BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
556
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING
XALQARO STANDARTLARI (MHXS)GA O’TISH BOSQICHLARI VA
UNING AXAMIYATI
Ismoilxo’jayeva O’g’iloy G’ani qizi
Tоshkent Kimyо xаlqаrо universiteti
buxgalteriya yo’nalishi talabasi,
Ilmiy rаhbаr: Sh.Sh.Akromov,
Tоshkent Kimyо xаlqаrо universiteti
“Bank ishi va buxgalteriya hisobi”
kaferdasi katta o’qituvchisi, sh.akromov@kiut.uz.
Аnnоtаtsiyа
:
Ushbu tezisda O’zbekiston Respublikasida IFRSga o’tish
jarayoni o’rganilgan, bu jarayonning qiyinchiliklari va oqibatlari tahlil qilingan.
O’zbekiston
tomonidan
moliyaviy
hisobot
standartlarini
IFRSga
muvofiqlashtirish bo’yicha ko’rilayotgan qadamlar, moliyaviy hisobot sifatining
shaffofligiga ta’siri hamda o’tish davrida duch kelgan imkoniyatlar va
muammolar o’rganib chiqilgan
Kаlit sо‘zlаr
.
moliyaviy hisobotning xalqaro standarti, moliyaviy
hisobotning maqsad, ‘zbekiston moliyaviy hisobotlash tizimi, joriy etish va
monitoring
.
O’zbekistonning mustaqil yuksalishi va rivojlanishi mobaynida keyingi
yillarda ulkan yutuqlar qo’lga kiritilganligining guvohi bo’lishimiz mumkin.
Shuningdek “Buxgalteriya hisobi”ni rivojlantirish va jahon bozoriga kirib
borishni jadallashtirish borasida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, korxona va tashkilotlar
faoliyatining samaradorligini oshirishda, umuman, respublikamiz iqtisodiyotini
rivojlantirishda moliyaviy hisobotning o’rni katta ahamiyatga ega. Shu borada,
Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 fevralda “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga o’tishning qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida”gi qarorga imzo
chekilishi va unga binoan, 18 ta banddan iborat “Yo’l xaritasi”tasdiqlangani
respublikamizda buxgalteriya hisobi yo’nalishida jiddiy o’zgarishlar bo’lishidan
dalolat beradi. Shunday ekan, biz jahon bozoriga kirishga, mamlakatimizda
qulay investitsion muhitni
yaratishga
va iqtisodiyotimizga
chet
el
investitsiyalarini jalb etilishiga hamda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etilishiga
intilayotgan ekanmiz, olib borayotgan faoliyatimiz ham xalqaro standartlarga
mos bo’lishi zarur. Bunda, moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga
o’tishni tezlashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti
bilan ta’minlash va xalqaro bozorlarga kirish imkoniyatlari kengayadi.
Bu borada, buxgalteriya hisobi va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro
standartlari bo’yicha tayyorlash tizimi takomillashtiriladi. Xususan, bugungi
kunda jamiyatda jadal kechayotgan o’zgarish va rivojlanishlar buxgalteriya
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
557
sohasida ham islohatlarning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi, ya’ni davr
mohiyatan milliylikda qolganligi sababli bugungi kunning dolzarb talabi nuqtai-
nazaridan birmuncha orqada qolgan hisobchilikning an’anaviy tizimidan
bosqichma-bosqich voz kechishni talab qilmoqda. Buxgalteriya hisobi
tizimining bugungi kundagi vaziyati to’g’risida fikr yuritishdan oldin shuni
alohida ta’kidlash o’rinliki, O’zbekistonda boshqa davlatlardagi kabi biznes
sub’ektlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha aniq tartib joriy qilingan va
takomillashtirilgan. Bunga dalil sifatida O’zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonunni va boshqa hujjatlarni misol qilib
keltirsak bo’ladi. Ammo ushbu keltirilgan dalillarga qaramasdan biznes
sub’ektlari boshqaruvi, bir tomondan faoliyatini rivojlantirish va
moliyalashtirishda yig’ilib qolgan muammolar bilan izohlansa, boshqa
tomondan yig’ilgan ma’lumotlar bazasi tashqi qiziquvchilar talablariga ham
shaklan, ham mazmunan mos emasdi. Bu esa ularning e’tiboridan chetda
qolishga asosiy omil bo’lib qolgandi. Vaholanki, har qanday biznes aniqlik va
shaffoflik ta’minlangan joyda rivoj topadi. Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi
kunda, iqtisodiyotning turli sohalarida besh yuz mingga yaqin xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobi milliy standartlar asosida yuritilib
kelinmoqda. Biroq yangi zamonavi iqtisodiyotdagi ikki xil hisob tizimini
solishtirishdagi oraliq masofa borgan sari uzoqlashib ketmoqda.
Buni o’tgan vaqtda amalga oshirilgan ishlar qadr-qimmatini qabul qilgan
holda, aytish kerakki, iqtisodiyot ochiqlanmaganligi, erishilgan natijadorlik
xalqaro maydonda oshkora etilmaganligi, ya’ni buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishning amaldagi an’anaviy tartibida
xalqaro maydonda rasmiy tan olingan talablar emas, balki, ko’proq milliy
iqtisodiyotning ustuvorligi yuqori qo’yilganligi bilan ta’riflasak to’g’ri bo’ladi.
Hozirgi kundagi muhit tubdan o’zgardi. O’zbekiston tashqi dunyoga to’liq yo’l
ochdi. Shuning uchun, bugungi kunda buxgalteriya va audit sohasi
mutaxassislari oldiga hisobchilikni yangi dunyo munosabatlari tizimiga mos
holda yo’lga qo’yish vazifasi yuklatilmoqda. Buning javobi esa oddiymas,
sababi shundaki, bu borada bir qancha muammolar mavjud:
Birinchidan
, avvalo xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining haqiqiy
natijalarini aniqlash, ularning o’sishlarini tan olish, baholash va ochiqlashdagi
amaldagi tartiblari iqtisodiy resurslarni bo’lg’usi haqiqiy egalari manfaatlariga
mos kelmaydi.
Ikkinchidan
, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar daromad va xarajatlarining
aniq o’lchangan qiymatlari potensial qiziquvchilar manfaatlariga mos kelmaydi.
Bunda foydaning aniqligi, naqdligi va sifatini ta’minlash nazarga olinmoqda.
Uchinchidan
, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishdagi
o’rinsiz, ortiqcha, o’zgarmaydigan talablarning belgilab qo’yilganligi,
shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’z mulklari doirasida aniq
boshqaruv
qarorlarini
tayyorlashda
buxgalteriya
hisobining
mayda
birliklarigacha qat’iy tartibning belgilab qo’yilgani buxgalteriya
mutaxassislarining erkin va kasbiy tajribaga tayangan holda xulosa tayyorlash
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
558
hamda ularni manfaatdorlarga taqdim qilish imkoniyatini bermaydi. Bu biznes
vakillari haqiqiy vaziyatni o’zlari istagan tarzda emas, ular foydalanayotgan
resurslar egalari xohlagan tarzda ko’radi, deganidir.
To’rtinchidan
, hozirgi paytgacha buxgalteriya hisobini tashkil etish,
yuritish va hisobot tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda tashqi
nazoratga ustunlik berilgan edi. Odatda nazoratning ichki turiga ko’proq
ahamiyat berish talab etiladi, ya’ni ichki nazorat to’g’ri va samarali tashkil
etilsa, tashqi nazoratga zaruriyat qolmasligi xalqaro standartlarning eng muhim
sharti deb belgilanadi.
Beshinchidan
, buxgalteriya hisobining milliy standartlari moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga qanchalik moslashtirilsa ham, axborotlar
oqimi ochiq bo’lmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning haqiqiy moliyaviy
ahvoli, natijalari va ularning o’zgarishlarini aniq tasvirlash imkoni bo’lmaydi.
Shuni aytish mumkinki, Prezidentimizning 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga o’tishning qo’shimcha chora-tadbirlari
to’g’risida” gi qarori O’zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlarini yo’lga qo’yish hamda buxgalteriya sohasidagi jiddiy
o’zgarishlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Shunday qilib, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar tomonidan qo’llanilayotgan va yuritilayotgan buxgalteriya
hisobi tartib-qoidalarida xalqaro normalarga nomuvofiqlik darajasining ayrim
jihatlarini tilga olib o’tamiz. Ayniqsa, shu vaqtgacha xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarni tashqi investitsiyalar oqimi bo’yicha kapital oqimiga doimiy
tayyorlab borish strategiyasi yo’q, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
birontasida o’zining muvaffaqiyatli investitsion tarixi yaratilmagan. Biznesning
haqiqiy, potensial qiymatini aniqlashga mulkdorda ham, davlatda ham
qiziqish bo’lmagan. Muvaffaqiyatli shartnomalarga kelishishda biznesda
hisobchilik ishlarining auditorlik xulosasi hech qanday ta’sirga ega bo’lmagan.
Ichki nazoratni joriy qilishning amaldagi tartibi boshqaruvning qay darajada
ekanligiga bog’lanmagan. Tartibli jamoani tashkil etishda kadrlar muammosi
muhimligicha qolmoqda. Shu kabi holatla buxgalteriya hisobining rivojlanishini,
uning integratsion jarayonlarga to’liq moslashuvini, hozirgi kundagi
globallashuv jarayonida axborotlarning yagona makonini yaratishga to’sqinlik
qiladi.
Xalqaro standartlarni rasmiy e’lon qilinadigan hisobotlarda, boshqaruv
faoliyatining natijadorligini ob’ektiv hamda haqiqiy va aniq aks ettirishga,
biznesning uzoq davom etishi, rivojlanishi va taraqqiyotning tendensiyalarini
aniq ko’ra bilishga va qabul qilishga imkon beradi. Bu esa jalb etiladigan tashqi
investitsiyalar hajmini ko’paytirishga, xalqaro aloqalarni mustahkamlanishiga,
kuchli qobiliyatga ega xaridorlar guruhini yaratishga, umuman olganda xalqaro
doirada obro’-ye’tibor oshishiga imkon yaratadi. Shu paytgacha moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari rasmiy ravishda to’rtda – frunsuz, nemis, rus va
polyak tillariga tarjima qilingan. Hozirgi vaqtda esa xitoy, yapon, portugal va
ispan tillariga tarjima qilish harakatlari ketmoqda. Norasmiy tartibda esa 30 dan
ortiq tillarga, shu jumladan, o’zbek tiliga ham tarjima qilingan. Bu esa
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
559
yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlashga imkon beradi. Moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlariga o’tish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy, mulkiy
va moliyaviy ahvolini, ularning o’tgan davrlardagi moliyaviy natijalarini
solishtirib, ob’ektiv baholash orqali kelajakdagi faoliyatini yanada kengaytirish,
tashqi moliyaviy manbaalarni qidirib topish, hamda xalqaro moliyaviy
institutlardan kapital jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ushbu
islohotlar, birinchi galda, yirik biznes sub’ektlarining MHXSga o’tishlariga
qaratilgan “Yo’l xaritasi” bo’lib, ularda an’anaviy tarzda yuritilib kelingan hisob
tizimi tubdan qayta ko’rib chiqilishini nazarda tutadi. Ayniqsa, ushbu “Yo’l
xaritasi” da respublikamizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari,
tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga
kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida
buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi va 2021 yil yakunlaridan boshlab
moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi kerakligi qonun hujjatlarida
keltirib o’tildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: O’quv qo’llanma
/D.E.Norbekov, A .N .To’rayev, Sh.Sh.Rahmonov; - T.: «Iqtisod-Moliya»,
2019-32b.
2.
aniq.uz/uz/yangiliklar/iqtisodiyotga-mahalliy-va-xorijiy-xususiy-
investisiyalarni-kupaytirish-uchun-sharoitlarni-yanada-yaxshilash-ustuvor-
yunalish-buladi
3.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-
sonli “2022-2026-yillarga mo’ljallangan. Yangi O’zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni.
4.
Moliyaviy hisob va hisobot. Darslik / Karimov A.A., Kurbanbayev J.E.,
Jumanazarov S.A. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. - 400 bet.
5.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentning 404-sonli qaroriga asosan yangi
tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonun, 13.04.2016 yil, 22-modda /
/ lex.uz
6.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentinina PQ=1438 sonli “2011-2015
yillarda respublika moliya-bank tizimini yanadi isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalgaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori. 26.11.2010 yil. //lex.uz
7.
Karimov A.A, Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Imamova N.M. Xalqaro
molivaviv hisobot standartlari, Darslik, - T.:2021, 332 b.
8.
Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.
9.
Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН
МУНОСАБАТЛАР
ҲОЛАТИНИ
БАҲОЛАШ
УСУЛИНИ
ТАКОМИЛАШТИРИШ.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
560
10.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
11.
Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ
РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343
12.
Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of
Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from
https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906
13.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion
faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3), 86–94. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
14.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.
15.
Tulaev, M. (2024). Moliyaviy hisobot
konsepsiyalari.
Nordic_Press
,
2
(0002).
16.
ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373
17.
Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми
таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Направления развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.
https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173
18.
Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion
faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171
19.
Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. ., Akhtamovich, H. S. ., &
Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.
FAN,
TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION
,
2
(4), 6–13.
Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251
20.
Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб
чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7), 42–
49. Retrieved from
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
561
21.
Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL
STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.
Scientific and
Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology
,
8
(4),
297-307.
22.
Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш шароитида
рақамли банк технологияларини жорий қилиш . ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7), 99–107. Retrieved from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788
23.
Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy
bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.
24.
Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING
SERVICES ON BANK INCOME.
International Journal of Education, Social
Science & Humanities
,
12
(6), 82-86.
25.
Klichev, B.P., Tulaev, M.S. (2021). Issues of development of the
analysis of business activity in joint-stock companies of Uzbekistan.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. ISSN:
2249-7137
Vol.
11,
Issue
11,
November
2021,
584-591.
https://doi.org/10.5958/2249-7137.2021.02539.8
26.
Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit
portfolio at commercial banks.
International Journal of Research in Social
Sciences
,
9
(3), 725-736.
27.
Мажидов Ж. (2024). Тижорат банклари активлар портфелларининг
сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг ўзига хос
хусусиятлари.
(2024).
Ustozlar
Uchun
,
1
(4),
1463-
https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878