruvchi
asosiy ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqib,korxonaning quyidagi “og‘riqli
nuqtalari”ni aniqlash mumkin: tashkilotning iqtisodiy aktivlari va asosiy
vositalar miqdorining kamayishi o‘z aylanma aktivlari hajmini kamaytirish;
asosiy vositalar hajmini qisqartirish va ulardan intensiv foydalanish orqali
ma’naviy eskirishining oldini olish; joriy majburiyatlarni joriy aktivlar bilan
yetarli miqdorda qoplay olmaslikning oldini olish; joriy likvidlik koeffitsientini
ko‘tarish; daromadlarning o‘sish sur’atlarini oshirish

"Tahlil" atamasi yunoncha tahlil so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,

parchalanish, butunni qismlarga ajratish degan ma'noni anglatadi. U sintez
atamasiga qarama-qarshi atamani ham anglatadi. Tahlil ma'lum bir butunni
tarkibiy qismlarga bo‘lish va har bir qismni o‘zi uchun va ma'lum bir butunning
boshqa qismlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish orqali haqiqatni ilmiy tadqiq
qilish va tushuntirish jarayonini nazarda tutadi[12].

A.P. Levchayev fikriga ko‘ra, moliyaviy hisobotlarning tahlili – bu eng

muhim jarayon bo‘lib, unda korxonaning moliyaviy holatini baholash
yo‘nalishlari, oxirgi bir necha yillardagi ko‘rsatkichlari hamda kompaniya
faoliyatining natijalarini kelajakda korxonaning yanada yuqori ko‘rsatkichlarga
erishishida foydalanish jarayonlarini qamrab oladi[14].

Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, moliyaviy resurslarni tadqiq qilish

muammosi mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan hal qilindi. Shunday
qilib, I. A. Blank "moliyaviy resurslar" tushunchasini aniqlashga quyidagi
yondashuvlarni aniqladi[11]:

1. "Kapital" nuqtai nazaridan.
2. "Kelgusi barcha pul tushumlari summasi"nuqtai nazaridan.
3. "Ma'lum bir sanada mavjud bo‘lgan naqd pul miqdori"nuqtai nazaridan.
4. "Investitsiya resurslari"nuqtai nazaridan.
5. "Sof foyda va amortizatsiya" nuqtai nazaridan.
Moliyaviy holat barqarorligini tahlili orqali ma’lum davr mobaynida

moliyaviy resurslarni korxona qanday boshqarganligiga baho beriladi. Avvalo,
moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos
kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi
korxonani to‘lovga qobilyatliligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi
uchun mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi[5].

Moliyaviy tahlil haqida iqtisodchilar turlicha fikrlar bildirishgan

M.Raximovning fikricha “Moliyaviy tahlil moliyaviy hisobot ma’lumotlari
asosida firma va kompaniyalarning moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis
qo‘yishni ta’minlaydi”[3].


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

439

G. B. Polyakning fikriga ko‘ra, moliyaviy resurslar korxona tomonidan

amalga oshiriladigan takror ishlab chiqarish jarayonining moliyaviy natijasini
miqdoriy jihatdan tavsiflash uchun mo‘ljallangan va asosiy vositalarning yo‘q
qilinishini qoplash, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish uchun ajratilgan
mablag‘lardir[16].

Xorijlik olimlardan S.I.Krilovning fikricha “Moliyaviy tahlil - moliyaviy

natijalar va tashkilotning moliyaviy holatini o‘rganish bilan bog‘liq iqtisodiy
tahlil turidir”[13].

E.V.Astaxova va O.Y.Starovoytovalarning fikricha tashkilotning moliyaviy

hisobotlarini tahlil qilish kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini baholash
jarayoni (masalan, balans yoki daromadlar to‘g‘risidagi hisobot). Moliyaviy
hisobotlar moliyaviy ma'lumotlarni qayd etadi, odatda har xil ko‘rsatkichlar
yordamida baholanadi moliyaviy nisbatlar va usullar[8].

S. V. Barulinning nazariyasiga ko‘ra, moliyaviy faoliyatni amalga oshirish

va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan va amalda
ishlatilgan mablag‘lar to‘plami moliyaviy resurslar hisoblanadi[9].

Darhaqiqat, o‘tgan biznes voqealarini tahlil qilish "biznesni boshqarishning

oldingi qarorlarini baholash va kelajakda kompaniyani saqlab qolish va
rivojlantirishga qaratilgan biznes qarorlarini loyihalash uchun tegishli barcha
ma'lumotlarni olish uchun hisoblab chiqilgan"

6

.

Iqtisod fanlari doktori professor M.Q.Pardayev tomonidan moliyaviy

tahlilga quyidagicha ta'rif beriladi. «Moliyaviy tahlil – xo‘jalik yurituvchi
subyekt moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini o‘rganishga bag‘ishlangan
tahlildir”[15].

"Moliyaviy tahlil, so‘zning bugungi ma'nosida, o‘tmishdagi va/yoki hozirgi

moliyaviy natijalarni baholash orqali, kompaniyaning istiqbollarini baholash
uchun asos sifatida, o‘tmish va hozirgi davrning kombinatsiyasi hisoblanadi.
Moliyaviy tahlilning avtonom maqsadlari yo‘q, lekin ular tahlilchilar va uning
natijalaridan foydalanuvchilarning manfaatlari bilan belgilanadi[2].

Korxona moliyaviy barqarorligi tahlili haqida so‘z borar ekan, iqtisodchi

olim M.Q.Pardaev “Korxonaning moliyaviy barqarorligi deganda uning
faoliyatini moliyaviy jihatdan bir maromda uzluksiz ta’minlab turishi
tushuniladi. Moliyaviy jihatdan ta’minlanish faqatgina moliyaviy resurslar bilan
ta’minlanish emas, balki uning juda ko‘p qirralari, tomonlari mavjud. Chunki
xo‘jalik faoliyatining uzluksiz sodir bo‘lib turishi uchun birgina moliyaviy
resurslar yetarli emas. Bu resurslarning ta’minlanishi uchun boshqa moddiy,
mehnat kabi bir qancha resurslarning ham yetarli miqdorda bo‘lishi lozim [1].

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korxonalardagi moliyaviy

resurslarni tahlil qilishda mavjud muammolarni hal qilish uchun va moliyaviy
ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:

6

Ranković J.: "Financial Management of Enterprises", IV edition, Center Belgrade, (1989), p. 174


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

440

1)

Moliyaviy resurslar bo‘yicha yuqori hajmdagi xarajatlarni kamaytirish

(ularni optimallashtirishni maksimal darajada oshirish). Bu tadbirlar foydaning
pasayishini to‘xtatishga yordam berishi kerak. Xarajatlarni samarali nazorat
qilish tizimini yaratish xarajatlarni kamaytirishning juda samarali usuli
hisoblanadi.

2)

Korxona aktivlaridan samarali foydalanish borasida moliyaviy

resurslardan foydalanishda yuzaga keladigan ayrim turdagi xarajatlarni xalqaro
standartlar asosida takomillashtirish orqali xarajatlarni optimallashtirish. Bunda
ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab moliyaviy resurs zaxiralari
konsentratsiyasini o‘zgartirish orqali faoliyat turg‘unligini oshirish kerak.
Moliyaviy resurslar korxona faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini
inobatga olib, ulardan oqilona foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqish.

3)

Moliyaviy tahlil muvaffaqiyatli va mazmunli bo‘lishi uchun, avvalo,

moliyaviy hisobotlarni, ya'ni tahlil qilish uchun axborot bazasini tayyorlash
kerak. Bu balans ma'lumotlaridan foydalanish qulayligini, ya'ni xarajatlar va
daromadlarni hisob-kitob davrlariga taqsimlashning muntazamligi va pul
o‘zgarishlarining ta'sirini hisobga olish darajasi kabi qo‘llaniladigan balanslash
tartib-qoidalarining yetarliligini hisobga olishni nazarda tutadi. Keyinchalik
daromadlar to‘g‘risidagi hisobotni birlashtirish va balans ma'lumotlarini
tasniflash kerak.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

441

Foydalanilgan adabiyotlar r

o‘

yxati

1.

Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil (ma’ruza matni). Samarqand 2007 y. -275

b.

2.

Ranković J.: "Financial Management of Enterprises", IV edition, Center

Belgrade, (1989), p. 174

3.

Raximov M. Y. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili.

O‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirligi Toshkent Moliya instituti. -T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013.392 b.

4.

Raximov M.Y. Moliyaviy tahlil-2 (o‘quv qo‘llanma) T.:TMI. 2003 y.

166 b.

5.

Vahobov A.V., N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov. Moliyaviy va

boshqaruv tahlili / Darslik: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Toshkent moliya instituti. – 3- qayta ishlangan va to‘ldirilgan
nashri. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2013. – 600 b.

6.

Vučičević D., “Theoretical aspects and basic settings of financial

analysis”, School of Business 2/2012,(2012), p.2.

7.

Алексеева А.И., Васильев Ю.В., Малеева А.В. ва б. Комплексный

экономический анализ хозяственный деятельности. М. «Финансы и
статистика» 2006г. Стр-16.

8.

Астахова Е.В., Старовойтова О.Я. Бухгалтерская отчетность как

источник формирования финансовой устойчивости организации на
примере ООО «Морской меридиан» // Азимут научных исследований:
экономика и управление. 2017. Т. 6. № 3 (20). С. 320-324.

9.

Барулин С. В. Финансы : учебник. / С. В. Барулин. – М.: КНОРУС,

2018. – 640 с

10.

Басовский Л. Е., Лунева А. М., Басовский А. Л. "Экономический

анализ". М. «ИНФРА-М»-2008г., стр-7 .

11.

Бланк И.А. Управление финансовыми ресурсами / И.А. Бланк. М.:

Издательство «Омега-Л», 2011. 768 с.

12.

Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.

13.

Гелета И.В., Дьяченко Е.И. Факторы финансовой устойчивости

предприятия // Гуманитарные научные исследования, 2015. № 6.
[Электронный

ресурс].

Режим

доступа:

http://human.snauka.ru/2015/06/11517/ (дата обращения: 19.04.2017).

14.

Крылов С. И., Финансовый анализ: учебное пособие / С. И.

Крылов. — Екатеринбург :Изд во Урал. ун та, 2016. — 160 с

15.

Левчаев П.А. Финансовый менеджмент и налогообложение

организаций: учебное пособие. Саранск: Мордовский гуманитарный
институт, 2015.

16.

Пардаев М.Қ. Иқтисодиё таҳлил назарияси. Сам. “Зарафшон”.

2001 йил. 183 бет.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

442

17.

Поляк Г. Б. Финансы, денежное обращение и кредит: учебник /

под ред. Г.Б. Поляка. – М. : ЮНИТИ–ДАНА, 2009. – 639 с.

18.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

19.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни

аниқлашда

таҳлилий

амаллардан

фойдаланишнинг

услубий

жиҳатлари.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

, Issue 1,

February 2023.

20.

Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ

РАҒБАТЛАНТИРИШ

МАСАЛАЛАРИ

ТАҲЛИЛИ.

Архив

научных

исследований

,

2

(1).

извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343

21.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

22.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини

такомиллаштириш.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

,

Issue 2, April 2023.

23.

U.K.Yakubov, G.S.Maxmudova. (2022). Biznes tahlil: Operatsion

tahlil-1,2. (Darslik). –T.: “Nihol print”, 205 b.

24.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion

faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research

Journal

,

26

(3),

86–94.

Retrieved

from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

25.

Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни

топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.

26.

Tulaev,

M.

(2024).

Moliyaviy

hisobot

konsepsiyalari.

Nordic_Press

,

2

(0002).

27.

Абдуллаев, А. Б. (2019). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА И

АНАЛИЗА НАЛОГОВ. In

БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И

НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА

(pp. 10-17).

28.

Kasimovich, Y. U. (2021). Developing A Model On The Basis Of A

System Of Indicators Determining The Efficiency Of Foreign Trade Activities.
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7).

29.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1).

извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

30.

Rozmatova Umida Yuldashevna. (2024). NOMODDIY AKTIVLAR

AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH. World Scientific Research Journal, 26(3),


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

443

177–184.

Retrieved

from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3261

31.

Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми

таҳлилини

такомиллаштириш

масалалари. Направления

развития

благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.

https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173

32.

Tulaev,

M.

(2024).

T

BUXGALTERIYA

HISOBINING

SCHYOTLARI VA ULARNING MOHIYATI. Nordic_Press, 2(0002).

33.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171

34.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб

чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7), 42–
49. Retrieved from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782