BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
625
AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA IJTIMOIY
HIMOYANING USTIVOR YO‘NALISHLARI
D.Sholdarov
TDIU “Byudjet hisobi va gʻaznachilik ishi”
kafedrasi mudiri PhD, prof.
Har bir jamiyatda aholining siyosiy, huquqiy, milliy tomondan
himoyalash mavjud bo‘lib, jamiyat a’zolarining ma’lum tabaqalarini turli
sharoitlarda ijtimoiy himoyalash ham zaruratga aylanadi. Aholining bunday
qatlamlari nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar, boquvchisiz qolgan oila
a’zolari iqtisodiy himoyaga muhtojlardan hisoblanib, aholining bunday
qismlarini davlat markazlashgan aholini ijtimoiy himoyalashni tashkil etgan
tizimi orqali ijtimoiy himoyalash amalga oshiriladi.
Zamonaviy sharoitda ijtimoiy himoya ijtimoiy tengsizlikning o‘sishiga,
aholi ijtimoiy tabaqalanish jarayonining chuqurlashishiga imkon bermaslikning
samarali vositasiga aylandi. Ijtimoiy me’yorlar talablariga muvofiq fuqarolarga
maqbul turmush sharoitlarining yaratib berilishi turmush darajasining o‘sishiga,
aholi yashash sifati yaxshilanishiga, jamiyat farovonligini oshirishga yordam
beradi.
Jahon tajribasi amaliyotlarida qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish
va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarini ijtimoiy sug‘urta
tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish masalasi
o‘rganiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi ijtimoiy xavfsizlikni insonning asosiy huquqi sifatida tan olish
uchun asos yaratadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insonlarning
farovonligini qo‘llab-quvvatlash uchun sog‘liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy
xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta'minlash muhimligini ta'kidlaydi
1
.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti(XMT) bugungi kunda insonning asosiy
huquqi sifatida ijtimoiy himoyani ilgari surmoqda. XMTning 2012 yildagi
ijtimoiy himoya boʻyicha 202-sonli tavsiyanomasi mamlakatlarni barcha muhtoj
shaxslarga tegishli moliyaviy yordam koʻrsatadigan keng qamrovli ijtimoiy
himoya tizimlarini yaratishga chaqiradi
2
.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyaning qabul
qilinishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari kambag‘allikni kamaytirish,
ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar
va nogironlarni to‘liq, foydali va munosib ish bilan ta’minlashga erishishga
yordam berishi kutilmoqda. So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish
tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O’zbekiston Respublikasi
Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va qo‘shimcha
1
"Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (10.12.1948) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A
(III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan.
2
"Ijtimoiy himoya qilishning mininal darajalari bo'yicha" 202-sonli tavsiyanoma, 2012-yil, XMT
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
626
resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va
oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha
mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam
ko‘rsatish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy
qilinishi, kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni parvarishlash uchun
to‘lanadigan nafaqa qamrovi kengayib, nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan
bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi, mazkur to‘lov muddati 6
oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o‘rtacha 1,5 barobarga oshirilishi,
ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi, aholini
bandligini ta’minlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi
3
.
Aholi turmush darajasini yanada yaxshilash va ijtimoiy himoya qilishning
ustuvor yo‘nalishlari sifatida, ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa
tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy
yordam dasturlari bilan qamrab olinishi, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy
himoyasini kuchaytirilishi, nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga
bosqichma-bosqich o‘tish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan
shaxslarning bandligini ta’minlash, aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-
ortopediya buyumlari va reabilitasiya vositalari bilan ta’minlash va ijtimoiy
xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyotini joriy etish
belgilandi.
Ijtimoiy himoyani ayrim toifadai insonlar daromad manbaiga aylantirib
sohta xujjatlar asisida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda.
So‘nggi oylarda kam ta’minlangan oilalar manzilli o‘rganilgani hamda tizim
shaffof qilingani natijasida doimiy daromadga ega oilalar bunday toifadan
chiqarilgan. Bu borada yagona savolnoma joriy qilinadi. Xonadonga “mahalla
yettiligi”ning qaysi vakili kirishidan qat’iy nazar, oiladagi muammo va
imkoniyatlar aniqlanib, “ijtimoiy portreti” chiziladi. Yordamdan so‘ng
xonadonda nima o‘zgargani monitoring qilib boriladi. Bu yerda gap mablag‘ni
qisqartirish haqida emas, uni o‘z egasiga – haqiqiy muhtojlarga berish va
jamiyatga integrasiya qilish haqida ketmoqda. Yana bir muhim jihati,
mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish shartnomasi orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda xizmat
ko‘rsatuvchi ham, yordam oluvchi ham o‘ziga majburiyat oladi. Endi nafaqa
oluvchilar ro‘yxatiga, birinchi navbatda, nogironligi bor, ota-onasi yo‘q,
boquvchisini yo‘qotgan, kasalligi va boshqa sababga ko‘ra uzoq muddat ishlay
olmaydiganlarning oilalari kiritiladi. Boshqa fuqarolarni “ijtimoiy reyestr”ga
kiritishda ularning faqat daromadi emas, balki xarajatlari ham baholanadi
4
.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki. O’zbekistonda aholi turmush
darajasini oshirish va inson qadri davlat siyosatining poydevoridir. Xususan,
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси аҳолисини ижтимоий ҳимоя қилиш
стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида” 2022 йил 25 июлдаги ПФ-175-сон Фармони.
4
Sh.Mirziyoyev. “Ijtimoiy himoyaning yangi tizimi inson qadrini ta’minlashga xizmat qiladi”. Xaq so’zi. 2024
yil 21 fevral.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
627
bunda aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi alohida ahamiyatga ega.
Davlatimiz tomonidan kam ta’minlangan oilalar, ayollar, yoshlar, keksalar,
shuningdek,
nogironlarga
har
tomonlama
yordam
ko‘rsatilmoqda.
Ko‘rsatilayotgan yordam manzillidir, ya’ni faqat ehtiyojmand odamlarga
beriladi. Uning maqsadi odamlarga hayotdagi qiyin damlarni yengib o‘tishga
yordam berish, ularda kelajakka ishonch uyg‘otishdir.
Adabiyotlar:
1.
Umarov Z.A. Tijorat banklarida kredit operatsiyalari hisobi va auditining
nazariy-uslubiy masalalari / Monografiya, IQTISOD-MOLIYA, 2021 yil, 127 b.
2.
Toymuxamedov I., Umarov Z., Xusainov G. Naqd pulsiz hisob-kitoblar
va to‘lov tizimi. O’quv qo‘llanma. – 2018.
3.
Umarov Z.A. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: “Innovatsion
rivojlantirish nashriyot-matbaa uyi” 2021, 612 b.
4.
Umarov Z.A. Yangi bank xizmatlari, ularni rivojlantirish Bozor, pul va
kredit jurlali №1 2019 y.
5.
Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН
МУНОСАБАТЛАР
ҲОЛАТИНИ
БАҲОЛАШ
УСУЛИНИ
ТАКОМИЛАШТИРИШ.
6.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
7.
Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of
Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from
https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906
8.
Kholdorov Sardor Umarovich. (2024). LIQUIDITY RISK
MANAGEMENT IN THE BANKING SECTOR: CHALLENGES,
STRATEGIES AND IMPLICATIONS. World Scientific Research Journal,
26(3), 122–131. Retrieved from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3255
9.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion faoliyat
samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3), 86–94. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
10.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.
11.
ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
628
12.
Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.
13.
Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми
таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Направления развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.
https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173
14.
Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion
faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171
15.
Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. ., Akhtamovich, H. S. ., &
Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.
FAN,
TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION
,
2
(4), 6–13.
Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251
16.
Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб
чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7), 42–
49. Retrieved from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782
17.
Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL
STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.
Scientific and
Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology
,
8
(4),
297-307.
18.
Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш шароитида
рақамли банк технологияларини жорий қилиш . ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7), 99–107. Retrieved from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788
19.
Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy
bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.
20.
Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING
SERVICES ON BANK INCOME.
International Journal of Education, Social
Science & Humanities
,
12
(6), 82-86.
21.
Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit
portfolio at commercial banks.
International Journal of Research in Social
Sciences
,
9
(3), 725-736.
22.
Мажидов Ж. (2024). Тижорат банклари активлар портфелларининг
сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг ўзига хос
хусусиятлари.
(2024).
Ustozlar
Uchun
,
1
(4),
1463-