Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 201
O‘ZBEKONA MILLIY TARBIYANING ASOSIY PRINSIPLARI VA
METODLARI
Ilmiy rahbar:
Samatov.X.U
Eshxoniv Elnur
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universteti
Samarqand filiali Kampyuter injiniringi fakulteti
KI 24-05 Guruh talabasi
Anatatsiya:
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining milliy tarbiya tizimi, uning asosiy
prinsip va metodlari yoritilgan. Oila, jamiyat va ta’lim muassasalari orqali yoshlarga
beriladigan tarbiyaning ma’naviy-axloqiy jihatlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar asosida
tarbiya berishning bugungi kundagi ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so’zlar:
xulq, ahloq, odob, tarbiya, ma’naviyat, madaniyat, axloqiy normalar,
milliy tarbiya, o‘zbek qadriyatlari, metodlar, hurmat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik.
Kirish
Har bir xalq o‘zining milliy taraqqiyot yo‘lida o‘ziga xos tarbiya tizimini
shakllantiradi. Bu tizim ming yillar davomida hayot tajribasi, diniy e’tiqodlar, urf-odatlar,
madaniyat va tarixiy jarayonlar asosida rivojlanadi. O‘zbek xalqi ham o‘zining boy
madaniy merosi, qadimiy tamaddunlari, ma’naviy qadriyatlari va odob-axloq me’yorlari
asosida mustahkam tarbiya an’analariga ega bo‘lgan. Xususan, o‘zbekona milliy tarbiya
tizimi xalqimizning kundalik hayot tarzida, oila muhitida, mahalla tizimida, ta’lim
muassasalarida va keng jamoatchilikda faol ravishda namoyon bo‘lib kelmoqda.
Milliy tarbiya – bu nafaqat bola yoki yoshlarning xulqini shakllantirish, balki
jamiyatda insoniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, madaniyatli, ma’rifatli va vatanparvar
shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladigan ijtimoiy institutdir. Bugungi tez o‘zgarayotgan,
globallashuv tobora chuqurlashayotgan davrda milliy tarbiyaning ahamiyati yanada ortib
bormoqda. Chunki globallashuv sharoitida milliylik, o‘zlikni anglash, madaniy identitetni
saqlash singari tushunchalar tobora dolzarb tus olmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, milliy
tarbiyani faqat an’anaviy doirada emas, balki uni zamonaviy yondashuvlar asosida
rivojlantirishni ham taqozo etadi. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 202
ta’lim-tarbiya sohasidagi yangilanishlar ham aynan yosh avlodga milliy g‘urur, tarixiy
xotira, ma’naviy poklik, halollik, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni singdirishni asosiy
maqsad qilib qo‘ymoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston”
g‘oyasi ham aynan ma’naviy yetuk, mustaqil fikrlovchi va o‘z xalqiga sadoqatli yoshlarni
tarbiyalashga qaratilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘zbekona tarbiya tizimi nafaqat nazariy
tushunchalar yig‘indisi, balki hayotiy amaliyotda sinovdan o‘tgan, avloddan avlodga o‘tib
kelayotgan tajriba maktabidir. Bu tizim orqali bolalarga nafaqat bilim, balki odob-axloq,
insoniylik, o‘zaro hurmat, vatanparvarlik, jamoaviylik kabi fazilatlar singdiriladi.
Asosiy qism
O‘zbek xalqining tarbiyaviy qarashlari uzoq tarixiy tajribaga ega bo‘lib, bu qarashlar
asrlar davomida shakllanib, jamiyatda shaxsni yetuk inson etib voyaga yetkazishda muhim
rol o‘ynagan. O‘zbekona milliy tarbiya tizimi chuqur falsafiy, axloqiy va ijtimoiy
negizlarga ega bo‘lib, unda xalqning e’tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari, madaniyati, diniy
dunyoqarashi muhim o‘rin tutadi. Quyida o‘zbekona milliy tarbiyaning asosiy prinsip va
metodlariga alohida to‘xtalamiz.
1.
Hurmat, ehtirom va kattalarni ulug‘lash
O‘zbek xalqining tarbiyasida eng birinchi prinsip bu – kattalarga hurmat
ko‘rsatishdir. “Kattaga hurmat, kichikka izzat” degan maqol bejiz aytilmagan. Bolaga
yoshligidanoq ota-onaga, buva-buviga, ustozlarga va umuman katta yoshdagi insonlarga
hurmat bilan muomala qilish o‘rgatiladi. Bu nafaqat axloqiy prinsip, balki oilaviy, ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi muhim vositadir. Tarbiya jarayonida yoshlar “duo olish”,
“rizolik so‘rash”, “salom berish” kabi qadriyatlar asosida ulg‘ayadi.
2.
Halollik va poklik
Halollik o‘zbek xalqining eng muhim axloqiy tamoyillaridan biridir. “Halol topib,
halol yeyish” – bu nafaqat moddiy, balki ma’naviy poklikni ham anglatadi. O‘zbek oilasida
bolaga harom va shubhali narsalardan saqlanish, yolg‘on gapirmaslik, boshqaning haqiga
tegmaslik, halol mehnat bilan yashash o‘rgatiladi. Bu qadriyatlar diniy va milliy an’analar
bilan uyg‘unlashgan holda yosh ongiga singdiriladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 203
3.
Mehnatsevarlik va tirishqoqlik
“Mehnat qilgan topadi” degan xalq maqoli har doim dolzarb bo‘lib kelgan. O‘zbek
tarbiyasida bolaga bolaligidan uy ishlari, dehqonchilik, chorvachilik yoki kasb-hunar
asoslari o‘rgatiladi. Bu esa bolada mustaqillik, mas’uliyat, sabr-toqat kabi sifatlarni
shakllantiradi. Ayniqsa, qiz bolalarga pazandalik, uy ro‘zg‘or tutish, o‘g‘il bolalarga esa
hunar o‘rganish, ustoz-shogirdlik orqali amaliy tajriba berish qadimdan mavjud bo‘lgan.
4.
O‘zlikni anglash va milliy g‘urur
O‘zbekona tarbiyada shaxsning o‘z xalqiga, tarixiga, tili va urf-odatlariga nisbatan
faxr tuyg‘usini tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. Yosh avlod o‘z ajdodlarining jasorati, ilm-
fanga qo‘shgan hissasi, qadimiy madaniy merosi bilan faxrlanishi kerak. Shu yo‘l bilan u
o‘zligiga sodiq, o‘z qadriyatlarini qadrlaydigan, g‘arbona madaniyat qarshisida o‘z
pozitsiyasini yo‘qotmaydigan shaxs bo‘lib ulg‘ayadi.
5.
Din va e’tiqod asosidagi tarbiya
Islom dini o‘zbek xalqining axloqiy hayotida chuqur ildiz otgan. Shuning uchun
tarbiya jarayonida diniy-me’yoriy qarashlar muhim o‘rin egallaydi. Bolaga halol-haromni
farqlash, namoz o‘qish, duolarni yod olish, mo‘min-musulmonning axloqi qanday bo‘lishi
kerakligi yoshligidan o‘rgatiladi. Bu esa insonning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishiga
asos yaratadi.
6.
Mahalla va jamoatchilik tarbiyasi
O‘zbek jamiyatining ijtimoiy hayotida mahalla muhim institut sifatida faoliyat
yuritadi. Mahalla – tarbiyaning ijtimoiy muhitidir. Bu yerda jamoatchilik nazorati, kattalar
nasihati, yoshlar faoliyati, to‘y-marosimlar, bayramlar va boshqa tadbirlar orqali yoshlar
o‘zini jamiyat a’zosi sifatida anglab yetadi. Bu muhitda o‘zaro yordam, birdamlik,
hamjihatlik, hurmat-izzat, kamtarlik kabi ijobiy xususiyatlar shakllanadi.
7.
Shaxsiy namuna va ota-ona mas’uliyati
Eng samarali tarbiya – bu shaxsiy namuna orqali beriladigan tarbiyadir. Ota-ona
o‘zining kundalik hayotdagi harakati, muomalasi, gap-so‘zi bilan farzandiga o‘rnak
bo‘ladi. Bolalar ko‘pincha kattalarning harakatini takrorlashadi. Shu bois tarbiyada
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 204
nasihatdan ko‘ra, amaliy namuna muhimroq sanaladi. Ota-ona farzand tarbiyasida o‘zining
mas’uliyatini to‘liq his qilishi va unga vaqt ajratishi lozim.
8.
Og‘zaki ijod va axloqiy namunalar
Xalq og‘zaki ijodi (ertak, doston, maqol, topishmoq) orqali ham milliy tarbiya
amalga oshiriladi. Ertaklardagi ijobiy qahramonlar fazilatlari, maqollardagi hikmatli
fikrlar, topishmoqlardagi zakovatni oshiruvchi elementlar – bularning barchasi tarbiyaning
kuchli vositasidir. Ayniqsa, bolalikdan ertaklar eshitib ulg‘aygan bola axloqiy me’yorlarni
ongli ravishda anglay boshlaydi.
9.
An’anaviy marosimlar orqali tarbiya
To‘ylar, sunnat marosimlari, Navro‘z, hayit bayramlari, duolar, xayrli ishlar –
bularning barchasi tarbiyaning ijtimoiy shakli hisoblanadi. Bu marosimlar orqali yoshlar
jamiyat hayotiga faol jalb qilinadi, mehnatga, tartib-intizomga, odobga, birlik va
hamjihatlikka o‘rgatiladi. Har bir milliy tadbir yosh avlodga qadr-qimmat, sabr-toqat,
mehmondo‘stlik va bag‘rikenglikni singdiradi.
Turli xalqlar madaniyatida odob-axloq mezonlari o’ziga xosdir. O’zbek xalqidagi
odob-axloq mezonlarining tarkib topishida diniy e’tiqod, jamiyatning siyosiy-iqtisodiy
holati, xalqning turmush tarzi, tabiiy-iqlimiy sharoit va boshqa shu kabilar ta’sir
ko’rsatgan. Shu sababli, Jamiyat o’zgarishiga bog’liq ravishda odob mezonlari ham
o’zgarib boradi.
O’zbek xalqining odob-axloq qoidalari ko’rinishlari juda ham ko’p. Bu odob-axloq
qoidalarni mazmunan quyidagilarga ajratish mumkin:
- jamoat orasida o’zini tutish qoidalari;
- xushmuomalalik odobi;
- yoshga qarab muloqatda bo’lish (kattalarni xurmat, kichiklarni izzat, tengdoshlarga
nisbatan samimiy munosabat) talablari;
- salomlashish, so’rashish qoidalari;
- ovqatlanish, dasturxon oldida o’zini tutish mezoni;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 205
- kundalik turmush tartibi (erta turish,..);
- kiyinish, kiyim tanlash me’yorlari;
- orastalik bilan bog’liq talablar;
- mehmon kutish va mezbonlik ododbi;
- mehnat qilish va mehnatga munosabat odobi va boshqalar.
Oilada tarbiya orqali odob-axloq mezonlari bolalarga singdirilib borilar ekan, bu
“o’zbekchilik”, “odamgarchilik”, “yaxshi”, “yomon”, ‘mehr-oqibat” tushunchalarini
anglatib borish va “yaxshi odam”, “yomon odam” obrazi me’yorlarini tushuntirish orqali
amalga oshirilgan.Kattalarga hurmat, ota-onalarni qadrlash, ularga bo’ysunish, kamtarlik,
boshqalar dardiga hamdardlik, qat’iyatlilik, bir so’zlilik kabi insoniy xislatlarni tarbiyalash
o’zbek xalqining “odamgarchilik” – ma’naviy-axloqiy kodeksiga kiritilgan.
Milliy muhit bolalarning psixik rivojlanishining barcha tomonlariga ta’sir
ko’rsatadi, ya’ni bolalarning ma’naviy ulg’ayish jarayonida idrok qilinayotgan
ma’lumotlarni
kategoriyalashtirish
milliy
tus
oladi.
Ob’yektlarni
kategoriyalashtirishning milliy xususiyati, ayniqsa, maktabgacha yoshda bo’lgan
bolalarda kuchli bo’ladi. Ya’ni bolalar o’zbeklarda “yaxshi” va “yomon”
kategoriyalar haqida tushunchaga, malumotga ega bo’ladilar . O’zbek ahloqida “yaxshi”
xulqlarga: kattalarni hurmat qilish, kichiklarga g’amxo’rlik, o’z qarindoshlariga
mehribonlik, odobli bo’lish, xushmuomalalik, tejamkorlik, xalollik va h.k..., “yomon”
xulqlarga: g’iybat, ig’vo, chaqimchilik, qo’rslik, o’g’irlik, birovning haqida hiyonat, ota-
onalar hamda boshqa katta yoshlikishilarga hurmatsizlik va hokazolar kiritilgan. Bundan
tashqari, “halol” va
“harom” kategoriyasi bo’yicha ham narsa va hodisalarga baho berilgan,taqiqlangan
hatti-harakatlarga doir islomiy tasavvurlar singdirilgan. Yosh ota-onalar milliy tarbiya
an’analarini o’z ajdodlaridan o’rganadilar va farzandlarigao’rgatadilar.
O’zbek xalq milliy tarbiyasi an’analarida bolalarni oilada tarbiyalab borishga
qaratilgan bir qator metod va vositalar yaratilgan. Tarbiya metodlari: tushuntirish, namuna
ko’rsatish, odatlantirish (o’rgatish, mashq qildirish), iltimos, tilak, maslahat,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 206
rag’batlantirish, jismoniy jazo va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Tarbiya vositalari esa
bolalar o’yinlari choyxo’rlik, bolalar gapi, yig’Ilari, bolalarning kattalar bilan to’ylar,
sayllar, marosimlarda qatnashishi, safarlarga chiqishi kabi tadbirlardir.
Ijtimoiy malakalarni singdirish metodlari ikki xil tarzda - verbal va noverbal shaklda
amalga oshirilgan. Og’zaki usulga – uqtirish, tushuntirish, o’rgatish, maslahat,
rag’batlantirish, tanbeh, qo’rqitish, jazolash kabilarni, amaliy tarbiya usullariga esa yuz va
ko’z imo-ishoralari qo’l harakatlarini kiritish mumkin. Noverbal usulning eng samaralisi
va keng tarqalgani namuna ko’rsatishdir. Ota-onalar va kattalarning bolalar oldida o’z xis-
tuyg’u (emosiya)larini boshqara olish usulini ham kiritsak, o’rinli bo’ladi.
Tarbiya vositalari sifatida ertak, matal, latifa, nasihat, afsona, rivoyat, hikmatmaqol
kabilardan foydalaniladi.Tarbiya matodlari bolalarning yoshiga mos tarzda qo’lanilgan.
Kichiroq yoshda bo’lgan bolalarni tarbiyalashda namuna qilish va tushuntirish (taqlid,
bolalar o’yinlari, choyxo’rlik) dank ko’proq foydalanilsa, o’smir yoshdagi bolalar
maslaxat, yo’l-yo’riq ko’rstish (choyxo’rlik, bolalarning kattalar bilan to’ylar, sayllar,
marosimlarda qatnashishi, safarlarga chiqishi jarayonida) orqali tarbiyalangan.
Milliy tarbiya bo’yicha tatqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, o’tkan asrning 60-70 yillari
ota-onalari bola tarbiyasida ko’proq o’zi namuna bo’lib yoki boshqalarni namuna qilib
ko’rsatishdan ko’proq foydalaniladi, ananalarida so’zdan emas, ko’proq, namuna va
harakatlardan foydalaniladi. Milliy tarbiyaning an’anaviy hususiyatlaridan biri
farzandning ota-ona oiladagi burchini bajarish, kattalarda esa ota-onalik burchini ado
etishga bo’lgan intilishining kuchliligidir. Bunday hislatlar juda ko’p xalqlarga xos, lekin
o’zbeklarda bu yorqinroq ko’zga tashlanadi. Olimlar keyingi paytlarda shahar oilalarida
bu an’analarning susayib borayotganligini oila nuklerizasiyasi bilan bog’laydilar.
Professor I.S.Kon 3-6 yoshli o’g’il va qiz bolalarga xos o’yinni tahlil qilar ekan,
qizlarga hos o’zaro g’amxo’rlik, qo’lab-quvatlash hamda o’g’il bolalardagi kuch
ishlatish tug’ma xususiyatlarga bog’liqligini ta’kidlaydi. U o’xshash madaniyatlarda
bola ijtimoiylashuv jarayonini kuzatar ekan, o’g’il va qiz bolalarga xos jinsiy xususiyatlar
ko’proq tarbiya mahsuli ekanligini ta’kidlaydi.
O’zbeklarda “o’g’il bola” so’zi “bir so’zli”, “qatiyatli”, “to’g’ri so’z”, “qo’rqmas”,
“botir” degan ma’noni ham anglatadi. O’zbeklarning an’anaviy tarbiyasida o’g’il uchun
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 4 –to’plam May 2025
Sahifa: 207
tag’alarning o’rni katta hisoblanadi. Barcha oilaviy marosimlarda tag’a boshchilik qiladi,
agarda bola yetim qolsa tag’a o’z qaramog’iga olgan. An’anaviy o’zbek oilalarida qizlar
tarbiyasi bilan, asosan, onalar shug’ullanadi. Keksalarning fikricha, qiz bola tug’ulishi
bilan turmushga
tayyorlab boorish, onalar talabchan bo’lishi, qizlarni mehnatkash qilib tarbiyalashi
lozim. “Qiz bola birovning xasmi”, shuning uchun shirin so’z, iboli, hayoli, og’ir va
vazmin qilib tarbiyalash kerakligi qizlar tarbiyasida yetakchi sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch". T.: Ma’naviyat, 2008.
2.
Shoniyozov K. "O‘zbek xalqining shakllanish tarixi". T.: Fan, 2001.
3.
Qodirov M. "O‘zbek xalq pedagogikasi". T.: O‘qituvchi, 2005.
4.
Mahmudov N. "Milliy tarbiyaning zamonaviy talqini". T.: Ilm Ziyo, 2018.
5.
– Pedagogika, tarbiya va ma’naviyatga oid maqolalar
to‘plami.
6.
– Samarqand davlat universiteti nashrlari va ta’lim
materiallari.