Mualliflar

  • Qlichev Baxtiyor Pardayevich

Muallif biografiyasi

  • Qlichev Baxtiyor Pardayevich

     Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
    “Moliyaviy tahlil” kafedrasi
    e-mail: b_qilichev@tfi.uz
    ORCID: 0000-0001-6938-7897 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133875

Kalit so‘zlar:

operatsion faoliyat iqtisodiy integratsiya CALS

Annotasiya

 Mazkur maqolada korxonalar operatsion faoliyati tahlilini tashkil
etish xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan CALS texnologiyalarining mohiyati
ochib berilgan. Ushbu texnologiyani qoʻllashning amaliy jihatlari va
xususiyatlari yoritilgan. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

670

IQTISODIY TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISHDA XALQARO

TAJRIBALARNI QO‘LLASH MASALALARI

Qlichev Baxtiyor Pardayevich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Moliyaviy tahlil” kafedrasi

e-mail: b_qilichev@tfi.uz

ORCID: 0000-0001-6938-7897

Annotatsiya:

Mazkur maqolada korxonalar operatsion faoliyati tahlilini tashkil

etish xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan CALS texnologiyalarining mohiyati
ochib berilgan. Ushbu texnologiyani qoʻllashning amaliy jihatlari va
xususiyatlari yoritilgan.

Tayanch soʻzlar:

operatsion faoliyat, iqtisodiy integratsiya, CALS

texnologiyalari, operatsion sikl, tezkor axborotlar

Abstract:

This article explores the essence of CALS technologies in organizing

the analysis of the operational activities of enterprises used in international
practice. The practical aspects and features of the application of this technology
are also covered.

Key words:

operational activity, economic integration, CALS technologies,

operational cycle, operational information


Erkin intensiv raqobat va iqtisodiy munosabatlar mavjud bugungi

sharoitda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati barqarorligi va daromadlarni
oshirishda amalga oshiriladigan iqtisodiy tahlil ishlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar operatsion faoliyati tahlilida xoʻjalik
yurituvchi subyektlarning mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining
taʼminoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega boʻlishdagi umumiy tizim
oʻrganiladi. Iqtisodiy integratsiya jarayonlari tezlashgan davrda har bir
davlatdagi korxonalar oʻz faoliyatlarida eksport va import operatsiyalari orqali
xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari
mumkin. Jahon miqyosida ishonchli biznes hamkorlarga ega boʻlish uchun har
bir korxonalar barqaror ijobiy moliyaviy holatni taʼminlash, asosiy daromad
keltiruvchi operatsion faoliyat samaradorligi boʻyicha muntazam tahliliy ishlarni
amalga oshirib borishi zarur.

Kichik va oʻrta biznesda, xususiy va boshqa tadbirkorlik turlarida

mahsulot ishlab chiqarishni oshirish hamda sotish hajmini kengaytirish boʻyicha
tahliliy ishlarda tezkor tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirib, talab yuqori
boʻladigan mahsulotlarni (xizmatlar) ishlab chiqarish va qisqa fursatda bozorga
yetkazib berish muhim hisoblanadi. Tezkor amalga oshiriladigan mazkur tahliliy
tadbirlar orqali mahsulot bahosi va tayyor mahsulotlar qoldigʻining oshib
ketmaslik choralari taʼminlanadi. Yillik aylanmasi yuqori boʻlgan ishlab
chiqarish korxonalarida esa mahsulot assortimentini oʻzgartirish yangi


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

671

mahsulotlarni

ishlab

chiqarish,

mahsulotda

texnik

jihatdan

tarkibiy

oʻzgarishlarni amalga oshirish biroz vaqt talab qiladigan murakkab jarayon
hisoblanadi. Shuning uchun yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarida mahsulot
ishlab chiqarish hamda mahsulotlarni sotish oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash,
filiallar, ishlab chiqarish sexlari va javobgarlik markazlari oʻrtasidagi operativ,
ishonchli va shaffof axborot almashinuvini tashkil etish, jamoat nazorati, ilmiy
va amaliy asoslangan optimal boshqaruv qarorlari orqali tayyor mahsulotlar
qoldigʻini kamaytirishga oʻrta va uzoq muddatli tahliliy ishlar orqali erishish
mumkin.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda operatsion faoliyati asosiy daromad olib

keluvchi faoliyat turi hisoblanganligi tufayli, ushbu faoliyat tahlilini toʻgʻri
tashkil etilishi, tahlilning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, operatsion
faoliyat tahlilini tashkil etish yoʻnalishlarini toʻgʻri belgilab olish olinadigan
tahlil natijalariga bevosita taʼsir etadi. Har tomonlama asoslangan va toʻgʻri
tanlangan yoʻnalishda operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish korxonalarda
xarajatlarni oqilona sarflanishi, mahsulot ishlab chiqarish maqbul hajmlarini
belgilash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning toʻliq realizatsiyasiga erishish,
ijobiy moliyaviy natijalarga erishish orqali korxonalar foydasini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Rivojlangan davlatlar amaliyotida operatsion faoliyat tahlilini tashkil

etishda tahlilning maqsadi, muddati, kompaniyalar faoliyat olib boradiga tarmoq
va sohalar xususiyatidan kelib chiqib turli yoʻnalishlarda amalga oshiriladi (1-
rasm).

1-rasm. Xorijiy amaliyotda operatsion faoliyat tahlilini olib borish
yoʻnalishlari

1

.

1

Tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan

Operatsion

faoliyat tahlili

CVP- tahlil

CALS

texnologiyalari

SADT modeli


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

672

CALS texnologiyalari (

Continuous Acquisition and Lifecycle Support

mahsulotning operatsion sikli va taʼminot jarayonini uzuksiz axborot bilan
taʼminlash

) 1986-yilda AQSH harbiy sanoati uchun ishlaydigan kompaniyalarda

yirik loyihalarni amalga oshirishda operatsion faoliyat samaradorligini tezkorlik
va yuqori mehnat unumdorligi asosida oshirish maqsadida joriy qilingan. 1990-
yillarda SSSR ning parchalanishi va qurollanish poygasining tugashi natijasida
CALS texnologiyalari iqtisodiyotning turli sohlarida samarali qoʻllanila
boshlandi. Avtomatlashgan boshqaruv tizimining rivojlanishi va iqtisodiyotga
raqamli

texnologiyalarning

kirib

kelishi

CALS

texnologiyalarining

samaradorligini yanada oshirib berdi.

Bugungi kunda korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiy

resurslardan samarali foydalanish va bozordagi talabni tezkorlik bilan qoplash
maqsadida

tezkor

axborotlar

almashinuvi

asosida

qurilgan

CALS

texnologiyalari AQSH, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Xitoy va Rossiyada
faoliyat olib borayotgan korxonalarda samarali qoʻllab kelinmoqda.

CALS texnologiyalari asosini mahsulotning operatsion siklini zamonaviy

texnologiyalar va tezkor axborot almashinuvi asosida qisqartirish tashkil etadi.
Bundan tashqari tezkor axborotlar asosida mahsulot ishlab chiqarishning
strukturaviy oʻzgarishlarini amalga oshirishda, yangi mahsulot ishlab
chiqarishning loyihalash bosqichida CALS texnologiyalarini qoʻllash yuqori
samara keltiradi.CALS texnologiyalarini qoʻllashning ilgʻor sohalari sifatida:

-

loyihalarni amalga oshirish, qayta loyihalash va loyihalarni

boshqarishda;

-

muqobil loyihalarni ishlab chiqishda;

-

ishlab chiqarish bosqichlaridagi maʼlumotlarni tezkor almashinuvida;

-

boshqaruv qarorlarini tizimli qoʻllab-quvvatlashda

-

logistik xizmatlar samaradorligini oshirishda;

-

mahsulot, ish va xizmatlarni xalqaro va milliy standartlarga muvofiqligi
taʼminlash kabilarni keltirish mumkin.

AQSH iqtisodiyotida 1990-yildan boshlab CALS texnologiyalarini

qoʻllanilishi natijasida 2010-yillarga kelib sanoatda:

-

toʻgʻridan-toʻgʻri loyihalash xarajatlarining 10% dan 30% gacha

qisqarishiga;

-

yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarish vaqtining 40% dan

60% gacha qisqarishiga;

-

bozorga yangi mahsulot taqdim etish vaqtining 25% dan 75% gacha

qisqarishiga;

-

mahsulot tarkibidagi brak mahsulot ulushining 20% dan 70% gacha

qisqarishiga;


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

673

-

mahsulotning

texnik

va

esplutatsion

hujjatlariga

qilinadigan

xarajatlarning 40% gacha qisqarishiga erishilgan

2

.

Bugungi kunda Sobiq SSSR tarkibidagi davlatlardan Rossiya, Belarus,

Gruziya, Ukraina iqtisodiyotida davlat korxonalari va katta korxonalarda
faoliyat samaradorligini taʼminlash va mahsulot raqobatbardoshligini taʼminlash
maqsadida CALS texnologiyalari qoʻllanilmoqda. Jumladan, 2018-yilda Belarus
Respublikasida ushbu texnologiya samaradorligini oshirish va amaliyotga
samarali qoʻllash boʻyicha “CALS texnologiyalari” nomli ilmiy-texnikaviy
davlat Dasturi qabul qilingan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, xalqaro va milliy amaliyotda operatsion

faoliyat tahlilini tashkil etishda yuqoridagi kabi turli texnologiyalar va metodlar
mavjud. Iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, ushbu
metodlar alohida yoki birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Bunda asosiy
eʼtibor operatsion faoliyat tahlilini amalga oshirishda aniqlanadigan
koʻrsatkichlar toʻgʻri tanlanishiga qaratilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Қличев, Б. (2021, май 21). Маҳсулот (иш, хизматлар) га баҳо

шакллантириш масалалари. Бухгалтерия ҳисоби ва аудиторлик
фаолиятини халқаро стандартлар асосида ташкил этишнинг долзарб
масалалари.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647005

2.

Қличев Бахтиёр Пардаевич. (2024). ИШЧИЛАР ҚЎНИМСИЗЛИГИ

ТАҲЛИЛИ. World Scientific Research Journal, 23(2), 287–294. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3042

3.

Қличев, Б. (2021, май 21). Ўзбекистонда ишбилармонлик фаоллиги

таҳлилини ташкил этиш. Бухгалтерия ҳисоби ва аудиторлик фаолиятини
халқаро стандартлар асосида ташкил этишнинг долзарб масалалари.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10646960

4.

Қличев, Б. (2021, май 5). Ишбилармонлик фаоллиги индекси

таҳлили. Biznes-tahlilni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va
istiqbollari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647021

5.

Қличев, Б. (2022, сентябрь 16). Операцион фаолият таҳлилида

харидор танлови асосида маҳсулотга баҳо шакллантириш масалалари.
Инновацион

ёндашув

асосида

молиявий

ҳисоботнинг

халқаро

стандартларини жорий этиш.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10647059

6.

Қличев, Б. П. (2022). Маҳсулот сотиш ҳажми таҳлилини

такомиллаштириш масалалари. Science and Education, 3(5), 1719-1728.

7.

Қличев, Б. (2022). KPI ТИЗИМИ АСОСИДА МОДДИЙ

РАҒБАТЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ ТАҲЛИЛИ. Архив научных
исследований, 2(1).

извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1343

2

S. A. Kasperovich, G. O. Konovalchik. Organizatsiya proizvodstva i upravleniye predpriyatiyem. − Minsk :

BGTU, 2012. − 344 s.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

674

8.

ҚЛИЧЕВ, Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ. Архив научных
исследований, 2(1).

извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

9.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб

чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7),
42–49. Retrieved from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782

10.

Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда

операцион цикл таҳлилини ташкил этиш масалалари.

World Scientific

Research Journal

,

16

(1), 196-203.

11.

Қличев, Б. П. (2022). Маҳсулот сотиш ҳажми таҳлилини

такомиллаштириш масалалари. Science and Education, 3(5), 1719-1728.

12.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот

ишлаб чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7),
42–49.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782

13.

Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда

операцион фаолиятида ишлаб чиқариш ҳажмини ифодаловчи кўрсаткичлар
таҳлили.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

,

2

, 2181-

1016.

14.

Қличев, Б. П. (2022). Ишбилармонлик фаоллиги таҳлилини

ташкил этиш йўналишлари.

Архив научных исследований

,

2

(1). извлечено

от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

15.

Maxmatqulova H.G’. “Properties of borel sets” . “Innovation in

technology and Sciense Education”, Scientific journal.2023. Vol.2.№14. P.169-
175.

16.

Ochilov, O. I. (2022). INVESTMENT QUALITY ANALYSIS IN

BUSINESS ENTITIES. Архив научных исследований, 2(1).

17.

Ochilov, O. (2022). ИНСОН КАПИТАЛИГА ИНВЕСТИЦИЯЛАР

ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ. Архив научных исследований, 2(1).

18.

Ochilov, O. I. (2019). DEVELOPMENT OF METHODOLOGY FOR

RECOGNIZING REVENUES FROM INVESTMENTS. In Бухгалтерский
учет, анализ и аудит: история, современность и перспективы развития (pp.
96-99).

19.

Ochilov, O. I. (2019). THEORETICAL BASES OF INVESTMENTS

ACCOUNTING. In БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И
НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА (pp. 209-214).

20.

Ochilov, O. I. (2018). METHODOLOGICAL ASPECTS OF

FINANCIAL AND ECONOMIC PERFORMANCE ANALYSIS OF


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

675

BUSINESS ENTITY. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА, СТАТИСТИКИ
И НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ (pp. 26-34).

21.

Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН

МУНОСАБАТЛАР

ҲОЛАТИНИ

БАҲОЛАШ

УСУЛИНИ

ТАКОМИЛАШТИРИШ.

22.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

23.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

24.

Kholdorov Sardor Umarovich. (2024). LIQUIDITY RISK

MANAGEMENT IN THE BANKING SECTOR: CHALLENGES,
STRATEGIES AND IMPLICATIONS. World Scientific Research Journal,
26(3), 122–131. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3255

25.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion

faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research

Journal

,

26

(3), 86–94. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

26.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun
2024-yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171

27.

Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. , Akhtamovich, H. S. ., &

Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.

FAN,

TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION

,

2

(4), 6–13.

Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251

28.

Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL

STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

8

(4),

297-307.

29.

Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy

bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.

30.

Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING

SERVICES ON BANK INCOME.

International Journal of Education, Social

Science & Humanities

,

12

(6), 82-86.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

676

31.

Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit

portfolio at commercial banks.

International Journal of Research in Social

Sciences

,

9

(3), 725-736.

32.

Мажидов

Ж.

(2024).

Тижорат

банклари

активлар

портфелларининг сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг
ўзига

хос

хусусиятлари.

(2024).

Ustozlar

Uchun

,

1

(4),

1463-

1467.

https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878