Mualliflar

  • Oʻrinova Gulsevar Lochinbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89103

Kalit so‘zlar:

maktab oʻqituvchi psixolog oʻquvchi sinf intizom psixologik qiyofa fidoiylik.

Annotasiya

Ushbu maqola oʻquvchi-yoshlar faoliyatida psixologik tayyorgarlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy, hayotiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuningdek, maqola mazmunida asosli manbalar orqali oʻquvchilarning individual xususiyatlari, ularning psixologik qiyofasi va funktsiyalari ilmiy asoslar orqali yoritilgan.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 46

OʻQUVCHI-YOSHLAR TARBIYASIDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING

AHAMIYATI

Oʻrinova Gulsevar Lochinbek qizi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Markaziy harbiy okrug “Ilmiy tadqiqot”

ilmiy-amaliy va uslubiy markazi huzuridagi

“Yosh olimlar” klubi yetakchisi

Annotatsiya.

Ushbu

maqola

oʻquvchi-yoshlar

faoliyatida

psixologik

tayyorgarlikning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, yuqori sinf oʻquvchilarining kasbiy,

hayotiy, ilmiy, psixologik tayyorgarligini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuningdek, maqola

mazmunida asosli manbalar orqali oʻquvchilarning individual xususiyatlari, ularning

psixologik qiyofasi va funktsiyalari ilmiy asoslar orqali yoritilgan.

Kalit so'zlar:

maktab, oʻqituvchi, psixolog, oʻquvchi, sinf, intizom, psixologik

qiyofa, fidoiylik.

“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat,

yo saodat, yo falokat masalasidir”

Abdulla Avloniy

Yoshlarni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlar berishning sifatini oshirish hamda

jamiyatimiz uchun barkamol shaxsni shakllantirish ta‟lim tizimining eng asosiy

maqsadlardan hisoblanadi. Yosh avlodning jumladan, maktab oʻquvchilarining psixologik

tayyorgarligi juda muhim masalalardan biri boʻlib, bugungi kundagi dunyoning ijtimoiy,

iqtisodiy va texnologik oʻzgarishlari bilan bogʻliq ravishda turli xil stress va nobarqaror

ruhiy holatlar vujudga kelmoqda. Bu borada, Yangi Oʻzbekistonimizda umuminsoniy

qadriyatlar va milliy dunyoqarashimizni ildizlarini inobatga olib “Zamonaviy oʻquvchi”

qiyofasida tarbiyani mazmunini shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Yuqori

sinf oʻquvchilarini kelgusi hayoti uni inson qilib koʻrsatuvchi ruhiy va ma’naviy timsolini

belgilovchi psixologik tayyorgarlikning ahamiyati beqiyosdir.

Jamiyatimizda yoshlar psixik taraqqiyotida hal etish zarur bo‘lgan milliy psixologik

muammolar mavjudki, mazmunan ularni bartaraf etishga e’tibor berilsada, yoshlar


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 47

tarbiyasiga oid salbiy holatlar, kamchiliklar, ijtimoiy munosabatlar tizimida nizoli

vaziyatlar uchrab turibdi. Ta’kidlash joizki, barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi bizning

yurtimizda yoshlarimiz orasida ham tarbiyasi og‘ir va noqobil yoshlar mavjud bo‘lib,

jamiyatimizda ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ular bilan ishlash azaldan

dolzarb muammolardan biri hisoblanib keladi. Ma’lumki, yoshlarning psixologik jihatdan

o‘sishi va rivojlanishi, hayotning hamma bosqichlarida turlicha bo‘lib, ularning yosh

xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab o‘zgarib boradi[1, 103]. Demak, har bir ota-ona

va o‘qituvchilar yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixologik

xususiyatlarini yaxshi bilgan holda amaliy hayotda bu ishga to‘g‘ri yondashishlari

maqsadga muvofiqdir.

Darhaqiqat, mutafakkirlarimizning fikricha, yoshlar xulqining mo‘tadillikda saqlanishiga

alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat borligi e’tirof etiladi. Birinchisi –

yoshlarning psixologik holati uchun bo‘lib, u yoshlikdan boshlab yaxshi xulqli bo‘lib

o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi. Ikkinchisi – uning tanasi

uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo‘ladi. Shuningdek, agar yomon

xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g‘azab kuchli

qizdiradi, qayg‘u kuchli quritadi, hafsalasizlik nafsoniy quvvatni bo‘shashtirib, mijozni

buzadi[2, 100]. Demak, tarbiyaviy ishdagi e’tiborsizlik, salbiy muhit, ziddiyatlar, tarbiya

qoida va usullariga to‘g‘ri amal qilmaslik, yohud yaxshi bilmaslik, ota-onalarning o‘z

farzandlariga doimiy ravishda qo‘rslik bilan munosabatda bo‘lishlari yoshlar orasida

tarbiyasi “qiyin” bolalarning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Psixologiyada shaxs bilan bog‘liq tushunchalar ichida “Men – konsepsiya” tushunchasi

alohida o‘rin tutadi[3, 169]. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchi-yoshlarning atrofidagi

tengdoshlari bilan munosabatini belgilab beradigan o‘zi haqidagi tasavvurlar to‘plamidan

iboratdir. Tarbiya jarayonida esa “Men – konsepsiya” yanada muhimroq ahamiyat kasb

etadi, chunki o‘qituvchi yoshlarga o‘zi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib baho

beradi, ularga o‘zi o‘zlashtirgan tajribani yetkazadi. Agar o‘qituvchi ijobiy “Men –

konsepsiya”ga ega bo‘lsa, ya’ni unda shaxsiy to‘laqonlik hissi mavjud va yetarlicha

emotsional barqaror bo‘lsa, bunday o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati faqat

ijobiy timsollar asosida quriladi. O‘z-o‘zidan mahlumki o‘qituvchining ijobiy “Men –


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 48

konsepsiya”si o‘quvchilarning shakllanishiga ijobiy tahsir ko‘rsatadi, chunki inson

yoshidan qat’iy nazar o‘z faoliyatiga nisbatan ijobiy baholashga ehtiyoj sezadi, bunday

munosabat va ibrat esa o‘quvchilarda ijobiy xarakter xislatlarini shakllantirishi ehtimoldan

holi emas.

Yosh avlodni dunyo qarashini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizdan foydalanish

maqsadga muvofiqdir. Bu borada, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha izlanishlarning tahlili

quyidagi ayrim jihatlarga e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatmoqda:

yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga,

ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni

shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallashtirish;

milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo

totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg‘unchi

g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish yuzasidan davlat organlari va jamoat

tashkilotlarining faoliyatini oshirish;

o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan madaniy-

ko‘ngilochar obyektlar, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, shu jumladan, joylarda

turli ijodiy va ta’lim to‘garaklar hamda sport seksiyalarini faoliyatini jadallashtirish;

o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzini, ularni moddiy va ma’naviy

rag‘batlantirish tizimini oshirish, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda ilmiy-

innovatsion yaratuvchanlik dunyoqarashini shakllantirishga oid chora-tadbirlarni

kuchaytirish;

yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi pastligi, yetakchi xorijiy

oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi malakali

kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘liq

erishilmasligiga sabab bo‘lmoqda;

sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu jumladan, yoshlarni

qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishida nazoratning

yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga chiqarmoqda.

Zotan, mustaqillik fikr-mulohazalarda ozod, o‘z haq-huquqini yaxshi taniydigan,

izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminga sadoqatli, boqimandalikning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 49

har qanday ko‘rinishlari o‘zi uchun or deb biladigan, o‘z kuchi va aqliga ishonib

yashaydigan, o‘z shaxsiy manfatlarini xalq, Vatan manfatlari bilan uygʻun holda

ko‘radigan barkamol yoshlarni tarbiyalashni talab etadi.

Rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning

yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi boʻlib ilgari surdi va uni “Ta’lim rivojlanishdan

oldinda boradi va uni o‘z orqasidan ergashtirib olib boradi”, deb aniq ifodalab,

beradi[4, 38]. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta’lim faqat rivojlanish

tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish

jarayoniga aralashmaslik, unga, xalaqit bermaslik, balki ta’lim uchun imkoniyat

yetilguncha chidam bilan kutib turish kerak.

Oʻquvchi-yoshlar kamolotga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va

sifatlar paydo boʻla boshlaydi, psixikasida keskin qayta qurish sodir boʻladi. Oʻzgarishlar

uning oldiga yangi talablar qoʻyadi, bu esa oʻz navbatida koʻproq huquq va erk berilishini,

eng avvalo mustaqil qarorga kelish va oʻz xulq-atvorini maqbul deb hisoblab amalga

oshirishni taqozo qiladi. Psixik takomillashish, kamolotga intilish, nisbiy barqororlik

oʻsmirlik davrinig eng muhim xususiyatlari hisoblanadi[5,136]. Shu jumdalan, oʻsmirlik

yoshidanoq “Oʻqish-zakovat kaliti” shioriga amal qilish va fidoyilik koʻrsatish zarur.

Qolaversa, yoshlarda oʻz-oʻzini anglashning tarkib topishi asosida shaxsga xos boʻlgan

yaxshi fazilatlarni oʻzlarida paydo qilish masalasi tug’iladi. Yoshlar koʻpincha oʻz

harakatlarida faqat katta yoshdagi kishilarga yoki oʻrtoqlariga taqlid qilibgina qolmay,

balki har bir ishni oʻz xohlaganlaricha qilishga, mustaqillikka, boshqalarga oʻxshamaslikka

intiladilar[6,383]. Albatta, bu davrda ham bolalarda mustaqillikni uyg’otish va uni qoʻllab-

quvvatlash bilan birga pedagoglar bola shaxsining tarkib topishi jarayonida ularni doim

yoʻlga solib turishlari kerak boʻladi. Lekin tarbiyachilik bunda yoshlarning oʻz ijodiy

faoliyatlarini, tashabbuslarini ustalik bilan yoʻlga sola bilishlari va ularning oʻz oldilariga

qoʻygan maqsadlariga erishishda koʻrsatayotgan oʻrinli qat’iyatliklarini boʻgʻib

qoʻymasliklari lozim. Aniqrogʻi, yoshlardagi faollik va mustaqillikka boʻlgan intilishini

tegishli ravishda izga solmoq kerak.

Yoshlarga ilm-fan hamda kasb-hunarni yoshligidan ongiga singdirib borishimiz kerakki,

zero u ulg’ayganda buning foydasi hamda berilagan tarbiyaning toʻg’riligini ongli ravishta


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 4 –to’plam May 2025

Sahifa: 50

tushunib yetsin. Agar shunday qila olsak u oʻqishni oʻzi anglab yetadi,boshini kitobdan

koʻtarmaydi, unga hech qanday kompyuter oʻyinlari-yu mobil telefonlarning keragi

boʻlmaydi. Uni oʻqishga majburlab, nasihat qilish kerak boʻlmaydi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizdа оlib bоrilаyotgаn islоhоtlаr

negizida yoshlar vа uning ta’lim-tarbiya jаrаyonigа munоsаbаtlаr tizimini oʻrgаnish hamda

tаhlil qilish mаsаlаsi muhim oʻrin tutаdi. Tа’limning dаstlаbki bоsqichlаridа, yoshlаrning

ta’lim va tarbiya jаrаyonigа birdаnigа mоslаshishi qiyinligini inоbаtgа оlib, ulargа tа’sir

etuvchi bаrchа ijtimоiy – psiхоlоgik оmillаrni bаtаfsil oʻrgаnish hamda shu аsоsdа hаr bir

oʻquvchi hаmdа oʻquvchilаr guruhi bilаn оlib bоrilаdigаn tаrbiyaviy ishlаr rеjаsini tuzish

mаqsаdgа muvоfiqdir. Demak, yoshlаrning ta’lim va tarbiya fаоlligigа boʻlgаn

munоsаbаtlаrini oʻrgаnmаy turib ulаrgа psiхоlоgik ijоbiy tа’sir etib boʻlmаydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mamtaliyeva M., Tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv. T.: 2022. – 103 b.

2. Irisov A., Abu Ali ibn Sino. T.: 1980. – 100 b.

3. Gʻoziyev E., Sotsial psixologiya. “Noshir” nashriyoti, 2012, 169 b.

4. Davletshin M., (2002). Umumiy psixologiya. TDPU, 38 b.

5. Gʻoziyev E., “Psixologiya”. Toshkent., 1994 y.136 b.

6. Ivanov P.I., Zufarova M.E. “Umumiy psixologiya”. T. – “Oʻzbekiston faylasuflari

milliy jamiyati” nashriyoti, 2008 y. 383 b.