Mualliflar

  • Ochilov Ilyos Keldiyorovich

Muallif biografiyasi

  • Ochilov Ilyos Keldiyorovich

     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    “Buxgalteriya hisobi va hisobot” kafedrasi professori, i.f.d.
    ochilov_ilyos@tfi.uz, ilyos0471@mail.ru,
    ORCID: 0000-0002-3350-0891 (+998959979699) 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133832

Kalit so‘zlar:

sug‘urta shartnomasi moliyaviy instrumentlar to‘lov qobiliyati komponentlar sug`urta majburiyati fuqarolarning sug`urta shartnomasi majburiyatlari turlari.

Annotasiya

 Maqolada sugʻurta shartnomasini hisobga olishda 17-son
MHXS “Sug‘urta shartnomalari” nomli MHXS talablarini tatbiq qilish, uning
mohiyati ochib, uningsugʻurta kompaniyasi faoliyatining natijalari ta`siri koʻrib
chiqilgan. Sug‘urta kompaniyalarida shartnomalarni faoliyat turiga qarab

komponentlarga ajratish
ta’minlash yoritilgan. orqali sug‘urta faoliyatining to‘lov qobiliyatini

 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

467

SUG'URTA SHARTNOMALARI VA TO‘LOV QOBILIYATI

TA’MINLASHNI MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO

STANDARTLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Ochilov Ilyos Keldiyorovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Buxgalteriya hisobi va hisobot” kafedrasi professori, i.f.d.

ochilov_ilyos@tfi.uz

,

ilyos0471@mail.ru

,

ORCID: 0000-0002-3350-0891 (+998959979699)


Annotatsiya:

Maqolada sugʻurta shartnomasini hisobga olishda 17-son

MHXS “Sug‘urta shartnomalari” nomli MHXS talablarini tatbiq qilish, uning
mohiyati ochib, uning sugʻurta kompaniyasi faoliyatining natijalari ta`siri koʻrib
chiqilgan. Sug‘urta kompaniyalarida shartnomalarni faoliyat turiga qarab
komponentlarga ajratish orqali sug‘urta faoliyatining to‘lov qobiliyatini
ta’minlash yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

sug‘urta shartnomasi, moliyaviy instrumentlar, to‘lov

qobiliyati, komponentlar, sug`urta majburiyati, fuqarolarning sug`urta
shartnomasi, majburiyatlari turlari.

Sug‘urta kompaniyalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy

hisobotlarni tuzish jarayonida 4-son MHXS “Sug‘urta shartnomalari” nomli
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalaniladi. Bu hujjat sug‘urta
(qayta sug‘urta) shartnomalarini hisobga olish bo‘yicha xalqaro standart
hisoblanib, bu shu turkumdagi standartlarni ishlab chiqishning birinchi bosqichi
hisoblanadi. MHXS qo‘mitasining asosiy maqsadi birinchi bosqichda "Sug‘urta
shartnomasi" tushunchasini hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni tartibga
solish va birlashtirishni qamrab olgan. Keyingi 15 yildan ortiq vaqt davomida
4-son MHXSning ishlab chiqish va uni takomillashtirish jarayoni davom etib
kelmoqda. Dastlabki loyiha ishlab chiqilib muhokamaga qo‘yilishi 1997 yilda
boshlangan bo‘lib, 2005 yilga kelib, "Sug‘urta shartnomalari"ning 1-bosqichi
kurchaga kirgan va 2013 yilgacha birinchi bosqich amaliyotda foydalanilgan. 4-
son MHXS “Sug‘urta shartnomalari” nomli 2-bosqichi 2014 yildan boshlab
loyihasi e’lon qilinib, Kengash muhokamasiga kiritilgan.

4-son MHXSning 2- bosqichi 2018 yil 1 yanvardan kuchga kiritildi va

sug‘urta

kompaniyalarining

amaliyotiga

joriy

etilgan.

Mazkur

takomillashtirilgan standartda majburiyatlarni baholashda (joriy bozor qiymati /
balans qiymati) hamda sug‘urta kompaniyalari axborot tizimlarida sezilarli
o‘zgarishlarga olib keladi.

2013 yildagi Yevropa Direktivasiga muvofiq, 4-son MHXSni joriy

qilishdagi II -bosqichining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan bozor

ma’lumotlariga mos keladigan joriy qiymat yondashuvidan foydalangan holda
sug‘urta shartnomasini o‘lchash va tan olish;


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

468

sug‘urta shartnomasidagi shartlardan kelib chiqadigan va’da

qilingan xizmatlarning o‘tkazilishini ta’minlash, korxonalar ushbu xizmatlar
evaziga qanday huquqlarga ega bo‘lishi hamda kutilayotgan summani aks
ettirish, qoplanadigan xarajatlarni tashkilotga yetkazgan holda sug‘urta
shartnomasi daromadlarini taqdim etish;

To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va o‘z xohishiga

ko‘ra ishtirok etish bo‘yicha investitsiya shartnomalarini 4-son MHXSning I
bosqichida, 4-son MHXSning amaldagi ko‘lamiga juda cheklangan
o‘zgartirishlar kiritgan holda narxlash modelini qo‘llashni talab etiladi;

Yuqoridagi me’zonlar IASB tomonidan 2007 yilda ko‘rib chiqilgan

va “To‘lov qobiliyati II” (Solvency II) uchun asos bo‘lib qolgan ishlab chiqarish
xarajatlar modelidan farqli o‘laroq, adolatli ijro xarajatlari modeli sifatida
tavsiflangan buxgalteriya modelini yaratadi. Majburiyatlarni bajarishning
amaldagi modelida yuqorida qayd etilgan xususiyatlar sug‘urta shartnomalarini
hisobga olish sug‘urtalovchining hisobot kunidagi sug‘urta qildiruvchi oldidagi
qoldiq huquq va majburiyatlarini amalga oshirishning joriy qiymatini
baholashiga asoslanganligini talab qiladi.

Solvency II - bu sug‘urta qildiruvchilarning to‘lov qobiliyatiga

yangi talablarni joriy etishga qaratilgan Yevropa Ittifoqi va Yevropa Parlamenti
ko‘rsatmalariga asoslangan dastur.

“To‘lov qobiliyati II” (Solvency II) asosiy maqsadlari:
-

iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning takomillashgan

(yaxshilangan) mexanizmlarini yaratish;

-

modernizasiya

qilingan

nazorat:

nazorat

jarayoni

sug‘urtalovchining tavakkal profilini va uning risklarini boshqarish sifatini
baholashga qaratilgan mezonlarni ishlab chiqish;

-

sug‘urtalovchilarning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish.

Sug‘urta kompaniyalari faoliyatiga MHXS standartlarini hamda “To‘lov

qobiliyati II” (Solvency II) izchil tatbiq etishning afzalliklari quyidagilarda
ko‘rishimiz mumkin:

-

tizim va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish zarurligini

minimallashtiradi;

-

moliyaviy va aktuar bo‘limlarning xarajatlarini kamaytirashga

erishish va samaradorligini oshirish hisoblanadi;

-

sug‘urta sohasida MHXSning yangi talablarini bajarishga

tayyorligini ta’minlashga qaratiladi;

-

modellashtirish va ma’lumotlarni boshqarish jarayonlari uchun

operasion xarajatlarni kamaytirishga erishish orqali investorlar bilan
munosabatlarni yaxshilash.

Keng qamrovli yondashuv bilan oldindan rejalashtirish har ikkala

standartning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash maqsadida hech
bo‘lmaganda barqaror va iqtisodiy jihatdan samarali jarayonni yangi talablarga
to‘liq mos kelishiga imkon beradigan moliyaviy hisobot va korxona
tavakkalchiligini ta’minlash uchun juda muhimdir.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

469

Sug‘urta kompaniyalari uchun investorlarning taqdim etgan da’volari

birdan muammo manbaiga aylanishi ehtimoli yuqori hisoblanadi. Shuning
uchun ularni hal qilishga tayyor turish hamda kerakli chora-tadbirlarning
ko‘rilishi, kompaniyalarga raqobatbardoshlikda ustunlikni taqdim etishi
mumkin.

“To‘lov qobiliyati II” (Solvency II)ni qabul qilish zarurligini asoslab

bergan Yevropa Komissiyasining memorandumida to‘lov qobiliyatiga
qo‘yiladigan amaldagi talablar eskirganligi sababli, ular xatarlarga sezgir
emasligi, juda ko‘p tartibga solish milliy darajada qolib ketayotganligii, ular
sug‘urta kompaniyalari guruhlari faoliyatini tartibga solishga qodir emasligi
ta’kidlangan. Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyalarining to‘lovga qodirligi
to‘g‘risida, ular oshkor qilgan ma’lumotlarga asoslanib xulosa chiqarish
mumkin emas, bu sug‘urta bozorini tartibga solish va baholashga xalaqit
beradigan omillar hisoblanadi. To‘lov qobiliyatini ta’minlash yuzasidan doimiy
takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. 17-son MHXS ishlab chiqilib 2023 yil
1-yanvar va undan keyingi sanalardan amaliyotga joriy etildi. 17-son MHXS
hamda 4-son MHXS o‘rtasidagi asosiy farqli jihatlari buxgalteriya hisobida
daromadlarni tan olish va majburiyatlarni baholashda qo‘llashning izchilligi va
uning afzalligidir.

Xalqaro moliyaviy hisobot standarlari Kengashi tomonidan yangi qabul

qilgan 17-son MHXSda sug‘urta kompaniyalari taqdim qiladigan moliyaviy
hisobotlarini tayyorlashda asos bo‘ladigan 4-son MHXSning o‘rnini bosadi.

Sug‘urta faoliyatida 17-son MHXS quyidagi shartnomalar uchun

qo‘llaniladi:

-

kompaniyalar tomonidan berilgan sug‘urta shartnomalariga;

-

kompaniya tomonidan taqdim etilgan qayta sug‘urtalash shartnomalariga;

-

to‘g‘ri-to‘g‘ri

sug‘urtalovchi

kompaniyasi

tomonidan

qayta

sug‘urtalovchi kompaniyaga (sotilgan/o‘tkazilgan tavakkalchilik) berilgan
sug‘urta shartnomalarining bir qismi (qayta sug‘urtalash shartnomalari)
korxona)ga;

-

ixtiyoriy ishtirok etish xususiyatiga ega bo‘lgan investitsiya shartnomalari

(agar tashkilot sug‘urta shartnomalarini tuzganda)ga.

17-son MHXS "Sug‘urta shartnomalari"ga binoan, korxonalar sug‘urta

shartnomalari portfellarini dastlabki tan olishda aniqlab olishlari va ularni
quyidagi minimal guruhlarga bo‘lishni talab qiladi:

- boshlanishida murakkab bo‘lgan shartnomalar;
- keyinchalik jiddiy bo‘lish ehtimoli bo‘lmagan shartnomalar;
- boshqa qolgan shartnomalar.

4-son MHXSga binoan, sug‘urta kompaniyalari daromadlarni tan olish va

zaxiralarni hisoblash bo‘yicha o‘z talqin hamda takliflarini erkin taqdim
qilishlari mumkin bo‘lgan. Masalan, MHXS bo‘yicha majburiyatlar bo‘yicha
tavakkalchilikni tuzish kompaniyalar ixtiyoriga bog‘liq edi, hozir esa 17-son
MHXS bo‘yicha majburiy hisoblanadi.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

470

Quyidagi jadvalda 4-son MHXS va 17-son MHXS o‘rtasidagi asosiy

farqlarni(1-jadvalda) keltirib o‘tamiz.

1-jadval

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining qamrovi va ularning

bir-biridan farqli jihatlarini taqqoslash

.

4-son

MHXS bo‘yicha:

17-son

MHXS bo‘yicha:

- shartnoma boshlanishida foydani
tan olish;
- daromad mukofotni o‘z ichiga
oladi va investitsiya komponentini
o‘z ichiga olishi mumkin;
-

qayta sug‘urta aniq asosda

hisoblanadi;
- bozor o‘zgaruvchilari qiymatining
o‘zgarishi “foyda va zararlar”
hisoboti orqali o‘tadi;
-ma’lumotlarni

oshkor

qilish

foydalanuvchilarga
sug‘urtalovchining

moliyaviy

hisobotidagi

miqdorlarni

tushunishga yordam beradi;
-

komponentlarning ajratilishini

aniqlashda ixtiyoriylik.

- daromadni oldindan aniqlashga yo‘l
qo‘yilmaydi. og‘ir shartnomalar bo‘yicha
yo‘qotishlarni majburiy erta tan olish;
-

daromad har qanday investitsion

komponentni o‘z ichiga olmaydi va
korxona sug‘urta xizmatini ko‘rsatishi va
tegishli tavakkalchilik ozod etilishi bilan
bog‘liq

bo‘lgan

majburiyatlarning

kamayishini ko‘rsatadi;
- qayta sug‘urta alohida hisoblanadi;
-

bozor o‘zgaruvchilari qiymatining

o‘zgarishi “foyda va zararlar” yoki
“boshqa umumiy daromadlar” hisobotlari
orqali bo‘lishi mumkin;
- ma’lumotlar batafsilroq va aniqroq;
- komponentlarni bir -biridan ajratish talab
qilinadi.


Shartnomalarning murakkab guruhlari bo‘yicha yo‘qotishlar darhol foyda

yoki zarar hisobotida aks ettirilishi lozim. Korxona bir yildan ortiq muddatga
tuzilgan shartnomalarni bir guruhga qo‘sha olmaydi. Shunday qilib, har bir
shartnoma portfeli bir yil yoki undan kam davrlardan iborat guruhlarga
bo‘linadi.

17-son MHXS "Sug‘urta shartnomalari" sug‘urta shartnomalarini hisobga

olishning uchta yondashuvini taqdim etadi.

1.

Umumiy o‘lchov modeli (The General Measurement Model—or
Building Block Approach) yoki qurilish bloklari yondashuvi (The
Premium Allocation Approach),

2.

Premium ajratish yondashuvi (the Premium Allocation Approach)

3.

O‘zgaruvchan to‘lov yondashuvi (the Variable Fee Approach) kiradi.

Uchta model sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning tarkibiy

qismlarini hisoblashda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan yondashuvni, ya’ni yuzaga
kelgan talablar uchun javobgarlikni va qolgan sug‘urta qoplamasi uchun
javobgarlikni belgilab beradi.

Yuzaga kelgan talablar uchun javobgarlik ma’lum bir sug‘urta siyosati

uchun, masalan, avtotransport sug‘urtasi siyosatidagi baxtsiz hodisa kabi, ilgari
berilgan yoki berilgan da’volarni bildiradi. Qolgan sug‘urta qoplamasi uchun


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

471

javobgarlik kompaniyaning ma’lum bir siyosat bo‘yicha kelajakdagi da’volarini
kutishini anglatadi. Kompaniya yuzaga kelgan talablar uchun javobgarlik va
qolgan sug‘urta qoplamasi uchun javobgarlik summasi uchun javobgarlik
fondini yaratishi shart.

1.-rasm. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar talablari asosida

buxgalteriya hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari.

17-son MHXSga ko‘ra shartnomaning sug‘urtalanmagan qismini

umumiy shartnomadan ajratish va agar bu sug‘urta bo‘lmagan tarkibiy qism
alohida bo‘lsa, bunday holatlada buxgalteriya hisobining tegishli standartlari
bo‘yicha qayta ishlashni tavsiya qiladi. Sug‘urtalanmagan komponent
bo‘lmagan qismlarini sug‘urta shartnomasi tarkibidan ajratish jarayoni deb
ataluvchi muolaja hisoblanadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standarlarining
4-soni MHXSga binoan, kompaniyalar kompanentlarni ajratishni aniqlashda o‘z
xohish-irodasidan foydalanishlariga imkoniyat yaratilar edi.

17-son MHXS bo‘yicha buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni

takomillashtirish yo‘nalishlarini qo‘yidagi ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz(1-
rasm):

Moliyaviy hisobotning xalqaro standarlarining 17-soni MHXSga binoan,

komponentlarni ajratish amalga oshirilishidan oldin, bajarilishi kerak bo‘lgan
qat’iy mezon talablari mavjud. Agar komponentlarni ajratish talab qilinsa,
kompaniyalar sug‘urta qilinmagan komponentni ajratishi va buxgalteriya
hisobining alohida standarti talablari bo‘yicha amaliyotlarni bajaradi.Masalan,
9-son MHXS yoki 15-son MHXS bo‘yicha hisobga olishlari kerak bo‘ladi.
Sug‘urta kompaniyalari taqdim qilgan sug‘urtalashga aloqasi bo‘lmagan tovarlar

17-son MHXS

bo‘yicha

buxgalteriya

hisobini

takomillashtirish

yo‘nalishlari

Barcha kompaniyalar

tomonidan barcha

sug‘urta shartnomalari

bo‘yicha yagona hisob

tashkil etishga erishiladi

Hozirgi bozor

ma’lumotlarini aks

ettirish uchun hisob-

kitob qoidalari

yangilashga erishilgan

Diskont stavkalari

shartnoma pul

oqimlarining

xususiyatlarini

inobatga olib aks

ettiradi

.

Sug‘urta shartnomasini

o‘lchash muhim bo‘lgan

vaqt qiymatini aks

ettirishga erishiladi

17-son MHXS «Sug‘urta

shartnomalari» ga

muvofiq yagona nizom

va yo‘riqnomalarni

ishlab chiqish zaruratini

keltirib chiqadi


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

472

yoki xizmatlarni hisobga olishda 15-son MHXS talablariga mos hisobotda aks
ettiradi.

17-son MHXSga binoan, sug‘urtalovchilar sug‘urta polisi egasi da’vo

tarkibida yoki da’vo/xavf hodisasidan qat’i nazar, ma’lum bir xizmatdan foyda
ko‘rishi mumkinligini baholashi kerak. Agar xizmatdan faqat sug‘urta hodisasi
sodir bo‘lganida, ya’ni, avariya sababli avtotransport vositasi sug‘urta xodisasi
natijasida foyda ko‘rsa, bu xizmatni ajratish shart emas. Agar sug‘urta hodisasi
sodir bo‘lishidan qat’i nazar, sug‘urta polisi egasi yo‘l-yo‘lakay yordamdan
foydalana oladigan bo‘lsa, sug‘urtalovchidan ushbu komponentni ajratib, 17-son
MHXS bo‘yicha emas, balki 15-son MHXS bo‘yicha hisobga olish talab
qilinadi.

17-son MHXS «Sug‘urta shartnomalari» ga muvofiq sug‘urta

kompaniyalarining moliyaviy hisobotlarini shakllantirish tartiblari va hisobot
ma’lumotlari taqqoslanishini ta’minlash bo‘yicha yagona Nizom va
yo‘riqnomalarni ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. Sug‘urta
kompaniyalarining moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim qilishni MHXS
talablari bo‘yicha takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi
hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Sug`urta faoliyati to`g`risida ”gi

Qonuni. Toshkent sh., 2021-yil 23-noyabrdagi, O`RQ-730-sonli.

2.

Antonovich Yu.N., Kizogyan R.A. Finansovaya ustoychivost straxovoy

organizatsii (na primere OAO «Straxovaya kompaniya «Soyuz»).// "Ekonomika
i sotsium" №6(19) 2015. s. 329-332.

www.iupr.ru

.,

3.

Sbornik otdelnыx MSFO, ChAST 1, ChAST 2 vыpuщennыx na 1

yanvarya 2015 goda. Tashkent, 2015, -235

4.

4-son “Sug‘urta shartnomalari” moliyaviy hisobotning xalqaro

standarti.

5.

17-son “Sug‘urta shartnomalari” moliyaviy hisobotning xalqaro

standarti.

6.

Tashnazarov S.. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: Darslik. –

Toshkent:, 2019. – 555 b.

7.

Raximov M. Y. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili.

O‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirligi Toshkent Moliya instituti. -T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013.392 b.

8.

Raximov M.Y. Moliyaviy tahlil-2 (o‘quv qo‘llanma) T.:TMI. 2003 y.

166 b.

9.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

10.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни

аниқлашда таҳлилий амаллардан фойдаланишнинг услубий


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

473

жиҳатлари.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

, Issue 1,

February 2023.

11.

Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.

12.

Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ

РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343

13.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

14.

Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини

такомиллаштириш.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

,

Issue 2, April 2023.

15.

U.K.Yakubov, G.S.Maxmudova. (2022). Biznes tahlil: Operatsion

tahlil-1,2. (Darslik). –T.: “Nihol print”, 205 b.

16.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion

faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research

Journal

,

26

(3), 86–94. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

17.

Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни

топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.

18.

Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot

konsepsiyalari.

Nordic_Press

,

2

(0002).

19.

Абдуллаев, А. Б. (2019). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА И

АНАЛИЗА НАЛОГОВ. In

БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И

НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА

(pp. 10-17).

20.

Kasimovich, Y. U. (2021). Developing A Model On The Basis Of A

System Of Indicators Determining The Efficiency Of Foreign Trade Activities.
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7).

21.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

22.

Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми

таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Направления развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.

https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173

23.

Tulaev, M. (2024). T BUXGALTERIYA HISOBINING

SCHYOTLARI VA ULARNING MOHIYATI. Nordic_Press, 2(0002).


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

474

24.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun
2024-yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171

25.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб

чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7),
42–49.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782