Mualliflar

  • Klichev Botir Pardayevich

Muallif biografiyasi

  • Klichev Botir Pardayevich

     Yaponiyaning Toyo universiteti
    “Xalqaro turizm menejmenti” magistranti
    e-mail:botirklichev@gmail.com 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.133878

Kalit so‘zlar:

asosiy vositalar TMZ lar mehnat resurslari resurslardan samarali foydalanish muammoli jihatlar erishiladigan natijalar

Annotasiya

 Mazkur tadqiqot ishida korxonalar faoliyatini rivojlantirishda
iqtisodiy resurslar bilan taʼminlanganlik va ulardan samarali foydalanish
tahlilining mazmuni va muhim jihatlari yoritilgan. 


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

654

KORXONALARDA IQTISODIY RESURSLAR TAHLILINING MUHIM

JIHATLARI

Klichev Botir Pardayevich

Yaponiyaning Toyo universiteti

“Xalqaro turizm menejmenti” magistranti

e-mail:botirklichev@gmail.com

Ilmiy raxbar: Qlichev B. P.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Moliyaviy tahlil” kafedrasi dotsenti,PhD

e-mail: klichev.baxtiyor@gmail.com

ORCID: 0000-0001-6938-7897

Annotatsiya:

Mazkur tadqiqot ishida korxonalar faoliyatini rivojlantirishda

iqtisodiy resurslar bilan taʼminlanganlik va ulardan samarali foydalanish
tahlilining mazmuni va muhim jihatlari yoritilgan.

Tayanch soʻzlar:

asosiy vositalar, TMZ lar, mehnat resurslari, resurslardan

samarali foydalanish, muammoli jihatlar, erishiladigan natijalar


Xalqaro va milliy amaliyotda operatsion faoliyat tahlilini tashkil etishda

yuqoridagi kabi turli texnologiyalar va metodlar mavjud. Iqtisodiy tahlilning
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, ushbu metodlar alohida yoki birgalikda
amalga oshirilishi mumkin. Bunda asosiy eʼtibor operatsion faoliyat tahlilini
amalga oshirishda aniqlanadigan koʻrsatkichlar toʻgʻri tanlanishiga qaratilishi
lozim.

Operatsion faoliyat tahlili turli yoʻnalishda olib borilsada, tahlil davomida

oʻrganiladigan koʻrsatkichlar mazmunan bir-biriga yaqin hisoblanadi [Қличев
Бахтиёр Пардаевич, (2023)]. Tahlil davomida korxonalarning TMZ lar, asosiy
vositalar, va mehnat resurslari, mazkur resurslardan samarali foydalanish
koʻrsatkichlari tahlilining mazmuni, tahlil natijalari baholanadi, dinamik
oʻzgarishlari va ularga taʼsir etuvchi omillar oʻrganiladi.

1-jadval

Iqtisodiy subyektlarda TMZ lar tahlilining muhim jihatlari

1

T/r

Oʻrganiladigan

koʻrsatkichlar

Tahlil mazmuni va

natijasi

1.

TMZ lar tahlilining
nazariy asoslari

Taʼrifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot
manbalari bayon etiladi. Zamonaviy taʼrifi,
turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot
manbalari tavsiflanadi.

2.

TMZ lar bilan
taʼminlanganlik

TMZ lar bilan taʼminlanganlikning holatiga,
dinamik oʻzgarishlariga baho beriladi. TMZ lar

1

Tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

655

koeffitsiyentlari

bilan taʼminlanganlikdagi salbiy holatlar va uni
yaxshilash choralari koʻriladi

3.

TMZ lar samarali
foydalanish
koeffitsiyentlari

TMZ lardan samarali foydalanish koʻrsatkichlari
oʻzgarishi va ularning mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga taʼsiri baholanadi. TMZ lardan kelgusida
samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi
amaliyotga qoʻllaniladi.

4.

TMZ larning
aylanuvchanlik
koeffitsiyentlari

TMZ larning yangidan qiymat yaratishga,
ularning qaytuvchanlik darajasiga, ish aktivligiga
baho beriladi.
TMZ lar aylanuvchanligining joriy holati va uni
kelgusida yanada yaxshilash choralari koʻriladi.


Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning TMZ lar va ulardan samarali

foydalanish tahlilida xoʻjalik subyektining moddiy resurslar bilan
taʼminlanganligi,

samaradorligi,

jami

aktivlar

tarkibidagi

salmogʻi,

moliyalashtirilishi, aylanuvchanligi bilan bogʻliq jihatlar tahlil etiladi (1-
jadval). Tahlil davomida ushbu koʻrsatkichlarning oʻtgan yillarga nisbatan
dinamik oʻzgarishlari va ularga taʼsir etuvchi omillar oʻrganib boriladi, xulosalar
shakllantiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi.

Operatsion faoliyat tahlilida asosiy vositalar bilan taʼminlanganlik, ularning

holati, harakati, ulardan samarali foydalanish, asosiy vositalarning rentabelligini
baholashda tahlilning metodologik asoslari quyidagilardan iborat (2-jadval).

2-jadval

Asosiy vositalar tahlilining muhim jihatlari

2

T/r

Oʻrganiladigan

koʻrsatkichlar

Tahlil mazmuni va natijalari

1.

Asosiy vositalar

tahlilining nazariy
asoslari

Zamonaviy taʼriflar, turkumlanishi, tahlil
vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi va
tahlil mazmuniga koʻra tavsiflanadi

2.

Asosiy vositalar bilan

taʼminlanganlik
koeffitsiyentlari

Asosiy vositalar bilan taʼminlanganlik va
qurollanganlik darajalari, ularning dinamik
oʻzgarishlari oʻrganiladi. Asosiy vositalar bilan
taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha
taklif va tavsiyalar beriladi.

3.

Asosiy vositalarning

holat va harakat
koʻrsatkichlari

Asosiy vositalarning harakat va holat
koʻrsatkichlariga baho beriladi, dinamik
oʻzgarishlari tahlil qilinadi. Mazkur
koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha taklif va
tavsiyalar beriladi.

4.

Asosiy vositalardan

samarali foydalanish

Asosiy vositalarning qaytimi va sigʻimi
koʻrsatkichlari, ularning oʻzgarishi va unga

2

Tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

656

koʻrsatkichlari

taʼsir etuvchi omillar oʻrganiladi. Samaradorlik
koʻrsatkichlari oshirish boʻyicha taklif va
tavsiyalar beriladi.


Asosiy vositalar tahlilining yana bir muhim jihati iqtisodiy tahlil ishlari

davomida mazkur koʻrsatkichlarning bir-biriga bogʻliqligi eʼtiborga olinishi
lozim. Yaʼni asosiy vositalarning samaradorligi asosiy vositalarning holatiga
bogʻliq boʻlsa, asosiy vositalarning holatini yangilash asosiy vositalarning
harakatiga bogʻliq boʻladi [Қличев, Б. П. (2022)].

Korxonalarda

asosiy

vositalar,

xom-ashyo

va

materiallar

bilan

taʼminlanganlik hamda ulardan samarali foydalanish mehnat resusrlariga ham
chambarchas bogʻliq hisoblanadi. Operatsion faoliyat samaradorligi haqida soʻz
yuritar ekanmiz, mehnat resurslarisiz, ularning holati, harakatini, ulardan
samarali foydalanish darajasini oʻrganmasdan, yuqori samaradorlikka erishib
boʻlmaydi [

Пардаевич, Қ. Б. (2023)]

. Bugungi kundagi eng zamonaviy

texnologiyani ham inson omili boshqarishini hisobga olsak, korxonalarda
mehnat resurslarining harakati, motivatsion holati, unumdorligini doimo
oʻrganib turish operatsion faoliyat tahlilining ustuvor yoʻnalishlaridan biri
hisoblanadi.

Operatsion faoliyat tahlilida mehnat resurslari bilan taʼminlanganlik,

ularning harakati, ishchi kuchidan samarali foydalanish, mehnat resurslari
rentabelligini baholashda tahlilning muhim jihatlari 3-jadvalda umumlashgan.

3-jadval

Mehnat resurslari tahlilida oʻrganiladigan koʻrsatkichlar va ularning

muhim jihatlari

3

T/r

Oʻrganiladigan

koʻrsatkichlar

Tahlil mazmuni va natijalari

1.

Mehnat resurslari
tahlilining nazariy
jihatlari

Ishchi kuchini tasniflash, amalga oshiriladigan
iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari, mehnat
resusrlari tahlili boʻyicha axborot manbalari
shakllantiriladi va tahlil mazmuniga koʻra
tavsiflanadi. Unumdorlikni aniqlash boʻyicha
davr belgilanadi.

2.

Ishchi kuchi bilan
taʼminlanganlik
koeffitsiyentlari

Ishchi kuchi bilan taʼminlanganlik va
ishchilarning qurollanganlik darajasi, ushbu
koʻrsatkichlarning dinamik oʻzgarishlari
oʻrganiladi. Ishchi kuchi taʼminlanganlik va
ishchilarning qurollanganlik darajasini oshirish
boʻyicha taklif va tavsiyalar beriladi.

3.

Ishchilarning
motivatsion holati va
harakat

Ishchi kuchining harakati va ularning
motivatsion holati koʻrsatkichlariga baho
beriladi, dinamik oʻzgarishlari tahlil qilinadi.

3

Tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

657

koʻrsatkichlari

Moddiy va maʼnaviy motivatsiya orqali
ragʻbatlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar
beriladi.

4.

Ishchi kuchidan
samarali foydalanish
koʻrsatkichlari

Mehnat unumdorligi va mehnat sigʻimi
koʻrsatkichlari, ularning oʻzgarishi va unga
taʼsir etuvchi omillar oʻrganiladi. Ishchilarning
unumdorlik koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha
taklif va tavsiyalar beriladi.

Xalqaro amaliyotda operatsion faoliyat tahlilini tashkil etishda tahlilning

maqsadi, muddati, kompaniyalar faoliyat olib boradigan tarmoq va sohalar
xususiyatidan kelib chiqib turli yoʻnalishlarda amalga oshiriladi. Olib borgan
tadqiqotlarimizda ishlab chiqarish tarmogʻidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarda
operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish yoʻnalishlari ishlab chiqilib, mazkur
yoʻnalishlarda amalga oshiriladigan tahliliy ishlarda aniqlaniladigan
koʻrsatkichlar tasniflab chiqilgan. Ushbu tadqiqot ishimizda esa koʻrsatkichlarni
aniqlash va uning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillarni guruhlarga boʻlib,
ularning taʼsirini tahlil qilishning muhim jihatlari koʻrsatib berildi.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда

операцион цикл таҳлилини ташкил этиш масалалари.

World Scientific

Research Journal

,

16

(1), 196-203.

2.

Қличев, Б. П. (2022). Маҳсулот сотиш ҳажми таҳлилини

такомиллаштириш масалалари. Science and Education, 3(5), 1719-1728.

3.

Қличев Бахтиёр Пардаевич, (2023). Корхоналарда маҳсулот ишлаб

чиқариш ҳажми таҳлилини такомиллаштириш масалалари. Issues of
improving the analysis of the volume of production at enterprises.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ,13(7),
42–49.

Retrieved

from

http://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/2782

4.

Пардаевич, Қ. Б. (2023). Хўжалик юритувчи субъектларда

операцион фаолиятида ишлаб чиқариш ҳажмини ифодаловчи кўрсаткичлар
таҳлили.

Scientific Journal of “International Finance & Accounting

,

2

, 2181-

1016.

5.

Қличев, Б. П. (2022). Ишбилармонлик фаоллиги таҳлилини ташкил

этиш йўналишлари.

Архив научных исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

6.

Maxmatqulova H.G’. “Properties of borel sets” . “Innovation in

technology and Sciense Education”, Scientific journal.2023. Vol.2.№14. P.169-
175.


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

658

7.

Ochilov, O. I. (2022). INVESTMENT QUALITY ANALYSIS IN

BUSINESS ENTITIES. Архив научных исследований, 2(1).

8.

Ochilov, O. (2022). ИНСОН КАПИТАЛИГА ИНВЕСТИЦИЯЛАР

ВА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИ. Архив научных исследований, 2(1).

9.

Ochilov, O. I. (2019). DEVELOPMENT OF METHODOLOGY FOR

RECOGNIZING REVENUES FROM INVESTMENTS. In Бухгалтерский
учет, анализ и аудит: история, современность и перспективы развития (pp.
96-99).

10.

Ochilov, O. I. (2019). THEORETICAL BASES OF INVESTMENTS

ACCOUNTING. In БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И
НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА (pp. 209-214).

11.

Ochilov, O. I. (2018). METHODOLOGICAL ASPECTS OF

FINANCIAL AND ECONOMIC PERFORMANCE ANALYSIS OF
BUSINESS ENTITY. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА, СТАТИСТИКИ
И НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ (pp. 26-34).

12.

Юлдашев, Ж. А. ТИЖОРАТ БАНКЛАРИДА МИЖОЗЛАР БИЛАН

МУНОСАБАТЛАР

ҲОЛАТИНИ

БАҲОЛАШ

УСУЛИНИ

ТАКОМИЛАШТИРИШ.

13.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda

CVP-tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA
TARAQQIYOT, 4 (2024), 754–759

14.

Klichev Bakhtiyar Pardayevich. (2024). Problematic Aspects of

Organizing Cvp-Analysis in the Enterprises of Uzbekistan // Web of Scientist:
International Scientific Research Journal, 5(5), 241–248. Retrieved from

https://wos.academiascience.org/index.php/wos/article/view/4906

15.

Kholdorov Sardor Umarovich. (2024). LIQUIDITY RISK

MANAGEMENT IN THE BANKING SECTOR: CHALLENGES,
STRATEGIES AND IMPLICATIONS. World Scientific Research Journal,
26(3), 122–131. Retrieved from

http://www.wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3255

16.

Qlichev Baxtiyor Pardayevich. (2024). Korxonalarda operatsion

faoliyat samaradorligini tahlil qilish masalalari.

World Scientific Research

Journal

,

26

(3), 86–94. Retrieved from

http://wsrjournal.com/index.php/wsrj/article/view/3251

17.

ҚЛИЧЕВ, . Б. П. (2022). ИШБИЛАРМОНЛИК ФАОЛЛИГИ

ТАҲЛИЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ.

Архив научных

исследований

,

2

(1). извлечено от

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/373

18.

Qlichev, B. (2024). Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda operatsion

faoliyat tahlilining zarurligi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari, Konferensiya to‘plami. Termiz, O'zbekiston. 15-iyun 2024-
yil.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11909171


background image

BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI

TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI

24-may 2024-yil

659

19.

Yakypbaevich, I. J. ., Abrarovich, Y. J. , Akhtamovich, H. S. ., &

Bekmurodova. (2023). COMMERCIAL BANKING, CREDIT OPERATIONS,
PROVISION OF COLLATERAL, ASSESSMENT MECHANISMS.

FAN,

TA’LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA JURNALI | JOURNAL OF
SCIENCE, EDUCATION, CULTURE AND INNOVATION

,

2

(4), 6–13.

Retrieved from https://mudarrisziyo.uz/index.php/innovatsiya/article/view/251

20.

Abdullayev, A., & Djamalov, H. (2023). ORGANIZATIONAL

STRUCTURE OF THE INTERNAL CONTROL SERVICE FOR THE
FULFILLMENT OF TAX OBLIGATIONS OF ENTERPRISES.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

8

(4),

297-307.

21.

Xudoyorov, O. O. (2023). Bank daromadlarini oshirishda masofaviy

bank xizmatlarini tutgan o ‘rni.

22.

Odilovich, K. O. (2024). IMPACT OF REMOTE BANKING

SERVICES ON BANK INCOME.

International Journal of Education, Social

Science & Humanities

,

12

(6), 82-86.

23.

Majidov, J. K. (2019). Ways of improving management of credit

portfolio at commercial banks.

International Journal of Research in Social

Sciences

,

9

(3), 725-736.

24.

Мажидов Ж. (2024). Тижорат банклари активлар портфелларининг

сифатини ошириш бўйича хориж тажрибаси ва унинг ўзига хос
хусусиятлари.

(2024).

Ustozlar

Uchun

,

1

(4),

1463-

1467.

https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/3878