Mualliflar

  • Maxmatqulova Hikoyat G’iyosiddin qizi

Muallif biografiyasi

  • Maxmatqulova Hikoyat G’iyosiddin qizi

     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, o’qituvchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133859

Kalit so‘zlar:

aholi joylashuvi aholi soni aholi zichligi demografik sig’im ekologik vaziyat.

Annotasiya

 Maqolada Qashqadaryo viloyati aholi joylashuvi bilan bog’liq
hududning demografik jarayonlari, aholi joylashuviga ta’sir qiluvchi tabiiy va
iqtisodiy omillarning ta’siri, aholi zichligi bilan bir qatorda demografik
jarayonlarni statistik tahlilining zarurati to’g’risida bayon qilingan. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

642

QASHQADARYO VILOYATINING DEMOGRAFIK SIG'IMINI

STATISTIK TAHLILI

Maxmatqulova Hikoyat G’iyosiddin qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, o’qituvchisi

Annotatsiya.

Maqolada Qashqadaryo viloyati aholi joylashuvi bilan bog’liq

hududning demografik jarayonlari, aholi joylashuviga ta’sir qiluvchi tabiiy va
iqtisodiy omillarning ta’siri, aholi zichligi bilan bir qatorda demografik
jarayonlarni statistik tahlilining zarurati to’g’risida bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

aholi joylashuvi, aholi soni, aholi zichligi, demografik

sig’im, ekologik vaziyat.

Aholini iqtisodiy geografik jihatdan o'rganishda uning joylashuvi asosiy

hisoblanadi. Ma'lumki, aholining joylashuvi ko'pincha hududning tabiiy va
iqtisodiy imkoniyatlariga to'la bog'liq. Bu esa hududlar doirasida qancha
aholining yashashi imkoniyatlari borligini, aniqrog'i hududning demografik
sig'imini (HDS) aniqlash uchun ilmiy tadqiqotlar olib borish zaruratini taqozo
etadi. Mamlakatning demografik sig'imini aniqlashda birinchi navbatda yеr, suv
va rekreatsion zaxiralar asosiy ko'rsatkich hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-
60-sonli Farmonining

33-maqsadida hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali

hududiy iqtisodiyotni 1,4 — 1,6 baravarga oshirish bo’yicha

14 ta hudud

bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy
dasturlarni amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari
“qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya

siyosatini yanada takomillashtirish. Samarqand va Namangan shaharlarini
istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘rish. 450
ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta
mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish. Qashqadaryo viloyatining
urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish”

1

.

Hududning barcha omillarini hisobga olgan holda, aholini ma'lum meyorda

joylashtira olishi uning demografik sig'imi deb ataladi. Bu sig'im yеr, suv, ish
o'rinlari, dam olish zonalari, ekologik holatning ijobiy tomonga o'zgarishidan va
ta'minlanganidan kelib chiqib aniqlanadi va uning miqdoriy ko'rsatkichi vaqt
o'tishi bilan o'zgarib turadi. Boshqacha qilib aytganda, demografik sig'im
mazkur hudud hozirgi vaziyatini saqlab qolgan taqdirda qancha aholini sig'dira
olishi (boqa olishi), uning bu boradagi imkoniyatini bildiradi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-60-sonli Farmoni. 2022 yil 28
yanvar. //

https://lex.uz/docs/5841063.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

643

Ba'zi tumanlarda demografik sig'im nihoyatda keskinlashgan bo'lib, ularda

nafaqat aholining nisbiy ko'pligi, balki uning mutloq ortiqchaligi ham kuzatiladi.
Albatta, shunga o'xshash hududlarda aholining nihoyatda zich joylashganligi,
yеr, suv va ish o'rinlari bilan yеtarli darajada ta'minlanmaganligi ijtimoiy
muammolarni keskinlashtiradi, turli xil salbiy oqibatlarga, hududning
zo'riqishiga olib keladi.

1-jadval

Qashqadariyo viloyati hududlari bo`yicha shahar va qishloq aholisi

soni

2

(2024 yil boshiga; ming kishi)

Ko’rsatkichlar

Jami
aholi

shu jumladan:

shahar

aholisi

Jami aholi

soniga

nisbatan, %

Qishloq

aholisi

Jami aholi

soniga

nisbatan, %

Qashqadaryo
viloyati

3560,6

1524,1

42,8

2036,5

57,2

Qarshi sh.

295,6

295,6

100,0

0,0

0,0

Shahrisabz

sh.

147,2

147,2

100,0

0,0

0,0

tumanlar:

G'uzor

222,2

52,3

23,5

169,9

76,5

Dehqonobod

159,5

30,4

19,1

129,1

80,9

Qamashi

293,1

69,7

23,8

223,4

76,2

Qarshi t

272,1

98,6

36,2

173,5

63,8

Koson

312,1

164,0

52,5

148,1

47,5

Kitob

282,0

105,1

37,3

176,9

62,7

Mirishkor

129,6

48,8

37,7

80,8

62,3

Muborak

93,4

74,3

79,6

19,1

20,4

Nishon

166,6

100,1

60,1

66,5

39,9

Kasbi

213,0

82,3

38,6

130,7

61,4

Ko'kdala

188,7

29,7

15,7

159,0

84,3

Chiroqchi

267,9

77,1

28,8

190,8

71,2

Shahrisabz t

235,1

56,7

24,1

178,4

75,9

Yakkabog'

282,5

92,2

32,6

190,3

67,4

Aholining zich joylashuvi hudud ekologik holatining antropogen omil

asosida keskinlashuviga sabab bo'ladi. Bunday sharoitda sanitariya-gigiyena
holati ham murakkab bo'lib, yuqumli kasalliklarning tarqalish imkoniyati esa
kengdir. Aholi joylashuvi yoki uning hududiy tarkibi shahar va qishloq joylar
bo'yicha taqsimoti bilan ham tavsiflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda aliolining
ko'pchiligi shaharlarda istiqomat qiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda,
aksincha, qishloq aholisi ustun turadi. Qashqadaryo viloyatida 57,2 % aholi

2

www.qashstat.uz

. ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

644

qishloqlarda yashaydi. Bu esa qishloq infratuzilmasi va madaniyati, sanoati va
transportini rivojlantirishni dolzarb muammo qilib qo'yadi. Shu nuqtai nazardan
qishloq joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat mintaqaviy siyosatining
ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. (1-jadval)

HDSning o'zgaruvchanligi hududda ishlab chiqarish kuchlarining

rivojlanishi, tabiatga va iqtisodiyotga fan-texnikaning ta'sirining samaradorligi
ortib borishi bilan demografik sig'im ko'lami kengayib boradi. Masalan,
Qashqadaryo viloyatida 508 ming kishilik (1959 y) aholining iqtisodiy turmushi
va ijtimoiy sharoiti hozirgi 3408,3 ming

(2022)

aholi turmushidan bir necha

barobar past bo'lgan. XX asrning 70-90 yillaridagi yangi еrlarning
o'zlashtirilishi, irrigatsiya-melioratsiya infratuzilmasining shakllanishi, yеr osti
boyliklarining ochilishi, qayta ishlash sanoat korxonalarining qurilishi natijasida
hududning demografik sig'imi kengaydi. Bu jatuman respublikamizning
mustaqil bo'lishi munosabati bilan yanada kengayib bordi, chunki mamlakat
tabiiy resurs zaxiralari ichki ehtiyojni qondirish maqsadida o'zlashtirila
boshlandi va qayta ishlandi. Hudud demografik sig'imi ko'rsatkichlari shartli
ravishda aniqlanadi. Bu davlat va uning mintaqalarida ishlab chiqarish kuchlari
taraqqiyotini ekologik tadbirlar bilan birga olib borilishini taqozo qiladi.

Aholi joylashuvining eng muhim xususiyati uning zichlik ko'rsatkichi

orqali ifodalanadi. Zichlik brutto va netto (toza) ko'rinishida bo'ladi. Birinchisi
mamlakat yoki tuman hududining umumiy maydoniga nisbatan hisoblanadi va 1
km

2

ga necha kishi to'g'ri kelishini ko'rsatadi. Masalan, O'zbekistonda o'rtacha

aholi zichligi 1 km

2

ga 78,6 kishini tashkil etsa, Qashqadaryo viloyatida bu

ko'rsatkich 119,1 kishini tashkil etib, mazkur ko'rsatkich bo'yicha respublikada
9-o’rinda turadi (2022 y.). Agar mazkur ko'rsatkich faqat aholi yashaydigan
hududlarga, xususan sug'oriladigan yеrlarga nisbatan hisoblab chiqilsa, u sof
yoki netto ko'rinishiga ega bo'ladi. Ekin ekiladigan maydonlar bo'yicha zichlik,
odatda, qishloq aholisi uchun ahamiyatlidir. Demografik zichlik bilan ishlab
chiqarishning joylashuvi, ixtisoslashuvi va hududiy mujassamlashuvi, iqtisodiy
zichlik o'rtasida ma'lum darajada aloqadorlik mavjud. Bu ikki ko'rsatkich bir -
biriga teskari proportsianallikda rivojlanadi. Ya'ni, aholi jon boshiga to'g'ri
keluvchi sug'oriladigan еrlar qancha kamaysa, 1 ga maydonga to'g'ri keluvchi
aholi soni ortib boradi.

Qashqadaryo viloyatining umumiy yеr maydoni 2856,8 ming gani tashkil

etadi. Bu esa jami respublikaning 44892,4 ming ga yеriga nisbatan 6,4 foizni
tashkil etib, eng katta yеr maydoni Dehqonobod tumaniga to'g'ri kelib (395,7
ming ga) deyarli Sirdaryo (427,6) va Andijon (430,3 ming ga) viloyatlari
maydoniga yaqindir. Mirishkor (312,5 ming ga), Muborak (307,0 ming ga),
Chiroqchi (283,7 ming ga) tumanlarida ham yеr maydoni katta bo'lib, bu
tumanlar guruhi viloyat jami maydonining 45,5 foizini tashkil qiladi.

Qashqadaryo viloyatida mavjud sug'oriladigan yеrlar 514,1 ming gektarni

tashkil etib, u respublika (4312,9 ming ga) sug'oriladigan yеrlarining 11,9
foizini tashkil etadi. Bundan ko'rinadiki, viloyat respublika umumiy
maydonining 6,4 foizini egallallagani holda sug'oriladigan yеrlarning 12 foiziga


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

645

egalik qiladi.

Maydoni jihatidan viloyatda birinchi o'rinni band etgan Dehqonobod

tumani sug'oriladigan yеrlari jihatidan esa oxirgi o'rinni egallagan.

Viloyatning 64,0 foiz sug'oriladigan yеrlari tekislik, ya'ni Qarshi cho'li

o'zlashtirilishi va qadimdan o'zlashtirilgan hududlarda tashkil topgan tumanlarga
(Koson, Mirishkor, Kasbi, Qarshi, Muborak) to'g'ri keladi. Qashqadaryo
viloyatida 2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 3408,3 ming kishi istiqomat
qilmoqda. Bu esa respublika aholisining 9,7 foizi demakdir. Alioli zichligi
bo'yicha viloyatning ma'muriy tumanlari tahlil etilganda eng yuqori ko'rsatkich
Kasbi (313,8), Qarshi (285,0), Yakkabog' (246,3) tumanlariga to'g'ri kelsa, eng
past ko'rsatkich Muborak (29,4), Dehqonobod (38,2), Mirislikor (38,6)
tumanlariga tegishlidir.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, zichlikning eng yuqori ko'rsatkichlari qayta

ishlash sanoati rivojlangan hududlarda, shahar atrofida, qadimdan sug'orma
dehqonchilik tarqalgan voha va vodiylarda, agrosanoat tumanlarida kuzatiladi
(Kasbi, Qarshi, Yakkabog). Tabiiyki, bunday hududlarga ishlab chiqarish
rivojlanishining intensiv yo'nalishi xosdir. Ayni chog'da ekstensiv xo'jalik
tizimiga ega bo'lgan chorvachilik, ayniqsa yaylov chorvachiligi hamda tog'-kon
sanoati tumanlarida aholi zichligi ancha past (Muborak, Dehqonobod,
Mirislikor). Bunda tabiiy sharoit, relyef xususiyatlari va balandlik mintaqalari
ham katta tasir korsatadi.

Xulosa qilib aytganda, ba'zi tumanlarda demografik sig'im nihoyatda

taranglashgan bo'lib, ularda nafaqat aholining nisbiy ko'pligi, balki uning mutloq
ortiqchaligi kuzatiladi. Albatta, shunga o'xshash hududlarda aholining nihoyatda
zich joylashganligi, yеr, suv va ish o'rinlari bilan еtarli darajada ta'minlanganligi
ijtimoiy muammolarni keskinlashtiradi, turli xil salbiy oqibatlarga olib keladi.
Aholiining zich joylashuvi hudud ekologik holatini antropogen omil asosida
keskinlashuviga sabab bo'ladi. Shuningdek, bunday sharoitda sanitariya-gigiena
holati ham qoniqarli darajada bo'lmaydi. Yuqumli kasalliklarning tarqalishi
imkoniyati esa kengroq bo'ladi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha viloyatning hozirgi yеr va suv resurslaridan

foydalanish darajasi bo'yicha demografik sig'imi 5 millionga yaqin aholini
o'zida joylashtirish imkoniyatiga ega. Yuqorida qayd qilinganidek, bu HDS
shartli ravishda aniqlanadi. Viloyat tabiiy zaxiralaridan iqtisodiy sohalarda
foydalanishda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarining tadbiq etilishi bilan bu
raqam ortib boraveradi. Bundan tashqari demografik sig'imi katta bo'lgan
mintaqalardagi xom ashyolarni qayta ishlash sanoat korxonalarini HDS kichik
hududlarga joylashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirib borish orqali viloyat
hududlarida aholining joylashuvini ekologik jihatdan to'g'ri amalga oshirish
lozim.




background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

646

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-
60-sonli Farmoni. 2022 yil 28 yanvar. //

https://lex.uz/docs/5841063

2.

Кашин

А.А.

Исследование

ландшафтной

организации

территории Удмуртии как фактора хозяйственного освоения и расселения
населения. Дисс.... канд. геог. наук. -Ижевск, 2015. - 184 с.
(

ҳттпс://www.диссерcат.cом

)

3.

Крупко А.Е. Теоретические аспекты изучения территориалной

организации населения и расселения // Журнал «Вестник ВГУ», 2007. - с.
65-69.

4.

Ким В.Ч. Концепция системы эконом-географических кадастров

- Т.: Академия МВД Республики Узбекистан, 1998. - 64 с

5.

Maxmatqulova H.G’. “Properties of borel sets” . “Innovation in

technology and Sciense Education”, Scientific journal.2023. Vol.2.№14. P.169-
175.

6.

Ochilov, O. I. (2022). INVESTMENT QUALITY ANALYSIS IN

BUSINESS ENTITIES. Архив научных исследований, 2(1).

7.

Ochilov, O. (2022). ИНСОН КАПИТАЛИГА ИНВЕСТИЦИЯЛАР

ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ. Архив научных исследований, 2(1).

8.

Ochilov, O. I. (2019). DEVELOPMENT OF METHODOLOGY FOR

RECOGNIZING REVENUES FROM INVESTMENTS. In Бухгалтерский
учет, анализ и аудит: история, современность и перспективы развития (pp.
96-99).

9.

Ochilov, O. I. (2019). THEORETICAL BASES OF INVESTMENTS

ACCOUNTING. In БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И
НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА (pp. 209-214).

10.

Ochilov, O. I. (2018). METHODOLOGICAL ASPECTS OF

FINANCIAL AND ECONOMIC PERFORMANCE ANALYSIS OF
BUSINESS ENTITY. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА, СТАТИСТИКИ
И НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ (pp. 26-34).

11.

Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР

БИЛАН МУНОСАБАТЛАР ҲОЛАТИНИ БАҲОЛАШ УСУЛИНИ
ТАКОМИЛАШТИРИШ.

12.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi

subyektlarda CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

13.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

14.

Kholdorov Sardor Umarovich. (2024). LIQUIDITY RISK

MANAGEMENT IN THE BANKING SECTOR: CHALLENGES,


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

647

STRATEGIES AND IMPLICATIONS. World Scientific Research Journal,
26(3), 122–131. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3255

15.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion

faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research

Journal

,

26

(3), 86–94. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

16.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

17.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171

18.

Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. , Akhtamovich, H. S. ., &

Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.

FAN,

TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION

,

2

(4), 6–13.

Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251

19.

Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL

STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

8

(4),

297-307.

20.

Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш

шароитида

рақамли

банк

технологияларини

жорий

қилиш

.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7),
99–107.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788

21.

Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy

bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.

22.

Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING

SERVICES ON BANK INCOME.

International Journal of Education, Social

Science & Humanities

,

12

(6), 82-86.

23.

Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit

portfolio at commercial banks.

International Journal of Research in Social

Sciences

,

9

(3), 725-736.

24.

Мажидов

Ж.

(2024).

Тижорат

банклари

активлар

портфелларининг сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг
ўзига

хос

хусусиятлари.

(2024).

Ustozlar

Uchun

,

1

(4),

1463-

1467.

https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878