BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
394
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I
VA IJTIMOIY SOLIQ HISOBOTINI TO‘LDIRISH AMALIYOTI
Zuhriddin Qahharov
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Buxgalteriya hisobi va hisoboti” kafedrasi dotsenti, PhD.
e-mail:
Annotatsiya
Tezisda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq
hisobotini to‘ldirish amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Ushbu hisobotlarni to‘ldirish
jarayonlari, huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilar uchun muhim jihatlar hamda
amaliy tavsiyalar haqida ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasining tegishli qonun hujjatlari va soliq kodeksiga oid tahlillar
keltiriladi.
Kalit so‘zlar
Jismoniy shaxslar, daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, hisobot, soliq kodeksi,
soliq to‘lovchilar, huquqiy asoslar, soliq hisobotlari.
Mamlakatimizda soliq ma’murchiligini rivojlantirishning asosiy sharti
sifatida sohaga raqamlashtirishni keng joriy qilish orqali tadbirkorlik subyektlari
faoliyatiga o‘rinsiz aralashuvlarni kamaytirish hisoblanadi. Soliq to‘lovchilar
tomonidan soliq va moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga taqdim qilish faqat
elektron shaklda elektron soliq xizmatlari portalida amalga oshirilishi
majburiyligi kiritilganligiga ancha vaqt bo‘lgan.
Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilarga
qanday chora ko‘riladi? Bugungi kunga kelib soliq hisobotlarini o‘z vaqtida
taqdim etmaganligi uchun ma’muriy jarima tarzidagi jazo qo‘llash amaliyoti
bekor qilingan. Buning o‘rniga vakolatli soliq organi soliq hisobotini o‘z vaqtida
taqdim qilmagan soliq to‘lovchiga bu bo‘yicha amaliy yordam berishi
mumkinligi yozilgan xabarnoma jo‘natadi. Ushbu jarayon “Soliq organi – soliq
to‘lovchiga madadkor” mezoni asosida amalga oshirilmoqda.
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etilmaganligiga 10 kalendar kuni
o‘tganidan so‘ng soliq organi soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlariga ta’qiq
qo‘yadi. Amaldagi soliq kodeksining 111-moddasiga asosan soliq to‘lovchining
(soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib
turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan
o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq
to‘lovchining
(soliq
agentining)
bankdagi
hisobvaraqlari
bo‘yicha
operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror
soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Bunda soliq to‘lovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
395
Soliq to‘lovchi soliq hisobotini taqdim etgan vaqtdan keyin uning bank
hisobvarag‘iga qo‘yilgan ta’qiq bekor qilinadi.
Biz ushbu tezis orqali jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘ining amaldagi hisobot shaklini to‘ldirish va soliq organlariga taqdim
qilishni tushuntirib o‘tmoqchimiz. Ushbu tezis yozilayotgan paytda my.soliq.uz
saytining hisobotlar qismida “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
va ijtimoiy soliq hisob-kitobi”ning “11101_16” kodli hisobot shakli amalda edi
va hisobotni to‘ldirishni ushshu shakli misolida tushuntirib o‘tamiz.
Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, ijtimoiy soliqning hisobot shakli
alohida topshirilmaydi, ya’ni ijtimoiy soliqning ma’lumotlari ham jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bilan bir hisobot shaklida
mujassamlashgan bo‘ladi. Hisobot shakli o‘sib boruvchi tartibda to‘ldiriladi va
taqdim qilinadi.
1-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy
soliq hisob-kitobi hisobot detallari
Barcha soliq hisobotlarida bo‘lgani kabi ushbu hisobotda ham, eng
avvalo, hisobot detallari to‘ldirib olinishi zarur. Bunda soliq turi, hisobot turi,
hisobot yili, hisobot davri (oy) va hisobot taqdim etiladigan davlat soliq xizmati
organi tanlanadi (1-rasm).
Barcha soliq turlarining hisobotlari kabi ushbu hisobot ham varaqlar va
ilovalardan tashkil topadi. Varaqlar va ilovalarni to‘ldirish avvalo oxirgi
varaqlardan boshlash tavsiya etiladi. Ilovalarning ayrimlari hisobot matnida
ko‘rinmaydi (№4, №5, №6 va №7 ilovalar). Ushbu ilovalarning ma’lumotlarini
to‘ldirish “Biriktiriladigan shablon fayli” orqali amalga oshiriladi (2-rasm).
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
396
2-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy
soliq hisob-kitobiga biriktiriladigan shablon fayli
Shablon faylining varaqlari quyidagilar hisoblanadi:
-
har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq to‘lash
tarzidagi daromadlar, mazkur daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida maʼlumot (4-ilova);
-
har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mulkiy (dividend va
foizlardan tashqari), moddiy naf tarzidagi va boshqa daromadlar, mazkur
daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i to‘g‘risida maʼlumot (5-ilova);
-
bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha ish haqi hisoblanishi yuzasidan
ma'lumotnoma (6-ilova);
-
har bir jismoniy shaxs kesimida kasanachilik faoliyatidan olingan
daromadlar, mazkur daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida ma'lumot (7-ilova).
Yuqoridagi ilovalarning eng muhimi va ko‘pchilik soliq to‘lovchilar
tomonidan har hisobotda to‘ldiriladigan qismi 4-ilova hisoblanadi. Ushbu
ilovada jismoniy shaxslarning nomi, lavozimi, shaxsiy identifikatsiya raqami,
mehnat munosabatlari haqida ma’lumotlar, yil boshidan beri va hisobot oyida
hisoblangan daromad, yil boshidan beri va hisobot oyida hisoblangan daromad
solig‘i haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Zarur holatlarda hisobotda 5-7-ilovalar
ham to‘ldirilishi zarur.
Ilovalarga kiritilgan qiymatlar bir kalendar yili davomida, ya’ni soliq
davri davomida hisobga olinishi zarur. Masalan, bir jismoniy shaxsga yanvar-
mart oylarida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad hisoblangan bo‘lsa va
keyin aprel oyidan boshlab daromad hisoblash to‘xtatilgan bo‘lsa (masalan,
ishdan bo‘shaganligi sababli), ushbu xodimga dastlabki oylar (yanvar-mart) da
hisoblangan daromadlar qiymati aprel-dekabr oylaridagi hisobot shakllarida ham
yozib qo‘yilishi kerak.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
397
Biriktiriladigan fayl shabloniga barcha yozuvlar kiritilganidan keyin fayl
kompyuter xotirasida saqlanishi va my.soliq.uz saytida to‘ldirilayotgan
hisobotga yuklanishi (upload) kerak. Shundan keyin zarur holatda 3-ilova
to‘ldirilishi boshlanadi (3-rasm).
3-rasm. Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun
belgilangan ijara to‘lovining eng kam miqdori ma`lumotnoma-hisob-kitobi
3-ilova faqat mol-mulk (turar va noturar joylar, yengil va boshqa
avtomobillar) ni jismoniy shaxsdan ijaraga olgan va ularga mulkiy daromad
to‘laydigan soliq agentlari tomonidan to‘ldiriladi. 3-ilovani to‘ldirishdan maqsad
ijara to‘lovining eng kam miqdorlarini aniqlash hisoblanadi. Ma’lumotlarni
to‘ldirishda ijaraga olingan joylarning ijara shartnomasiga ko‘ra kvadrat
metrdagi maydoni, transport vositalarining soni hamda ular bo‘yicha eng kam
oylik ijara miqdorlari haqidagi har yili tasdiqlanadigan normalardan foydalanish
lozim (1-jadval).
1-jadval:
Turar joy va noturar joylarni ijaraga berishning eng kam stavkalari
(2024-yil uchun)
Ijaraga berilgan
mol-mulk turi
O‘lchov
birligi
Oylik ijara to‘lovlarining eng kam miqdori,
so‘mda
Toshkent
shahri
Nukus shahri
va viloyat
markazlari
Boshqa aholi
punktlari
Turar-joy
1
kv.metr
uchun
25 000
12 000
5 000
Noturar-joy
40 000
23 500
10 000
2024 yilda yengil avtomobil ijarasining eng kam miqdori 780 ming
so‘mga va mikroavtobuslar, avtobuslar hamda yuk avtomobillar ijarasi miqdori
1 550 000 so‘mga teng etib belgilangan. Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan
daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘i summasi hisob-kitobning 7-ustun 070-satriga soliq agenti tomonidan
yozilishi kerak.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
398
Jismoniy shaxslarning daromad soligi hisobotining muhim qismlaridan
yana biri 2-ilova hisoblanib, unda jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod
etilgan daromadlari keltiriladi (4-rasm).
4-rasm. Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan
daromadlari
2-ilovada Soliq kodeksining 378-380-moddalari bo‘yicha va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq qo‘llaniladigan daromad solig‘i bo‘yicha
imtiyozlar kiritiladi. Ushbu ilova ham yil boshidan o‘sib boruvchi ketma-
ketlikda shakllantiriladi. Ilovaning 010-satri (Jami imtiyozlar summasi) Hisob-
kitobning 7-ustun 030-satriga avtomatik yoziladi.
5-rasm. Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan to‘lov turlari
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-
kitobiga 1-ilova Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan to‘lov turlari deb nomlanib,
unda Soliq kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq qo‘llaniladigan ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar
kiritiladi.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
399
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-
kitobining 1-varag‘ida barcha ma’lumotlar umumlashtiriladi. So‘zsiz ushbu
varaq hisobotning eng asosiy qismi hisoblanadi (6-rasm).
6-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy
soliq hisob-kitobi
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-
kitobida hisoblangan daromadlarning umumiy summasi, mehnatga haq to‘lash
bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar, soliq bazasi, hisoblangan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq va ShJBPHga badallar
summasi, jami hisobot davrida to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq va ShJBPHga badallar summasi kabi
ma’lumotlar umumlashadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobi daromad solig‘i va ijtimoiy soliq
uchun yagona umumlashgan hisobot shakli hisoblanadi. Ushbu hisobot shakli
daromad solig‘i va ijtimoiy soliqqa oid soliq agentlarining asosiy ma’lumotlarini
ochib berish imkoniyatini yaratadi. Hisobot shakli qonunchilikdagi o‘zgarishlar,
hisobot ma’lumotlarini yanada boyitish va boshqa sabab hamda maqsadlarga
ko‘ra vaqti-vaqti bilan takomillashtirib turiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024).
Xo ‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari
. YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
2.
Чориев И.Х. (2023).
Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни
аниқлашда таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий
жиҳатлари
.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
,
Issue 1, February 2023.
2
3
7
8
010
17 269 863,88
х
х
011
17 269 863,88
х
х
0110
4 317 465,97
х
х
0111
0,00
х
х
012
х
х
0121
х
х
013
х
х
020
х
х
х
030
х
0,00
х
040
х
17 269 863,88
х
050
х
12,00
0,10
060
х
2 072 383,67
17 269,86
061
х
х
070
х
х
071
х
0,00
х
080
х
х
090
х
2 055 113,81
17 269,86
6
Меҳнатга ҳақ тўлаш билан боғлиқ бўлмаган даромадлар (Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 375 (дивиденд ва
фоизлардан ташқари), 376 ва 377-моддалари) (Ҳисоб-китобга 5-илованинг 5-устуни)
х
х
х
шундан меҳнатга оид муносабатларда бўлмаган жисмоний шахснинг ёзма аризасига асосан жисмоний шахслардан олинадиган
даромад солиғи ушлаб қолинмаган моддий наф тарзидаги даромадлар
х
х
х
17 269 863,88
х
Ўзбекистон Республикаси ҳудудида ишлаш учун чет эллик ходимларни бериш бўйича хизматлар кўрсатиш шартномасига
мувофиқ юридик шахс - Ўзбекистон Республикаси норезидентига тўланадиган чет эллик ходимларнинг даромадлари*
0,00
х
Меҳнатга ҳақ тўлаш билан боғлиқ бўлган даромадлар (Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодексининг 371-моддаси)
(Ҳисоб-китобга 4-илованинг 11-устуни)
1
4
5
шундан, ҳисобот даврида ҳисобланган меҳнатга ҳақ тўлаш тарзидаги даромадлар (Ҳисоб-китобга
4-илованинг 12-устуни)
4 317 465,97
4 317 465,97
х
Ҳисобланган даромадларнинг умумий суммаси (011-сатр+0111-сатр+012-сатр+013-сатр)
Кўрсаткичлар
Сатр коди
Ҳисобланган
даромад суммаси
Ижтимоий солиқ
Жисмоний
шахслардан
олинадиган
даромад солиғи
ШЖБПҲга
ҳисобланган
мажбурий
(ихтиёрий)
бадаллар суммаси
Жами
Умумбелгиланган
ставка бўйича
Бошқа ставкалар
бўйича
Ҳисобот даври учун қўшимча ҳисобланган жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи суммаси (Ҳисоб-китобга 3-
иловани 070-сатри)
х
х
х
ШЖБПҲга ихтиёрий тўланган бадал суммаси
0,00
Мол-мулкни ижарага беришдан олинган даромадлар бўйича ҳисобланган жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи
суммаси
х
х
х
х
12,00
х
Ҳисобланган жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи, ижтимоий солиқ ва ШЖБПҲга бадаллар суммаси (040-сатр х
050-сатр)
2 072 383,67
2 072 383,67
0,00
х
х
х
шундан:
17 269 863,88
х
х
Жисмоний шахсларнинг касаначилик фаолиятидан олинган даромадлари (Ҳисоб-китобга 7-илованинг 5-устуни)
х
х
х
Ижтимоий солиқ ҳисобланмайдиган тўлов турлари (Ҳисоб-китобга 1-илованинг 010-сатри)
0,00
Жисмоний шахсларнинг солиқ солишдан озод этилган даромадлари (Ҳисоб-китобга 2-илованинг 010-сатри)
х
х
Жами ҳисобот даврида тўланиши лозим бўлган жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи, ижтимоий солиқ ва
ШЖБПҲга бадаллар суммаси (060-сатр - 061-сатр - 070-сатр - 071-сатр + 080-сатр)
2 072 383,67
2 072 383,67
0,00
х
Солиқ базаси
Жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи, ижтимоий солиқ ва ШЖБПҲга бадаллар ставкаси, %
х
17 269 863,88
17 269 863,88
х
х
Филиаллар ва (ёки) алоҳида бўлинмалар ҳамда юридик шахснинг бош офиси томонидан камайтириладиган ижтимоий солиқ ва
жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғи суммаси**
0,00
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
400
3.
Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ
РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343
4.
Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of
Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of
Scientist: International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248.
Retrieved from
https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906
5.
Чориев И.Х. (2023).
Молиявий инвестициялар ҳисобини
такомиллаштириш
.
Scientific Journal of “International Finance &
Accounting
, Issue 2, April 2023.
6.
U.K.Yakubov, G.S.Maxmudova. (2022). Biznes tahlil: Operatsion tahlil-
1,2. (Darslik). –T.: “Nihol print”, 205 b.
7.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion faoliyat
samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3), 86–94. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
8.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2),
199-205.
9.
Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot
konsepsiyalari.
Nordic_Press
,
2
(0002).
10.
Абдуллаев, А. Б. (2019). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА И
АНАЛИЗА НАЛОГОВ. In
БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ:
ДОСТИЖЕНИЯ И НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА
(pp. 10-
17).
11.
Kasimovich, Y. U. (2021). Developing A Model On The Basis Of A
System Of Indicators Determining The Efficiency Of Foreign Trade
Activities. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7).
12.
ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373
13.
Rozmatova Umida Yuldashevna. (2024). NOMODDIY AKTIVLAR
AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH. World Scientific Research Journal,
26(3), 177–184. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3261
14.
Tulaev, M. (2024). T BUXGALTERIYA HISOBINING SCHYOTLARI
VA ULARNING MOHIYATI.
Nordic_Press
,
2
(0002).