BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
444
MOLIYAVIY HOLAT TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTNI MHXS
TALABLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Obidov Rakhmonali Rasulovich
Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti dotsenti, PhD.
Annotatsiya:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob
tizimi taraqqiy ettirilishida MHXSlar mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni,
jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion
muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun
ham kun sayin xalqaro standartlarni e’tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib
bormoqda. Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning birinchi shakli: moliyaviy
holat to’g’risidagi hisobotni xalqaro standartlar asosida tuzishning o’ziga xos
jihatlari va ularning bir-biridan farqi ko’rib chiqilgan. Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari (MHXS) bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar:
moliyaviy holat, moliyaviy hisobot, moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari, balans, aktivlar, majburiyatlar, foyda, zarar, xususiy kapital.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi hisob siyosatida
ham muhim o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Shu jihatdan, milliy
standartlarning tuzilishini alohida qayd etish lozim. Xozirgi kunga qadar
buxgalteriya hisobining 20 dan ortiq milliy standartlari qabul qilingan va amal
qilib kelinmoqda. Moliyaviy holat va undagi o’zgarishlarni baholashda bu tartib
albatta juda ko’p noaniqliklarga javob toppish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4611-
son qarori 2020-yil 24-fevralda joriy etildi.[1] Qarorda asosiy maqsad moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o’tishni jadallashtirish orqali xorijiy
investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya
bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit
sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo’yicha tayyorlash tizimini
takomillashtirish hisoblanadi.
Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi
subyektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar
asosida tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy
hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va
o’zining sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi. [2]
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi subyekt to’g’risida
moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida
faoliyat
yurituvchi
subyektning
moliyaviy
holatiga
qiziquvchi
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
445
foydalanuvchilarga ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot
tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga
bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan
qondirishdir. O’z-o’zidan ma’lumki qarorlarni qabul qilish uchun axborot
tizimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar ushbu
tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi lozim. Demak, moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqaro standartlar asosida pul
ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari,
ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo’lib hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning
davlat oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik
hisobotlar orqali) hal etishga emas balki birinchi navbatda mulk egasi va
menedjerlarning samarali boshqaruvini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni hal
etib berishga qaratilgan. [3]
Xalqaro moliyaviy hisobotning to‘liq komplekti quyidagi tarkibiy
qismlardan tashkil topadi:
a) Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot (Statement of financial position);
b) Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hamda boshqa to‘plam daromadlar
to‘g‘risidagi hisobot (Statement of profit or loss and other comprehensive
income);
s) Xususiy kapitalning harakati to‘g‘risidagi hisobot (Statement of
changes in equity);
d) Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot (Statement of Cash
Flows);
e) Hisob siyosati va izohlar, ya’ni hisobotga (tushuntirishlar) ochiqlashlar;
f) eng oldingi taqqoslanadigan davr boshida moliyaviy holat to‘g‘risidagi
hisobot, agarda korxona hisob siyosatini retrospektiv qo‘llasa yoki o‘zining
moliyaviy hisobotida moddalarni retrospektiv qayta hisoblashni amalga oshirsa
yoki o‘zining moliyaviy hisobotida moddalarning reklassifikatsiyasini amalga
oshirsa.
Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotga quyidagicha ta’rif beramiz:
“Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot (Buxgalteriya balansi) – bu
moliyaviy hisobotning asosiy komponenti bo‘lib, hisobot davrining oxiridagi
vaqt momentida kompaniyaning moliyaviy holati, ya’ni uning aktivlari,
majburiyatlari va xususiy kapitalining tasniflangan tarkiblari bo‘yicha holatini
va hisobot davrida o‘zgarishini tavsiflovchi hamda tizimli ravishda asosan tashqi
va ichki axborot foydalanuvchilarga kompaniyaning moliyaviy holatini baholash
va unga doir qarorlarni qabul qilish uchun taqdim qilinadigan axborotlarning
standartlashgan tizimidir”. [4]
Buxgalteriya balansining moliyaviy holatni aks ettiruvchi hisobot deb
ham yuritiladi, chunki bu hisobotning maqsadi kompaniyaning hisobot
davrining oxirida ma’lum bir vaqt momentida moliyaviy holatini aks ettiruvchi
hisobot hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti moliyaviy holat toʼgʼrisidagi hisobotning satrlarida
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
446
koʼrsatiladigan qoʼshimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim etishi
lozim, qachonki bunday taqdim etish tadbirkorlik subyektining moliyaviy
holatini tushunishda oʼrinli boʼlsa.
Аgar tadbirkorlik subyekti oʼzining moliyaviy holati toʼgʼrisidagi
hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli
majburiyatlarni alohida turkumlar sifatida aks ettirsa, u muddati uzaytirilgan
soliq aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida
tasniflamasligi lozim.
Mazkur Standart tadbirkorlik subyekti tomonidan moddalarni aks ettirish
tartibini yoki shaklini belgilamaydi. Shu bilan birga:
(a)
moddalar hisobotning alohida satrlarida koʼrsatiladi, qachonki
moddaning yoki oʼxshash moddalar guruhining hajmi, xususiyati yoki vazifasi
tadbirkorlik subyektining moliyaviy holatini tushunish uchun ushbu
moddalarning alohida taqdim etilishini talab etsa; va
(b)
tadbirkorlik subyektining moliyaviy holatini tushunishda oʼrinli
boʼlgan maʼlumotlarni taʼminlash uchun, foydalanilgan tavsiflar va
moddalarning yoki oʼxshash moddalar guruhining tartibi tadbirkorlik subyekti
va uning operatsiyalarining mohiyatidan kelib chiqib oʼzgartirilishi mumkin.
Masalan, moliya tashkilotining faoliyatini tushunish uchun oʼrinli boʼlgan
maʼlumotlarni taʼminlash maqsadida moliya tashkiloti yuqoridagi tavsiflarni
oʼzgartirishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti quyidagilarni baholash asosida qoʼshimcha
moddalarni alohida taqdim etish toʼgʼrisida qaror qiladi: [5]
(a)
aktivlarning xususiyati va likvidliligi;
(b)
tadbirkorlik subyekti ichida aktivlarning vazifasi; va
(v)
majburiyatlarning summasi, xususiyati va muddati.
Аktivlarning turli guruhlari uchun turli baholash asoslarini qoʼllash shuni
koʼzda tutadiki, ular xususiyati yoki vazifasi boʼyicha farqlanadi va shu tufayli,
tadbirkorlik subyekti ularni alohida satrlarda koʼrsatiladigan moddalar sifatida
aks ettiradi. Masalan, asosiy vositalarning turli guruhlari BHXS 16 ga muvofiq
tannarx yoki qayta baholangan qiymat boʼyicha hisobga olinishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi 4611-
son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha
choratadbirlar to’g’risida”gi qarori
2.
A. A. Karimov, A. K. Ibragimov, N. K. Rizaev, N. M. Imamova-
moliyaviy hisobot standardari / dars-T.: "Moliya", 2021-310 B.
3.
Norbekov D.E. Ochilov I.K. “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari” O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent:,2019. – 416 b.
4.
Ismanov, I. N., & Axmadaliev, B. (2021). Factors Influencing The
Formation Of International Budget Accounting Systems. The American Journal
of Management and Economics Innovations, 3(09), 21-30.
5.
С. Ташназаров. Молиявий ҳисоботнинг халқаро стандартлари:
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
447
Олий ўқув юртлари магистратура мутахассисликлари учун дарслик. –
Тошкент: ,2018. – 555 б.
6.
Raximov M. Y. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili.
O‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim
vazirligi Toshkent Moliya instituti. -T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2013.392 b.
7.
Raximov M.Y. Moliyaviy tahlil-2 (o‘quv qo‘llanma) T.:TMI. 2003 y.
166 b.
8.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
9.
Чориев И.Х. (2023). Молиявий ҳисоботлардаги хатоликларни
аниқлашда
таҳлилий
амаллардан
фойдаланишнинг
услубий
жиҳатлари.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
, Issue 1,
February 2023.
10.
Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ
РАҒБАТЛАНТИРИШ
МАСАЛАЛАРИ
ТАҲЛИЛИ.
Архив
научных
исследований
,
2
(1).
извлечено
от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343
11.
Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of
Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from
https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906
12.
Чориев И.Х. (2023). Молиявий инвестициялар ҳисобини
такомиллаштириш.
Scientific Journal of “International Finance & Accounting
,
Issue 2, April 2023.
13.
U.K.Yakubov, G.S.Maxmudova. (2022). Biznes tahlil: Operatsion
tahlil-1,2. (Darslik). –T.: “Nihol print”, 205 b.
14.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion
faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3),
86–94.
Retrieved
from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
15.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.
16.
Tulaev,
M.
(2024).
Moliyaviy
hisobot
konsepsiyalari.
Nordic_Press
,
2
(0002).
17.
Абдуллаев, А. Б. (2019). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УЧЕТА И
АНАЛИЗА НАЛОГОВ. In
БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И
НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА
(pp. 10-17).
18.
Kasimovich, Y. U. (2021). Developing A Model On The Basis Of A
System Of Indicators Determining The Efficiency Of Foreign Trade Activities.
Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(7).
19.
ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.
Архив научных
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
448
исследований
,
2
(1).
извлечено
от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373
20.
Rozmatova Umida Yuldashevna. (2024). NOMODDIY AKTIVLAR
AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH. World Scientific Research Journal, 26(3),
177–184.
Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3261
21.
Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми
таҳлилини
такомиллаштириш
масалалари. Направления
развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.
https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173
22.
Tulaev,
M.
(2024).
T
BUXGALTERIYA
HISOBINING
SCHYOTLARI VA ULARNING MOHIYATI. Nordic_Press, 2(0002).
23.
Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion
faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171
24.
Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб
чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7), 42–
49. Retrieved from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782