BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
619
MOLIYAVIY OMMABOPLIKNI OSHIRISHDA MOLIYAVIY
SAVODXONLIK
Umarova Lola Erkinovna
TDIU, Bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Moliyaviy ommaboplikni o‘rganish aholi va xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini
ko‘rsatadi,
moliyaviy
ommaboplikning
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy ommaboplik, moliyaviy xizmat, moliyaviy
xizmatlar ommabopligi, bank xizmatlari, moliyaviy savodxonlik.
Iqtisodiyotning barqaror va mutanosib rivojlanishi, aholi turmush darajasi
va farovonligining oshishi ko‘p jihatdan fuqarolarning iqtisodiy hodisa va
jarayonlarga ongli ravishda munosabatda bo‘lishi, iqtisodiy tafakkur va
ko‘nikmalarning rivojlanishiga bog‘liq. Chunki, fuqarolar qanchalik yuqori
iqtisodiy faollik va moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lsa, ularning iqtisodiy
faoliyati, hayotning turli jabhalarida qabul qilayotgan qarorlari shu darajada
samarali bo‘ladi. Ayniqsa, moliyaviy savodxonlik mamlakatdagi ishbilarmonlik
muhitining rivojlanishiga, tadbirkorlik faoliyatining kengayishiga qulay
imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar natijasida bozor munosabatlarining shakllanish jarayonlari yanada
jadalroq tus olmoqda, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tartibga solishda bozor
mexanizmlaridan foydalanish salmog‘i sezilarli ravishda ortib bormoqda.
Iqtisodiy resurslardan foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish kabi muhim jihatlarga ko‘proq moddiy manfaatdorlik,
rag‘batlantirish, iqtisodiy dastaklarni ishga tushirish orqali yondoshilmoqda.
Bularning barchasi esa iqtisodiyotimizning demokratik bozor tamoyillari
asosida qayta tarkib topishiga zamin bo‘lmoqda.
Biroq, shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, iqtisodiyotda samarali va demokratik
bozor tamoyillarini to‘liq tarkib topishi fuqarolarning iqtisodiy bilim va
malakalari, ko‘nikmalari darajasiga, ularning iqtisodiy madaniyatiga ham
bog‘liq. Iqtisodiy madaniyatning etarli darajada shakllanishi va samarali amal
qilishi esa har bir shaxsning moliyaviy savodxonlik darajasini taqozo etadi.
Shunga ko‘ra, hozirda jahonning aksariyat mamlakatlarida aholining moliyaviy
savodxonligini oshirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bizning
mamlakatimizda ham aholi moliyaviy savodxonligini ta’minlash va oshirish
muhim bo‘lib, bu boradagi tizimli chora-tadbirlarni belgilash avvalo mazkur
masalaning iqtisodiy mazmuni va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rnini
ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
“Moliyaviy savodxonlik – bu inson moliyaviy xulq-atvori sohasidagi uning
farovonligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga olib keluvchi bilim,
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
620
ko‘nikma va qadriyatlar majmui; hayotdagi voqealar va iqtisodiy shart-
sharoitlardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qisqa muddatli qarorlar va
uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish orqali shaxsiy moliyani boshqarishdagi
qobiliyat va qat’iylikni, asosiy moliyaviy tushunchalarni anglab etishni
ifodalovchi darajadir.
Moliyaviy savodxonlik – o‘z mablag‘ini boshqarish va uni ko‘paytirish
mahorati. U moliyaviy bozorning o‘ziga xosliklarini bilish, bozor ishtirokchilari
tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlardan xabardor bo‘lish hamda
shu asosda qabul qilingan qaror mas’uliyatini zimmasiga olish degani hamdir.
Moliyaviy savodxonlik tushunchasi juda keng hisoblanadi. U aholining
kundalik hayotdagi oddiy iqtisodiy voqea va jarayonlar (masalan, oziq-ovqat va
uy-ro‘zg‘or buyumlarini xarid qilish, turli resurslar (elektr energiyasi, tabiiy gaz,
ichimlik suvi) va kommunal xizmatlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni
amalga oshirish, xususiy yoki davlat sektorida mehnatda band bo‘lish, ish haqi
yoki nafaqa olish va h.k.)dan tortib nisbatan murakkab jarayonlar (masalan,
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, tijorat banklari kreditlaridan
foydalanish, qimmatli qog‘ozlar sotib olish va boshqalar)da ishtirok etishigacha
bo‘lgan jihatlarni qamrab oladi.
Mamlakatda aholi moliyaviy savodxonligi darajasining yuqori bo‘lishi
moliyaviy xizmatlar sohasining ham jadal rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish orqali aholining bu boradagi bilimlarini
mustahkamlash va kichik biznes sub’ektlarining bunday xizmatlarga bo‘lgan
talabini oshirish imkoni paydo bo‘ladi. Qolaversa, bugungi kunda
mamlakatimizda ishsizlik darajasining yuqori bo‘lishi sabablaridan biri
aholining aksariyat qismi tadbirkorlik sohasida, jumladan, ajratilayotgan kredit
mablag‘larini o‘zlashtirish hamda oddiy moliya hisobotlarini yuritish bo‘yicha
etarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi orqali ham izohlanadi.
Biroq, iqtisodiy ta’limning zamonaviy tizimi tarkib topgan mamlakatlarda
ham fuqarolarning ahamiyatli qismi shaxsiy moliya masalalariga kuchsiz
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin.
Eng avvalo ta’kidlash kerakki, moliyaviy savodxonlikning asosiy,
markaziy bo‘g‘inida inson turadi. Chunki, mazkur jarayonni amalga oshirishdan
asosiy maqsad ham uning farovonligi va hayot sifatini oshirish hisoblanadi.
Biroq buning uchun u o‘z ixtiyoridagi iqtisodiy resurslardan, ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan voqea va hodisalar, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan shart-
sharoitlardan o‘zi hamda jamiyat uchun manfaatli va samarali asosda
foydalanish borasida etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Shuningdek, jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar tizimi ham ushbu maqsadlar
bilan o‘zaro muvofiq kelishi zarur. Eng muhimi, har bir shaxs qayd etib o‘tilgan
vosita va dastaklardan foydalangan holda qisqa muddatli qarorlar qabul qilish
hamda uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Shu o‘rinda, aholi moliyaviy savodxonligining ijtimoiy ahamiyatiga
alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki, alohida shaxsning moliya borasidagi
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
621
bilim va ko‘nikmalari pirovardida butun jamiyat iqtisodiy hayotining
muvaffaqiyati va barqarorligini belgilab beradi. Aholining moliyaviy jihatdan
savodsizligi nafaqat shaxsiy farovonlikka, balki butun moliyaviy sohaga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, fuqarolarning o‘z daromadlari va xarajatlarini aniq
tasavvur qilmasligi yoki noto‘g‘ri rejalashtirishi oqibatida kreditorlik qarzdorlik
paydo bo‘ladi, savodsizlik moliyaviy piramidalar va firibgarliklar sonining
oshishiga olib keladi. Global miqyosda bu mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy
inqirozga olib kelishi mumkin.
Aholi moliyaviy savodxonligining mazmuni va ahamiyatini ochib berishda
uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va muayyan tizimga
solish muhim o‘rin tutadi.
Aholi moliyaviy savodxonligini oshirish masalasini uning darajasiga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy omillarni aniqlamasdan turib hal etib bo‘lmaydi. Shunga
ko‘ra u quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatadi:
1) mamlakatdagi iqtisodiy ta’lim darajasi;
2) moliyaviy infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganlik darajasi;
3) aholining iqtisodiyotga ishonchi darajasi;
4) moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari.
Aholi moliyaviy savodxonligi tushunchasi umumlashtirilgan mazmun kasb
etib, uni moliyaviy savodxonlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning
yuqorida keltirilgan tasnifi to‘liq ifodalay olmaydi. Uning mazmun-mohiyatiga
chuqurroq kirib borish o‘z navbatida mazkur tushunchaning turli (masalan,
alohida shaxs, muayyan hudud aholisi, mamlakat aholisi) darajalarini
tabaqalashtirishni taqozo etadi.
Moliyaviy savodxonlik bu – bank-moliya sohasida bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lish orqali biz tadbirkorlar tomonidan samarali moliyaviy qarorlarni
qabul qilishimizda muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank
xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli qaroriga asosan bank xizmatlari iste’molchilarining
huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish
va innovatsion rivojlanishning tendentsiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy
ochiqlik darajasini oshirish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish va aholining
moliya sohasida bilimlarini oshirish maqsadida targ‘ibot ishlarini
tashkillashtirish vazifasi belgilangan.
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirishdan asosiy maqsad –
moliyaviy xizmatlarni ommalashtirish natijasida aholi va bank xodimlarining
moliyaviy bilim darajasini yanada oshirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari
o‘rtasida moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirishdan iboratdir.
Aholining moliyaviy bilim darajasini doimiy oshirib borish, moliya
sohasida asosiy tushunchalarga ega bo‘lish – kelajakda ularning bank mijoziga
aylanishiga zamin yaratadi.
Moliyaviy savodxonlik aholi va banklar o‘rtasidagi hamkorlikni
mustahkamlovchi muhim vositadir.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
622
Hozirgi kunda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining
aksariyat rahbarlari moliyaviy bilimlariga emas, balki his-tuyg‘ulariga asoslanib,
iqtisodiy qarorlar qabul qiladilar. Tadbirkorlar va aholi moliyaviy
savodxonligining etarli emasligi mablag‘lardan foydalanishga to‘sqinlik qiladi,
bank mahsulotlari bozori rivojlanishiga imkon bermaydi.
Moliyaviy ommaboplik nafaqat aholi farovonligi, balki davlat taraqqiyotida
ham muhim o‘rin egallaydi.
Xulosa qilib aytganda aholi moliyaviy savodxonligi – mamlakatning
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, yuqori o‘sish sur’atlari, faol
tadbirkorlik hamda to‘liq bandlik darajasiga erishishning muhim sharti.
Aholi moliyaviy savodxonligi jamiyatdagi har bir shaxsning iqtisodiy
bilim, malaka va ko‘nikmalar, qadriyatlarni etarli darajada egallashi hamda o‘z
farovonligini ta’minlash imkonini beruvchi iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda
ularga asoslangan holda to‘g‘ri yondashuvini ta’minlovchi sifat ko‘rsatkichi
hisoblanadi.
Aholi moliyaviy savodxonligi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, avvalo
shaxs, u istiqomat qilayotgan hudud, qolaversa, butun milliy iqtisodiyotda
barqarorlik va farovonlik darajasi shu qadar yuqori bo‘ladi.
Aholi moliyaviy savodxonligi darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar turli-
tuman bo‘lib, ularning har biriga alohida e’tibor qaratish orqali tegishli chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi mazkur ko‘rsatkichning samaradorligini
ta’minlaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi aholi moliyaviy
savodxonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, bu rivojlangan
mamlakatlarda mazkur sohada hech qanday muammo mavjud emas, degan
ma’noni anglatmaydi. Shunga ko‘ra, rivojlanganlik darajasidan qat’iy nazar, har
bir mamlakat o‘z iqtisodiyoti hamda aholi mentaliteti xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda aholi moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha
muntazam va tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi muhim hisoblanadi.
Moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadi – kam daromadli oilalar
iste’mol xarajatlarini amalga oshirishda, shaxsiy jamg‘armalar va investitsiyalar
(moliyaviy va moddiy aktivlarga, hamda “inson kapitali” ya’ni ta’lim va
sog‘liqni saqlashga), kredit olish va qarzlarni boshqarish sohalarida bilim va
ko‘nikmalarini oshirishdir. Moliyaviy savodxonlik benefitsiarlarga o‘z
kelajaklarini to‘g‘ri rejalashtirish va mablag‘larini asrashda yordam beradi va
shu bilan ularning moddiy turmush darajasi yaxshilanishi imkoniyatini oshiradi
hamda moliyaviy xizmatlar bozoridagi ularning ishtiroki jadallashishiga ta’sir
etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Toymuxamedov I., Umarov Z., Xusainov G. Naqd pulsiz hisob-kitoblar
va to‘lov tizimi. O’quv qo‘llanma. – 2018.
2.
Umarov Z.A. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: “Innovatsion
rivojlantirish nashriyot-matbaa uyi” 2021, 612 b.
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
623
3.
Umarov Z.A. Yangi bank xizmatlari, ularni rivojlantirish Bozor, pul va
kredit jurlali №1 2019 y.
4.
Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН
МУНОСАБАТЛАР
ҲОЛАТИНИ
БАҲОЛАШ
УСУЛИНИ
ТАКОМИЛАШТИРИШ.
5.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759
6.
Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of
Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from
https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906
7.
Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion faoliyat
samaradorligini tahlil qilish masalalari.
World Scientific Research
Journal
,
26
(3), 86–94. Retrieved from
http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251
8.
Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни
топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.
9.
ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ
ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.
Архив научных
исследований
,
2
(1). извлечено от
https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373
10.
Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.
11.
Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми
таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Направления развития
благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.
https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173
12.
Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion
faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun
2024-yil.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171
13.
Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. ., Akhtamovich, H. S. ., &
Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.
FAN,
TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION
,
2
(4), 6–13.
Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251
14.
Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб
чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7),
BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI
TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI
24-may 2024-yil
624
42–49.
Retrieved
from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782
15.
Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL
STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.
Scientific and
Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology
,
8
(4),
297-307.
16.
Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш
шароитида
рақамли
банк
технологияларини
жорий
қилиш
.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7),
99–107.
Retrieved
from
http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788
17.
Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy
bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.
18.
Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING
SERVICES ON BANK INCOME.
International Journal of Education, Social
Science & Humanities
,
12
(6), 82-86.
19.
Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit
portfolio at commercial banks.
International Journal of Research in Social
Sciences
,
9
(3), 725-736.
20.
Мажидов
Ж.
(2024).
Тижорат
банклари
активлар
портфелларининг сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг
ўзига
хос
хусусиятлари.
(2024).
Ustozlar
Uchun
,
1
(4),
1463-
https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878
21.
Kholdorov Sardor Umarovich. (2024). LIQUIDITY RISK
MANAGEMENT
IN
THE
BANKING
SECTOR:
CHALLENGES,
STRATEGIES AND IMPLICATIONS. World Scientific Research Journal,
26(3),
122–131.
Retrieved
from
http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3255