Mualliflar

  • Umarov Zafar Absamatovich

Muallif biografiyasi

  • Umarov Zafar Absamatovich

     TDIU kafedra mudiri, i.f.n., professor 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133864

Kalit so‘zlar:

tijorat banki kreditlash anderrayter anderayting xizmati bank risklari.

Annotasiya

 Tijorat banklarida korporativ mijozlarni kreditlash
jarayonida anderrayting xizmatidan foydalanish, bank risklarini baholash va
kamaytirishga yordam beradi. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

614

KORPORATIV MIJOZLARNI KREDITLASHDA

ANDERRAYTING XIZMATI

Umarov Zafar Absamatovich

TDIU kafedra mudiri, i.f.n., professor



Annotatsiya:

Tijorat banklarida korporativ mijozlarni kreditlash

jarayonida anderrayting xizmatidan foydalanish, bank risklarini baholash va
kamaytirishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

tijorat banki, kreditlash, anderrayter, anderayting xizmati,

bank risklari.

Ma’lumki, xar bir bankda o’z kreditlash jarayonlari va unda anderrayting

tizimi avvalo mamlakatda qabul qilingan ushbu sohaga oid tegishli qonun va
qoidalar, ya’ni normativ huquqiy hujjatlarga asoslangan holda, shuningdek
regulyator tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar hamda tegishli bankning o’z
ustavi, strategiya, kredit Siyosati va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan
ishlab chiqilib joriy etiladi. Shuningdek, ushbu ishlab chiqilgan tizim o’z
navbatida har bir bankning kreditlash jarayonlari samaradorligini oshirish va
bank kredit amaliyotlari bilan bog’liq tavakkalchiliklari ustidan nazoratni
kuchaytirishga, ya’ni risk menejmentni to’g’ri tashkil etishga xizmat qilishi
lozim bo’ladi.

Va o’z navbatida ushbu joriy qilingan anderrayting tizimi - kreditlash

amaliyotlari ishtirokchilari hisoblangan bankning barcha tarmoqlari – filiallari,
bo’linmalari, bank xizmatlari markazlari yoki ofislari uchun mo’ljallanadi.

Anderrayting tizimi qarz oluvchilarning har bir segmenti uchun, jumladan

jismoniy shaxslarni kreditlashda va korporativ mijozlarni kreditlash uchun joriy
etiladi. Quyida biz korporativ mijozlar segmenti uchun anderrayting tizimi
qanday tartibda tashkil etilishini ko’rib chiqamiz.

Korporativ mijozlarni kreditlashda anderrayting.

Anderrayting tizimi joriy etilishi natijasida korporativ mijozlarni

kreditlash jarayonida ham o’ziga xos o’zgarishlar ro’y beradi.

Birinchi bosqichda kredit mutaxassisi (ko’pchilik banklarda mijozlarni

jalb qiluvchi bank xodimi - sotuvchi menejer deb ham yuritiladi) mijoz
ehtiyojlaridan kelib chiqib, unga to’g’ri keladigan bank kreditini taklif qiladi.
Tanlangan kredit mahsulotidan kelib chiqib, quyidagilarga aniqlanadi: qarz
oluvchi arizasini ko’rib chiqish muddatlari; kredit bo’yicha foiz stavkalari,
muddatlari va boshqa qiymat bilan bog’liq shartlar; кredit ta’minoti uchun
garovlar; kerakli hujjatlar ro’yhati; va boshqa talablar.

Qarz oluvchi mijozni jalb qilgan mutaxassis yoki uning bo’limi taqdim

etilgan hujjatlarni dastlabki tekshiruvdan o’tkazadi, rad etishga asos bo’luvchi
yoki boshqa kamchiliklar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi hamda
kelgusida tuzilishi mumkin bo’lgan bitimlarning ishtirokchilari haqidagi


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

615

ma’lumotlarni o’rganadi. Dastlabki tahlil natijalariga ko’ra kredit mutaxassisi
qarz oluvchiga kredit mahsulotini taqdim etishning maqsadga muvofiqligi yoki
muvofiq emasligini baholaydi. Ushbu bosqichning eng muhim tomoni shundaki,
qarz oluvchi to’g’risida maksimal ma’lumotlar to’plash hamda shakllantirishdir
va bu o’z navbatida qarz oluvchining kredit to’loviga layoqatliligini to’g’ri
baholash va kreditlash imkoniyatlari to’g’risida qaror qabul qilish imkonini
yaratadi. Potentsial qarz oluvchi bilan kelgusida hamkorlik qilish maqsadga
muvofiq deb hisoblansa, bitimni ko’rib chiqish masalasi kredit bo’limiga
yo’naltiriladi.

Kreditlash bo’limi esa taqdim etilgan ma’lumotlarni ko’rib chiqadi va

baholaydi, shuningdek zarurat tug’ilsa mijozdan qo’shimcha ma’lumotlarni yoki
hujjatlarni talab qilishi mumkin. Qarz oluvchi arizasi va kreditlash shartlaridan
kelib chiqib kredit tahlilini amalga oshiradi. Tahlilni amalga oshirish hajmi va
muddatlari kredit mahsulotlari xarakteristikasidan kelib chiqib turlicha bo’lishi
mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki, har bir bank qarz oluvchini va uning
ishtirokchilarini (garov egalari, kafillik beruvchilar va boshqa) tahlil qilish
jarayonini o’z kredit siyosati va tashkil etilgan anderrayting tizimi talablaridan
kelib chiqib belgilaydi. O’zining risklar boshqarish tiziimi va reyting baholash
tizimlarini joriy etgan holda kutilayotgan risklar, bozor tahlili, qarz oluvchi bilan
bog’liq boshqa omillar tahlilini amalga oshirishi mumkin.

Qarz oluvchining reyting usulda baholanishi avtomatik tarzda -reyting

modellari yordamida dastlabki bank sotish va kredit mutaxassisi tomonidan
to’plangan ma’lumotlarni, qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va
boshqaruv hisobotlari, shuningdek ochiq ma’lumotlar bazalaridan olingan
materiallarni tegishli dasturga kiritish orqali tashkil qilinishi mumkin.

Reyting hisoblash natijalariga ko’ra kredit bo’limi bitim tuzish

imkoniyatlaridan kelib chiqib, aniqlangan reyting baholarini va xatarlarni
mustaqil baholash va tasdiqlash uchun anderrayting bo’limiga taqdim qiladi.

Qarz oluvchi tomonidan kredit ta’minoti sifatida taqdim qilingan garov

mulklari bankning tegishli garovlarni baholash bo’limi tomonidan yoki ushbu
bo’lim mavjud bo’lmagan hollarda mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan
baholanishi mumkin.

Qarz oluvchi va bitim boshqa ishtirokchilarining reputatsion risklarini

baholash, uning faoliyati to’g’risida va biznesi bo’yicha nufuzini yoki salbiy
ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligini o’rganish maqsadida xavfsizlik
xizmati xodimlarini jalb etishi mumkin. Bitimning huquqiy tomonlariga baho
berish esa bankning yuridik xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Qarz oluvchi
tomonidan taqdim etilgan ariza bo’yicha ko’rib chiqilayotgan kredit mahsuloti
xarakteristikasidan kelib chiqib, bankning boshqa ichki va tashqi kuzatuvchi
yoki nazorat bo’limlari ham qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun jalb qilinishi
mumkin.

Qarz oluvchi arizasi bo’yicha amalga oshirilgan kredit tahlili va ekspertiza

natijalariga ko’ra, kredit bo’limi tomonidan tegishli xavf xatarlar hisobga
olingan holda kutilayotgan bitim shartlari va imkoniyatlari umumlashtiriladi.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

616

Shundan so’ng, korporativ anderrayting bo’limiga rasman so’rov yuboriladi.
Bitim yuzasidan risklarni mustaqil ravishda ekspertizadan o’tkazish uchun
anderrayter tomonidan quyidagilar diqqat bilan tekshiriladi: taqdim etilgan
ma’lumotlarning ishonchliligi va haqiqatga mosligi; kredit bitimi bo’yicha
tegishli parametrlarning qonunchilikka va bankning ichki me’yoriy hujjatlariga
mosligi; reyting modeli bo’yicha to’ldirilgan reyting baholarini to’g’riligi va
asoslanganligi;

Agar anderrayting bo’limi anderrayteri tomonidan yuqoridagilar

yuzasidan ma’lumotlar qayta ishlash zarurati tug’ilsa, uni kredit bo’limiga qayta
ishlanishi lozim bo’lgan kamchiliklar ko’rsatilgan va asoslantirilgan holda qayta
ishlashga jo’natiladi. Kredit risklarni mustaqil ekspertizadan o’tkazish
natijalariga ko’ra, anderrayter reyting baholarini tasdiqlaydi va bitim bo’yicha
shartlar va risklarni minimizatsiya qilish bo’yicha yakuniy xulosa tayyorlaydi,
Anderrayter tomonidan yakuniy xulosa tayyorlangach, kredit siyosatida
belgilangan boshqa tartib bo’lsa yoki kredit komiteti tomonidan bitim bo’yicha
kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to’g’risida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Yakuniy qaror qabul qilish uchun, bosh asos sifatida anderrayter tomonidan
tayyorlangan reyting natijalari bo’yicha xulosasi hisoblanadi. Kelgusida, bank
tomonidan kreditga xizmat ko’rsatish va monitoring jarayonida anderrayter
tomonidan o’rganilgan va tahlil qilingan reyting natijalari risklar baholash
bo’yicha hisobotlarida foydalaniladi.

Korporativ yo’nalishdan kredit arizalarini ko’rib chiqishda qo’llaniladi

reyting baholashning muhim jihatlari. Qarz oluvchilarni reyting hisoblash
metodikasining o’ziga yara tartibi va bosqichlari, reyting modellariga
asoslangan strukturasi bo’ladi. Xavf omillarini belgilash va kreditni qaytmaslik
ehtimolini aniqlash, qarz oluvchi reyting natijalarini adolatli baholash
maqsadida iqtisodiy -matematik tahlil va modellashtirish usullari yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Har bir bank o’z tajribasidan kelib chiqqan holda,
kredit siyosatida belgilangan tahlil usullaridan, reyting modellaridan
foydalangan holda ekspertiza – anderrayting tizimni tashkil qilishi mumkin.

Reyting baholash qarz oluvchining son va sifat ko’rsatkichlari orqali

amalga oshiriladi. Son ko’rsatkichlariga baho berishda qarz oluvchining
moliyaviy ahvoli to’g’risidagi hisobotlari asos bo’lib xizmat qiladi. Reyting
modelini ishlab chiqishda qarz oluvchining sifat ko’rsatkichlari esa, taqdim
qilingan hujjatlari to’plami va undagi ma’lumotlarning haqiqatga mosligi va
ishonchliligi, bankning tegishli bo’limlari tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlar, ochiq ma’lumotlar bazalaridan olib o’rganilgan elektron
ma’lumotlar hisoblanadi.

Qarz oluvchining sifat faktorlariga quyidagilarni misol qilishimiz

mumkin: qarz oluvchining faoliyati va iqtisodiy sektori; bozor holati va undagi
o’rni; qarz oluvchi va boshqa ishtirokchilar reputatsiyasi; debitor va
kreditorlardan mustaqillik darajasi; kuchli va kuchsiz tomonlari; kredit tarixi;
risklar darajasi, valyuta bilan bog’liq risklar; boshqaruv tizimi; umuman
olganda, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, iqtisodiy sohadagi siyosat va boshqalar.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

617

Shunday qilib, tijorat banklarida kreditlash jarayonini anderrayting tizimi

orqali tashkil etish tartibi yuqoridagilardan farqli ravishda har bir bank
strategiyasi va kredit siyosatidan kelib chiqib turlicha tashkil etilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Umarov Z.A. Tijorat banklarida kredit operatsiyalari hisobi va auditining

nazariy-uslubiy masalalari / Monografiya, IQTISOD-MOLIYA, 2021 yil, 127 b.

2.

Toymuxamedov I., Umarov Z., Xusainov G. Naqd pulsiz hisob-kitoblar

va to‘lov tizimi. O’quv qo‘llanma. – 2018.

3.

Umarov Z.A. Banklarda buxgalteriya hisobi. Darslik. –T.: “Innovatsion

rivojlantirish nashriyot-matbaa uyi” 2021, 612 b.

4.

Umarov Z.A. Yangi bank xizmatlari, ularni rivojlantirish Bozor, pul va

kredit jurlali №1 2019 y.

5.

Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН

МУНОСАБАТЛАР

ҲОЛАТИНИ

БАҲОЛАШ

УСУЛИНИ

ТАКОМИЛАШТИРИШ.

6.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

7.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

8.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion faoliyat

samaradorligini

tahlil

qilish

masalalari.

World

Scientific

Research

Journal

,

26

(3),

86–94.

Retrieved

from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

9.

Кoсимoвич, Я. У. (2024). Ташқи савдо фаолиятида мақбул ечимни

топиш масалаларини таҳлили. World scientific research journal, 26(2), 199-
205.

10.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1).

извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

11.

Choriev I.X. Auditorlik faoliyatida tahliliy amallarni takomillashtirish.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent:, «Iqtisod-moliya»nashriyoti, 2021, - 21-26 b.

12.

Кличев, Б. (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб чиқариш ҳажми

таҳлилини

такомиллаштириш

масалалари. Направления

развития

благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(01),
170–173.

https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp170-173

13.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

618

14.

Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. ., Akhtamovich, H. S. ., &

Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.

FAN,

TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION

,

2

(4), 6–13.

Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251

15.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб

чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7), 42–
49. Retrieved from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782

16.

Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL

STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

8

(4),

297-307.

17.

Худоёров О.О. (2023). Банк тизимини рақамлаштириш

шароитида

рақамли

банк

технологияларини

жорий

қилиш

.

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(7),
99–107.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2788

18.

Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy

bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.

19.

Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING

SERVICES ON BANK INCOME.

International Journal of Education, Social

Science & Humanities

,

12

(6), 82-86.

20.

Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit

portfolio at commercial banks.

International Journal of Research in Social

Sciences

,

9

(3), 725-736.

21.

Мажидов

Ж.

(2024).

Тижорат

банклари

активлар

портфелларининг сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг
ўзига

хос

хусусиятлари.

(2024).

Ustozlar

Uchun

,

1

(4),

1463-

1467.

https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878

22.

Kholdorov Sardor Umarovich. (2024). LIQUIDITY RISK

MANAGEMENT

IN

THE

BANKING

SECTOR:

CHALLENGES,

STRATEGIES AND IMPLICATIONS. World Scientific Research Journal,
26(3),

122–131.

Retrieved

from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3255